scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING MUHIM JIHATLARI

Rahmonqulov Abdujabbor Nadjimovich; Saydalova Marg'uba Dusmaylovna

Full text

318 MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING MUHIM JIHATLARI Rahmonqulov Abdujabbor Nadjimovich Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, “Pedagogika” kafedrasi dotsenti Saydalova Marg‘uba Dusmaylovna Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, Musiqa ta’lim MsT-23-01K guruh talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445203 Annotatsiya: Maqolaning mazmuni zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar va musiqa madaniyati darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishning muhim jihatlariga qaratilgan. Kalit so‘zlar: interfaol metodlar, kompetensiya, innovatsion pedagogik texnologiyalar, “Skarabey” texnologiyasi. O‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviy ongini yuksaltirishda, iste’dodini har tomonlama kamol toptirishda barcha fanlar qatori musiqa ta’limining ham o‘z o‘rni bor. Musiqa san’ati insonni axloqiy, madaniy-ma’rifiy tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Shu bois, hamma davr va jamiyatda musiqa san’ati va uning taraqqiyotiga katta e’tibor berib kelingan. Buyuk qomusiy olim Abu-Nasr Al Farobiy o‘zining g‘oyalari tizimida, bola shaxsini tarbiyalashda musiqa san’atining roli, maqsadi va vazifalarini alohida e’tirof etib o‘tgan edi. Unda inson hayotida musiqaning ahamiyati qayd qilinib, “Yo alxazar, ey musiqa olami, yaxshiyamki sen borsan, agar sen bо‘lmaganingda insonlarning axvoli ne kechar edi”- deya xitob qilinadi. Musiqa tarbiyasi umumtarbiyaning asosiy qisimlardan biri bо‘lib, atrofdagi gо‘zal narsalarni ongli ravishda idrok etishga о‘rgatadi. Musiqa o‘zining betakror tabiati bilan yoshlarning ma’naviy dunyosiga katta ta’sir etadi, ularning badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Demak, yosh avlodni yetuk inson bo‘lib tarbiyalanishida “Musiqa madaniyati” darslarining ahamiyati kattadir. Musiqa madaniyati darslari pedagogikaning didaktik nazariyasi va prinsiplari asosida tuzilib, o‘qituvchi hamda o‘quvchi tomonidan bajariladigan barcha ta’lim asoslari, dars mazmuni, metodlari va darsning tuzilishidagi asosiy talablar va 319 uning yo‘nalishlarini belgilab beradi. Musiqa madaniyati darslarini ilmiy-metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish, musiqa о‘qituvchisi oldiga qо‘yilgan dolzarb vazifalardan biri bо‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda musiqa madaniyati darslarida musiqiy savodhonlik va musiqiy ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishda o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalardan kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirib borish talab etilmoqda. Shunga asosan, har bir o‘quvchi yil yakunida musiqiy savodxonlik, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa tinglash va tahlil qilish kabi fanga oid kompetensiya elementlarini o‘zlashtirib bormog‘i lozim. Bularning barchasini amalga oshirishda zamonaviy ta’limning o‘rni katta. Musiqa madaniyati darslarini zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish musiqa pedagogikasining dolzarb vazifalaridan biridir. Ma’lumki, musiqa madaniyati darsi musiqa tinglash, jamoa (xor) bo‘lib kuylash va musiqa savodi kabi faoliyatlardan iborat. Dars jarayonida mazkur faoliyat turlarini innovatsion pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etishda, avvalambor, musiqa o‘qituvchisidan yetarlicha bilim va mahorat talab qilinadi. Chunki, o‘qitish samaradorligini oshirishda ta’limga interfaol usullarni, innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish va ulardan mohirona foydalanish muhim o‘rin tutadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda avvalambor fan xonasi zamon talablari asosida jihozlangan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda dastlab darsning mavzusini, maqsad, vazifalarini aniq belgilab olishi, o‘zining va o‘quvchilarning faoliyatini aniq rejalashtirishi muhimdir. Suningdek dars davomida muammoli vaziyatlarni tashkil etib o‘quvchilarni sinfdoshlari bilan hamkorlikda ishlashga yo‘naltira olishi, olingan bilimlar asosida o‘quvchilarda mustaqil tahlil qila olish, xulosa chiqara olish va hayotga tadbiq eta olish ko‘nikmalarini shakllantira borishi kerak. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan yana biri, ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Buning uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan xabardor bo‘lish, pedagogik va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tadbiq eta olish muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Quyida biz musiqa madaniyati darslarini tashkil etishda tavsiya etiladigan interfaol metodlardan biri “Skarabey” texnologiyasi bilan tanishamiz. 320 “Skarabey” texnologiyasi. “Skarabey” interaktiv texnologiya bo‘lib, o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochish va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rgatilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. “Skarabey” texnologiyasi o‘quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlarini inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega. Endi biz 6-sinf ijro dasturi asosida o‘rganilgan qo‘shiqlarni takrorlash va mustahkamlash qismini “Skarabey” texnologiyasi asosida ko‘rib chiqamiz. Dastlab o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi va ularga kartochkalar tarqatiladi. Ularda bir nechta asarlar nomi yozilgan bo‘lib har bir guruh bir-biriga kartochkalarda yozilgan asar nomini aytmasdan, kuylab yoki cholg‘u asbobida chalib, qo‘l harakatlari bilan ko‘rsatib beradilar. Bunda guruhlar asar nomini topib, davom ettirishlari kerak. Asarlar nomini ko‘proq to‘g‘ri topgan, ko‘rsatgan, ijro etgan guruhlar g‘olib, deb sanaladi. 1-Guruh 2-Guruh “Bolalar” “Munajjim bobom” “O‘zbegimdan aylanay” “Mustaqillik lolalarimiz” “O‘zbekiston jannat” “Gushlar” “Dadil bo‘lib – ahil bo‘lib” “Do‘stlar kuylaydi” “Kim epchilu kim chaqqon” “Laylaklar” “O‘zbek diyori” “Toshkent” Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o‘quvchilarning muloqot olib borish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi, o‘quvchilar orasida emotsional aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o‘z o‘rtoqlarining fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. 321 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Yarashev J. Musiqa o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona, 2021.-72 b. 2. Karimova Dildora, Namozova Dilorom. Musiqa o‘qitishda innovatsionpedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2014. - 128 b. 3. Begmatov S. Musiqa: 6-sinf uchun darslik. Qayta ishlangan 6-nashri. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2017. - 88 b.