O'QUVCHILARNING KREATIV FIKRLASH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA FAOLIYAT TURLARINING O'RNI
Full text
284 O‘QUVCHILARNING KREATIV FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA FAOLIYAT TURLARINING O‘RNI Rahmonqulov Abdujabbor Nadjimovich Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, “Pedagogika” kafedrasi dotsenti Eshmirzayeva Muhayyo Abduqodirovna Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, Musiqa ta’lim MsT-23-01K guruh talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445161 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarning kreativ fikrlash doirasini kengaytirishda, musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash va musiqa savodi faoliyat turlarining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: kreativ fikrlash, musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi. Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va ahloqiy madaniyatini rivojlantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirishga xizmat qiladi. Shuningdek unda, o‘zbek, klassik va zamonaviy san’at haqidagi boshlang‘ich bilimlarni o‘zlashtirish, musiqiy asarlarni tinglab tushunish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslari: musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi faoliyat turlari bo‘yicha olib boriladi. Bu faoliyatlarning barchasi darsning umumiy yaxlitligini ta’minlaydi va eng asosiysi o‘quvchilarning kreativ 1 fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda asosiy omillardan biri bo‘lib hizmat qiladi. Jumladan: Musiqa tinglash faoliyatida o‘quvchilar o‘zbek xalq musiqasi, o‘zbek bastakorlari va jahon kompozitorlarining musiqiy asarlaridan namunalar tinglaydilar. Jamoa bo‘lib kuylash faoliyatida o‘quvchilarning vokal-jamoa malakalari rivojlantiriladi. Sinfda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida o‘quvchi o‘z ovoz-ijrosini boshqaradi, o‘rtoqlari ijrolarini tinglaydi va ular bilan birga jo‘r bo‘lib kuylashga intiladi. Musiqa savodi barcha faoliyat turlarini nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat turi (tinglash, jamoa bo‘lib kuylash h.k.) 1 Kreativlik (lot., ing. “create” - yaratish, “creative” - yaratuvchi, ijodkor) -individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mus-taqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
285 qo‘llanilmasin, unda o‘rganilayotgan asarning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va h.k.) haqidagi yangi bilimlar beriladi. Musiqa savodi faqatgina nota savodidan iborat bo‘lmay, balki o‘quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi (musiqa shakllari, janrlari, cholg‘uchilar ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshqa) bilimlarni singdirib borishdan iboratdir. Musiqa savodida musiqiy atamalar, an’analar, templar (sur’at), intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda vositalari, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minor haqida tushuncha beriladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati fanida berilgan qo‘shiqlar, nota materiallari o‘quvchilarning imkoniyati, ovoz diapazonlariga mos holda mantiqiy ketma-ketlikda berilgan. O‘qituvchi ushbu dasturga kiritilmagan, ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatdan muhim va o‘quvchilar idrok-amaliyotiga mos bo‘lgan kuy va qo‘shiqlardan iborat yangi asarlardan fan uyushmasining bayonnomasiga asosan 30% o‘zgartirib, foydalanish huquqiga egadir. Shuningdek, sinflar kesimida berilgan boblar uchun ajaratilgan soat shu bob mavzularini o‘qituvchi tomonidan taqsimot qilinishi mumkin.[1;21] Bundan maqsad bugungi kunda kompozitor va bastakorlarimiz tomonidan o‘quvchilar idrok-amaliyotiga oid yaratilayotgan yangidan-yangi kuy va qo‘shiqlarni o‘quvchi-yoshlarimizga o‘rgatish imkoniyatlarini yaratishdir. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki dars jarayonida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan musiqiy faoliyat turlarini amalga oshirishda avvalambor o‘qituvchi o‘z fanidan yetarli darajada puxta nazariy va amaliy bilimlarni egallagan bo‘lishi lozim. Eng asosiysi o‘qituvchi dastur asosida berilgan asarlarni cholg‘u asboblarida erkin ijro eta olishi, kuylay olishi va qo‘shimcha texnika vositalarini dars jarayonida qo‘llay olish malakalriga ega bo‘lmog‘ shart va muhimdir. Buning uchun esa o‘qituvchidan muntazam, doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, bilim va mahoratini oshirib borishi talab etiladi. Bularning barchasi ta’lim jarayonida belgilangan maqsadni amalga oshirishimizda, o‘quvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishda keng imkoniyatlarni yaratadi.
286 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi (PF–6108-son 06.11.2020 y.) -T.: 2020 2. Sharipova G.M, Asamova D.F, Xodjayeva Z.L. “Musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari” Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun о‘quv qo‘llanma.- T.,2014 y. 107 bet.