YOSHLARDA ADOLAT TUYG'USINI SHAKLLANTIRISH – UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI YARATISHNING MUHIM OMILI
Full text
98 YOSHLARDA ADOLAT TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH – UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI YARATISHNING MUHIM OMILI Eldor Boratov, QarshiDU (PhD) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17444989 Annotatsiya. Ushbu maqolada demokratiyani va huquqiy davlatni ham, ijtimoiy va dunyoviy davlatni ham, adolat tamoyilini amalga oshirmasdan, qurib bo‘lmasligi, demokratiya aholi turli qatlamlari, ijtimoiy guruhlar va tabaqalarning saylovlar, o‘zi saylagan deputatlar va zarur institutlar orqali davlat siyosatiga o‘z munosabatini bildirishda, takliflar kiritishda tengligi haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: axborot almashuvi, muloqot shakllari, ijtimoiy tarmoqlar, ko‘ppartiyaviylik, dunyoviy davlat, xalq manfaatlari. Insoniyat tarixi davomida yosh avlodda adolat tuyg‘usini shakllantirishga katta e’tibor qaratgan. Hozirgi zamon insonlarning axborot almashuvi, muloqot shakllari intensivlashib, ular ko‘ptomonlama munosabatlarga kirishayotgan davrdir. Munosabatlarning barcha shakllari va ularning kechishi adolatga mezonlariga mosmi, degan haqqoniy savol tug‘iladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali kunda odamlarning bir birini aldayotgani, qallobliklar, oilaviy mojarolar, farzandlarining ertasini o‘ylamay ajralishlar va boshqa shu kabi salbiy holatlar haqida axborot tarqaladi. Ba’zi kishilar nega shu ahvolga tushib qolmoqda? Ularga to‘g‘ri ta’lim – tarbiya olganganmi, kabi savollar ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasida O‘zbekiston demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb e’lon qilindi. Siyosiy va boshqa huquqlar bo‘yicha fuqarolarning tengligi adolatning birinchi belgisidir. Demokratik va huquqiy davlatda siyosiy va mafkuraviy tolerantlik, ko‘ppartiyaviylik qaror topadi. Biror mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilmaydi. Ijtimoiy davlat esa aholisining muhtoj qatlamlari himoya qilinadigan, inson va xalq manfaatlari davlat va jamoat manfaatlari bilan muvozanatga keltirilgan, inson o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan, ya’ni ijtimoiy adolat ta’minlangan davlatdir. Dunyoviy davlatda vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik, umuman tolerantlik to‘liq ta’minlangan bo‘ladi. U diniy aqidalar, qonun-qoidalar asosida emas, qat’iy yuridik qonunlar asosida tashkil qilinadi va boshqariladi. Davlat ishlarida biror dinga, biror diniy mazhabga ustunlik berilmaydi. Din davlatdan ajratilishi va har kimning xususiy ishi deb e’lon qilinishi ko‘p millatli ko‘p konfessiyali davlatlar uchun adolatlidir. Ma’lum bo‘lmoqdaki, davlat va jamiyat
99 qurilishining ham, ma’naviyatni rivojlantirishning va Yangi O‘zbekistonning yangi insonini tarbiyalashning ham asosiy omillaridan biri xalqimiz, avvalo yosh avlod ongida adolat tuyg‘usini va qarashlarini tarbiyalashdir. Prezidentimiz “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida: “yagona maqsadimiz - maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy halqasiga, bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa Yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuniga aylantirishdan iborat” 1 deydi. Ushbu iqtibosning mazmunini ochish uchun yana Prezident asariga murojaat etamiz. Davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida yozadi: “Bola ota – ona qo‘lida bir omonatdir”, deydi buyuk allomalarimiz. Bolalarimiz, ularning taqdiri, kelajagi haqiqatan ham juda omonat ekanini bugungi hayot har tomonlama isbotlamoqda. Agar farzandimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish – turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilmu hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas” 2 . Prezidentimiz tashvishlanganidek, farzand tarbiyasi bugungi globallashuv sharoitida har qachongidan murakkablashib bormoqda. Yagona global axborot maydoni vujudga kelgani, yosh avlodning qanday axborot olayotganini nazorat qilish tobora qiyinlashmoqda. Shu sababdan bugun yosh avlod tarbiyasida nafaqat ota – onalar, balki butun mahalla, davlat va jamiyat tashkilotlari asosiy ko‘makchiga aylanishi lozim. Adolat tuyg‘usi shakllanishi birinchi galda oila bilan bog‘liq. Bola hayotdagi dastlabki qadamlaridanoq yaxshilik va yomonlikni oila a’zolari orqali idrok eta boshlaydi. Ota-onalar farzandlariga o‘zlarining avvalo boshqalarga bo‘lgan muomalasi, tozalik va saranjom ro‘zg‘or tutishi orqali o‘rnak ko‘rsatadi. Agar otaona farzandlariga qo‘pol muomala qilib, ularning oldida o‘z yaqinlariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lmasa, farzandlaridan kimnidir ortiqcha erkalatib, boshqalarga yetarlicha e’tibor qaratmasa, bolalarda adolatga ishonmaslik paydo bo‘ladi. Pyer Abelyarning: “Inson his – tuyg‘ulari ko‘pincha so‘zga nisbatan ibratdan kuch oladi yoki susayadi” 3 degani bejiz emas. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchidir. 1 Шавкат Мирзиёев. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.:Ўзбекистон. Б. 57. 2 Шавкат Мирзиёев. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.:Ўзбекистон. Б. 413 – 414. 3 Жамшидхон Шаропов. Оилада шариат қоидалари ва ҳуқуқий маданият. Т.2010: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт – матбаа ижодий уйи. Б. 22.
100 2017 yildan boshlab maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chalarga qamrab olish kuchaytirildi, maktabgacha ta’lim chuqur isloh qilindi. Yagona dastur va tizim asosida faoliyat ko‘rsatadigan xususiy va davlat-xususiy sheriklik (dxsh) maktabgacha ta’lim muassasalari soni keskin oshdi. Ular zarur metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlandi. Prezidentimiz: “Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” 4 deydi. To‘g‘ri ta’kidlanganidek bolalarda adolat tushunchalarini anglash aynan bog‘cha yoshida boshlanadi. Bola oila muhitidan farqli bog‘chada ota-onalari, aka-ukalar bilan emas, boshqa tarbiyachilar va ko‘pchilik bolalar bilan munosabatga kirishadi, erkatoylik qilolmaydi. Ular bilan murosa qilishni, birgalikda o‘ynashni o‘rganadi. Bolada tenglik va adolat tuyg‘usining shakllanishi va o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi jamoaviylik (kollektivizm) tuyg‘usi vujudga kela boshlaydi. Ayonlashmoqdaki, maktabgacha ta’lim muassasalari bolalar shaxsi, e’tiqodi va qarashlari shakllanishida ulkan ahamiyat kasb etadi. Lekin, afsuski, hozircha davlat va xususiy, dxsh maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayotgan xodimlarning barchasini ham malakasi yetarli deb bo‘lmaydi. Bu muammo ayniqsa olis va chekka hududlarda faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ancha dolzarb. Bola ruhiyatiga ezgulik, go‘zallik, mehr ona allasi bilan kiradi. Musiqa milliy qadriyatlarni, jumladan insonga, tabiatga mehr-shafqatni, binobarin, adolat tuyg‘usini qaror toptirishning muhim omilidir. Musiqaning ayrim zamonaviy janrlari ommaviy madaniyatning kich yo‘nalishiga xos. Milliylikdan xoli. Ular yoshlarda agressivlikni, tuban his-tuyg‘ularni qo‘zg‘aydi. Shu bois bolalarda qanday musiqa va ashulalar tinglashga ehtiyojlarni to‘g‘ri shakllantirish juda muhimdir. Bugungi kunda bizning maktablarda musiqa darsiga ajratilgan soat xaftasiga 1-7 sinfgacha 1 soatni tashkil etadi. Undan yuqori sinflarga esa musiqa darsi o‘tilmaydi. Yaponiyada musiqa darsi haftada 9 soat, Boltiqbuyi davlatlarida 7 soat ajratilgan. Ezgulik, ko‘ngilchanlik, hamdardlik tuyg‘usi musiqa orqali ham tarbiyalanadi. Bu tuyg‘ular yetishmaydigan insonda adolat tuyg‘usi zaif bo‘ladi. Musiqa ko‘ngilchanlikni, ezgulik va hamdardlikni, go‘zallikka intilishni binobarin, adolat tuyg‘usini ham tarbiyalaydi. Shu bois musiqa nafaqat maktablarda o‘qitiladi, shuningdek musiqa va musiqiy o‘yinlar bog‘chalar dasturidan ham keng o‘rin olgan. Bugun O‘zbekistonda musiqa va san’at maktablari soni ko‘paymoqda. Besh muhim tashabbusning birinchisiga musiqa ham kiritilgan. 4 Шавкат Мирзиёев. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.:Ўзбекистон. Б. 226.
101 Farzandlarning aqlli bo‘lib, tarbiya topishida ertaklarning o‘rni katta. Ertaklarda adolat, ilm, topqirlik, sabr, vijdon, nomus, turli qiyinchiliklardan, yovuz maxluqlardan qo‘rqmaslik, makkorliklardan ehtiyot bo‘lish, mardlik, iroda kuylanadi. Albert Eynshteyn shunday degan ekan: “Agar bolalaringiz aqlli bo‘lishini istasangiz, ularga ertaklar o‘qib bering. Agar yanada aqlliroq bo‘lishlarini xohlasangiz, undan-da ko‘proq ertak o‘qib bering” 5 . O‘zbek xalqining ertaklari orasida bolada adolat tuyg‘usini shakllantirishga qaratilganlari ham talaygina. Bunga misol sifatida “Zumrad va Qimmat”, “Yoriltosh”, “Xo‘ja Nasriddinning sarguzashtlari” kabi ertaklarni keltirishimiz mumkin . Ular asosida multfilmmlar ishlangan. Lekin, afsuski, bunday multfilmmlar soni ko‘p emas. Bugungi kunda 2 ta “Aqlvoy” va “Bolajon” telekanallari orqali kamida 10 soat xorijiy multfilmlar efirga uzatilmoqda. Afsuski, ularning ayrimlari bolalarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmayotirmikan, degan savol ham ba’zan tug‘ilib qoladi. Ulardagi multfilmlarning ko‘plab qahramonlari raqibidan turli qurollar orqali qasos oladi, uni haloq etadi. Aynan shunday qasoskor qahramonlar farzandlarimizning ideal qahramonlariga aylanib bormoqda. Bu esa xavotirli. Oilada kitob o‘qish farzand tarbiyasida juda muhim omildir. Buning uchun otaonalarning o‘zi kitobga mehr qo‘ygan bo‘lishlari lozim. Oilada ota-onalar farzandlarining kitob o‘qishlari uchun o‘zlari ham kitob o‘qishlari shart. Afsuski ko‘pchilik ota-onalar o‘zlari telefon bilan band bo‘la turib, farzandlarining kitob o‘qishga undaydi. Prezidentimiz Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining yig‘ilishida “Bugungi shiddatli, o‘ta murakkab zamon shuni ko‘rsatmoqdaki, bu borada faqat ta’lim – tarbiya tizimining o‘zi mavjud ma’naviy tahdidlarga qarshi turolmaydi. Bu masalaga butun jamiyatning kuch va imkoniyatlarini safarbar etmas ekanmiz, kutilgan natijaga erisholmaymiz. Chunki bugungi kunda bolalarimizni ota – ona, bog‘cha, maktab yoki institut emas, aksariyat hollarda qo‘lidagi telefon “tarbiyalamoqda”. Afsuski, ana shu kichkinagina telefon endi oddiy aloqa vositasi emas, ko‘pincha yot mafkurani targ‘ib etadigan katta qurolga, zo‘ravonlik, yovuzlik “virusi”ni tarqatadigan manbaga aylanmoqda, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz” 6 deya ta’kidlagan edi. Bu o‘yinlarning deyarli 80 foizi jangarilik mazmunidagi o‘yinlardir. O‘yinlar ta’siriga tushib qolgan bolalar ulg‘ayib voyaga yetgandan keyin inson qadr – qimmati, adolat va qonun ustuvorligi haqida yetarlicha tushunchaga ega 5 Маънавий ҳаёт журнали, 2022 йил 3-сони, 109 бет. 6 Шавкат Мирзиёев. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг пойдеворидир. – Т.2021: Тасвир. Б.9.
102 bo‘lmasdan, o‘ch olish, kuch, zo‘ravonlik yordamida raqibini mag‘lub etishga intilish shakllanadi. Chunki ular “kuch – adolatda” emas, “adolat – kuchda” degan aqida bilan o‘sadi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib aytganda, yoshlarda adolat tuyg‘usini shakllantirish Yangi O‘zbekistonda - Uchinchi Renassans poydevorini yaratishda muhim tayanch bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Шавкат Мирзиёев. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг пойдеворидир. – Т.2021: Тасвир. Б.9. 2. Маънавий ҳаёт журнали, 2022 йил 3-сони, 109 бет. 3. Жамшидхон Шаропов. Оилада шариат қоидалари ва ҳуқуқий маданият. Т.2010: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт – матбаа ижодий уйи. Б. 22. 4. Шавкат Мирзиёев. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.:Ўзбекистон. Б. 226.