scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XX ASRNING II YARMI SOVET ITTIFOQIDA MADANIY SOHANING RIVOJLANISHIDA O'ZBEKISTONNING TUTGAN O'RNI

Beknazarov Sobirjon Barotboy o'g'li; Ergasheva Gulruxsor

Full text

223 XX ASRNING II YARMI SOVET ITTIFOQIDA MADANIY SOHANING RIVOJLANISHIDA O‘ZBEKISTONNING TUTGAN O‘RNI Beknazarov Sobirjon Barotboy o‘g‘li Xalqaro Innovatsion Universitet Tarix fani o‘qituvchisi Ergasheva Gulruxsor Xalqaro Innovatsion Universitet Tarix va filologiya fakulteti II kurs talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445094 Annotatsiya. XX asrning 2-yarmida О‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalarining rivojlanishida adabiyot sohasidagi hamkorlik o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanligi, О‘zbekiston sovet davlatining tarkibida bo‘lgan davrda madaniy sohadagi xalqaro aloqalarda faol ishtirok etganligi adabiyot sohasidagi hamkorlik davlatlar o‘rtasidagi tinchlikni, do‘stlikni ta’minlashga xizmat qilganligi, О‘zbekiston sovet davlatining tarkibida bo‘lishiga qaramasdan xalqaro madaniy munosabatlarda adabiyot sohasida bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirganligi haqida fikr yuritlgan. Kalit so‘zlar: Toshkent ruhi, yozuvchilar konferensiyasi, ikki qit’a, kino, teatr, adabiyot, xalqaro kinofestival, kinematograf, do‘stlik va hamkorlik. Xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalar ular bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkalamlashga xizmat qilgan. О‘zbekiston Osiyo va Afrika davlatlari bilan adabiyot va san’at arboblarining turli ijodiy uchrashuvlari o‘tkazilgan. Bunday tadbirlarni tashkillashtirishda sovet davrida О‘zbekiston faol ishtirok etgan. Respublikaning Osiyo va Afrika mamlakatlar bilan madaniy hamkorligida ayniiqsa, o‘zbek adiblari asarlarini nashr etish muhim o‘rin egallagan. 1958-yil 7-13 oktabr kunlari Toshkentda Osiyo va Afrika yozuvchilarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Toshkent ruhi” atamasi asosida О‘zbekistonning madaniyat sohasidagi roli yanada oshdi. Shunisi diqqatga sazovorki, 50 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu yozuvchilar konferensiyasiga jami 200 nafardan ortiq adabiyot namoyondalari tashrif buyurgan, Osiyo mintaqasidagi mamlakatlardan esa 19 ta davlatdan vakillar qatnashgan. Mazkur konferensiyaning Qohirada bo‘lib o‘tgan kengashida Osiyo xalqlari yozuvchilarining navbatdagi uchrashuvini Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risida sovet yozuvchilari delegatsiyasi tomonidan taklif berildi hamda bundan buyon Afrika xalqlari vakillarini ham chaqirish lozim deb topildi. Osiyo yozuvchilarining konferensiyasi qarorini amalga oshirish niyatida 1958-yil iyun oyida Moskva shahrida Osiyo va Afrikaning ayrim mamlakatlari yozuvchilari vakillarining tayyorgarlik kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashda ishtirok etgan Hindiston, Xitoy, Birlashgan Arab Respublikasi, Sovet Ittifoqi va Yaponiya yozuvchilari Osiyo va Afrika yozuvchilarining navbatdagi 224 konferensiyasini Toshkentda 1958-yil oktabr oyining boshida o‘tkazishga qaror qildilar va buning uchun lozim bo‘lgan bir qancha choralarni ko‘rdilar [1]. Toshkent konferensiyasida Osiyo va Afrika xalqlari adabiyotining taraqqiyoti masalasi, G‘arb bilan Sharq orasidagi madaniy aloqa, xalqaro vaziyatdagi qaltislik va uning yozuvchilarga ta’siri, bolalar adabiyoti muammosi va uning tarbiyaviy ahamiyati, xotin-qizlarning badiiy adabiyotga qo‘shayotgan hissasi, Osiyo va Afrikada drammaturgiyaning taraqqiyoti, kino va teatrning adabiyot bilan aloqasi, Osiyo va Afrika yozuvchilari orasidagi do‘stona aloqani yanada kuchaytirish va shularga o‘xshash boshqa masalalar muhokama etilishi belgilab olindi. 1958-yil oktabr oyi boshida Toshkentda Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining konferensiyasi ochilgan. О‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov yozuvchi bo‘lganligi uchun Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining xalqaro konferensiyasini chaqirish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan [2]. Ushbu konferensiyada Sharqning 37 ta davlati, Yevropa va Amerikaning 13 ta davlatidan elchilar tashrif buyurishdi. Ikki qit’a yozuvchilari konferensiyasining Toshkentda bo‘layotganligi O‘rta Osiyoda yashovchi xalqlar, shu jumladan o‘zbeklarning Osiyo va Afrika xalqlari bilan aloqalarining ifodasidir. Bu aloqalarning ildizi juda qadimgi zamonlargga borib taqaladi. Osiyo va Afrika mamlakatlari xalqlarining bundan necha ming yillar avval ham bir-birlari bilan aloqada bo‘lib kelgan. Ular xo‘jalik va madaniyat sohasida erishgan yutuqlarini birbirlari bilan baham ko‘rgan, umum insoniyat madaniyatini boyitishda o‘z hissalarini qo‘shgan. 1976-yilda Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining birinchi uchrashuvi Toshkentda, 1978-yilda esa ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 1978-yilning kuzida О‘zbekiston poytaxtida ikki qit’a ilg‘or adiblarining birinchi Toshkent konferensiyasining yigirma yilligiga bag‘ishlangan Osiyo va Afrika mamlakatlari adiblarining forumi yig‘ildi. Adiblarning mazkur xalqaro anjumaniga dunyoning 47 ta davlatidan 84 nafar vakil ishtirokchi va mehmon sifatida tashrif buyurdi. 1983-yilda Toshkentda Osiyo va Afrikadagi 70 mamlakat yozuvchilarining VII konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. “Yozuvchi va hozirgi zamon” masalasi muhokama qilingan bu konferensiya Osiyo va Afrika yozuvchilarining Toshkentda boshlangan harakati – “Toshkent ruhi”ning 25 yilligiga bag‘ishlandi. Konferensiya mustamlakachilikka qarshi, ijtimoiy taraqqiyot uchun, xalqlarning tinchligi va hamjihatliligi uchun kurashayotgan taraqqiyparvar kuchlarni jipslashtirishda muhim omil bo‘lib qoldi. 225 О‘zbekiston bilan Afrika davlatlari o‘rtasida olib borilgan madaniy aloqalarda Tunis davlati alohida ahamiyat kasb etadi. Buning natijasi o‘laroq Tunis Yozuvchilar uyushmasi Bosh kotibi Mustafo al-Forsiyning so‘zlariga ko‘ra, “yaxshi do‘stlar, ular bilan biz allaqachon rasmiy chegaralarni kesib o‘tganmiz, samimiy mehrga o‘z o‘rnini bosgan yuzaki munosabatlar, uning ostida mustahkam poydevor” mavjudligini ta’kidlagan. Atoqli tunislik yozuvchi, Osiyo va Afrika yozuvchilarining VII konferensiyasi ishtirokchisi Mustafo Komil Toshkent shahrini juda yaxshi ko‘rishini ta’kidlab, uning fikriga ko‘ra, ikki qit’adagi ilg‘or kuchlar harakatida muhim o‘rin tutgan Osiyo va Afrika adiblarining ijodiy hamjamiyati shu yerda tug‘ilib, yanada rivojlangan. Toshkent, yozuvchi ta’kidlaganidek, u uchun va o‘z mamlakati poytaxti Tunisning egizaki sifatida aziz ekanligini alohida ta’kidlagan . Sovet yillarida san’atning har bir turi (kino, teatr, adabiyot, rassomchilik) partiya apparatining xizmatiga jalb qilingan bo‘lib, aholini g‘oyaviy tarbiyalashda, sotsialistik ishlab chiqarishni tarannum etishda muhim rol o‘ynagan. Madaniyat vazirligi va Markaziy qo‘mitaning madaniyat bo‘limida partiya davlat boshqaruvini qayta tiklash, ijodiy uyushmalar faoliyatini kengaytirish hisobiga g‘oyaviy nazoratni amalga oshirish vazifasini bajardi. Teatr san’ati sohasidagi madaniy aloqalarda avvalo, adabiy aloqalar tashkil etilgan. Shu jihatdan Osiyodagi mamlakatlar bilan mazkur sohadagi aloqalarda bevosita shu mamlakat adiblarining asarlari o‘zbek teatrlarida sahnalashtirilishi yoki o‘zbek adiblari asarlari Osiyoning boshka mamlakatlari teatrlarida qo‘yilishi bu aloqalarning rivojida o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. 1960-yillarda davr mafkurasi talablari va ko‘rsatmalariga keskin bo‘ysundirilganiga qaramay, o‘zbek teatr san’ati ustalari jahon madaniyati xazinasiga o‘z hissasini qo‘shayotgan har bir xalqning hayoti bilan, taraqqiyot va ozodlik uchun olib borgan kurash yo‘li bilan tanishishga harakat qildilar. XX asrning 80-yillarida teatr soxasida o‘ziga xos davr boshlanib, asosiy e’tibor tarixiy dramalar turlicha talqinda namoyish etila boshlandi. Shu bilan birga, xalqaro madaniy aloqalarning barcha yo‘nalishlarida bo‘lgani kabi teatr sohasi madaniy hayotning eng faol sohasiga aylandi. 1978-yilning 23-may – 1 iyun kunlarida Toshkent shahrida o‘tkazilgan navbatdagi V xalqaro kinofestivalda 64 ta davlatdan 400 nafardan ortiq kinematograflar ishtirok etdi. Rasmiy festivalda informatsion ko‘rsatuvlar uchun 70 tadan ortiq badiiy kinotasmalar, bir necha o‘nlab hujjatli va multiplikatsion filmlar ajratildi. Chet el kinematograflarining 400 nafardan ko‘proq namoyandalari, 226 Toshkent festivalining Antonio Egino (Bolgariya), Abdul Razzoq Abdul Vahob (Iroq), Suhayl bin Barxa (Marokash), Semben Usmon (Senegal), YE. Yamada (Yaponiya) va boshqa taniqli kinematograflari, qatnashchilari va mehmonlari bo‘ldilar. Festival chog‘ida kino bozori ochildi. Unda 40 tadan ortiq mamlakat vakillari qatnashdilar. Kinematograflarning tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va xalqlar ozodligi uchun kurashi vazifalariga bag‘ishlangan munozaralari qiziqarli va ijodiy jihatdan sermazmun o‘tgan. An’anaga ko‘ra, Toshkent anjumanining qatnashchilari О‘zbekiston erishgan yutuqlar bilan, uning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirildi. Jumladan, respublikaning Buxoro va Samarqand shaharlariga safar uyushtirildi [3]. Mamlakatda ayollarga erkaklar bilan birga teng huquq berilishi, ishchilarning turmush va mehnat sharoitiga katta e’tibor qilinishi xorij mamlakatlarning diqqatini jalb etdi. 1982-yil Toshkentda shu masala bo‘yicha kasaba uyushmalarini xalqaro majlisi uyushtiriladi [4]. Toshkent festivalining jahon kino san’atini rivojlantirishda va xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni vujudga keltirishda ahamiyati katta bo‘ldi. Uning ta’sirida Afg‘oniston, Bangladesh, Angola, Mozambik, Senegal, Marokash, Jazoir, Tunis, Nikaragua kino san’ati shakllanib bordi. О‘zbekistonda oliy ta’limning rivojlanishi va chet ellik malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi boy tajriba butun jahonga tarqaladi. Shuning uchun Xalqaro universitetlar uyushmasi “Universitetlar va ularning regional taraqqiyotidagi roli” mavzuidagi VIII seminarni Toshkentda o‘tkazishni lozim topdi. Bu seminar 1984-yilda do‘stlik va taraqqiyot ramzi sifatida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bunda 25 ta mamlakat, shu jumladan Sudan, Iroq vakillari qatnashadi. Oliy ta’lim sohasidagi yutuqlarimizni o‘rganish maqsadida 1983-yilda Afg‘oniston poytaxti Kobulda “O’zSSRda oliy ta’lim” mavzuida ko‘rgazma ochiladi. Afg‘oniston Demokratik Respublikasi Maorif vazirligi A.S.Qayumni ko‘rgazma qatnashchilariga mamlakatda oliy ta’limni tashkil qilishda Sovet hukumatining hissasi katta ekanligini, ko‘rgazma har ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikning kuchayishiga katta yordam berishini alohida uqtirib o‘tadi [5]. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, XX asrning 50-80 yillarida xalqaro madaniy aloqalarda o‘zbek teatr va kino san’atining xalqaro madaniy aloqalarda san’atning boshqa turlari singari teatr va kino san’atida ham ma’lum darajada milliylik, o‘ziga xoslikni qisman yo‘qotish va sovetlashtirishga intilish mustamlakachilik siyosatining mustahkamlanishi hamda jahon mamlakatlariga o‘zbek madaniyati, ijtimoiy turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi, shuningdek, kino san’ati sohasidagi madaniy aloqalar, asosan, Toshkent kinofestivali orqali 227 amalga oshirilgan. Chet mamlakatlarda yaratilgan sovet madaniyat markazlari, sovet ilm-fani va madaniyati uylari Sovet Ittifoqining madaniy, ilmiy va ijtimoiy hayoti tо‘g‘risida ma’lumot tо‘planadigan joyga aylandi. Bu Butunittifoq Jamiyatining gumanitar sohadagi faoliyatini, shu jumladan rus tili va madaniyatini chet yellarda tarqatishni faollashtirishga yordam berdi. О‘sha paytda Butunittifoq Jamiyati kо‘magi bilan 90 dan ortiq mamlakatlarda rus tili kurslari tashkil qilingan bо‘lib, ularda 600 mingga yaqin chet yelliklar tahsil olishgan. Butunittifoq Jamiyati chet yelga yiliga 10 mingga yaqin turli xil kо‘rgazmalar yubordi, 7 ming chet yellik abonentlarga 450 dan ortiq davriy nashrlarni yubordi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Иззат Султонов “Дўстлик, тинчлик ва маданий ҳамкорлик конференцияси” Фан ва турмуш, 1958-йил, 9-сон 2. Эргашев Ш. Эрк эстар кўнгил -Т.: Ўзбекистон, 2017. – Б.75. 3. Тинчлик экрани // Ўзбекистон маданияти. 1978 йил 29-май. – Б. 4. 4. Зияев Ҳ. Ўзбекистоннинг хорижий мамлакатлар билан иқтисодий ва маданий алоқалар. – Тошкент: Ўздавнашр, 1986. – Б. 80. 5. Абуталипов Ч.А. Ўзбекистоннинг халқаро алоқалари.-Тошкент: ЎзДавНашр, 1964. – Б.50.