scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSIQA MADANIYATI DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNAVATSION PEDAGOGIK TEXNALOGIYA TURLARINI TANLASH

Rahmonqulov Abdujabbor Nadjimovich; Ergasheva Marg'uba Erkinovna

Full text

322 MUSIQA MADANIYATI DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNAVATSION PEDAGOGIK TEXNALOGIYA TURLARINI TANLASH Rahmonqulov Abdujabbor Nadjimovich Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, “Pedagogika” kafedrasi dotsenti Ergasheva Marg‘uba Erkinovna Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, Musiqa ta’lim MsT-23-01K guruh talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445211 Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa madaniyati darslarini sifatli o‘tishda zamonaviy innovatsion pedagogik texnalogiyalardan, o‘qitishning turlicha usuluslublaridan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so’zlar: pedagogik texnalogiya, innovatsiya, interfaol metodlar. Musiqa yoshlar tarbiyasiga benihoyat kata ta’sir ko‘rsatib, ularga yuqori darajadagi badiiy-estetik zavq va didni shakllantiradi, ularni bir-biriga yaqinlashtirib insoniy fazilatlarni boyitadi, fikr tuyg‘ularini birlashtiradi, go‘zallikni idrok etishda muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda musiqa madaniyati darslarini zamonaviy innavatsion pedagogik texnalogiyalar asosida tashkil etish musiqa pedagogikasining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, musiqa madaniyati darsi musiqa tinglash, jamoa (xor) bo‘lib kuylash, musiqa savodi va musiqa ijodkorligi kabi faoliyatlardan iborat. Dars jarayonida mazkur faoliyat turlarini innavatsion pedagogik texnalogiyalar orqali tashkil etishda, avvalambor, musiqa o‘qituvchisidan yetarlicha bilim va maxorat talab qilinad. Chunki o‘qitish samaradorligini oshirishda ta’limga interfaol usullarni, innavatsion pedagogik texnalogiyalarni kiritish va ulardan mohirona foydalanish muhim o‘rin tutadi. Musiqa darsi an’anaviy va noananaviy dars shakllaridan iborat. An’anaviy ta’limning maqsadi o‘quvchilarga faqat tayyor bilimlarni egallashga qaratilgan bo‘lsa, rivojlantiruvchi ta’lim me’zonlariga muvofiq bilimlarni o‘quvchilarning o‘zlari o‘rganishi, tahlil qila olishi, xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishiga yo‘naltirilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Noan’anviy ta’limning bosh maqsadi:-jahon standartlariga javob bera oladigan o‘quvchilarni tarbiyalashdan iboratdir. Musiqa madaniyati darslarini sifatli o‘tishda zamonaviy axborot va 323 innovatsion pedagogik texnalogiyalardan, o‘qitishning turlicha usuluslublaridan foydalanish musiqa pedagogikasining bosh vazifalaridan biridir. Musiqa ta’limda pedagogik texnalogiya turlarini tanlash dars faoliyatidagi mavzularni, bilim va ko‘nikmalarni o‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganligiga bog‘liq. Hozirgi kunda ta’lim jarayonini tashkil etishda juda ko‘plab pedagogik texnalogiyalarni qo‘llash imkoniyatlari bor. Ammo bu texnalogiyalarni qo‘llashda albatta,o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‘llash muhimdir. Zamonaviyi pedagogik texnalogiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etishga bo‘lgan qiziqish kundan kunga ortib bormoqda. Chunki, pedagogik texnalogiya va interfaol metodlar o‘quvchi yoshlarni bilim va malakalarni egallashlarini yengillashtiradi, qulaylik tug‘diradi. Shuningdek o‘quvchi mantiqiy fikrlash, taqqoslash, olgan musiqiy axborotlarni, musiqiy taassurotlarini xayolida takrorlash, shuninhdek, tasviriy san’at asari bilan tanishish kabi foydali amaliyotlarni bajaradi. Musiqa madaniyati darslarida “Tarmoqlash”, “Raqs+tabassum”, “Pantomima”, “Piramida”, “Marhamat davom ettir” (takrorlash darslari uchun), “Bilag‘onlar ko‘chasi”, “Jumboq ko‘chasi”, “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Skarbiy” kabi metod va texnalogiyalardan foydalanish mumkin. Interfaol metodlar – o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida darsda ijodiy muhit yaratish, dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash mulohaza yuritish, o‘z munosabatini bildirish ko‘nikmalarini shakllantirish omilidir. Bunday metodlarda o‘quvchi o‘zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda, jamoa bo‘lib muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baho beradi, yozadi, so‘zlaydi, dalil hamda asoslar keltirish bilan qo‘yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o‘quvchilarning xotirasida mustahkam o‘rnashadi. Yangi mavzu (axborotni) ni o‘zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondashishga o‘rgatadi. O‘qituvchi faqat yo‘l – yo‘riq ko‘rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi, baholovchi vazifalarini bajaradi. Interfaol metodlarni juda ko‘p turlari mavjud. Biz ulardan o‘z faoliyatimizda foydalanilgan ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz: Tarmoqlash (Klaster) metodi: Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarni ma’lum bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga, fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga yordam berib, mavzu haqida aniq fikr, tushunchani erkin va ochiq ravishda ketma – ketlik bilan tarmoqlashga o‘rgatadi. Mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. 324 Quyida biz Abdujabbor Raxmonqulov musiqasi, Lutfulla Narzullaev so‘zi bilan kuylanadigan “Saflan” qo‘shig‘ini “Tarmoqlash” usuli orqali sharxlaymiz. Ertalabgi badantarbiya kishini ruhan tetik, jismonan baquvvat qiladi. Ushbu qo‘shiq tongi badantarbiya bilan shug‘ullanuvchi quvnoq bolalar haqidadir. Qo‘shiq 2/4 o‘lchovida, FA diez minor tuzugida yozilgan bo‘lib, jadal sur’atda ijro etiladi. Qo‘shiqning asosiy bandi bir ovozda naqorati esa ikki ovozda kuylanadi. Naqoratda aytiladigan ikki ovozlilik, kontrastli polifonik uslubda bo‘lib, har bir ovoz o‘ziga xos kuychanlika egadir. Bu esa ijroda uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi Qo‘shiqni o‘rganish jarayonida so‘zlarni chaqqon va aniq talaffuz etish talab qilinadi. Naqoratda esa har ikkala ovozning hamohang bo‘lib eshitilishiga e’tiborni qaratish lozim. Qo‘shiq bolalarni chidamli, chaqqon, kuchli va sog‘lom bo‘lib o‘sishga undaydi. Buning uchun ertalabgi badantarbiyaning benihoyat muhimligini uqtiradi. 325 326 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimova D. “ Musiqiy pedagogik mahorat asoslari ”T.,“Iqtisod-moliya” 2008y. . 2. Karimova Dildora, Namozova Dilorom. Musiqa o‘qitishda innovatsionpedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2014. - 128 b. 3. Sharipova G.M, Asamova D.F, Xodjayeva Z.L. “Musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari” Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun о‘quv qo‘llanma.- T.,2014 y. 107 bet.