TALABA YOSHLARNI "O'ZBEKISTON-2030'' STRATEGIYASI MAZMUN-MOHIYATINI ANGLASHINING AHAMIYATI
Full text
54 TALABA YOSHLARNI “O‘ZBEKISTON-2030’’ STRATEGIYASI MAZMUN-MOHIYATINI ANGLASHINING AHAMIYATI Toshbotir Rasulev Xalqaro innovatsion universitet dotsenti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17444947 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi mazmunmohiyatini talaba yashlarga to‘g‘ri anglatish yo‘llari haqida fikr yuritilgan. Maqolada hozirgi davr talaba yoshlarni siyosiy dunyoqarashi, siyosiy ongi rivojlanishining ularni etuk muttaxassis bo‘lib yetishishidagi ahamiyatini alohida e’tirof etilgan. Muammoni hal qilish haqida aniq tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: strategiya, yangi O‘zbekiston, siyosiy dunyoqarash, siyosiy ong, siyosiy yetuklik, referendum, yangi tahrir, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, prezidentlik saylovi, barqarorlik, barqaror iqtisodiy o’sish, aholi talablari va xalqaro standart. O’zbekiston Respublikaasi Prezintetining 2023-yil 11-sentabrdagi “O’zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi, PF-158-son farmoni 5 ta maqsad, 100 banddan iborat bo‘lib: 1-Maqsad. Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish deb nomlangan va 5 ta bo‘lim, 44 ta maqsaddan iborat. 2-Maqsad. Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash deb nomlangan va 17 ta maqsaddan iborat. 3-Maqsad. Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish deb nomlangan va 2 ta bo‘lim, 12 ta maqsaddan iborat. 4-Maqsad. Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish deb nomlanadi va 2 bo‘lim, 16 ta maqsaddan iborat. 5-Maqsad. “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish deb nomlangan va 2 bo‘lim, 11 ta maqsaddan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son farmonida ta’kidlanishicha- “2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstututsiysi Qabul qilinganligi Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi”-deyilgan edi. “Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq o‘tkazilgan prezidentlik saylovi yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yolida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlaganidan dalolat bermoqda”-deyiladi Prezident farmonida.
55 Bu ulug‘vor g‘oyalarnni mohiyatini har bir talaba yoshlar anglab yetishi uchun oliy ta’lim muassasalarida bir qator targ‘ibot ishlari olib borilishi lozim. “O‘zbekiston-2030”Strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Prezident farmoniga 1-ilovaning 1.1 Ta’lim tizimi islohotlari bandida Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash deb nomlangan maqsadida, Bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish belgilangan edi. Shuningdek 100 foiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyenik infratuzilmsi ta’minlash belgilangan edi. O‘tgan ikki yil ichida bu borada bir qator ijobiy ishlar qilingani haqida 2025-yil 15-sentabr kuni Prezident SH. Mirziyoev o‘tkazgan video selektorda bu haqida aytildi. Strategiyaning shu bandida, shuningdek, Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish ham belgilangan edi. Unga binoan olis va chekka hududlarda 715 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo‘lga qo‘yish belgilangan bo‘lib, bu masala ham ijobiy hal qilindi. 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab Oashqadarya viloyatining olis va chekka hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Strategiyada belgilangan yana bir muhum masala, Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalasidir. Bunda, 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo‘llanmalar va mobil ilovalar yaratish. -Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1000 ta multimedia dasturlari yaratish. -Ta’lim tashkilotlariga har 500 nafar “til egalari bo‘lgan xorijiy muassasalarda kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslarini joriy etish. -Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablarning ta’lim metodikasini barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonlariga joriy qilish. Bundan tashqari, Strategiya maqsadlarida Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilim va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib ular quyidagicha edi: -1000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish; -Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqqini 2 barobarga oshirish;
56 -500 ming nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish; -Ehtiyoj yuqori bolgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni to‘liq davlat granti asosida tayyorlash tizimini joriy qilish ko‘zda tutilgan. Strategiya maqsadlari Ichida yana bir muhum maqsad bu, Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish haqidagi maqsaddir. Unda quyidagilar belgilangan: -Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 1000 taga yetkazish; -Kelgusi besh yilda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 1 trillion so‘m miqdorda imtiyozli kreditlar ajratish; -2024yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 100 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tuzilishi bo‘yicha shartnomalar tuzish; -Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ulushini 3 barobarga oshirish; -Davlat-xususiy sheriklik asosida va xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan 2 milliard dollarlik umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish loyihalarini amalga oshirish. Strategiya mazmunida professional taʼlim tizimini rivojlantirish orqali oʻquvchilarni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga oʻrgatish bo‘yicha quyidagilar belgilangan: -700 ta professional taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va moddiytexnika bazasini takomillashtirish. -14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlarini tashkil etish, malaka toifasiga ega boʻlgan pedagog kadrlar ulushini 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushini 30 foizga yetkazish. -Oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yoʻnalishlarida 100 foizga yetkazish. Strategiyadagi yna bir muhum masala, Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish masalasi bo‘lib bu masalada quyidagilar belgilangan: -Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish. -Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan toʻliq taʼminlash.
57 -30 ta oliy taʼlim muassasasining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. -“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qoʻshma taʼlim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish. -10 ta oliy taʼlim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish. -Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish. -Oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash: -5 ta oliy taʼlim muassasasini milliy tadqiqot oliygohlariga aylantirish. -Qoʻshimcha 120 ming oʻrinli oʻquv binolari hamda 150 ming oʻrinli talabalar turar joylarini qurish. -Kutubxonalarni kamida 1 million ta zamonaviy adabiyotlar bilan toʻldirish va kutubxona fondini toʻliq raqamlashtirish. Bugungi kungacha davlatimiz tomonidan “Strategiya-2030” dasturida belgilangan vazifalarning katta qismi bajarilgan va yana bajarilmoqda. Prezidet Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan har yilda bir necha marta (oxirgisi joriy yil 8-sentabr) maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib kelinmoqda. Ta’lim sohasi xodimlari, talaba yoshlar-bo‘lajak o‘qituvchilar “Strategiya-2030” da belgilangan maqsad va vazifalar doirasida, ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan muntazam tanishib borishlari lozim. Oliy ta’lim muassasalarida seminar va amaliy mashg‘ulotlarda, debat klublarida hamda maxsus tadbirlarda tanishib bormoqdalar. Bu sohadagi ishlar yanada takomillashtirilishi ko‘zda tutilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi 2023 yil 11-sentabrdagi PF-158-son farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘grisida”gi 2022 yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasidagi islohotlarga oid o‘tkazgan videoselektori materiallari. 2025 yil 8-sentabr.