TALABALARDA O'QUV FAOLIYATIDAGI STRESS HOLATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI
Full text
375 TALABALARDA O‘QUV FAOLIYATIDAGI STRESS HOLATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI Egamov Laziz Bayramali o‘g‘li Xalqaro innovatsion universitet Psixologiya mutaxassisligi 2-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445270 Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarda o‘quv faoliyati jarayonida yuzaga keladigan stress holatlarining psixologik xususiyatlari, ularning sabablari, namoyon bo‘lish shakllari hamda stressni bartaraf etish va oldini olishning ilmiy-amaliy yechimlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: O‘quv stressi, talabalar, stressogen omillar, psixologik stress, emotsional zo‘riqish, stressni yengish, bartaraf etish strategiyalari, psixologik yordam, koping xulq, ichki va tashqi stressorlar. Zamonaviy ta’lim tizimi talabalarga yuqori talablar qo‘yadi, bu esa ularda sezilarli darajada ruhiy va emotsional zo‘riqishni keltirib chiqaradi. Sessiyalar, imtihonlar, kurs ishlari, yangi o‘quv muhitiga moslashish zaruriyati kabi omillar talabalik davrini stressogen vaziyatlarga boy qiladi. Jahon psixologlari, jumladan, R. Lazarus, S. Folkman, G. Selye, shuningdek, mahalliy olimlar tomonidan stress va uning shaxsga ta’siri keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, talabalarda o‘quv faoliyatidagi stressning o‘ziga xos xususiyatlari, uni bartaraf etishning samarali mexanizmlari va profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda. Talabalar stressni samarali boshqara olmasliklari ularning nafaqat akademik o‘zlashtirishiga, balki ruhiy va jismoniy salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari talabalarda o‘quv faoliyatidagi stress holatlarining psixologik xususiyatlarini empirik jihatdan tadqiq etish va stressni bartaraf etishga yordam beruvchi amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish. -Talabalarda o‘quv stressiga sabab bo‘luvchi asosiy ichki va tashqi omillarni aniqlash. -Stress holatlarining namoyon bo‘lishining kognitiv, affektiv va xulq-atvor darajasidagi xususiyatlarini o‘rganish. -Talabalar tomonidan qo‘llaniladigan stressni yengish (koping) strategiyalarining samaradorligini tahlil qilish. -Talabalarda o‘quv stressiga bardoshlilikni oshirishga qaratilgan psixologikpedagogik dasturni (trening) ishlab chiqish va uni aprobatsiyadan o‘tkazish.
376 -O‘quv stressini bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot obyekti sifatida Xalqaro innovatsion universiteti turli yo‘nalishlarining 1-4 kurs talabalari (jami 80 nafar respondent). Tadqiqot obyektini o‘rganishda kuzatish, suhbat kabi usullar qo‘llanildi, L.Rayderning "Stress darajasini aniqlash" testi, N.V.Kirsheva va N.V. Ryabchikovalarning "Shaxsning stressga barqarorligini aniqlash" metodikasi, R.Lazarus va S.Folkmaning "Koping-strategiyalar" so‘rovnomasidan foydalanildi.Olingan empirik ma’lumotlarni qayta ishlash, korrelyatsion tahlil va statistik ahamiyatlilik darajasini aniqlash uchun matematik-statistik usullardan foydalanildi. “Talabalarda o‘quv faoliyatidagi stress holatlarining psixologik xususiyatlari va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusidagi olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida talabalardagi o‘quv stressining asosiy manbalari sifatida imtihonlar oldidan ortib boradigan yuklama (80%), vaqtni noto‘g‘ri taqsimlash (65%), o‘qituvchilarning yuqori talablari (55%), kursdoshlar bilan raqobat (40%) va uyqusizlik (70%) kabi omillar aniqlandi. 2. Stress holati talabalarning ko‘pchiligi (75%) da asosan tashvish, qo‘rquv, diqqatni jamlashda qiyinchilik (kognitiv), tez charchash, bosh og‘rig‘i (fiziologik) va o‘qishni kechiktirish (xulq-atvor) kabi shakllarda namoyon bo‘lishi aniqlandi. 3. Talabalarning koping strategiyalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, 1-2 kurs talabalarida "muammodan qochish" va "emotsiyalarga berilish" strategiyalari ustunlik qilgan bo‘lsa, 3-4 kurs talabalarida "muammoni hal qilish" va "ijtimoiy qo‘llabquvvatlashni izlash" kabi konstruktiv strategiyalarni qo‘llashga moyillik yuqoriroq ekanligi kuzatildi. 4. Stressga barqarorligi past bo‘lgan talabalarda akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari pastligi va o‘z-o‘zini baholashning noadekvatligi (past yoki yuqori) o‘rtasida statistik ahamiyatli korrelyatsiya mavjudligi isbotlandi. 5. Ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan o‘tkazilgan trening dasturi talabalarning stressga barqarorligini oshirish, ratsional koping strategiyalarini shakllantirish va o‘zo‘zini tartibga solish ko‘nikmalarini rivojlantirishda sezilarli ijobiy natijalar berdi. Nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhida stress darajasining sezilarli darajada pasayishi statistik jihatdan isbotlandi.
377 Adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni. (Yangi tahriri). 2. Lazarus R. S. Psychological Stress and the Coping Process. – New York: McGraw-Hill, 1966. 3. Селье Г. Стресс жизни. – М.: Прогресс, 1992. – 342 с. 4. Folkman S., Lazarus R.S. Stress processes and the problem of coping. – NY, 1984. 5. Sh. M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. 6. Karimova V. M. Psixologiya. – T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. – 450 b. 7. Mavlonova R. M. Stressga chidamlilikni rivojlantirishning psixologik mexanizmlari. // Psixologiya jurnali. – 2018. – № 3. – B. 67-72.