scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IMKONIYATI CHEKLANGAN O'SMIRLARDAGI STRESSLI HOLATLARINI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Uzoqova Yulduz Yusufovna

Full text

354 IMKONIYATI CHEKLANGAN O’SMIRLARDAGI STRESSLI HOLATLARINI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Uzoqova Yulduz Yusufovna Xalqaro innovatsion universitet Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o`qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445246 Annotatsiya. Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan o’smirlarning stressli holatlari va ularning ijtimoiy psixologik xususiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan o’smirlar hayotida turli qiyinchiliklar, ularning psixologik va ijtimoiy ahvoliga ta'siri masalalari yoritilgan. Kalit so’zlar: Ijtimoiylashuv, ijtimoiy-psixologik yondashuvlar, inklyuziv, reabilitatsiya, psixologik muhit, reabilitatsiya, ijtimoiy izolyatsiya, streotip, stress. Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan birga, imkoniyati cheklangan maktab yoshidagi bolalarni uy sharoitida yakka tartibda o’qitish kabi amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan. Bu kabi ishlar tahsinga sazovor albatta, ammo shu bilan birga bu holat imkoniyati cheklangan Bolani yakkalanishi va ijtimoiylashuvining qiyinlashuviga olib boradi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo miqyosida imkoniyati cheklangan o’smirlar uchun shart-sharoit va imkoniyatlar keng yo’lga qo’yilmoqda. Dunyo hamjamiyati shu jumladan BMT ham imkoniyati cheklangan osmirlar uchun turli qaror va qonunlar ishlab chiqmoqda. Har qanday shaxs tug’ilibdiki erkin fikrlovchi, o’ziga ishongan, bilimli bo’lib yetishishi zarurdir. Bunga misol qilib O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” singari qator muhim me’yoriy hujjatlarda keltirilgan. Respublikamizda 2007-yildan buyon “O’zbekistonda Inklyuziv ta’lim” loyihasi rivojlanib kelmoqda. Ijtimoiy himoya Milliy agentligi derektorining birinchi o’ribosari Shahnoza Mirziyoyeva imkoniyati cheklangan shaxslarni reabilitatsiya qilish, bandligi va inklyuziv ta’lim olish bo’yicha tashabbuslar qilmoqda. “Qulay muhit yaratish imkoniyati cheklangan kishilarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi” mavzusidagi g’oyalarni ilgari suradi. Inklyuziv ta’lim usuli jamiyatda barcha bolalarning ruhiy-jismoniy holatlarining bir meyorda boshqariluviga, jamiyatda to’laqonli shaxs bo’lib yetishishi uchun yaratilgan. “Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim loyihasi” shu asosda tashkil etilgan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad umumta’lim maktablarida tengdoshlari 355 bilan bir sinfda, birga dars o’tishlari va fikrlash qobiliyatlarini erkin ochib berish uchun tashkil etilgan. Lekin sog’lom bolalar bilan nogiron bolalar orasida tafovud sezilib qolishi mumkin. Bunda bolada psixologik o’zgarish vujudga kelishi mumkin. Ijtimoiylashuv jarayonlarida buzilishlar, o’zini orqaga tortish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bunda bolada stresli holatlar vujudga kelib, “men uddalay olmayman”, “men bajara olmayman”, “qo’limdan kelmaydi” degan tushunchalar vujudga kelishi mumkin. Bola hattoki ko’chaga chiqmaslik, do’stlari bilan suhbatlashmaslik, maktabga bormaslik, tengdoshlari bilan qayta muloqotga kirisha olmasligi kabi holatlarga yuzga keltirishi mumkin. Do’stlarining bilmasdan diliga ozor berib qo’yishi, turli dil xira gaplarni aytishi sababli, jamiyatdan uzilib qolishi, suhbatlashish doirasini kichrayishi, o’ziga bo’lgan ishonchining kamayishi sababli bolada turli stresli holatlar vujudga keladi. Shu nuqtada, stressni boshqarish va imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy adaptatsiyasini yaxshilash uchun turli psixologik va ijtimoiy yordam tizimlari, shuningdek, o'z-o'zini anglash va motivatsiya kabi psixologik resurslar muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishda stressli holatlarning sabablarini aniqlash va bunday shaxslar uchun samarali psixologik yordam usullarini taklif etish maqsadga muvofiq. Jamiyatda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatdagi o’rni, ularning turli xil stresli holatlarda ularga ijtimoiy psixologik yordam ko’rsatish choralarini o’ylab topish va yordam ko’rsatish zarurdir. 5 Yanvar, 2025-Yil Jamiyatda shunday shaxslar borki ular kimningdir qaroviga yoki xizmatiga muhtoj bo’lib tug’ilgan yoki hayotiy voqealar asosida muhtoj bo’lib qolgan va buning oqibatida turli stressli holatlar vujudga keladi. Ularni ijtimoiylashtirish, inklyuziv markazlarga moslashtirish. Maktab davrlaridan boshlab tengdoshlari qatori bitta sinfda va partada o’qishlarini ta’minlash zarurdir. Bolani bu stresli holatlardan olib chiqish uchun unga hamma shaxs kabi teng huquqli ekanligi, imkoniyatlari ular bilan sezilarli darajada bir ekanligi va tengdoshlari bilan psixologik suhbat o’tkazib, tushunchalar berilishi, misollar keltirilishi zarur. Tengdoshlariga imkoniyati cheklangan bolalarni kamsitish noto’g’ri ekanligini va bu ularning hayot faoliyatiga ta’sir etishini tushuntish lozim. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan g’amxo’rlik, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, kamsitish va zo’ravonlikdan qutqarish, sog’lom jamiyatga tenglashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini kuchaytirish eng muhim vazifalardan biriga aylangan. 356 Imkoniyati cheklangan shaxslardagi stressli holatlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari, odatda, bir nechta omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning psixologik va ijtimoiy farovonligini ta'sir qiladi. Bunday shaxslar stressga nisbatan yanada sezgirroq bo‘lishi mumkin, chunki ularning kundalik hayoti va ijtimoiy interaktsiyalari ko‘pincha murakkab va qiyin bo‘ladi. Quyidagi asosiy ijtimoiy psixologik xususiyatlar stressli holatlar bilan bog‘liq: O‘zini past baholash: Imkoniyati cheklangan shaxslar ko‘pincha o‘zlarini jamiyatda to‘liq teng huquqli a'zo sifatida ko‘rmasliklari mumkin. Bu o‘z navbatida, stress va noqulaylikni kuchaytiradi. Ijtimoiy stigmatizatsiya va tashqi dunyodan izolyatsiya qilish hissi ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga ta'sir qiladi. Ijtimoiy izolyatsiya va o‘zaro aloqalar: Imkoniyati cheklangan shaxslar jamiyatdan chetlatilishi yoki ular bilan ijtimoiy aloqalar o‘rnatishdagi qiyinchiliklar stressni kuchaytirishi mumkin. Odamlar o‘zlarini boshqalardan ajralgan va tushunilmagan his qilishlari mumkin. Diskriminatsiya va stigma: Odamlar imkoniyatlari cheklangan shaxslarni ba'zan qadrsizlantirishlari yoki ularga nisbatan salbiy stereotiplar yaratishlari mumkin. Bu, o‘z navbatida, stressga olib keladi, chunki bu odamlar ko‘pincha jamiyatda o‘z huquqlari va erkinliklari cheklanganligini his qilishadi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati: Imkoniyati cheklangan shaxslarning stress holatlari ko‘pincha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining mavjudligi yoki yo‘qligiga bog‘liq. Yaxshi ijtimoiy tarmoq (oilaviy qo‘llab-quvvatlash, do‘stlar va yordamchi tashkilotlar) stressni yengishga yordam beradi. 6 Yanvar, 2025-Yil O‘zgaruvchan rol va javobgarliklar: Imkoniyati cheklangan shaxslar o‘zgaruvchan hayotiy sharoitlar bilan kurashishadi. Bular o‘zlarining yangi, ko‘pincha majburiy rollarini o‘zlashtirishni talab qiladi (masalan, reabilitatsiya va yordam xizmatlari bilan ishlash), bu esa qo‘shimcha stress keltirishi mumkin. Empatiya va tushunish yetishmasligi: Imkoniyati cheklangan shaxslar ko‘pincha boshqalar tomonidan ular bilan empatiya va tushunishni yo‘qligini sezishadi. Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy aloqalar va o‘zaro hamkorlikni qiyinlashtiradi, stress darajasini oshiradi. Hayot sifatining pasayishi: Jamiyatda erkinlik va imkoniyatlarning cheklanganligi stressni kuchaytiradi. Imkoniyati cheklangan shaxslar o‘zlarini to‘liq hayot kechirishga, ish yoki ta'lim olishga, ijtimoiy faoliyatda qatnashishga qodir emasdek his qilishlari mumkin, bu esa ruhiy va hissiy holatlarni yomonlashtiradi. 357 Xulosa sifatida shuni aytish joizki, jamiyatda imkoniyati cheklangan shaxslarni, erkin shaxs, fikrlash qobilayati ochiq, tengdoshlari bilan keng fikrli bo’lib yetishishi uchun zamin yaratish zarur. Ularni turli xil stressli holatlardan olib chiqish uchun ijtimoiy-psixologik yordam choralari ko’rsatiladi va jamiyatga integratsiyalash natijasida tengdoshlari qatorida erkin shaxs bo’lib yetishishi mumkin. Imkoniyati cheklangan shaxslarning bitta nuqsoni bo’lsa uni to’ldiruvchi ikkkinchi a'zosi boshqalariga nisbatan kuchliroq ishlaydi. Bu degani ularning imkoniyatlar bir tomondan yo’q bo’lsa, ikkinchi tomondan kuchliroq bo’ladi va bundan foydalanib ish tutishlari zarurdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. L.Mo’minova, Sh.Amirsaidova. Maxsus psixologiya – T.:Fan va texnologiyalar, 2013. 2. Шагазатова, Б. Х., Мирхайдарова, Ф. С., Артикова, Д. М., Ахмедова, Ф. Ш., & Кудратова, Н. А. (2019). Особенности течения сахарного диабета у вич инфицированных больных. 3. Shagazatova, B. X., Artikova, D. M., Ahmedova, F. S., Mitxaydarova, F. S., & Ahmedova Sh, A. (2023). ENDOKRINOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BO'YICHA KLINIK REZIDENTLARNI O'QITISHDA «CASE»-USULI (Doctoral dissertation, Ўзбекистон, Тошкент). 4. Musurmanova, A. (2018). Issues of strengthening the family institutions in Uzbekistan: Theory and practice. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 8(10), 4-11. Yanvar, 2025-Yil 5. Жамолдинова, О. Р. (2010). Проблемы формирования культуры здорового образа жизни в семье. Молодой ученый, (7), 264-266.