MILLIY MADANIYAT KONTEKSTIDAGI O'ZGARISHLAR: URF-ODAT, AN'ANA VA QADRIYATLARNI ASRAB QOLISH ZARURATI
Full text
136 MILLIY MADANIYAT KONTEKSTIDAGI O’ZGARISHLAR: URFODAT, AN’ANA VA QADRIYATLARNI ASRAB QOLISH ZARURATI Boymurodov Zohid Shokirovich, Xalqaro innovatsion universitet Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445015 Annotatsiya. Maqolada milliy madaniyatning o’zgarib borishi jarayoni va uning tarkibi qismi bo’lgan urf-odat va an’analar, milliy qadriyatlarning qadrsizlanib borishi bilan bog’liq jarayonlar o’rganilgan. Kalit so’zlar: Milliy madaniiyat, madaniyat, qadriyat, ma’naviy meros, ma’naviy madaniyat, urf-odat, an’analar, marosim. Globallashuv tendensiyasi milliy madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni yo‘qotayotgani, ularni unifikatsiyalashtirib yuborayotgani milliy an’-analar va qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborni, uni asrashga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirishni taqozo qilmoqda. Chunki “xalq an’analari-uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliyijodiy faoliyati, atrof-muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog‘liq holda avloddanavlodga o‘tib taraqqiy etgan va ajdodlarimizning asrlar davomidagi fikrlari, orzuo‘ylari, tajribalari, yutuqlarini va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy meros.” [1;8-9]. Binobarin, milliy an’ana va qadriyatlarni zaiflashtirishga xizmat qiladigan omillarni (shu jumladan, globallashuv tendensiyasining salbiy jihatlarini), bir tomondan, milliy madaniyatning o‘ziga xosligini yo‘qotishga, ikkinchi tomondan, millat vakillari ma’naviy ehtiyojlarini o‘zgartirishga, ularning dunyoqarashi va milliy taraqqiyot tajribalari haqidagi tasavvurlarini yemirishga qaratilgan omil sifatida baholamoq darkor. Milliy an’analar qator ahamiyatli jihatlariga ega. Bu o‘rinda ham professor U. Qoraboyevning mulohazalariga e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. “An’analar,- deb yozadi u,- bir qancha asosiy jihatlarga ega bo‘ladi: • tabiiy, tarixiy, ijtimoiy, ma’naviy ehtiyoj asosida vujudga keladi; • o‘z mohiyati va xususiyati, mazmuni va shakliga ega bo‘lib, boshqa hodisalar bilan o‘zaro bog‘lanib ketadi; • kishilar hayotida o‘z o‘rnini topib, turmushning tarkibiy qismiga aylanadi, aholining asosiy qismi tomonidan e’tirof etiladi, qadrlanadi; • ma’naviy-tarixiy ehtiyoj sifatida ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tadi va taraqqiy etadi;
137 • muayyan muddatda va sharoit taqozosiga ko‘ra takrorlanib turadi; • jamiyat ravnaqiga, insonlarning kamolotiga xizmat qiladi.” [1;9] Olimning fikriga asoslanib, globallashuv sharoitida milliy an’analarni asrash zaruriyati bilan bog‘liq qator muhim xulosalar chiqarsa bo‘ladi. Shunday qilib: • birinchidan, milliy an’analar milliy ehtiyoj asosida vujudga kelar, uni qondirishga xizmat qilar ekan, ularni asrash orqali millat ehtiyoj va manfaatlarini qondirish uchun zamin yaratiladi; milliy an’analarning yemirilishi va rivojdan to‘xtashi millat vakillari ehtiyojlarining ham qondirilmay qolishiga sabab bo‘ladi; • ikkinchidan, milliy an’analar mohiyatan boshqa hodisalarga bog‘liq ekan, ularning mazmuni va shaklidagi o‘zgarishlar va ayniqsa regressiv holatlar qonuniy ravishda boshqa ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda aks-sado beradi; • uchinchidan, milliy an’analar aholi tomonidan e’tirof etilar va qadrlanar ekan, ularning yemirilishi e’tirof etiladigan va qadrlanadigan boshqa an’analarning vujudga kelishiga va turmushda ildiz otishiga zamin yaratadi; • to‘rtinchidan, milliy an’analar ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tar ekan, ularning o‘zgarishi va yemirilishi milliy orzu-umidlar va g‘oyalar, tajribalar va yutuqlarning emas, o‘zga ideallar va tasavvurlar, normalar va tamoyillarning vorisiyligini ta’minlaydi; • beshinchidan, milliy an’analar jamiyat ravnaqi va inson kamolotiga xizmat qilar ekan, ularning zaiflashuvi yoki yemirilishi ravnaq va barkamollikdan asar ham qoldirmaydi, jamiyatni turg‘unlik yoki tanazzul girdobiga tashlaydi. Milliy an’analar ana shunday muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgani bois mustaqillik yillarida ularning tiklanishi va rivojlanishiga alohida e’tibor berildi. Ma’lumki, Sovet hokimiyati yillarida milliy an’analarga ancha putur yetkazildi. “Xalqning milliy an’analari sho‘rolarning maqsadiga xizmat qilmagani uchun ularga qarshi rasmiy va norasmiy kurash olib borilgan. Xalq urf-odatlari va bayramlarining ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-tarbiyaviy jihatlari ularni qiziqtirmasdi”[1;117]. Davlat siyosatining asosiy e’tibori milliy an’analar o‘rnini sotsialistik va proletar an’analar bilan almashtirishga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng milliy an’analarning tiklanishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada mamlakatning birinchi rahbari Islom Karimovning siyosiy irodasini alohida e’tirof qilmoq zarur. “Davlatimiz rahbari,- degan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlar ekan,- xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, muqaddas dinimiz, an’ana va urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy merosimizni saqlash qolish va
138 rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi” [2;8-9]. Mustaqillik yillaridagi keng ko‘lamli islohotlar ham milliy an’analarga mutanosib ravishda amalga oshirildi. Uning huquqiy asoslarini yaratishda milliy an’analar mustahkam asos vazifasini o‘tadi. Shu jumladan, “milliy an’ana va qadriyatlar hamda xalqaro huquq normalarini o‘zida mujassam etgan Konstitutsiyamiz va qonunlarimiz qabul qilindi” [3;191]. Davlatning jiddiy e’tibori samarasi o‘laroq qisqa muddatda milliy an’analarni asrash va rivojlantirish harakati tendensiyaviy tus oldi. “Ajdodlarimizning asrlar davomida asrab-avaylab, e’zozlab, avloddan-avlodga o‘tkazib kelgan yaxshi an’analari yana sayqal topib, boyib, rivojlana boshladi. Xalqimizning qadimiy “Navro‘z”, “Qovun sayli”, “Uzum sayli”, “Hosil bayrami” kabi bayram marosimlarini ommaviy nishonlash an’analari qayta tiklandi. [1;117]. Bugungi kunda ham jamiyat oldida turgan ijtimoiy, iqtisodiy,siyosiy va ma’naviy-madaniy vazifalarni hal qilishda milliy an’analarga bot-bot murojaat qilinmoqda. “Bu vazifalarni amalga oshirishda,- deb ta’kidlaydi davlat rahbari,- biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz” [4’126]. Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi Qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasining” tasdiqlanishi bu boradagi ishlarga tizimli tus berdi. Shuning bilan bir qatorda davr o‘tgani sayin zamonaviy tendensiyalarning, jumladan globallashuvning milliy an’analarga ta’siri tobora kuchayib bormoqda. Butun jahonda kechayotgan integratsion hamda unifikatsion jarayonlar milliy an’analar ijtimoiy funksiyalarini tubdan o‘zgartirmoqda. Ma’lumki, milliy an’analar jamiyatda ijtimoiy muvofiqlashtirish, qadriyatlarni ajdodlardan avlodlarga yetkazish, shaxsni ijtimoiylashtirish, jamiyat a’zolarini tarbiyalash funksiyalarini bajaradi [5]. Globallashuv ta’siri o‘laroq milliy an’analarning aynan ana shu funksiyalari mazmuni o‘zgarmoqda. Masalan, milliy an’analar asrlar davomida jamiyat a’zolarining turli sohalardagi faoliyatlarini muayyan normalar yordamida muvofiqlashtirib kelgan. Kishilarning jamiyatda kechayotgan har qanday o‘zaro munosabatlari milliy an’analar sharofati bilan umumiy maxrajga keltirilgan. Globallashuv esa, biz avvalgi bobda ta’kidlaganimizdek, milliy an’analarni ularning g‘arbona muqobillari negizida universallashtirmoqda. Buning oqibatida jamiyat a’zolarining xulq-atvori va faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini asta-sekinlik bilan milliy an’analar emas, g‘arbona norma va tamoyillar o‘taydigan bo‘lmoqda.
139 Milliy an’analar takrorlanuvchan xarakterga ega bo‘lgani tufayli ajdodlar uchun muayyan qadr-qimmatga ega bo‘lgan ideallar, orzu-umidlar, xulq-atvor modellari va boshqa qadriyatlarni yangi avlodlarga yetkazgan. An’analar har bir yangi avlodga ajdodlar tajribasini taqdim etarkan, ularni ibrat namunalari bilan qurollantirgan. Globallashuv tendensiyasi milliy an’analarga putur yetkazish orqali ushbu avlodlararo zanjirni batamom uzmoqda. Shaxsning shakllanishi va jamiyatdagi muhitga moslashishi ham milliy an’analar ishtirokisiz sodir bo‘lmagan. Milliy an’analar shaxs fazilatlarining shakllanishida sezilarli rol o‘ynagan, uning e’tiqodining qaror topishiga ta’sir ko‘rsatgan, ijtimoiy turmushga munosabatini belgilab bergan. Globallashuv sharoitida milliy an’analar mazmunida tub o‘zgarishlar yuz bergani bois shaxs ijtimoiylashuvi mohiyati ham milliylikdan mosuvo bo‘lmoqda. Eng muhimi, globallashuv oqibatida milliy an’analar shaxs e’tiqodi va fazilatlarini, uning jamiyatdagi jarayonlar va voqealarga munosabatini shakllantiruvchi manba vazifasini o‘tamay qo‘yayapti. Millatga xos bo‘lgan an’analar jamiyat a’zolarining axloqiy qiyofasini shakllantirgan. Bu o‘rinda ayniqsa oilaviy an’analarni alohida qayd qilib o‘tmoq darkor. Chunki tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida ularning kishilarga tarbiyaviy ta’siri ayniqsa katta bo‘lgan. Biroq globallashuv jamiyatda hukm surayotgan an’analar iyerarxiyasini g‘arbona an’analar foydasiga o‘zgartirar ekan, milliy an’analarning tarbiyaviy imkoniyatlarini tobora zaiflashtirib bormoqda. Ularning o‘rniga g‘arbona ommaviy madaniyatga xos bo‘lgan xususiyatlar shaxs axloqiy qiyofasini qaror toptiruvchi tarbiyaviy omil darajasiga ko‘tarilmoqda. Globallashuv jarayonlarining milliy an’analarga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi holatlarga e’tiborni jamlash zarur, deb hisoblaymiz: milliy an’analarning asl mazmunini ifodalab beradigan risolalar, albomlar, ko‘rsatuvlar, videomateriallarni ko‘paytirish zarur. To‘g‘ri, bu vazifa bugungi kunda ham muayyan darajada ijro qilinmoqda. Shunga qaramasdan, milliy an’analar mazmuniga bag‘ishlangan materiallarni yetarli deb bo‘lmaydi. Bunday materiallar milliy an’analar tarkibidagi milliylik elementlarini zamon tendensiyalari o‘laroq kirib kelayotgan g‘arbona elementlardan farqlab olish imkonini yaratadi; globallashuv ta’sirida milliy an’analarda zamonaviylik elementlarining ko‘payayotgani ularning qimmatlashuviga olib kelmoqda. Bu holatni mehnat an’analarida ham, dam olish an’analarida ham, kiyinish an’analarida ham, oilaviy marosimlarda ham, ijtimoiy-siyosiy an’analarda ham ko‘rish mumkin. Shu
140 munosabat bilan milliy an’analarning tarixan ustuvor bo‘lgan, pragmatik shakllarini targ‘ib va tashviq qilishni kuchaytirish taqozo etilmoqda; globallashuvning milliy an’analarga ta’siri tobora murakkablashib borayotgan bir sharoitda mavzuga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar uning publitsistik talqinidan ortda qolmoqda. Mavzuga doir ilmiy izlanishlarning maxsus grantlar bilan ta’minlanishi vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirgan, bu izlanishlarga tizimlilik baxsh etgan bo‘lur edi. Shuningdek, “Milliy an’analar” rukni ostida sof ilmiy pozitsiyadan yozilgan risolalar majmuini yaratish ham maqsadga muvofiq; globallashuv sharoitida ayrim jamiyat a’zolarining milliy an’a-nalarga munosabati deformatsiyaga uchrayotgani, ularga nigilistik munosabatda bo‘lgan kishilar ham paydo bo‘layotganini aytib o‘tdik. Binobarin, jamiyatdagi milliy an’analarga hurmat muhitini yanada mustahkamlash, ushbu tuyg‘uni shakllantirishda ayniqsa ijtimoiy fanlarning tarbiyaviy imkoniyatlaridan kengroq foydalanish zarur. Globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash masalasi ham kun sayin dolzarblashib bormoqda. Avvalgi boblarda ko‘rsatilganidek, milliy qadriyatlar millat vakillarining ongi va faoliyatini, ularning turli jarayon va voqealarga munosabatini, ehtiyoj va manfaatlarini, maqsad va ideallarini shakllantiruvchi qudratli manbadir. Adabiyotlar: 1. Hosil U. Odatnoma. Birinchi kitob.- T.:O‘zbekiston, 2016.- B.8-9. 2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.// Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. J.1.- T.:O‘zbekiston, 2017.- B.8-9. 3. Mirziyoyev Sh.M.Xalqimiz bizdan qonun va adolat ustuvorligini amalda ta’minlashni kutmoqda..// Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. J.1.- T.:O‘zbekiston, 2017.- B.191. 4. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq faro-vonligining garovi.// Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. J.1.- T.:O‘zbekiston, 2017.- B.126. 5. Деркач В.В. Роль традиций в условиях глобализации.// Современные проблемы науки и образования, 2015, №2.