OILAVIY PSIXOTERAPIYAGA OID MUNOSABATLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK ASPEKTLARI
Full text
290 OILAVIY PSIXOTERAPIYAGA OID MUNOSABATLARNING IJTIMOIYPSIXOLOGIK ASPEKTLARI Jabborov Ismoil Azimovich Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi dotsenti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445180 Annotatsiya. Ushbu maqolada Oilaviy psixoterapiyaga doir eng mukammal qo‘llanmalarda bu ilmiy-amaliy fanga shunday ta’rif berilgan: Oilaviy terapiya profilaktika, kasalliklarni davolash hamda shundan keyingi ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi maqsadida uni o‘rganishni va unga ta’sir ko‘rsatishni qamraydigan psixoterapiyaning bir sohasi ekanligi aytilgan. Kalit so‘zlar: Oilaviy psixoterapiya, psixatiya, somatik salomatligi, shaxslararo munosabatlar, sharq xalqlari, salbiy-axloqiy sifatlar. Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, so‘nggi 50 yilda ajralishlar miqdori yildan-yilga ancha ko‘payib borayotganligi kuzatilgan, biroq ularni qoralash nisbatan kamaygan. Ana shunday holatlarni oldini olishning muhim vositalaridan biri-oilaviy psixoterapevtik usullardan foydalanishdir. Oilaviy psixoterapiya usullari eng avvalo, psixozga xos bo‘lmagan psixogen buzilishlarda, alkogolizmda, giyohvandlikda, psixatiya, psixoz va psixosomatik kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Eng muhimi oilaviy psixoterapiyada psixoterapiyaning boshqa sohalari tomonidan o‘rganilmaydigan bir qator qo‘shimcha jihatlar ham mavjudki, bular-oilaning meyorida faoliyat ko‘rsatishi, undagi buzilishlarning turlari, ularning profilaktikasi, oila a’zolarining psixik va somatik salomatligi, oila hayoti va faoliyati nuqsonining diagnostikasidir. Oilaviy psixoterapiya nima bilan shug‘ullanadi? Uning predmeti va pirovard maqsadi nimalardan iborat? N. Pezeshkian shu savollarga javob berar ekan, quyidagi qadimiy sharq hikmatini keltiradi: Agar sen o‘z mamlakatingni tartibga keltirishni xohlasang, dastlab viloyatni tartibga keltir. Agar sen viloyatni tartibga keltirishni istasang, avvaliga shaharlarda tartib o‘rnat. Shaharlarda tartib o‘rnatish uchun oilalarni batartib qilmog‘ing lozim. Agar sen oilalarda tartib o‘rnatishni xohlasang, avvalo o‘z oilangda tartib o‘rnatishing kerak. Sen o‘z oilangda tartib o‘rnatishni istar ekansan, dastlab o‘zingni tartibga solmog‘ing joiz. Xullas, “oilalarda tartib o‘rnatish”ga da’vat etilgan oilaviy terapiya pirovard natijada insonparvar psixologik amaliyot sifatida namoyon bo‘ladi. “Oilaviy psixoterapiyaga birinchi bo‘lib, sharq xalqlari” asos solganligi bizga ma’lum bo‘ldi.
291 Bizning nazarimizda, u o‘zining bu xususiyati bilan zamonaviy oila rivojlanishida, uning bazaviy ijtimoiy yo‘nalishi markazida inson turishi tufayli uni o‘zgartiradigan insonparvarlik mayllariga yordam berishga da’vat etilgan. Agar kishilar shaxsiy masalalar bo‘yicha psixologlar va psixoterapevtlar maslahatiga olib keladigan muammolarini tahlil qiladigan bo‘lsak, gap har doim yo shaxslararo munosabatlar: Er-xotinlik, bolalar, ota-onalar, jinsiy, amaliy munosabatlar, yo shaxsning ichki munosabatlari, ya’ni insonning o‘ziga nisbatan munosabatlari haqida boradi. Aynan munosabatlar insonning ruhiy hayotida har doim taranglik, to‘qnashuvlar, ziddiyatlar, ba’zan esa haqiqiy mojarolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan sohani tashkil qiladi. Munosabatlar xilma-xilligi, ularga kirishuvchi inson turli-tumanligi singari, chindan ham cheksiz holatdir. Shaxslararo va shaxsning ichki munosabatlari mutlaqo noyob va betakror bo‘lganida edi, bu sohada ixtisoslashuv bo‘lmasdi, binobarin, umumlashtirilgan bilimlarni to‘plash va kishilar bilan hamkorlikning maxsus usullarini ishlab chiqish mumkin bo‘lmas edi. Oilada er-xotin munosabatlaridan kelib chiqadigan muammolar er yoinki xotinning xarakter xususiyatlari, ularning o‘zaro munosabatlariga xos madaniyati bilan xuddi shu kabi oilaning boshqa a’zolari va yaqin qarindoshlarning xulq-atvor xususiyatlari va ularda o‘zaro munosabatlarga mos ravishda shakllangan muomalamunosabat madaniyati darajalari o‘rtasidagi tafovutlarni o‘rganish va shunga xos psixoterapevtik vositalardan o‘rinli foydalanish orqaligina ularni bartaraf qilish mumkin. Aslida insonlarda uchraydigan axloqiy illatlar ko‘pincha inson tarbiyaviy jarayonlariga e’tiborsizlik oqibatida, uning jamoasidagi (oila, bog‘cha, maktab, mahalla) nosog‘lom psixologik muhit ta’sirida, shuningdek, uning yashash jarayonida bevosita ko‘z o‘ngida yuzaga keladigan turli muammolar, qiyinchiliklar, kamchiliklar va boshqa sabablar asosida shakllanadi. Keyinchalik uning jamiyatda shaxslararo munosabatlari jarayonida unda yetarli darajada shakllanmagan imkoniyatlar, turlicha muammolar, ziddiyatlar va kelishmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Afsuski, ana shunday salbiy sifatlarni (illatlarni) orttirgan yoshlar ham barcha fuqarolar qatorida oila quradilar. Buning natijasida o‘z hayot yo‘lini bir umrga bog‘lagan er-xotinlarning yoki er-xotin bilan uning boshqa a’zolari o‘zaro munosabatlarida ularda avvaldan orttirilgan salbiy-axloqiy illatlar oila barqarorligining o‘zgarishiga, unda ziddiyatlar, kelishmovchiliklar yuz berishiga va hatto oilalarning buzilib ketishiga olib kelishi mumkin.
292 Insonlarda shakllangan salbiy-axloqiy sifatlarni ijtimoiypsixologik asoslarini o‘rganish, ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash, rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilish unda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar va ziddiyatlarning oldini olishga, uni buzilishlardan saqlab qolishga, uning barqarorligini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Biz tadqiqotimiz maqsadidan kelib chiqqan holda oiladagi shaxslararo munosabatlarda uchraydigan salbiy-axloqiy illatlarni ham o‘rganishga harakat qildik. Respondentlarga “Sizning oilangizda shaxslararo munosabatlarda ko‘proq qanday sabablar asosida ziddiyatlar, kelishmovchiliklar yuzaga keladi” degan savol bilan murojaat qilganimizda, ular besabrlik, o‘zgani tushunmaslik, e’tiborsizlik, qizg‘anchiqlik, jizzakilik, uquvsizlik, bilimsizlik, beparvolik, loqaydlik, qo‘pol muomala sababli yuzaga kelishini, ba’zi oilalarda betakalluflik, didsizlik, uyatsizlik, munofiqlik va hatto buzuqlik tufayli namoyon bo‘lishini e’tirof etdilar. Oila psixoterapiyasi sohasida mazkur muammolar yuzasidan yordam so‘rab, psixologga murojaat qilgan mijoz unga o‘z muammosinigina emas, balki ana shu muammo yechimini ham topishga umid qiladi. O‘z kasbining mohir ustasi amaliy maslahatchining vazifasi mijozga shu yechimni topish va uni anglab yetishda yordamlashishdan iborat. Psixolog nima bilan va qanday yordam bera oladi? Psixologiyada bir nechta sof kasbiy sirlar mavjud bo‘lib, ular haqida biz quyida to‘xtalamiz: 1. Mijozga so‘zsiz ijobiy munosabatda bo‘lish - samarali psixologik yordam ko‘rsatishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda eng oddiy vosita-mijozga shu paytda muayyan qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan, lekin o‘z muammolarini hal qilishga imkoniyatlari bo‘lgan inson sifatida munosabatga kirishish lozim. 2. Psixolog o‘z mijozini shunchaki tushunibgina qolmasdan, balki alohida bir tarzda unga hamdardlik qilgan holdagina yordam beradi. Psixolog so‘zlardan ko‘ra, ular orqasida yashiringan his-tuyg‘ularga e’tibor beradi. Majoziy ma’noda aytganda, u aql bilangina emas, balki yurakdan muomala qiladi. Bunday munosabat uslubi mijozga o‘zining ko‘pincha ziddiyatli, chalkash va siqib chiqarilgan his-tuyg‘ularini anglab yetish, o‘zini va o‘zining hayotiy holatini yaxshiroq hamda to‘liqroq tushunishga imkon beradi. 3. Psixolog o‘zi muammolardan xoli, muloqot uchun ochiq, uning "bu yerda va endi" vaziyatida kelib chiqadigan o‘z fikrlari va tuyg‘ulari mijozdan muloyim tabassum orqasida yoki hamma narsani bilguchi ekspert niqobi bilan yashirinmagan (ochiq) bo‘lsagina unga yordam bera oladi. Psixologning samimiyligi mijozda ham
293 samimiyat uyg‘otadi, uning suhbatdoshga umuman, maslahat olib borilayotgan vaziyatga, oxir oqibatda esa o‘ziga-o‘zi ishonchni oshiradi. Ifodali aytadigan bo‘lsak, psixolog mijoz uchun o‘ziga xos jonli ko‘zguga aylangan taqdirdagina unga yordam bera oladi. Bu ko‘zgu mijozga to‘liq ochilgan bo‘lishi, maslahat berilayotgan vaziyatda mijoz ichki dunyosining turli tomonlarini aks ettirishi va nihoyat mijozga uning ruhiy olamining aniq va qalbakilashtirilmagan in’ikosini berish uchun toza, xiralashmagan, pok, rostgo‘y bo‘lishi joiz. Bunday jonli ko‘zgu - mijoz o‘zini-o‘zi tadqiq etish jarayonini yuzaga keltirishi, demakki, dastlabki muammoning yechimini izlashning asosiy harakatlantiruvchisi, mexanizmi va shartidir. Bu holda avval boshdanoq mijozda muammoga yechim allaqachon borligiga ishongan psixolog-bu qanday yechim ekanligini bilmaydi. Mijoz esa uni ham, boshqasini ham bilmaydi, lekin u o‘zi sezmagan holda yechimni topishi mumkin, chunki u allaqachon bu yechimga egadir. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Каган М.С. Мир общения. Проблемы межсубъектных отношений. –М.: 1988. -329с. 2. Пезишкиан . Позитивная семйная психотерапия. –М.,1993. -123 c 3. Эйдемеллер Э.Г., Юстецкий В.В. Семейная психотерапия. -Л., 1989.-192 с.