scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MA'NAVIY QADRIYATLAR VA UNING YOSHLAR HAYOTIDAGI O'RNI

Boybekova Shahnoza Aliyevna

Full text

93 MA’NAVIY QADRIYATLAR VA UNING YOSHLAR HAYOTIDAGI O‘RNI Boybekova Shahnoza Aliyevna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Qarshi davlat universiteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17444985 Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda qadriyatlarga qanday etibor qaratilayotgani hamda ularning yosh kelajak avlodga qanday yetib borayotgani, kelajak avlod turmushida ularning roli haqida fikrlar va ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: qadriyat, ma’naviy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, mintaqaviy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, aksiologiya. “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat” [1], deydi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Mana shunday zamonda yashar ekanmiz har bir xalq, millat o‘zining mustaqil so‘zi, fikri, dunyoqarashiga ega bo‘lmog‘i, ayniqsa bu borada yoshlarning fikrlari oldingi safda bo‘lishi kerak. Har bir insonning o‘z yashash tarzi, hayoti davomida shakllangan ko‘nikma, odat, doimiyga aylangan xatti-harakat va ma’lum vaqt mobaynida shakllangan xulqatvor qoidalari bo‘ladi. Shuningdek, odamlar o‘zlarini o‘rab turgan olam, undagi o‘zgarishlar, voqea-xodisalar, turli o‘zaro va ijtimoiy munosabatlarni ko‘rib, kuzatib, ularda ishtirok etish bilan birga, ularga o‘z dunyoqarashlaridan kelib chiqib baho beradilar. Ularning nafaqat moddiy, ma’naviy qiymatini ham o‘lchaydilar. Ushbu o‘lchov asosida obyekt kishilar uchun ma’lum bir darajada qadr topadi yoki aksincha, o‘z qadrini yo‘qotadi. Inson qadrsiz narsadan uzoqlashadi va qadrli bo‘lgan obyekt tomon intiladi, yoki uni asrab avaylaydi. Asrash, ardoqlash natijasida qadr doimiylik kasb etadi va qadryatga aylanadi. Qadryat tushunchasining kelib chiqish tarixi quyidagicha: Qadryatlarni g‘arb mamlakatlarida Aksiologiya fani o‘rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga 20-asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologi Y. Gartman va fransuz olimi P. Lapi tomonidan kiritilgan. Bu fanni to‘g‘ridan to‘g‘ri qadryatshunoslik deb 94 atsh ham mumkin. Bu so‘zning asosida “ qadryat” tushunchasi turadi. Bu tashunchaning g‘arbdagi nomi esa “axio”dir (qadryat). [2] Qadrayatlar – narsa va voqealar, jamiyat moddiy va ma’naviy boyliklarining ahamiyatini ifodalash uchun qollanadigan tushuncha bolib, unda butun xalaqning yoki jamiki inson va insoniyatning qadrli ahamiyatli bolgan barcha modiy, manaviy yaratuvchanliklari ular uchun qadrli bolgan narsalari aks etadi. [3] “Aksiologiya” fanining baxs mavzusini quydagi masalalar tashkil etadi: milliy qadryatlarning tiklanishi, milliy o‘zlikni anglash, milliy ong va tuyg‘u, milliy madaniyat, til, urfodat, udum va an’analar, ularning inson manaviy barkamolligini ta’milashda va dunyooqarashini shakillantirishda hamda bunyodkorlik faolligini oshirishdagi o‘rni, milliy, mintaqaviy, va umuminsoniy qadryatlarning mushtarakligi, ijtimoiy, siyosiy, moddiy va ma’naviy qadryatlarimizning jahon hamjamiyatiga Respublikamizning qo‘shilishidagi vositachilik roli, yaqin o‘tmishda bu qadryatlarimizning poymol etilganligi, o‘qib o‘rganilmagani, mustaqillikka erishilgandan so‘ng bu qadryatlarga hayot baxsh etilganligi, bu qadryatlar ijtimoiy rivojlanishda, demokratik davlat qurishda, muhim omil bo‘lishi kabi dolzarb masalalar falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Jamiyat taraqqiyotijarayonida shakillangan har qanday hodisa o‘tmishda ijobiy ahamiya kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratib berishga qodir bolganligi uchun qadryat deb ataladi. Agar bu qadriyat faqat birgina shaxs uchun emas, balki bir millat uchun ahamiyatli bo‘lgan, etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, u milliy qadryatga aylanadi. Ya’ni, dunyo xalqlari orasida, kattami, yo kichik, ozmi yo ko‘p bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ma’lum bir millat uchun axamiyatli bo‘lgan qadryatlar mavjud. Dunyoda o‘ziga xos xususiyatlarga, qadryatlarga ega bo‘lmagan millatning o‘zi yo‘q. Bu qadryatlar millatning o‘tmishi, tarixi, asrlar davomida shakllangan madaniyati, shu millatga xos belgi va xususiyatlarni ifodalaydigan madaniy boyliklari va ma’naviy meroslari bilan bog‘liq. Millat va ma’naviy qadryatlar bir biriga mutanosib ravishda rivojlanib, shakllanib, o‘zgarib boradi. Millatga xos bo‘lgan xar bir urf-odat, an’anlar aslida zarurat va extiyoj asosida paydo bo‘lgan. Inson ongli mehnat qila boshlagach, maxsuldorlik va samaradorlikni oshirish, ya’ni moddiy ehtiyojni to‘laroq qondirish maqsadida shu mehnatni takomillashtirish zarurati tug‘ila brogan. Mehnat jarayonida turli ko‘nikma va odatlar, jumladan, xordiq chiqarish, xursandchilik qilish, ruhiy 95 ozuqa olish maqsadida qo‘shiq aytish, ommaviy raqsga tushish, mexnat jarayonida musobaqalar o‘tkazish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish kabi omillar shakllana borgan. Bular esa, o‘z navbatida mehnat qo‘shiqlari, xalq laparlari, milliy san’atning, turli ko‘rinishdagi xalq o‘yinlarining va ular bilan bog‘liq turli xil urf-odatlar, bayramlar, an’analarining shakllanishiga sabab bo‘lgan. Ular yillar davomida, tabiiy va ijtimoiy o‘zgarishlar jarayonida sayqallanib, o‘zgarib, millat uchun turli darajada ahamiyat kasb eta brogan. Har bir millat shu kabi o‘z qadryatlarini mavjud vaziyatga qarab takomillashtirgan. Yangidan-yangi qirralarini shakllantirgan va o‘z avlodlariga o‘tkazib kelgan. Dunyoning charxpalagi, zamonlarning g‘ildiragi ostida millatning tili, yozuvi, hatto dini o‘zgarsada, qadryatlar millat uchun o‘z mohiyatini yo‘qotmaydi. Milliy xarakterga ega bo‘lgan, ko‘nikma va odatga aylangan va o‘z navbatida avlodlarga “qush uyasida ko‘rganini qiladi”, qabilida namuna, ko‘rgazma sifatida uzatilib kelinayotgan ayrim qadryatlar borkim, ular tarbiya vositasi bo‘lib ham xizmat qiladilar. Masalan, kichiklar, jumladan farzandlar ertalab uyqudan turgach, albatta yuz-qo‘lini yuvgandan so‘ng, hamda qayerdan va qachon bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘chadan kirib kelganida kattalarga, ota-onalarga salom berishi odatiyholga o‘xshaydi. Ammo aslida bu ko‘nikma zamirida o‘zaro izzat-hurmat va mehr tuyg‘ulari yotadi. “Mexmon otangday ulug‘” degan qadimiy naqldan kelib chiqib, mehmonlarga alohida izzat-hurmat ko‘rsatilishi, o‘zaro xol so‘ralishi, ya’ni mehmondo‘stlik haqida gapiradigan bo‘lsak, uy bekalari non yopsalar, eng chiroyli qizarib pishgan nonlarni mehmonga atab alohida o‘rab olib qo‘yadilar, taxmonda yig‘ilib turgan eng yaxshi ko‘rpalar mehmonga atalgan bo‘ladi, bisotlarida bitta jonlik bo‘lsa, uni aziz mehmon poyiga so‘yishga qizg‘onishmaydi. Bayramlar boshqa atoqli kunlar arafasida keksalar, bemorlar, ojiz va qiynalgan kishilar xolidan xabar olish, qo‘niqo‘shnilarning biror ishlariga ko‘mak berish, xasharlar uyushtirish kabi qadryatlar xamjamiyatda ma’naviy yakdillikni yaratishda muxim o‘rin tutadi. Bu yerda xashar yo‘li bilan qirq besh kunda qurib bitkazilgan Farg‘ona kanalini misol keltirish mumkin. Hozirgi kunda ham imorat qurish va boshqa ishlarda elimiz hashar uyushtirishadilar. Qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla ahli hasharchilar uchun taom tayyorlab uzatadilar. Xalqimizning bu o‘lmas qadryati raxbarlik faoliyati jarayonida yurtni obod etish uchun juda qo‘l keladi. Hashar ijtimoiy harakterga ega bo‘lgan qadriyat 96 xisoblanadi. Uning zamirida uyushqoqlik, o‘zaro totuvlik, mehnat samaradorligi va o‘zaro yordam kabi tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lgan mazmun yotadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olishda, maxalla guzarlari, ko‘priklar, yo‘llar va shu kabi bino va inshootlarni qurishda hasharlar uyushtiriladi va ko‘p hollarda bu qadryat bayramona tus oladi. Yuqorida sanab o‘tilgan urf-odatlar asrlar osha xalqimiz uchun doimiylik kasb etgan ko‘nikma, turmush tarziga singib ketgan qoidalardir. Bu kabi qadryatlar yillar davomida shakl-shamoilini o‘zgartirsada, asl mazmun-moxiyati saqlanib qolgan. Bunday urf-odatlar xalqning kundalik hayotida doimo kuzatiladi. Odamlar hayotidagi muhim voqea va sanalarni nishonlashga qaratilgan, milliy ruhiyat asosida qabul qilingan ma’lum bir tartib-qoidalar asosida o‘tadigan tadbirlarmarosimlar hisoblanib, bularda ham avloddan avlodga o‘tadigan, rasmiy va ramziy an’analar, odat va qoidalarga amal qilinadi. Bu an’analar, odat va qoidalar zamirida ma’lum bir mazmun yotadi. Masalan, to‘y marosimlarini oladigan bo‘lsak, yigit tomondan qiz tomonga sovchi keladi. Bu odat, rivoyat qilishlaricha, Odam Atodan meros qolgan ekan. Yani, Odam Ato birinchi bo‘lib Momo Havoning yoniga kelgan ekan. Birinchi bor kelgan sovchilar bu xonadonga yashirincha ipak tola tashlab ketishga harakat qiladilar. Mazmuni, qiz taraf ipakday yumshasin va rozilik bersin, degani. Bu odat yurtimizga ipak tola kirib kelgan va ipak matolar qadrli bo‘lgan zamonlardan shakllanib kelgan bo‘lsa ajabmas. Qiz taraf rozi bo‘lgach, unashtiruv belgisi sifatida “non ushatish” marosimi bo‘ladi va juft non birdaniga ushatiladi. Mazmuni, ikki yosh bir-biri uchun noonday aziz bo‘lsin va qo‘sha qarisin demakdir. Nonday aziz bo‘lsin, degan jumlani tahlil qiladigan bo‘lsak, buning tarixi o‘ttiz asr qadimga borib taqaladi. Zaminni, unda ko‘karadigan bug‘doy va bug‘doyning xosilasi bo‘lmish nonni “Avesto” shunchalik ko‘klarga ko‘targan ekan, demak, o‘sha zamonlarda ham, bugungidek “Non-aziz” hisoblangan. Ya’ni, 3000 yil ilgari yaratilgan, “hayot yo‘riqnomasi” hisoblangan kitob “Avesto”da keltirilishicha: “Payg‘ambar Zaratushtra iloh Ahura-Mazdadan so‘radi: Ey, Ahura-Mazda! Zaminni hammadan ham bahtiyor etuvchi zot kim? Ahura-Mazda javob berdi: Ey Zaratushtra! Kimki uni yaxshilab haydasa va ziroatga tayyorlasa!... Ey Zaratushtra! Kimki g‘alla eksa, u haqiqatni ekadi…” 97 Demak, xalqimizda yerga tushgan non uvog‘ini ko‘zga surish va o‘pib toza joyga olib qo‘yish, beshikda go‘daklar yotganida yostiqlarining ostiga non qo‘yish, uzoq safarga ketayotganlarga non tishlatib qolish va yuqorida keltirganimizdek, “non ushatish” marosimlari kabi qadryatlar asrlar davomida shakllanib kelgan. Agar to‘y marosimlarining yillar davomida shakllanib kelgan xar bir elementini tahlil qiladigan bo‘lsak, bular shunchaki odat, yoki amal emas, milliy fazilatlarning belgisi bo‘lib namoyon bo‘laveradi. Keling, qiz uzatish marosimini eslab ko‘raylik. Qiz yaqinlari bilan yig‘lab hayrlashadi, xayrlashuv oxirida albatta ota qizga, kelin yangi uyda mehnati, shirin so‘zi, mehri, odob-ibosi bilangina qadr topishi to‘g‘risida o‘git aytadi va to‘planib turgan el bilan birga qiziga oq fotiha beradi. Bu marosim zamirida: oilaning muqaddasligi, unda oila boshi-Otaning o‘rni, demakkim, oiladagi tartib-intizom;- nikohning ulug‘ligi; -oila a’zolari orasidagi mehr; ota o‘giti misolida mehnatning ulug‘lanishi va kelinning odob, iboli bo‘lishi lozimligi; qizning yig‘lab ketishi timsolida tug‘ilib o‘sgan yerga, Vatanga bo‘lgan muhabbatning ulug‘lanishi kabi milliylik bilan uyg‘unlashgan qadryatlar yotadi. Xulosa qilsak, qadryatga aylangan har bir urf-ko‘nikma, odat, lapar-u, rivoyatlar zamirida ham xalqning minglab yillar zamirida bosib o‘tgan yo‘li, hayot tarzi, shakllanib kelgan o‘zligi bor. Milliy qadryatlar o‘zlikni anglashda, millatni birlashtirishda ma’naviymafkuraviy, tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Va albatta har bir yosh milliy qadryatlarimizni puxta anglagan holda, o‘z so‘zini dadil bayon eta bilishi bugungi kun istagi. Adabiyotlar: 1. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998. –B. 143. 2. Nazarov Q Qadriyatlar falsafasi. Toshkent O`FMJ 2004. –B. 78. 3. https://qalampir.uz/uz/news/prezident-ma-naviyatni-yuksaltirish-buyicha yigilish-utkazdi31829