scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MUSTAQILLIK YILLARIDA MAHALLA-MILLIY INSTITUTI ILMIY TADQIQOTLAR NATIJASIDAGI TAHLILIY MA'LUMOTLARI

Cho'liyeva Maftuna Sobir Qizi

Full text

120 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MUSTAQILLIK YILLARIDA MAHALLA-MILLIY INSTITUTI ILMIY TADQIQOTLAR NATIJASIDAGI TAHLILIY MA’LUMOTLARI Cho‘liyeva Maftuna Sobir Qizi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti 2-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445011 Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida mahalla milliy institutining ilmiy tadqiqotlar natijasidagi tahliliy ma'lumotlarini o‘rganadi. Unda mahallaning jamiyatdagi o‘rni va roli, mahallaning boshqaruv tizimidagi ishtiroki, mahallaning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan hissasi, mahallaning milliy qadriyatlar va an’analarni saqlashdagi ahamiyati, shuningdek, mahallani rivojlantirishga qaratilgan islohotlar tahlil etiladi. Maqolada olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida mahallaning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi. Kalit so‘zlar: mahalla, milliy institut, mustaqillik yillari, ilmiy tadqiqotlar, tahliliy ma'lumotlar, boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, milliy qadriyatlar, an’analar, islohotlar. Moziy tarix sahifalarining guvohlik berishicha, mahalla tarixi ancha uzoq o‘tmishga borib taqaladigan, kattayu-kichikning, yoshu-qarining lavozimidan qat’iynazar barchaning birdek vatanidir. Ma’lumki, azaldan o‘zbek mahallalari chinakam ezgulik beshigi, tarbiya o‘chog‘i, milliy qadriyatlar maskani bo‘lib keladi[1: B. 58]. Bu inson tarbiyasida ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Demokratiyaning eng ko‘p tarqalgan shakllaridan biri fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish hisoblanadi. O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish tizimining asosiy bo‘g‘inini mahallalar tashkil qiladi[2: B.33]. Eng qadimgi qadriyatlarimizdang hisoblangan, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan, o‘zbek xalqining yashash tarzini o‘zida to‘la-to‘kis mujassam etgan mahallaning jamiyatdagi munosib o‘rni tiklab qo‘yildi. O‘zbek mahallasi-xalqimizga xos donishmandlik timsoli bo‘lib, u tarixda ham o‘z jozibasi, hayotiyligi, xalqchilligi,betakrorligi bilan dunyo ahli tafakkurini o‘ziga jalb qilib kelgan. Moziydan tortib hozirgacha davlatlar o‘zining ko‘pgina ezgu amallarini, xosiyatli, barakatli tadbirlarini, hayotiy muhim masalalarini mahallada oqsoqollar, faollar aql-zakovti, adolatli nazorati bilan amalga oshirib, hal qilib keladilar. O‘zbekistonda mahalla bo‘lib, jamoa bo‘lib yashashning necha ming yillik tarixi bor. Bizda bu an’analarni yangi mazmun bilan boyitmoqdamiz. Bu davrda mahalla joylardagi o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini tayanchi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Bu jamiyatimiz bugungi hayotining eng samarali, ayni paytda milliy va xalqchil 121 ko‘rinishidir[3: B.5-16]. Moziy tarixidan ma’lumki, insoniyat tarixida oiladan keyin mahalla shakllangan. Mahalla o‘zbek xalqi uchun boshqarishning qadimgi, adolatli va insonparvar an’anaviy tizimi hisoblanadi hamda xalqimizning tinchligi va osoyishtaligining eng asosiy garovi, millatimiz timsoli, Vatan ichra vatan bo‘lgan muqaddas go‘shadir. Sharqda qadimdan ijtimoiy-siyosiy hayotda mahallalarning o‘rni salmoqli bo‘lgan. Mahalla azaldan O‘rta Osiyo shaharlari ichidagi hududiy birlik bo‘lib, bizga o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan Osiyo qit’asi va musulmon Sharqida davlat qurilishi va boshqaruv tajribasi muayyan xususiyatlarga va o‘ziga xos an’analarga ega. Arablar istilosi va islom dini qabul qilishidan ancha ilgari paydo bo‘lgan mahalla muayyan kichik hududda istiqomat qiluvchi odamlar birlashmasi bo‘lib, unda kishilar faqat qo‘shnichilik rishtalari bilan emas, balki yuzlab yillar davomida yaratilgan ichki tartib-qoida, ma’naviy-ahloqiy tizimlar yaratilgan. Tarixdan ma’lumki, mahallalar ezgulik beshigi, tarbiya o‘chog‘i, milliy udumlar, urf-odatlar va an’analar shakllangan maskan bo‘lib, odamlarni o‘zaro mehroqibatli, sahovatli qilib tarbiyalashda, o‘ziga xos jamoaning shakllantirilishida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘zbek mahallalari o‘zida jamoatchilik ruhi, insonparvarlik, o‘zaro yordam, insof, diyonat, rahmdillik kabi insoniy tuyg‘ular bilan sug‘orilgan holda shakllangan katta oiladir. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida qarindosh-urug‘chilik asosida tashkil topgan jamoalar o‘rniga kelgan mahallalar jamiyat hayotida asosiy o‘rin tuta boshlagan. Yurtboshimiz yozganidek: “Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqarish tizimining bu noyob usuli-qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dinida, butun hayotida chuqur joy egallagani bejiz emas. Biz “Mahalla-ham ota, ham ona” degan hikmatli naqlni ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz[4: B.58-59]”. Mahalla-shahar va qishloqlarda aholi yashaydigan ma’muriy, hududiy birlik uyushmasidir. XX asrning birinchi choraklariga qadar mahalla 50-60 xonadondan tashkil topgan bo‘lib, yirik shaharlarda dala tarkibiga kirgan. Mahalla hay’atiga saylab qo‘yiladigan oqsoqol rahbarlik qilgan. Milliy g‘urur, ahillik, birdamlik va qadriyatlar makoni mahalladir. Bu yerda yoshlarda Vatan, millat tushunchlari, milliy o‘zlik, mehr-oqibat, muruvvat, hikmat, bag‘rikenglik, kechirimlilik, hurmat va insonparvarlikni tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. U fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qiladi, aholining muhtoj qatlamlariga yordam beradi. Bu mahalladagilardagi uy-joylarning oldi-sotdisi, to‘yma’raka marosimlarini uyushtirish va mahallalardagi nizolarni bartaraf etish ishlariga 122 boshchilik qilgan. Har bir mahallaning o‘z guzarida choyxonasi bo‘lib, u mahallaning ijtimoiy-madaniy markazi hisoblangan. Mahalla deganda katta oila yoki bir necha oilalarni o‘ziga birlashtirgan hududi birlikdagi jamoa tushinilgan. Mahalla fuqarolarning tashabbusi bilan tashkil etilgan trixiy jamoadir. Necha asrlardan buyon o‘zbeklar mahallalarda yashab, o‘zining ma’lum tartib intizomi, qonun-qoidalariga rioya qilgan holda yashab kelmoqda. Mahalla arabcha-«maxallun» so‘zidan olingan bo‘lib, fuqarolar yashaydigan joy, o‘rin, makon degan ma’nolarni anglatadi. Demak, mahalla shahar va qishloqlarda aholi yashaydigan ma’muriy, hududiy birlik, uyushmadir. Mahalla ko‘chalari kesishgan va tutashgan hamda odamlarning o‘tish joyi esa guzar deyiladi. Guzarda shahar va qishloqlarning uch-to‘rt ko‘chasi yoki choyxona, baqqollik, qassoblik va boshqa do‘konlari mavjud bo‘lgan gavjum, serqatnov obod joydir. Odatda mahalla ahli guzarga chiqib choyxo‘rlik qilganlar, suhbatlashganlar va hordiq chiqarganlar. Guzarni qozi tayinlaydigan oqsoqol-guzar boshi boshqargan. Mahalla bir ko‘cha yoki alohida guzarda yashaydigan, o‘zlariga eng qadrdon bo‘lgan ana shu makon orqali doimiy yaqinligini his etgan odamlarni birlashtiradi. Bu insonlarning hayotida maqsadlari ham o‘zaro mushtarak tarzda uyg‘unlashib ketgan, to‘y-ma’raka, hashar uyushtirish, muhtoj va ehtiyojmand odamlarga yordam berish, turli bayram va tantanalarni birgalikda nishonlash va hokazo. Xullas, mahalla insonlarda jamoat tuyg‘usi va ruhini shakllantirishda ham muhim o‘ringa egadir. Mahalla tarixining ildizlari ancha qadimgi bronza davriga borib taqalishini arxeolog-qadimshunos olimlar aniq ashyoviy dalillar asosida isbotlab berganlar. Mahalla juda qadim tarixga ega bo‘lib, uning ildizlari bronza davriga borib taqaladi. Qadimshunoslik manbalarining guvohlik berishicha, bronza davriga borib taqaladi. Qadimshunoslik manbalarining guvohlik berishicha, bronza davrining yodgorligi bo‘lgan Surxondaryo vohasidagi Sopollitepada 8 ta oilaning manzilgohi aniqlangan. Ularni birlashtirgan narsa faqat urug‘ jamoasi emas, balki eng avvalo, ishlab chiqarish manfaatlari edi. Bu manzilgohdagi 8 ta oila tarkibida patriarxal tizim asosida qurilgan yuzdan ortiq juft oilalar uyushgan. Har bir katta oila jamoasini o‘zlari saylagan oqsoqol boshqargan. Har bir jamoa oqsoqollari oliy oqsoqollar kengashiga birlashganlar. Jamoa qishloq hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolar oqsoqollar kengashi orqali amalga oshirilgan. Miloddan avvalgi III asrdan milodiy V asrning boshlarigacha qadimgi Farg‘ona (Parkana) davlatida barcha masalalarni oqsoqollar kengashi hal etgan. Jumladan, ular urush holatini e’lon qilish, sulh tuzish, vazirlar tarkibini va soliqlarni tayinlash kabi 123 masalalarni hal etishgan. Oqsoqollar shohni ham almashtirish huquqiga ega bo‘lganlar. O‘tmish ajdodlarimizning dunyoqarashi, ma’naviyati, urf-odat va an’analari hamda ilk davlatchilik tarixini haqqoniy tarzda aks ettirgan bebaho asar “Avesto” mil.avv.I ming yillikning munosabatlari va boshqaruv tizimini mujassam etgan manba hisoblanadi. Asarda jamoaviy munosabatlarga keng o‘rin berilgan bo‘lib, uning patriarxal urug‘ jamoasi haqida fikr yuritilgan so‘nggi qismi “Videvdat”da iqtisodiy tengsizlik va tabaqalanish yoritilgan. Masalan, asardagi “azata”-erkin, ozod, mo‘tabar odam, “asna”-jamoa urug‘lari, erkin jamoa a’zosi ma’nolarini anglatadi. “Avesto” jamiyati quyidagi to‘rt qismga bo‘lingan: uy, oila jamoasi- “Nmana”, “dmana”, urug‘ jamoasi- “vis”, qabila, “zantu”, qabilalar ittifoqi-“daxiyu”. “Yasht”ning uchinchi bobida quyidagi lavhalar keltirilgan: “Xudo Mitrani biz ulug‘laymiz. Unga hech kim yolg‘on gapirolmaydi: uyda-oila boshlig‘i, urug‘ oqsoqoli, qabila boshlig‘i va mamlakat sardori. Agar uy egasi, urug‘ oqsoqoli, qabila boshlig‘i va mamlakat sardori yolg‘onchi bo‘lsa, g‘azablangan Mitra butunlay oilani, urug‘ni, qabilani, mamlakatni va uning boshliqlarini ham tamoman yo‘q qiladi”[5: B.23]. “Yasht” kitobida ijtimoiy munosabatlarning negizi katta patriarxal oila ekanligi ta’kidlangan. Oila, urug‘ va qabila boshliqlarini “pati” so‘zi anglatgan “nmonapati”, “vispati”, “daxiyupati”. Asarda “nmana”, “dmana” atamalari oila birligini, xonadon, uy ma’nolarini ifodalaydi. “Nmanapati” (oila boshlig‘i), “nmapanatni” (uning xotini bolalari, nabiralari va evaralari) oila tarkibini tashkil etgan. Erkak- “vira” askar ma’nosini ham anglatib, “vironmana”-katta oila xizmatkori deyilgan. Erkin jamoa a’zolarida kambag‘allashgan qismi- “pornaytor” (cho‘pon) qul bo‘lmagan, lekin tobe odam hisoblangan. “Vaysa (qul), “dira” (erkin askar), “parkaytor” (gunon)lar katta patriarxal oilaning a’zolari bo‘lgan, lekin ularning huquqlari boshqa erkin a’zolarga nisbatan cheklangan bo‘lgan. Urug‘ jamoasi “vis”ga kamida 15 ta qarindosh “nmana” (oila jamoasi) kirgan va unga “vispati” (oqsoqol) boshchilik qilgan. «Vis» patriarxal oilalar (“nmana”) dan iborat edi. “Avesto” davrida urug‘ jamoasi jamiyatning asosini tashkil etib, barcha siyosiy va ijtimoiy vazifalarni bajargan. Yaylov, ekinzor va kanallar “vis” (urug‘) mulki hisoblangan. Xullaski, nikoh, garovga turish tartib qoidalari jamoa tasarrufida bo‘lgan. Oqsoqollar kengash- “virzanpati”, “xanjamana”, xalq yig‘ini (majlisi)- 124 “v’yaxa” deyilgan. Jamoani boshqarishda harbiy demokratiya tamoyillariga qat’iy amal qilingan. “Vis” (urug‘)ga “nmanopati”dan saylangan urug‘ boshlig‘i, diniy ustozi va rahnamosi “vispati” boshchilik qilgan. Shuningdek, asarda bir qishloqda joylashgan uyushmasi (“vrzona”) urug‘doshlar ittifoqi, (“aryanon”), qabila (“zantu”), qabila boshlig‘i (“zantupatr”) haqida ham ma’lumotlar mavjud. “Avesto” davrida “daxiyu” (viloyat)-yirik ma’muriy hududiy birlik bo‘lib, ko‘plab zantu qabilalari yashagan va ma’lum bir etnik uyushmaning hududi, el-yurti hisoblangan. “Daxiyu” (viloyat)ga “daxiyupati” boshchilik qilgan. “Kavi” yoki “sastar” (viloyat hokimi) daxiyu okruglarining birini yoki markazini boshqargan hamda harbiy boshliq lavozimini ham egallagan. Bir nechta daxiyular tepasida “daxiyusosti”-hukmdor turgan. “Sastar” so‘zi harbiy bo‘linmalarni ham anglatgan. Asardagi “Yasht”ning uchinchi naqlida Hirot va Marvdan to Orol dengizigacha, undan Sirdaryogacha bo‘lgan yerlarning “daxiyu sosti” tarkibiga kirganligi aks ettirilgan. Qadimgi podsholiklar hukmdori-“daxiyu sosti” mutlaq hokim bo‘lmasdan, huquqlari nisbatan cheklanmagan va “daxiyu” hokimlarning oliy kengashiga bo‘ysungan. Bu uyushmaning diniy va oliy rahbari Zaratushtraema edi. Shuningdek, asardagi “kshayati” (podsho)- “kshatriya” (harbiylar toifasi) “azota” (ozod, erkin) “xanchanona” (anjuman, majlis), “banton” (bandi, qul) atamalari ham o‘sha davrdagi ijtimoiy hayot haqida ma’lumotlar beradi. Ba’zi manbalarda yozilishicha, “kavi” undan bo‘lib, urug‘ jamoasi boshlig‘i sifatida ta’rif berilgan. Har bir urug‘ning oila a’zolari xshaytiya unvoni bilan ajralib turishi kerak edi. Bu unvon viloyat hukmdoriga taaluqli edi[6: B.214]. Mahalla azaldan O‘rta Osiyodagi shaharlar ichidagi hududiy birlik bo‘lib, u bizga o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan. Arxeologik va etnografik ma’lumotlar mahalla arablar istilosidan ham ancha ilgari mavjud bo‘lganligini isbotlaydi. O‘tmishda mahalla muayyan bir yirik hududda yashovchi odamlar birlashmasi bo‘lib, unda odamlar faqat qarindoshlik rishtalari bilangina emas, balki yuz yillar davomida yaratilgan ichki tartib, qoida, ma’naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar va an’analar bilan ham chambarchas bog‘langan edi. Tarixiy manbalarda ham mahallalarning ko‘p ming yillik tarixga ega ekanligi haqida qiziqarli lavhalar uchraydi. Sharqning buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Nasr Forobiy (873-950) “Fozil odamlar shahri” asarida shunday yozgan edi. “Har uydagi odamlar o‘zaro yaqin aloqalarda bo‘ladilar, ya’ni ular bir ko‘chada yana bir mahallada yashaydilar. Shu 125 tufayli odam avvalo qo‘shnisi bilan yaqin bo‘ladi. Yana u xuddi shu qo‘shnisi bilan bir ko‘chada, bir mahallada, bir shaharda va nihoyat... bir yurtda yashaydi”[7: B.173]. Mashhur muarrix Abu Bakr ibn Ja’far Narshaxiy “Buxoro tarixi” asarida (X asr) Buxoroda 1100 yil muqaddam mahallalar bo‘lganligini qayd qilib o‘tgan. Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida mahallalar ayniqsa ravnaq topgan. O‘tmishda mahalla shaharcha ahamiyatiga ega bo‘lgan: Shaharlar otini mahallot etib, Bo‘ldi chu yuz shahar Hiri ot etib. Mahalla-shahar ichidagi shaharcha degan mazkur go‘zal o‘xshatishni hazrat Mir Alisher Navoiy o‘zining “Hayratul abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) asarida keltirgan. Bundan ko‘rinadiki, o‘rta asrlarda Hiri deb atalgan. Hirot shahri yuz shaharcha ahamiyatiga ega bo‘lgan mahalladan tarkib topgan. Ko‘chalar kesishgan, tutashgan joylar markaz hisoblanib, u yerda guzar joylashgan. Guzar atamasi kesib o‘tish joyi degan tushunchani anglatadi. O‘tmishdan ma’lumki, inson tarixida oiladan keyin mahalla shakllangan. Mahalla o‘zbek xalqi uchun boshqarishning qadimgi adolatli va insonparvar an’anaviy tizimi hisoblanadi hamda xalqimizning tinchligi va osoyishtaligining eng asosiy garovi, millatimiz timsoli, Vatan ichra-vatan bo‘lgan muqaddas go‘shadir. Oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davrda ham mahallalar faoliyat ko‘rsatib, aholini birlashtiruvchi va uyushtiruvchi asosiy tuzilma bo‘lgan. O‘zbek xalqini kundalik ijtimoiy hayotini va turmushini tashkil etuvchi asrlar osha takomillashib kelgan mahalla o‘z mohiyati, mazmuni va shakllari bilan sharqona fikrlash, faoliyat yuritish kabi xalqimizning o‘ziga xos fazilatlarini aks ettirgan. Mahallalar aholini ahil va tinch-totuv yashashga, sidqidildan mehnat qilib, kasb o‘rganishga, shu orqali esa umrguzaronlik qilishga o‘rgangan. Ma’lumki, mahalla fuqarolarning tashabbusi bilan tashkil etilgan jamoa bo‘lib, shakllanish ildizlari tarixining juda olis davrlariga borib taqaladi. Shuning uchun ham mahallalar kecha yoki bugun paydo bo‘lmagan, balki ularning o‘ziga xos hayot tarzi juda qadimda vujudga kelgan, hatto olis ibtidoiy jamiyat davrining oxirgi davriga ham xosdir. O‘tmishda ham mahalla tarbiya o‘chog‘i va milliy qadriyatlar maskani hisoblangan. Donishmand ajdodlarimiz xalqimizning qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlarini ko‘z qorachig‘iday avaylab saqlashda asosan mahallaga tayanishgan. Mahalla azaldan O‘rta Osiyo shaharlari ichidagi hududiy birlik bo‘lib, u bizga o‘tmishdan noyob meros bo‘lib qolgan. Arxeologik va etnologik ma’lumotlar mahalla arablar istilosidan ham ancha ilgari mavjud bo‘lganligini isbotlaydi. O‘tmishda kichik bir hududda yashovchi odamlar uyushmasida va insonlar faqat 126 qo‘ni-qo‘shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ko‘p yillar davomida shakllangan ichki tartib-qoida, ma’naviy-axloqiy meyorlar, urf-odatlar va an’analar bilan ham chambarchas bog‘lanishgan. Demak, mahalla minglab yillar burun ham Vatanimizda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos ma’lum an’anaviy ichki tartib va qoidalarga ega bo‘lgan hamda kishilar ongi va ma’naviyatiga ezgulik timsoli sifatida kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Manbalarga ko‘ra XIX asrda Toshkent shahrida 4 ta daha: Shayxontoxurda-48 ta, Sebzorda-38 ta, Ko‘kchada-31 ta, Beshyog‘ochda-32 ta, jami 149 ta mahalla (guzar) mavjud bo‘lgan. Shahar mahkamasi 4 katta oqsoqol va 12 kichik oqsoqoldan iborat edi. XX asrning boshlariga kelib esa Toshkentda 280 ga yaqin mahalla (guzar), 170 dan ziyod mavze (shahar tashqarida dehqonchilik qilinadigan yerlar) mavjud edi. Shuningdek, X1X asrda Buxoroda-217 ta, Andijonda-43 ta, Qarshida-20 dan ziyod, Shahrisabzda-54 ta, Kitobda-51 ta, Xivada esa-20 ta iloq mahalla (guzar) bo‘lganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, XX asrning boshlarida Buxoro shahrida 197 ta guzar mavjud bo‘lgan, holbuki, ular bundan ham ko‘pchilikni tashkil etgan. Buxoro xonligining eng yirik siyosiy va ma’muriy shahri hisoblangan hamda 1920 yilgacha nufuzi jihatidan poytaxt Buxoro shahridan keyingi ikkinchi o‘rinda turgan Qarshi shahrida XX asrning boshlarida 20 dan ziyod mahalla (guzar) faoliyat yuritgan. Ma’lumki, Qarshi shahri mahalla (guzarlari) tarixi alohida ilmiy tarzda chuqur o‘rganilmagan. Faqatgina rus elshunos olimasi O.A.Suxarevaning «Buxoro xonligi shaharlari tarixiga doir» asarida Qarshi shahrining quyidagi mahallalarining nomlari keltirilgan: Murdashuy, Mirzaallot, Og‘aliq, Chubin, Xonaqo, Harrot, Sharshara, Beglarbegi, Xitoy, Uymovut, Eronguzar, Temirchi, Xolvagar, Kulonguzar, Chilangaron. Mazkur asarda shaharga tutashgan qishloqcha /mahallot/larning ham nomlari tilga olingan: Charmgar, Qo‘rg‘oncha, Zog‘za, Arabxona, /Qumrabot/, Buzrabot/ Buzrukobod/, Beshgumbaz, Maxsumobod, Qarluqxona. To‘plangan etnologik ma’lumotlarimizga ko‘ra shaharda yana quyidagi mahalla (guzar)Lar faoliyat yuritganligi aniqlandi: Degrez, Misgarlik, Kudungarlik, Ko‘kcha, Zargar, Qirqizguzar, Sandiqchi, Dukchi, Kosagar, Duradgor, Alachabof. Ushbu mahalla (guzar)larning nomlari to‘liq emas. Bu yana qo‘shimcha ilmiy izlanishlarni talab qiladi, albatta. Mahalla (guzar) lar hunarmandchilikning eng asosiy sohalari, qavmlari nomlari, shu hududdagi ariq, hovuz, ko‘prik, masjidlar, joy relyefi va turli nomlar bilan atalgan. Davrlar o‘tishi bilan esa yirik mahallalar bir nechta mustaqil qismlarga 127 bo‘linib ham ketgan. Ba’zi kichik mahallalar esa yiriklariga qo‘shilib ketgan, nomlari faqat qariyalarning xotirasida saqlanib qolgan, ayrimlari esa batamom unutilgan ham. Janubiy Sug‘d-Qashqadaryo vohasining yuqori qismida joylashgan «Qubbatul ilm va adab» maskani Shahrisabz shahri 1920 yilgacha Buxoro xonligining ijtimoiysiyosiy hayotida salohiyatiga ega bo‘lgan bekliklardan birining markazi hisoblangan. Shahrisabzda XIX asrning boshlarida esa 54 mahalla/guzar/lar mavjud ekanligi manbalarda qayd etilgan. Ma’lumki, «mavze»-arabcha so‘z bo‘lib, shahar atrofii, o‘rin, joy degan ma’nolarni bildiradi. O‘tmishda Shahrisabz shahri atrofida ham ko‘plab shunday mavzelar mavjud bo‘lib, shahar atrofini o‘rab turgan. Lekin shahardan tashqarida joylashgan, ba’zi hollarda uzoq cho‘zilgan hududlar ham mavze deyiladi. Bu joylarning aksariyat qismi shaharliklarga tegishli bo‘lib, asosan bu yerlarda bog‘dorchilik va polizchilik ekinlari ekilgan. Mavzeda xonadon egalari erta bahordan to kech kuzgacha ko‘chib yashaganlar. Bunday joylar qishloq shaklida bo‘lsada, alohida hududiy birlashmalardan iborat edi. Ular o‘z nomlariga ega bo‘lishib, ba’zi hollarda shahar aholisining ko‘pchiligi shu hududda joylashgan bo‘lsa, o‘z mahallasining nomlariga qo‘yishgan. Mazkur birlashmalar mahalladan farq qilib mavze nomini olgan. Shahrisabzda bunday hududlarni «atrof joylar» deb ham ataganlar. Shahar atrofidagi O‘rta Qo‘rg‘on va Shamaton hududlari Shahrisabz asosiy atrof mavzelari hisoblangan. Qarshi shahri atrofidagi bunday mavzelar esa «mahallot» deb nomlangan. Shahrisabz shahri mahalla (guzar) lari haqida uncha to‘liq bo‘lmagan tarixiy etnografik ma’lumotlar mavjud. Masalan, rus tadqiqotchisi A.Kun o‘z asarida X1X asrning 80-yillarida Shahrisabz shahridagi 14 ta mahalla (guzar) nomini keltirgan. Kulol, Xo‘ja, Hovuzi Mardon, Sariosiyo, Oqsaroy, Juy Xaltak, Kunchiqar, Sarbazor, Mo‘min degrezi, Qozi, Qushxona, Chaqar, Charmgar, Kitob, Shaharning har bir guzarida 4000 xonadon mavjud bo‘lsa, bir xonadonda o‘rtacha 5 jon istiqomat qilsa, shaharda hammasi bo‘lib, 20 ming kishi yashagan. Shuningdek, shaharda 64 masjid, 2 ta hammom («davolovchi hammom») 7 ta karvonsaroy, 34 ta qabriston, ko‘plab tegirmonlar ham kunchiqar, Charmgar, Qushxona, Qalmoq, Ark kabi 5 ta darvoza ham joylashgan edi[8: S.23-24.]. Bek qo‘rg‘oni shaharning shimoliy-sharqida joylashgan bo‘lib, uni xalq «Shahrisabz Afrosiyobi» deb ham atashgan. Qo‘rg‘onda ikkita darvoza janubiy tomondagi Ko‘k darvoza, sharqiy tomonidagi To‘pxona darvoza deb atalgan. 128 Qo‘rg‘on oldida shaharning asosiy maydoni Registon joylashgan. Shaharda bir nechta bozor mavjud bo‘lib, eng asosiysi markazdagi Chorsu bozori edi. Shahar darvozalariga tutashuvchi yo‘llar ana shu bozordan boshlangan. Har bir mahalla (guzar) o‘z masjidiga ega edi. Shaharning shimolida Nomozgoh masjidi, ichkaridagi Xo‘ja Mirxamid va Hazrati Malik Ajdar masjidlari eng yirik masjidlardan hisoblangan[9: B.175]. XX asrning 40-yillari oxirida rus elshunos olimasi O.A.Suxareva Shahrisabz shahri tarixi va etnografiyasi bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar to‘plagan hamda bularni o‘z monografiyasida bayon etgan edi[10: C.128-139.]. Shahar asosan ikki qismga bo‘lingan: Shimoliy (yuqori tomon yoki uch-urug‘) va janubiy (past tomon va qozoq)). Bu ikkala qism o‘rtasida doimo raqobat va bellashuvlar davom etib turgan. Shahrisabz shahridagi mavjud 54 ta mahalla (guzar)ga aholi kuni-qo‘shnichilik asosida birlashgan edi. Yirik mahallalarda 100, kichiklarida esa 20-30 xonadon joylashgan edi. Shahar markazidagi Sangioxur mahallasi («Poshsholik uyi») da aslzodalar va eng yirik amaldorlar yashaganlar va hurmatli mehmonlar turishgan. Shimoliysharqdagi So‘fi guzar, Xo‘jaguzar va Eshonguzarda diniy ulamolar, ruhoniylar yashashgan. Xo‘jaguzarliklar hunarmandchilik (to‘qimachilik), o‘z yerlari va mavzelarida dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Shuningdek, Kultepa, Hazrati Shayx va Hazrati Imom mahallalarida ham ruhoniylar istiqomat qilishgan. Hazrati Shayx xo‘jalari shu hududdagi Hazrati Shayx va Hazrati Imom mozorlariga sig‘inuvchilari hisobiga kun kechirganlar. Savdo-sotiq va tijorat bilan aholining ma’lum qismi shug‘ullangan. Kichik va yirik savdogarlar asosan markazda, ya’ni bozorga yaqin mahallalarda turishgan. Shuturxona mahallasida beklikning savdogarlari va tuyalar uchun mo‘ljallangan karvonsaroy binolari ham joylashgan edi. Shahrisabz shahrining har bir mahalla-guzarida hunarmandchilikning ma’lum sohasi rivojlangan va asosan shu tarmoqqa ixtisoslashgan. Shaharning janubiysharqidagi Katta va Kichik Charmgar, Meshgar mahallalarida terini qayta ishlovchilar, yoyilma mahallasida ko‘k teri (kemuxt)ni ishlovchilar yashashgan. Telpakdo‘z mahallasida telpak, po‘stin tikilgan. Bolo hovuz, Hovuzi Mardon, Kunduzak, Yoyilma, Kepkon mahallalarida moyjuvozlar ishlab turgan. Hunarmandlar atrofida doimo qassoblar ham faoliyat yuritishgan, lekin ular asosan Qassoblik hamda Kultepa, Hovuzi Mardon, Kunduzak va boshqa mahallalarda ham