OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ERKINLIGI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI
Full text
155 OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ERKINLIGI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI Norto‘rayev Suxrob Erkin o‘g‘li, Qarshi davlat universiteti tayanch doktaranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445029 Annotatsiya. Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalarining erkinligi hamda ularning O’zbekistondagi mavjud huquqiy asoslari haqida berilgan. Maqolada bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining huquqlari qanday daraja qonunlarda asoslanganligi haqida moddalar bilan asoslab ko’rib chiqiladi. Kalit so‘zi: ommaviy axborot vositalari, huquq, erkinlik, modda, qonun, axborot xizmati, ijtomoiy ish, madaniy hayot, ijtimoiy –madaniy faoliyat, matbuot. “Ommaviy axborot vositalari aholining talab va ehtiyojlarini hokimiyat idoralariga yetkazishning muhim ta’sirchan vositasiga, xalqning eng yaqin ko‘makchisi va hamdardiga, demokratiya ko‘zgusiga aylanishi zarur”.[1] - degan so‘zlari OAV roli haqida tasavvur hosil qiladi. Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi, ularga tazyiq o‘tkazmaslik ular ishining muvaffaqiyatli bo‘lishi, samara berishining garovidir. Konstitutsiyaning 81-moddasida ommaviy axborot vositalari erkinligi va qonunga muvofiq ishlashi belgilangan. Demak, ommaviy axborot vositalari erkin ishlashi va qonunlar asosida o‘z faoliyatini tashkil qilishi kerak. Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari uchun alohida bir bob ya’ni 15bobning ajratilishi ularning jamiyat hayotidagi o‘rni yuqori ekanligidan dalolat beradi. 82 modda ommaviy axborot vositalari erkinligi haqida. Yani senzuraga yo’l quyilmaydi deb ta’kidlangan. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to’sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi. Ommaviy axborot vositalari jamiyatdagi eng kuchli, jamiyat taraqqiyotining qanday bo‘lishini belgilovchi vositalardandir. «Fuqarolarning fikr, so‘z va e’tiqod erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash rivojlangan demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim shartidir» [2]. OAV larining vazifalari: - Alohida tegishli fikrlarni shakllantiradi; - Bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ma’lumot berib boradi; - Ko‘p fikrlilik, so‘z, fikr erkinligini ta’minlaydi; - Turli idoralar, siyosiy institutlar manfaatini ifodalaydi; - Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi;
156 - Demokratik jarayonlarning chuqurlashuviga hissa qo‘shadi. Ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, matbuot, televideniye, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta’minlash masalalari hayotimizni isloh qilish va yangilash borasida oldimizga qo‘ygan besh ustuvor vazifa va yo‘nalishlardan biri etib belgilanishi, OAVlarining jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashini ta’minladi. Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida ularning erkinligini ta’minlovchi qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ommaviy axborot vositalari sohasi hamda uning tarmoqlari tegishli qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Quyida esa ular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Masalan, 2007-yil 15yanvardagi O‘RQ-78-son “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun ommaviy axborot vositalari sohasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi. Unga ko’ra 2-modda. Ommaviy axborot vositalari erkinligi. Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, olish va tarqatish huquqidan foydalanadilar hamda oʻzlari eʼlon qilayotgan axborotning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 28-iyunda qabul qilingan. Senat tomonidan 2006-yil 30-noyabrda maʼqullangan. 6-modda. Ommaviy axborot vositalari erkinligini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmasligi Ommaviy axborot vositalaridan: Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish; urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilish; davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborot tarqatish; agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
157 pornografiyani targʻib etish; qonunga muvofiq jinoiy va oʻzga javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadida foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obroʻsini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi. Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz surishtiruv yoki dastlabki tergov materiallarini eʼlon qilish, muayyan ish boʻyicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoxud sudga boshqacha yoʻl bilan taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi. 1997-yil 24-apreldagi 402-I-son “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun orqali esa jurnalistika va jurnalistlar faoliyati erkinligini oshirish maqsadida ushbu sohadagi munosabatlar tartibga solinadi. 2003yil 11-dekabrdagi 560-II-son “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun esa axborot tizimlari va axborot resurslaridan foydalanish, axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. 2014-yil 5-maydagi O‘RQ-369-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun esa jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishini, olishini va tarqatish tartibini belgilaydi va ushbu munosabatlarni tartibga soladi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, ommaviy axborot vositalari bugungi kunda huquqlari va erkinliklari ko’p. Shuningdek, ularning vazifalarini ham sedan chiqarmasliklari lozim. Ommaviy axborot vositalari vazifalarini ko’radigan bo’lsak, ular: alohida tegishli fikrlarni shakllantirish: bo’layotgan voqealar to’g‘risida ma’lumotlar berib boorish; ko’p fikrlilik, so’z fikr erkinligini ta’minlash; turli idoralar, siyosiy institutlar manfaatini ifodalaydi. fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi; demokratik jarayonlarning chuqurlashuviga hissa qo’shadi. Ommaviy axborotning kishilar ongi va tafakkuriga ta'siri kengayibgina qolmay, shu qadar noziklashib bormoqdaki, bu hol ommaviy axborot sohasidagi hech bir masala yoki muammoni e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas, degani. Axborot birinchi navbatda bilim manbai ekanligi bilan bir vaqtda, u-ma’naviyat, ma'rifat, axloq-odob va albatta, siyosiy qarashlar manbai hamdir. Shunday ekan, jamiyatimiz, fuqarolarimizning ma'naviy olami taraqqiyotiga ta'sir etuvchi kuch
158 bo'lmish OAV bugun har qachongidan ham sayqalga muhtoj, tadqiq etishga munosibdir. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Т.: O‘zbekiston, 2018. 2-tom, 36-bet. 2. Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Т.: « O‘zbekiston», 2018. 2-tom, 36-bet.