MARIFATLI JAMIYAT QURISHDA KINO SAN'ATINING MAZMUNI VA JANRLARI
Full text
203 MARIFATLI JAMIYAT QURISHDA KINO SAN’ATINING MAZMUNI VA JANRLARI Jabborova Aziza G‘ayratovna, Turon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445076 Annotatsiya. Maqolada zamonaviy kino sa’nati, uning turlari va ma’rifatli jamiyatni barpo etishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Kino, san’at, marifatli jamiyat, badddiy film, teleserial, hujjatli film, badiiy adabiyot, ma’naviy qiyofa, teatr, tasviriy san’at. Kino san’ati adabiyot, teatr va tasviriy san’at imkoniyatlarining o‘ziga xos sintezi sifatida yuzaga keldi. Adabiyot unga filmlarni yagona ssenariy asosida yaratish tamoyilini taqdim qildi. Shu bilan birga adabiyot kino san’atini inson yoki voqeaga muayyan rakursdan qarash uslubi bilan boyitdi. Teatrdan esa kino san’ati sahna muhitini yaratish, dekoratsiyalar qurish, aktyorlarni tanlash, ularni turfa sahnalarda joylashtirish usullarini o‘zlashtirdi. Bu tajribalar kinofilm sahnalarini yanada haqqoniy va ta’sirchan qilib ko‘rsatish imkonini berdi. Tasviriy san’at esa kino san’atini kadr kompozitsiyasini qurish, ya’ni tasvir elementlarini muayyan estetik meyor asosida joylashtirish qoidalari bilan boyitdi. Ushbu qoidalar sharofati bilan kino kadrlari nafaqat mazmunan, balki estetik jihatdan ham mukammallikka erishdi. M.S. Kagan san’at olamini tahlil qilarkan, uning turlarini uch turkumga tasniflaydi. Faylasufning fikriga ko‘ra, san’atning ayrim turlari makonga oid, boshqalari zamonga oid, uchinchilari esa makon va zamonga oid xususiyatlarga ega. Bunda u makonga oid xususiyatlarga ega san’at turi deganda tasviriy va arxitektonik san’atni, zamonga oid xususiyatlarga ega san’at turi deganda badiiy va musiqa san’atini, makon va zamonga oid xususiyatlarga ega san’at turi deganda xoreografiyani nazarda tutadi 1 . “Kino san’ati esa ham makonga oid, ham zamonga oid, ham makon va zamonga oid xususiyatlarga ega san’at turlari imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi hamda san’atning yangi, sintetik turi sifatida namoyon bo‘ladiki, uning makon va zamon koordinatalariga ega obrazlari hayotning, uning ijtimoiy va ma’naviy jihatlarining o‘ziga xos badiiy modelini yaratadi” 2 . 1 Каган М.С. Эстетика как философская наука.- С-Пб: Петрополис,1997.- С.326-330. 2 Монастырский В.А. Кино как вид искусства.// Вестник Тамбовского университета. Серия: Гуманитарные науки, 2001, №2.- 79-с.
204 O‘tgan asrning 70-yillarida kompyuter grafikasining paydo bo‘lishi kino san’atining to‘rtinchi bosqichiga asos soldi. Kompyuter grafikasi, keyinchalik vujudga kelgan 3D texnologiyalar, raqamli montaj imkoniyatlari va striming platformalar kino san’atining moddiy-texnika bazasini takomil toptirdi. Buning sharofati bilan ijodkorlar intertekstuallikka (bir asarda boshqa asarlarga murojaat qilish, ularni qayta talqin qilish uslubi) va vizual effektlarga katta e’tibor qarata boshladilar. Aynan ana shu bosqichda blokbasterlar, franshizalar, superqahramon filmlari, artxaus va zamonaviy hujjatli kinematografiya shakllari paydo bo‘ldi 3 . Shu tariqa kino san’ati umuminsoniy madaniyat industriyasining markaziga aylandi. Bugungi kino san’ati nafaqat o‘zining mazmunan boyligi, g‘oyaviy xilma-xilligi, namoyish imkoniyatlari va mustahkam moddiy-texnika bazasi, balki ko‘plab turlarga oid filmlarni o‘zida jamlagani bilan ham tavsiflanadi. Kino san’ati turlari kino asarlarining mazmuni, ijodiy uslubi, texnik xususiyatlari asosidagi tasnifi tushuniladi. Bu tasnif asarlarning markaziy g‘oyasi, namoyish etilishi maqsadi, vazifasi va shaklini aniqlash imkonini beradi. Kino san’atining asosiy turlariga quyidagilar kiradi: Yuqorida tilga olingan turlarga mansub filmlarda ijodkorning asosiy g‘oyasi, voqealar rivoji qator janrlarda, ya’ni ifoda shakli va uslubida namoyish etiladi. Xususan, kino san’atida keng tarqalgan va tomoshabinga kuchli hissiy ta’sir o‘tkaza oladigan janrlardan biri dramatik janrlardir. Ushbu janrdagi filmlarda hayotiy voqealar, kishilar o‘rtasidagi munosabatlar va qahramonlarning ruhiy kechinmalari chuqur tahlil qilinadi. Bu janrdagi filmlar voqealar, qahramonlar va vaziyatlarning real hayotga yaqinligi bilan tavsiflanadi. Dramatik janrlarga klassik drama (histuyg‘ularga boy syujetga ega filmlar), melodrama (muhabbat va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan filmlar), psixologik drama (qahramonning ichki dunyosi 3 Бектурсунов Т. А. Появление и тенденции развития кинематографа.// Вестник Казахского нацио-нального женского педагогического университета, 2019, №2.- 339-с.
205 va ruhiy kechinmalarini yorituvchi filmlar),biografik drama (mashhur shaxslar hayotiga bag‘ishlangan filmlar), ijtimoiy drama (jamiyatdagi adolatsizlik, kambag‘allik va tengsizlik masalalarini yorituvchi filmlar), tarixiy drama (o‘tmishdagi voqealarni aks ettiruvchi filmlar) kabilar kiradi 4 . -Sarguzasht janrlariga xos filmlar esa tomoshabin diqqatini voqealar oqimiga faol jalb qilishi bilan xarakterlanadi. Bu janrlardagi filmlarda syujet tez sur’atda rivojlanadi, qahramonlar muttasil ravishda tahlikali vaziyatlarga tushib turadilar. Filmlar jang, quvish va qochish, xatarli amallar va qiziqarli sayohat sahnalariga boy bo‘ladi. - Fantastik janrlar ijodkor tasavvuri va fantaziyasi asosida yaratilgan olamlar, voqealar va qahramonlarni namoyish etishi bilan ajralib turadi. Ular tomoshabinni kundalik hayotda uchramaydigan obrazlar va voqealar olamiga olib kiradi. Bu janrga xos filmlarda odatda ilmiy-texnik g‘oyalarga asoslangan fantaziyalar, afsonalar asosida o‘ylab topilgan voqealar, kelajak yoki o‘tmishning muqobil variantlari, g‘ayrioddiy jonzotlar, tabiat qonunlariga bo‘ysunmaydigan voqealar aks ettiriladi. - Qo‘rquv janridagi filmlarda tomoshabinda hadik va keskin hayajon uyg‘otish maqsad qilinadi. Bu janrdagi filmlarda odatda noodatiy, tahdidli, hayot uchun xavfli vaziyatlar aks ettiriladi. Voqealar asl sababining so‘nggi lahzalargacha noma’lum qolishi tomoshabin qo‘rquvini yanada oshiradi. - Komediya janri tomoshabinni yumor olamiga va ko‘ngilochar muhitga olib kiradi. Janrning maqsadi faqat tomoshabinni kuldirish emas, balki hayotiy kamchiliklarni yumor orqali tanqid qilish, ijtimoiy muammolarni yengil shaklda ifodalab berishdan ham iborat. Satirada jamiyatdagi kamchiliklar va ijtimoiy muammolarni yorqin hazil va tanqid bilan yoritilsa, farsda turfa voqealar atayin mubolag‘ali tarzda namoyish qilinadi. Parodiyada boshqa filmlarga taqlid qilishga intilinsa, skech-komediyada kulgili epizodlar ifodalab beriladi 5 . - Musiqiy janrdagi filmlarda syujet musiqa, qo‘shiq va raqs orqali ochib berladi. Bu janrlardagi filmlarda voqealar rivoji musiqa va xoreografiya imkoniyatlariga tayangan holda tasvirlanadi. Musiqiy filmlardagi saundtreklar, orkestr aranjirovkasi, maxsus ijro etilgan qo‘shiqlar syujet ta’sirchanligini nihoyatda kuchaytiradi. Masalan, klassik myuzikllarda ekran uchun maxsus yaratilgan musiqiy asarlar namoyish etiladi. Romantik musiqiy filmlarda muhabbat tarixi musiqa va raqs 4 Дмитриев В.Ф. Эволюция жанров кинодраматургии: от "эмоционального сценария" А. Г. Ржешевского до "поэтического сценария" А. И. Снежина.// Театр. Живопись. Кино. Музыка, 2013, №2.- 133-138-с. 5 Татаринцев Н. С. Жанры в кинематографе.// Молодой ученый, 2019, № 21.- С. 541-547.
206 orqali bayon etiladi. Animatsion myuzikllarda voqealar namoyishi multfilm qahramonlarining qo‘shiq va raqslari orqali amalga oshiriladi 6 . Kino san’ati janrlaridan yana biri ma’rifiy janrlardir. Ularda asosiy e’tibor tomoshabinga u yoki bu voqeaga doir haqqoniy ma’lumotlarni yetkazishga, uning ma’naviy hamda intellektual kamolotini ta’minlashga qaratiladi. Bu janrdagi filmlarda voqealar aniq faktlar va guvohliklar asosida tasvirlab beriladi. Ma’rifiy janrdagi filmlarda kishilar ma’rifatini oshirish, ilmiy va madaniy merosni targ‘ib qilishga urg‘u beriladi. Bu turkum janrlarga ilmiy-ommabop filmlarni, etnografik asarlarni, ma’rifiy seriallarni, biografik filmlarni va turli sohalar bo‘yicha ma’lumot beruvchi videofilmlarni va shu kabilarni kiritish mumkin 7 . Marifatli jamiyat qurishda kino san’atining janrlari insonda badiiy didni, garmoniya va go‘zallik haqidagi tasavvurlarni shakllantirar ekan, jamiyatda ma’naviy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirishga ham xizmat qiladi. Aynan kino asarlari orqali yosh avlod va keng jamoatchilik ezgulik, insoniylik, adolat, vatanparvarlik, mehr-oqibat kabi umuminsoniy qadriyatlardan, odamgarchilik, ahillik, qo‘shnchilik kabi milliy qadriyatlardan xabar topadilar. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Каган М.С. Эстетика как философская наука.- С-Пб: Петрополис,1997.- С.326-330. 2. Монастырский В.А. Кино как вид искусства.// Вестник Тамбовского университета. Серия: Гуманитарные науки, 2001, №2.- 79-с. 3. Бектурсунов Т. А. Появление и тенденции развития кинематографа.// Вестник Казахского нацио-нального женского педагогического университета, 2019, №2.- 339-с. 4. Дмитриев В.Ф. Эволюция жанров кинодраматургии: от "эмоционального сценария" А. Г. Ржешевского до "поэтического сценария" А. И. Снежина.// Театр. Живопись. Кино. Музыка, 2013, №2.- 133-138-с 5. Татаринцев Н. С. Жанры в кинематографе.// Молодой ученый, 2019, № 21.- С. 541-547. 6. Новоселова М.А. Специфика музыкальной образности в кинематографе.// Общество: философия, история, культура, 2017, №10.- 71-74-с. 7. Девликамова Э.А. Документальный фильм: концепция жанра.// Культурная жизнь Юга России, 2019, №2.- 102-104-с. 6 Новоселова М.А. Специфика музыкальной образности в кинематографе.// Общество: философия, история, культура, 2017, №10.- 71-74-с. 7 Девликамова Э.А. Документальный фильм: концепция жанра.// Культурная жизнь Юга России, 2019, №2.- 102104-с.