O'QUVCHI YOSHLARNING IJODIY MAHORATINI, NAFOSAT VA BADIIY, AHLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA TA'LIMINING TUTGAN O'RNI
Full text
287 O‘QUVCHI YOSHLARNING IJODIY MAHORATINI, NAFOSAT VA BADIIY, AHLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA TA’LIMINING TUTGAN O‘RNI Rahmonqulov Abdujabbor Nadjimovich Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, “Pedagogika” kafedrasi dotsenti Ungboyeva Nodira Komil qizi Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, Musiqa ta’lim MsT-23-01K guruh talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445175 Annotatsiya:Maqolada o‘quvchi yoshlarning ijodiy mahoratini, nafosat va badiiy, ahloqiy madaniyatini shakllantirishda musiqa ta’limining tutgan o‘rni haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: intellektual, 6/8 o‘lchovi, mutatsiya davri, melodik mi minor. O‘zbek xalqi azaldan o‘zining ma’naviy boyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlari hamda milliy musiqiy madaniyatining yuksakligi bilan jahon xalqari orasida yetakchi pog‘onalardan o‘rin olib kelgan. Birinchi prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Barchamizga ayonki, kuy-qo‘shiqqa, san’atga muxabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda” [1;141] Milliy istiqlol mafkurasiga monand rivojlangan, intellektual boy, ma’naviy va jismoniy jihatdan sog‘lom komil insonni shakllantirish yo‘lida barcha fanlar qatori musiqa ta’limining ham o‘z o‘rni bor. Musiqa ta’limi o‘quvchi yoshlarning ijodiy mahoratini, nafosat va badiiy, ahloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Ayniqsa, musiqaning keng qamrovli janrlaridan biri qo‘shiq o‘quvchi-yoshlarni bir-biriga yaqinlashtirib, insoniy fazilatlarini boyitadi, fikr tuyg‘ularini birlashtiradi, go‘zallikni idrok etishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shiqni jamoa bo‘lib kuylash orqali o‘quvchi o‘z ovoz ijrosini boshqarishni va ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan birgalikda jo‘rnavozlik qilishga intiladi. Bu orqali o‘quvchining diqqat-e’tibori kuchayadi,
288 xotirasi, nutqi rivojlanadi, ovoz hajmi kengayadi, musiqiy o‘quvi o‘sadi, mutatsiya davri yengil o‘tadi, dunyoqarashi yildan-yilga shakllanib boradi. Dars jarayonida o‘rganilayotgan har bir qo‘shiq o‘quvchilarning idrokamaliyotiga mo‘ljallangan bo‘lmog‘i lozim. Quyida biz tahlil uchun keltirayotgan “Shodlik” qo‘shig‘ining matni shoir Lutfulla Narzullaev qalamiga mansub bo‘lib, she’riga bastakor Abdujabbor Raxmonqulov tomonidan kuy bastalangan. Ushbu qo‘shiq boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari ijrosi uchun mo‘ljallangandir. Mazkur qo‘shiq kuychan ruhda yozilgan bo‘lib, o‘quvchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi.
289 NAQORAT: Mehribon buvijonim, Otam, onam, Vatanim, Otam, onam, bobomlar. Borlig‘im, joni tanim. Maktabdan uyga kelsam, Farzandlik burchi bilan, Quchoq ochib achomlar. A’lo o‘qish qarorim. NAQORAT: Ma’no to‘la so‘zlarni, Aytib bersam yayrashar. Ozod, obod Vatanda, Kamol topsang yarashar. NAQORAT: Qo‘shiqda mehribon buvi, ota-ona va muqaddas Vatan obrazlari nozik so‘z va yoqimli ohanglar orqali ochib berilgan. She’rning tuzilishi qo‘shiqning murakkab 6/8 o‘lchovida melodik mi minor tuzigida yozilishiga, o‘rtacha tezlikda shodon va ta’sirchan kayfiyatda ijro etilishiga asos bo‘la olgan. Qo‘shiq bolalarda oilaga, Vatanga, jonajon maktabiga bo‘lgan muhabbat va hurmat hissini tarbiyalaydi. Bu tuyg‘ular bolalarni yoshlik chog‘idanoq nafosatni sevishga, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga, ulardagi bor qobilyatni rivojlantirishga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat” 2008, 141-bet. 2. Yarashev J. Musiqa o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona, 2021.-72 b.