ZAMONAVIY KINO SAN'ATINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA BUGUNGI KUNDAGI GLOBAL VAZIFALARI
Full text
207 ZAMONAVIY KINO SAN’ATINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA BUGUNGI KUNDAGI GLOBAL VAZIFALARI Jabborova Aziza G‘ayratovna, Turon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi, [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445080 Annotatsiya: Ushbu maqola zamonaviy kino san'atining rivojlanish bosqichlari, asosiy tendensiyalari va bugungi kundagi global vazifalarini tahlil qiladi. Maqolada kino san'atining texnologik, ijtimoiy-madaniy va estetik o‘zgarishlari, kinematografiyaning global miqyosdagi ta'siri, kino sanoatining iqtisodiy va siyosiy ahamiyati, shuningdek, kino san'atining insoniyat oldidagi dolzarb masalalarni aks ettirish va yechimini topishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Maqolada zamonaviy kino san'atining kelajagi va uning global taraqqiyotga qo‘shadigan hissasi haqida fikrlar bildiriladi. Kalit so‘zlar: zamonaviy kino san'ati, rivojlanish bosqichlari, global vazifalar, kinematografiya, texnologiyalar, ijtimoiy-madaniy ta'sir, kino sanoati, estetika, global muammolar, kelajak. Kino san’ati – insonning voqelikni idrok etishi va qayta yaratishi ifodasi bo‘lgan, hayot manzaralarini badiiy timsollar hamda harakatlanuvchi obrazlar vositasida tasvirlashga asoslangan san’at turidir. U nafaqat real voqelikni aks ettiradi, balki uni (shu voqelikni) rejissor (film yaratuvchisi) g‘oyasi, operatorlik yechimi va montaj orqali yangi mazmun va ma’no bilan boyitadi. Kino san’ati adabiyot, teatr va tasviriy san’at imkoniyatlarining o‘ziga xos sintezi sifatida yuzaga keldi. Adabiyot unga filmlarni yagona ssenariy asosida yaratish tamoyilini taqdim qildi. Shu bilan birga adabiyot kino san’atini inson yoki voqeaga muayyan rakursdan qarash uslubi bilan boyitdi. Teatrdan esa kino san’ati sahna muhitini yaratish, dekoratsiyalar qurish, akterlarni tanlash, ularni turfa sahnalarda joylashtirish usulla-rini o‘zlashtirdi. Bu tajribalar kinofilm sahnalarini yanada haqqoniy va ta’sirchan qilib ko‘rsatish imkonini berdi. Tasviriy san’at esa kino san’atini kadr kompozitsiyasini qurish, ya’ni tasvir elementlarini muayyan estetik meyor asosida joylashtirish qoidalari bilan boyitdi. Ushbu qoidalar sharofati bilan kino kadrlari nafaqat mazmunan, balki estetik jihatdan ham mukammallikka erishdi. Vujudga kelgan paytidan boshlab bugungi qadar kino san’ati davr ijtimoiy voqeligiga, madaniy omillariga va texnik imkoniyatlariga mutanosib ravishda muttasil ravishda takomil topib bordi. Uning tarixiy rivojlanishi jarayoni bir necha bosqichlarni bosib o‘tdiki, har bir bosqich o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ldi.
208 Chunonchi, birinchi bosqichda (1890-yillardan 1910-yillargacha) kino yangi texnik mo‘jiza sifatida qaror topdi. Ushbu bosqich biz yuqorida tilga olgan aka-uka Lyumyerlarning “sinematografidan” boshlanib, kino san’ati aniq atributlar kasb qilguniga qadar davom etdi. Bu davrda filmlar ancha-muncha qisqa bo‘lar, kundalik hayotdan lavhalarini, turmushdagi oddiy voqealarni aks ettirish bilan cheklanardi. Ikkinchi bosqichda (1910-yillardan 1920-yillargacha) kino haqiqiy san’at turi darajasiga ko‘tarildi. Bu bosqichda davrning S. Eyzeynshteyn va D.Griffit kabi iqtidorli rejissorlari montaj san’atini rivojlantirdilar, buning sharofati bilan namoyish etiladigan sahnalarning ta’sir kuchini kuchaytirish imkoni yuzaga keldi. Filmlar davomiyligi oshdi, ularning syujetlari murakkablashdi. Ancha-muncha sayqal topgan syujetlar endilikda qahramonlarning xarakteri, muddaolarini batafsilroq va yorqinroq aks ettirish imkonini berdi 1 . Aynan shu bosqichda melodrama, tarixiy epopeya, urush mavzusiga bag‘ishlangan filmlar, ilk detektivlar ommalashdi. Eng e’tiborlisi, mazkur bosqichda kino san’ati jamoatchilik fikriga ta’-sir o‘tkaza oladigan qudratli vositaga aylandi. Uchinchi bosqich (1930-yillardan 1960-yillargacha) ovozli va rangli ki-noning jadal rivojlanishi davri bo‘ldi. Zotan, 1927 yilda ilk ovozli filmlarning paydo bo‘lishi kino olamida yangi davr boshlanganini ko‘rsatdi. Oradan qisqa muddat o‘tib, rangli kinematograf vujudga keldi. Ovozli va rangli filmlar qahramonlarning hattiharakatlari, muloqotlarini o‘ta ta’sirchan va yorqin tarzda, musiqa bilan yo‘g‘rilgan holda namoyish etish imkonini berdi. Shu davrga kelib, myuzikllar, romantik komediyalar, vesternlar keng tarqaldi. Bunday tarzda takomil topgan kino san’ati tez orada nafaqat milliy madaniyatning ajralmas qismiga, balki mafkuraviy ta’sir vositasiga ham aylandi. O‘tgan asrning 70-yillarida kompyuter grafikasining paydo bo‘lishi kino san’atining to‘rtinchi bosqichiga asos soldi. Kompyuter grafikasi, keyinchalik vujudga kelgan 3D texnologiyalar, raqamli montaj imkoniyatlari va striming platformalar kino san’atining moddiy-texnika bazasini bemisl takomil toptirdi. Buning sharofati bilan ijodkorlar intertekstuallikka (bir asarda boshqa asarlarga murojaat qilish, ularni qayta talqin qilish uslubi) va vizual effektlarga katta e’tibor qarata boshladilar. Aynan ana shu bosqichda blokbasterlar, franshizalar, superqahramon filmlari, artxaus va zamonaviy hujjatli kinematografiya shakllari 1 Қаранг: Бектурсунов Т. А. Появление и тенденции развития кинематографа.// Вестник Казахского национального женского педагогического университета, 2019, №2.- 339-с.
209 paydo bo‘ldi 2 . Shu tariqa kino san’ati umuminsoniy madaniyat industriyasining markaziga aylandi. Globallashuv sharoitida kino san’ati ijtimoiy-madaniy funksiyasi ahamiyati ayniqsa oshmoqda. Chunki Gollivud yoki Bollivud kabi kino markazlari mahsulotlari jadal ommalashayotgan hamda aksariyat hollarda milliy-likka tahdid solayotgan bir sharoitda aynan kino san’ati asarlari, bir tomondan, milliy madaniyatni asrabavaylash, ikkinchi tomondan esa uni umuminsoniy miqyosda targ‘ib va tashviq qilish omili bo‘lib xizmat qiladi. Globallashuv sharoitida gedonistik funksiyaning ahamiyati yanada oshmoqda. Chunki bugungi davr kishisi doimiy stresslar, axborot xuruji, turli ijtimoiy ziddiyatlar sharoitida yashamoqda. U vaqti-vaqti bilan bu stresslardan, tahdidlardan, tashvishlardan chalg‘ib turmog‘i shart. Kino o‘zining xayoliy obrazlari, ehtirosli sahnalari, yumor va satirasi bilan tomoshabinga ana shunday imkoniyatni taqdim qiladi 3 . Xulosa qiladigan bo‘lsak, insonning voqelikni idrok etishi va qayta yaratishi ifodasi bo‘lgan, hayot manzaralarini badiiy obrazlar hamda harakatlanuvchi tasvirlar vositasida tasvirlashga asoslangan san’at turi bo‘lmish kino san’ati adabiyot, teatr va tasviriy san’at imkoniyatlarining o‘ziga xos sintezi sifatida yuzaga keldi. U o‘z taraqqiyoti davomida bir necha bosqichlarni bosib o‘tarkan, bugunga kelib, badiiy filmlar, hujjatli filmlar, animatsion filmlar, teleseriallar, ekspozitsion filmlar kabi turlarni o‘zida mujassam qilgan, ko‘plab ifoda shakllari va uslublariga ega bo‘lgan, jiddiy ijtimoiy ahamiyatga molik funksiyalarni bajaradigan fenomenga aylandi. Shuning bilan bir qatorda bugungi kino san’ati global madaniy makonda madaniy translyatsiya, madaniy integratsiya, madaniy sintez vazifalarini ham bajarmoqda. Adabiyotlar: 1. Бектурсунов Т. А. Появление и тенденции развития кинематографа.// Вестник Казахского нацио-нального женского педагогического университета, 2019, №2.- 339-с. 2. Бектурсунов Т. А. Появление и тенденции развития кинематографа.// Вестник Казахского нацио-нального женского педагогического университета, 2019, №2.- 339-с. 3. Конфедерат О.В., Дядык Н.Г. Гедонистическая онтология фильма: порождающие модели.// Соци-ум и власть, 2020, №3.- 74-84-с. 4. Номозов Х. Ш. Интернет маконнинг шахс ижтимоийлашувига таъсири: Фалс.докт. (PhD) дисс ав-тореф.- Бухоро: БухДУ, 2024. 5. Hasanov B., Oʻzbek hujjatli kinosi, Toshkent, 1972-yil 2 Қаранг: Бектурсунов Т. А. Появление и тенденции развития кинематографа.// Вестник Казахского национального женского педагогического университета, 2019, №2.- 339-с. 3 Қаранг: Конфедерат О.В., Дядык Н.Г. Гедонистическая онтология фильма: порождающие модели.// Соци-ум и власть, 2020, №3.- 74-84-с.