MEHNAT MIGRANTLARI OILALARIDA BOLALAR TARBIYASIDAGI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MASALALAR
Full text
187 MEHNAT MIGRANTLARI OILALARIDA BOLALAR TARBIYASIDAGI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MASALALAR Abdullayeva Jangil G’afarovna Xalqaro innovatsion universiteti “Psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445064 Annotatsiya: Mazkur maqolada migratsiya jarayonlarining jadallashuvi, uning jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy ta’sir bilan birgalikda oilaviy munosabatlari tizimiga salbiy ta’siri masalalari yoritilgan. Shuningdek, uzoq muddatli migratsiya oqibatida yuzaga keladigan salbiy holatlar – oilaviy ajralish, demografik nomutanosiblik, ijtimoiy moslashuv hamda bolalar va o‘smirlarning rivojlanish muammolari masalalari bayon etilgan. Kalit so’zlar: migratsiya, mehnat migratsiyasi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, etnografik, demografik, ijtimoiy mehnat, psixologiya, migrant oila. ijtimoiy muammolar. Har qaysi millatning oʻziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz, oila va ta’lim muassasalarining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuygʻulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, avvalambor, oila bagʻrida, soʻngra mahallada shakllanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik, mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori ham oila sharoitida qaror topishi, tabiiydir. Shu qonuniyatlar va maqsadlar asosida har bir inson turmush qurar ekan, oila haqida, oilaviy munosabatlar haqida hamda oilani qanday qurish haqidagi o‘z tasavvurlariga ega bo‘lgan holda oilaviy vazifalarni bajara boshlaydi. So‘nggi yillarda o‘zbek oilalaridagi tarbiyabiyaviy qadriyatlar, urf-odatlar va oilaviy munosabatlar tizimidagi ayrim salbiy holatlar ham uchrab turibdi. Bu borada o‘zbek oilalaridagi ota-ona yoki qarindoshlarning chet ellarda ishlab ketishi, migratsiya munosabatlari natijasida oilaviy tizim, undagi milliy qadriyatlar mazmunida muammoli vaziyatlar ham kuzatilmoqda. So‘nggi o‘n yilliklarda butun dunyoda migratsiya jarayonlari jadal rivojlanib bormoqda. Bu holat, mamlakatimiz aholisi orasida iqtisodiy imkoniyatlarni qidirgan kishilar uchun mehnat migratsiyasini muhim yo‘nalishga aylantirdi va minglab o‘zbek fuqarolari xorijiy mamlakatlarda vaqtinchalik ishlash maqsadida safarbar bo‘lmoqda. Ushbu mehnat migrantlarining tajribalari, kundalik hayoti, duch keladigan muammolari va muvaffaqiyatlari nafaqat ularning shaxsiy taqdiriga, oilaviy munosabatlariga, balki butun O‘zbekiston jamiyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
188 Hozirgi vaqtda migratsiyaning eng muhim sababi iqtisodiy sababdir. Odamlarning migratsiyasi qadim zamonlardan beri mavjud. Migratsiya birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti (cho'pon qabilalarining ajralishi) dehqonchilikning rivojlanishi, hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralishi, xalqlarning katta ko'chishi, buyuk geografik kashfiyotlar, sanoatning rivojlanishi (asr boshlarida) bilan bog'liq edi.19-asr). Globallashu jarayonida, 20-asrda urushlar migratsiyaga katta ta'sir ko'rsatdi. Migratsiya insoniyat taraqqiyotida va xalqlar o‘rtasida hududlarni qayta taqsimlashda muhim rol o‘ynadi. Migratsiya ham doimiy aholining, ham emigrantlarning turmush darajasiga, aholining demografik va ijtimoiy tuzilishiga, joylashuviga, etnografik tarkibining o'zgarishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Doimiy yashash joyining oxirgi o'zgarishi munosabati bilan quyidagi migratsiya turlari ham yildan yilga ortib bormoqda. O‘zbek mehnat migrantlarining xorijda orttirgan tajribalari bu mehnat madaniyati, kasbiy malaka, til va madaniyatlararo muloqot kabi sohalarda sezilarli o‘zgarishlarga olib kelsada, achinarli tomoni ularning oilaviy munosabatlarigi salbiy ta’sir, ya’ni ajrimlar, er-xotin munosabatlaridagi ziddiyatlar, farzandlar tarbiyasidagi xulqiy og‘ishlar kabi holatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Ma’lumki, migratsiya amalga oshirmoqchi bo’lgan shaxs yakka o’zi bo’lsa bunda o’z-o’ziga javobgarlik biroz oson kichadi 1 . Voyaga yetgan fuqaro migratsiya turi va muddatini faqat o’ziga qulayligiga qarab tanlashi mumkin. Ammo uylangan oilali migrantlar tanlovni amalga oshirgunlaricha farzandlari ehtiyojlarini hisobga olishga majburdirlar. Ayni vaqtda ota - onalar tomonidan amalga oshirilayotgan migratsiya jarayonida faqat otalar yoki ota - ona farzandlarini yaqinlariga tashlab migratsiyani amalga oshirayotganliklarini ko’rish mumkin. Bu migratsiyani sabablarini tulicha izohlash mumkin. Jumladan, bolalarning yangi muhitga moslasha olmasligi, onani ish faoliyatini amalga oshirishida bolalarni to’siq sifatida ko’rilishi, bolalar ta’limining tashkil etilishidagi to’siqlar va boshqa ko’plab sabablarni ko’rsatib o’tish mumkin. Afsuski bolalarni erta yoshda onalar tarafidan tashlab migratsiyani amalga oshirilishi bu bolaning ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Biz bilamizki bola o’z onasini faqat o’ziga tegishli deb hisoblaydi. Aka-ukalari,opasingillarini eng yaqin insonlar sifatida ko’radi. Onaning erta yoshdagi bolani tashlab migrantga aylanganini bola o’ziga tegishli inson juda uzoqda ekanligini his qilishga majbur etadi. Bu bolalarda hissiy so’lg’inlikni keltirib chiqaradi. Aynan shu holat albatta barcha bolalarda bir xil 1 Baxtiyorova, S. (2019). Migratsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarning o‘zgarishi. //Ijtimoiy fanlar jurnali, №4, 66–72.
189 ko’zga tashlanmasligi mumkin. Ammo temperament tipidan kelib chiqib bolalarda namoyon bo’ladi. O’tgan muddat davomidagi bolada yakka rivojlanish davrida bola o’ziga xos xulosalar chiqaradi va oilaviy munosabatlar tizimida mehr-oqibat, o‘zaro hurmat munosabatlarida ham bo‘shliqlar yuzaga kela boshlaydi. Bundan tashqari migratsiya sharoitida qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlarni ham kuzatish mumkin, ya’ni migratsiya jarayoni nafaqat hududiy ko‘chish, balki madaniy, til, diniy va iqtisodiy muhitning o‘zgarishini ham anglatadi. Migrant oilalar ko‘pincha yangi madaniy kontekstda o‘z qadriyatlari va mezbon jamiyat qadriyatlari o‘rtasida muvozanat izlashga majbur bo‘ladilar 2 . Bu esa ayrim hollarda qadriyatlar tizimining zaiflashuvi, aralashuvi yoki mutlaqo o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, erkak va ayol rollariga bo‘lgan qarashlar, bolalarni tarbiyalashdagi uslublar, nikoh va ajrimga oid munosabatlar kabi qadriyatlardagi o‘zgaruvchanlik milliy tarbiyabizga to‘g‘ri kelmay qoladi. Shuningdek, migrant oilalarning farzandlari ko‘pincha ikki madaniyat o‘rtasida shakllanganligi uchun ayrim oila farzandlari milliy qadriyatlarini ham unutib quyadi va qon-qarindoshlik rishtalari, ota-onaga hurmat, ota-ona oldidagi burch va vazifalarini ado etish mas’uliyati susaya boradi. Migrant oilalarda qadriyatlar o‘zgarishi, ayniqsa farzandlar tarbiyasi, gender munosabatlari va jamiyatga integratsiya jarayonida sezilarli darajada namoyon bo‘ladi. Yangi madaniyatga moslashish ehtiyoji mavjud qadriyatlar bilan yangi qadriyatlar o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlar keltirib chiqaradi, bu esa ba’zida psixologik zo‘riqishlar, oilaviy nizolar, ajrimlar va identitet inqirozlariga sabab bo‘lishi mumkin. Ota-onalarning uzoq vaqt davomida bolalaridan uzoqda bo’lishi uyda qolgan bolalarga hissiy zarar etkazib, ularning ruhiy holatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu kabi muammolarni o‘rganish natijasida mazkur holatlarni chuqur tahlil qilish, migrant oilalar uchun maxsus moslashuv dasturlarini ishlab chiqish, madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish va psixologik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish kabi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, mana shu yo‘l bilan migrantlar nafaqat yangi jamiyatga samarali integratsiyalasha oladi, balki o‘z milliy va madaniy qadriyatlarini ham saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari migratsiya jarayoni ko‘pincha katta psixologik stressni keltirib chiqaradi. Migrantlar yangi muhitda o‘zlarini begona his qilishi, til va madaniy to‘siqlar bilan kurashishi mumkin. Bu ularning qadriyatlar tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar, 2 Мирзаева Ш. Н. ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПОДДЕРЖКИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА И ДЕЛОВОЙ АКТИВНОСТИ ЖЕНЩИН //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 46-56.
190 ayniqsa, ota-onalarining yo‘qligida ijtimoiy va psixologik qiyinchiliklarni boshdan kechirishi mumkin. Bu ularning shaxsiy qadriyatlarini shakllantirishiga ta’sir qiladi 3 . Migratsiya, tegishli boshqaruv amaliyoti orqali, 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayonida ijobiy natijalarga erishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mehnat migrantlari va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini o‘zining ma’ruzalarida bir necha marotaba ta’kidlab o‘tgani holda yurtimiz aholisi migrant fuqarolarining mehnat huquqlarini ham respublika hududida, ham uning tashqarisida himoya qilinishi uchun sharoit yaratish masalasiga katta e’tibor qaratmoqda. Migrant oila bolalarining ijtimoiy-psixologik rivojlanish holatlarini tahlil qilar ekanmiz, xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, har qanday foydali jarayonning muammolari bo‘lishi tabiiy. Mehnat migratsiyasi natijasida “miya oqimi” – ya’ni malakali mutaxassislarning xorijga ketishi, ichki ishchi kuchi bozorida muvozanatsizlik, ijtimoiy ajralish kabi holatlar kuchaymoqda. Bu muammolarni bartaraf etish uchun mamlakat ichkarisida ish o‘rinlarini ko‘paytirish, investitsiyalarni jalb etish, yoshlar uchun innovatsion imkoniyatlarni yaratish zarur. Migratsiyaga muqobil sifatida lokal rivojlanish strategiyasi, kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish, zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish asosiy yo‘nalishlar bo‘lib qolmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Baxtiyorova, S. (2019). Migratsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarning o‘zgarishi. //Ijtimoiy fanlar jurnali, №4, 66–72. 2. Мирзаева Ш. Н. ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПОДДЕРЖКИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА И ДЕЛОВОЙ АКТИВНОСТИ ЖЕНЩИН //Gospodarka i Innowacje. – 2023. – Т. 36. – С. 4656. 3. Saipova M.L. Mehnat migrantlari oilalarida voyaga yetayotgan farzandlarining psixologik rivojlanish xususiyatlari. Avtoreferat. Dissertatsiya, psixol fanlari dok. –T.,2022. –B.30-32. 3 Saipova M.L. Mehnat migrantlari oilalarida voyaga yetayotgan farzandlarining psixologik rivojlanish xususiyatlari. Avtoreferat. Dissertatsiya, psixol fanlari dok. –T.,2022. –B.30-32.