MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI STEAM TA'LIMIY YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH
Full text
307 MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI STEAM TA’LIMIY YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH Rahmonqulov Abdujabbor Nadjimovich Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, “Pedagogika” kafedrasi dotsenti. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445192 Annotatsiya:Ushbu maqolada musiqa madaniyati fanini o‘qitishda STEAM ta’limiy yondashuvi, uning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati borasida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: STEAM ta’lim texnologiyasi, davlat ta’lim standarti, integratsiya. O‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviy ongini yuksaltirish, iste’dodini har tomonlama kamol toptirish uchun bugungi kunda davlatimiz tomonidan ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2018-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning II bo‘lim, 11-bandida - umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, shu jumladan STEAM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) usulini bosqichma-bosqich joriy etish belgilab berilgan. STEM atamasi ilk bor AQSHda maktab dasturiga kiritilgan bo‘lib, o‘quvchilarning ilmiy-texnika yo‘nalishlaridagi kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Keyinchalik bu yo‘nalish kengaytirilib, atamaga qo‘shimcha harflar kiritildi. Jumladan, unga “R” - robotics - robototexnikani qo‘shib, STREM deb “A” - art - san’atni qo‘shib, STEAM deb atala boshlandi. Bugungi davr talabi dunyo ta’limi oldiga katta vazifani qo‘ymoqda. Bu esa o‘quvchilarni jamiyatda yashashga tayyorlay olishi kerak. Bunda birinchi navbatda tez o‘zgarayotgan axborot bilan ishlaydigan kasblar bilan bog‘liq xususiyatlarni o‘quvchida shakllantirish lozim. Axborotni olish, qayta ishlash va amaliyotda foydalanish STEAM ta’limi dasturining asosini tashkil qiladi. STEAM-ta’limi DTS asosida beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning ilmiy jihatdan qanday qilib kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatish orqali sinfdagi dars mashg‘ulotlari va maktabdan tashqari ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarib ko‘rish, loyihalashtirishga
308 yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.[4;2] STEAM ta’limiy yondashuvi o‘quvchilarga dunyoni tizimli ravishda o‘rganishga, atrofda ro‘y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o‘zaro aloqani anglab yetishga, o‘zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni ochishga imkon beradi. Qandaydir yangilikni kutish orqali o‘quvchida qiziquvchanlikni rivojlantiradi. O‘zi uchun qiziqarli masalani aniqlab olishni, uning yechimini topishning algoritmini ishlab chiqishni, natijalarini tanqidiy baholashni, fikrlashni shakllantirishga olib keladi. Jamoaviy faoliyat olib borish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bularning barchasi o‘quvchi rivojlanishining yuqori bosqichga ko‘tarilishini va kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashga zamin yaratadi. O‘quvchilarni ma’naviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning yaxlitligi, takrorlanmasligi va uyg‘unligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini o‘stirish, ijodkorlikni rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni yaratish hamda kundalik hayotga tadbiq etishga o‘rgatish amaliy fanlar blok-moduli orqali amalga oshiriladi. STEAM ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib, uning asosida amaliy fanlarni ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikaga integratsiya qilish yotadi. Amaliy fanlar blok-moduli o‘z ichiga Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at, Chizmachilik, Texnologiya, Jismoniy tarbiya va Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv predmetlarini qamrab oladi hamda o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. Amaliy fanlar blokidagi fanlarni o‘zaro ona tili va adabiyot, matematika, biologiya, fizika, geografiya va boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitiladi. Musiqa madaniyati darslari jarayonida quyidagi fan yo‘nalishlari bilan o‘zaro aloqalar amalga oshiriladi: Ona tili va adabiyot darslaridan so‘z boyligi boyitiladi, she’rlarni badiiyi ifodali o‘qish va yod olish ko‘nikmalari shakllantiriladi, og‘zaki va yozma nutq atamalari qo‘llaniladi. Bunda musiqa san’ati bilan bog‘liq kasblarga bo‘lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi. Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va ahloqiy madaniyatini rivojlantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o‘stirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘zbek, klassik va zamonaviy san’at haqidagi boshlang‘ich bilimlarni o‘zlashtirish, musiqiy asarlarni tinglab tushunish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
309 malakalarni egallash hamda hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.[4;3] Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak musiqa madaniyati darslarini STEAM yondashuvi asosida tashkil etish orqali dars mavzulari sifatli o‘zlashtiriladi. Ushbu ta’lim yondashuvi o‘quvchilarga nazariy va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga va uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarini oson zabt etishga yordam beradi. O‘zlashtirilgan bilim va malakalarni hayotda qo‘llay olish imkoniyatlari ortadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli qarori. 2. Karimova D, Namozova D. “Musiqa o‘qitishda innovatsion-pedagogik texnologiyalar” T., 2008 y. 3. Т.С.Волосовес, В.А.Маркова, С.А.Аверина. СТЕМ-образование детей дошколного и младшего школного возраста. М. Бином. Лаборатория знаний 2019. 4. Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi (PF–6108-son 06.11.2020 y.) -T.: 2020 5. “STEAM ta`lim tizimi nima?” https://www.integer.uz/steam