YOSH AVLODNI BAYNALMILALLIK VA VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYASHDA OILA, MAHALLA VA MAKTABNING ROLI
Full text
166 YOSH AVLODNI BAYNALMILALLIK VA VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYASHDA OILA, MAHALLA VA MAKTABNING ROLI Xurramova E’zoza, Qarshi xalqaro universiteti magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445041 Annotatsiya. Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash har qachongidan ham muhim vazifaga aylandi. Shu nuqtai nazardan, bolalarda baynalmilallik ruhini shakllantirish va vatanga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish masalasi dolzarbdir. Millatlararo totuvlikni ta'minlash, o‘z xalqiga sadoqatli, vatanparvar yoshlarni voyaga yetkazish, avvalo, ta'lim-tarbiya jarayonining bosh maqsadlaridan biridir. Ushbu jarayonda oila va maktabning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: yosh avlod, oila, maktab, mahalla, baynalmilallik, vatanga sadoqat, ta’limtarbiya, urf-odatlar, qadriyatlar. Har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalash bugun jamiyatimiz oldida turgan dolzarb maslalardan biri bo‘lib kelmoqda. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar yoshlar ongiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Hozir maktab o‘rindiqlarida o‘tirgan yosh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‘zidan keying avlodga yetkazuvchi vorislarimizdir. Shunday ekan, yosh avlod tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan pedagoglar kelgusi avlod barkamolligi uchun, o‘g‘il-qizlarimizning ulug‘ ajdodlarimizga xos oqil bo‘lishlari uchun mas’uldirlar. Ma’lumki, uzoq va boy gtarixga egabo‘lgan o‘zbek xalqi o‘zining ta’limtarbiyaga oid ulkan merosiga ega. Bu meros bugungi avlodni indonparvarlik, mehrmuhabbat, oqibat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Har bir inson dunyoga kelar ekan, u o‘sib, ulg‘ayib kamol topadi. Uning insoniyligi, odob-axloqi, xulq-atvori, dastavval oilada shakllanadi. Demak, oila tarbiya maskanidir. Bola tarbiyasi, eng avvalo, oilada shakllanadi. Oila muhitida bola dastlab milliy qadriyatlar, urf-odatlar, til, din va an'analarga hurmat ruhida ulg‘ayadi. Ota-onaning kundalik hayoti, ularning mehnatga, vatanga bo‘lgan munosabati bolaga bevosita ta'sir qiladi. Ota-ona namunasi bolaning milliy va baynalmilallik ruhida kamol topishida asosiy omildir. Oilada kitobxonlik, tarixiy shaxslar va vatan qahramonlari haqidagi suhbatlar bolalarda yurtga muhabbatni mustahkamlaydi. Oila ichida turli millatlarga mansub insonlarga nisbatan hurmatli munosabatni shakllantirish orqali
167 bolada bag‘rikenglik tarbiyalanadi. Shu bois, oilaning asosiy vazifalaridan biri - bolaga milliy g‘urur, vatanga muhabbat, boshqa millat va elatlarga hurmat ruhini singdirishdir. Oila tarbiyasida otaning obro‘si katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bog‘lamasdan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Oila tarbiyasida ota va onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhimdir. Maktab - yosh avlod tarbiyasida asosiy ijtimoiy institutdir. Unda nafaqat bilim, balki ma'naviy-axloqiy tarbiya ham amalga oshiriladi. Maktabda o‘quv dasturlari orqali vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, do‘stlik g‘oyalari targ‘ib qilinadi. Sinfdan tashqari tar"ar, milliy bayramlar, sport musobaqalari madaniy loyihalar bolalarda baynalmilallik ruhini oshiradi. Bola tarbiyasida maktabo‘rni ham juda beqiyosdir. Har bir bola maktab ostonasida qadam qo‘yar ekan, o‘zining kelajakdagi qiladigan ishlarini jajji ongida tasavvur qiladi. Maktabda olgan bilimlari, ta’lim-tarbiyasi bu ishlarning amalga oshishida albatta o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqoriroq bo‘ladi: - Ta’lim-tarbiya jarayonida hamkorlik harakatlarining ish birligi; - Tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg‘unligi; - Hamkorlik jarayoni subyektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati; - Ota-ona farzandining maktabgacha bo‘lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash. Bularning barchasi bolaning yetuk inson bo‘lib voyaga yetishida muhim mezonlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tarix, adabiyot va ona tili fanlari bolalarda vatanga sadoqat, ajdodlarga hurmat tuyg‘ularini kuchaytiradi. O‘qituvchining shaxsiy namunasining ham ahamiyati beqiyosdir. Chunki pedagogning o‘z vatani, milliy qadriyatlarga sadoqatli bo‘lishi o‘quvchilarda ham shunday sifatlarni shakllantiradi. Bola tarbiyasi samarali bo‘lishi uchun oila va maktab o‘zaro hamkorlikda ishlashi zarur. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - Ota-onalar yig‘ilishlari, - Suhbatlar orqali vatanparvarlik tarbiyasida yagona yondashuvni ta'minlash; - Maktab tadbirlariga ota-onalarni jalb qilish orqali bolalarning milliy g‘ururini kuchaytirish;
168 - Oilaviy kitobxonlik, muzeylarga, tarixiy obidalarga tashriflarni maktab tarbiyaviy dasturlari bilan uyg‘unlashtirish. Shunday hamkorlik natijasida bolalarda vatanparvarlik va baynalmilallik sifatlari yanada mustahkamlanadi. Ma’naviy hayotimizning yukalasalishi ko‘p jihatdan mahallaning faolligi, bu yerdagi umrguzaronlik qilayotgan kishilarning ahil-inoqligiga bog‘liq. Mahallaning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotidagi o‘rni beqiyos, albatta. Oila-maktab-mahalla yosh avod tarbiyasi uchun mas’ul desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Olilalardagi voyaga yetayotgan farzandlar mahalla ahli ko‘z o‘ngida o‘sib-ulg‘ayadi. Ota-ona farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanmay, ularni o‘z holiga tashlab qo‘ysa, bunday boalarni ko‘cha o‘z “tarbiya”siga oladi, natijadavaqti-soati kelib mahalla uchun, jamiyat uchun yangi muammolar yuzaga keladi. Bola tarbiyasi – murakkab jarayon. Bolani tarbiyalayotib, o‘zimiz ham tarbiya olamiz, ota-onalik burchimizni “yanada chuqurroq his etamiz. Bizning jamiyki xattiharakatlarimiz farzandlarimiz ko‘z o‘ngida kechadi. Ota-onaning mahalladagi nufuzi, el-yertdagi obro‘-e’tibori farzandga qanot bag‘ishlaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Ba’zi hollarda buning aksi bo‘lishi ham mumkin. Chunki bolaning ma’naviy olami oiladagi muhitga bogliq holda shakllanadi. Tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab o‘zining shart-sharoiti, atrof-muhitini tahlil qilib: - O‘quvchi, o‘qituvchi, ota-ona; - Maktab, oila, mahalla, jamoatchilik; - Oila, mahalla, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab yo‘nalishlariga amaliy tarbiya ishlarini hayotga tatbiq etib va shu kun talabi darajasida targ‘ibot ishlarini olib borilsa, natijada tarbiya masalalari bo‘yicha ijobiy yutuqlarga erishish mumkin. Mustahkam oila, qadrdon maktab va ahil mahalla ezgu ishlarimizning davomchilari bo‘lmish yangi barkamol avlod tarbiyasi – bu uch muhim maqsad bugun jamiyatimiz uchun ham, har birimiz uchun ham g‘oyatda dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu tufayli ham biz bu masalalarga alohida e’tibor berishimiz va jamiyatimiz asosi bo‘lgan oilani muqaddas hisoblagan holda uni rivojlantirishga o‘zimizning hissamizni qo‘shishimiz darkor. Xulosa qilib aytganda, bolalarda baynalmilallik va vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda oila, maktab va mahallaning roli beqiyosdir. Oila – tarbiyaning dastlabki maktabi bo‘lsa, maktab – uni rivojlantiruvchi va mukammallashtiruvchi
169 maskandir. Bu ikki muhit uyg‘unlashganda, yosh avlod nafaqat o‘z yurtiga sadoqatli, balki boshqa millat va elatlarga hurmat bilan qaraydigan barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O‘zbekiston”:.2023 2. Maxmudov.M Safarov.A Oila ma’naviyati. –T.,1998. 3. A.K.Munavvarov Pedagogika. T-1996y 4. A.K.Munavvarov Oila pedagogikasi. T-1994y