Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 968 INKLYUZIV SINFLARDA MUSIQA MADANIYATI FANI OʼQITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI 1Asadullayeva Mastura Abduvahabovna, 2Tursunov Muhriddin Abdujalil o‘g‘li 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti universiteti “San’atshunoslik fakulteti” Musiqa ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik fakulteti” musiqa ta’limi kafedrasi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17445824 Annotatsiya. Maqolada inklyuziv taʼlim sharoitida Musiqa madaniyati fanini o‘qitishning asosiy maqsad va vazifalari chuqur tahlil qilinadi. Musiqa madaniyati o‘quvchilarda estetik tarbiya, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, milliy va jahon madaniyatini o‘zlashtirish, qolaversa, tolerantlik va ijtimoiy integratsiya kabi muhim ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Inklyuziv sinflarda bu jarayon yanada jadallashib, o‘qituvchilardan didaktik yondashuvlarning turli shakllaridan foydalanish, individual ta’lim yo‘llarini ishlab chiqish hamda o‘quvchilar ehtiyojlariga mos pedagogik strategiyalarni qo‘llashni tavsiya qiladi. Maqola davomida ushbu fan doirasida o‘quvchilarning musiqiy-estetik rivojlanishi, ularning ijtimoiy hamkorligi va shaxsiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, samarali ta’lim jarayonini tashkil etish yo‘llari ilmiy-nazariy asosda yoritiladi. Kalit so’zlar: Inklyuziv taʼlim, musiqa madaniyati, estetik tarbiya, tolerantlik, metodik yondashuv, individual rivojlanish, ijodkorlik, integratsiya. Annotation. The article provides an in-depth analysis of the main goals and objectives of teaching the subject of Musical Culture in the context of inclusive education. Musical Culture plays a crucial role in fostering students’ aesthetic education, developing creative abilities, mastering national and world culture, as well as forming such important social values as tolerance and social integration. In inclusive classrooms, this process becomes even more dynamic, requiring teachers to employ various didactic approaches, develop individual learning paths, and apply pedagogical strategies adapted to the needs of learners. Throughout the article, the scientific-theoretical basis of organizing an effective educational process within this subject is highlighted, taking into account students’ musical-aesthetic development, their social cooperation, and their personal capabilities. Key words: Inclusive education, musical culture, aesthetic education, tolerance, methodological approach, individual development, creativity, integration. Аннотация. В статье проводится глубокий анализ основных целей и задач преподавания предмета «Музыкальная культура» в условиях инклюзивного образования. Музыкальная культура играет особую роль в эстетическом воспитании учащихся, развитии творческих способностей, освоении национальной и мировой культуры, а также в формировании таких важных социальных ценностей, как толерантность и социальная интеграция. В инклюзивных классах данный процесс становится еще более интенсивным и предполагает использование учителями различных дидактических подходов, разработку индивидуальных образовательных траекторий и применение педагогических стратегий, соответствующих потребностям учащихся. В статье освещаются научно-теоретические основы организации эффективного учебного
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 969 процесса по данному предмету, исходя из музыкально-эстетического развития учащихся, их социального взаимодействия и личных возможностей. Ключевые слова: Инклюзивное образование, музыкальная культура, эстетическое воспитание, толерантность, методический подход, индивидуальное развитие, креативность, интеграция. KIRISH Bugungi globallashuv va ijtimoiy rivojlanish davrida ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishdir. Shu nuqtai nazardan, inklyuziv ta’lim konsepsiyasi jamiyat taraqqiyotida ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Inklyuziv ta’lim bu nogironligi bor, rivojlanishida turli xil cheklovlarga ega yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning umumiy ta’lim tizimiga to‘liq jalb qilinishini nazarda tutadi. Bunday yondashuv ularning nafaqat bilim olishi, balki ijtimoiylashuvi, jamiyat hayotiga integratsiya qilinishini ham ta’minlaydi. Shu jarayonda Musiqa madaniyati fani alohida o‘rin tutadi, chunki musiqa bu nafaqat estetik hodisa, balki shaxsning ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan kuchli vositadir. Musiqa darslari bolalarda hissiy olamni boyitadi, ularni ijobiy kayfiyatga chorlaydi, ijodkorlikni rag‘batlantiradi va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdiradi. Ayniqsa, inklyuziv sinflarda musiqa darslari o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, teng huquqli munosabatlarni shakllantirish va tolerantlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois mazkur fan o‘qitishning maqsad va vazifalarini aniq belgilash pedagogik amaliyotda dolzarb masala hisoblanadi. ASOSIY QISM Inklyuziv ta’lim sharoitida Musiqa madaniyati fanining asosiy maqsadi barcha o‘quvchilarni, ularning jismoniy, psixologik va intellektual imkoniyatlaridan qat’i nazar, musiqaning tarbiyaviy va estetik kuchidan bahramand etish, musiqiy faoliyatga keng jalb qilish, ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va ular orqali ijtimoiy hamkorlikni shakllantirishdan iboratdir. Ushbu fan o‘quvchilarda musiqiy-estetik didni shakllantirish, musiqiy idrokni rivojlantirish, milliy va jahon madaniy merosini anglash, badiiy qadriyatlarni tushunish va ulardan zavqlanish qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, musiqa darslarining asosiy maqsadi bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish musiqiy faoliyat orqali bolalarning o‘zini erkin ifoda etishi, yangicha g‘oyalarni ilgari surishi va musiqiy ijrochilikda o‘z qobiliyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratishdir 1 . Hissiy-ruhiy muvozanatni mustahkamlash musiqaning inson ruhiyatiga ijobiy ta’siri orqali inklyuziv sinflarda o‘qiyotgan bolalarda o‘ziga ishonchni kuchaytirish, ijobiy motivatsiyani oshirish va stressni kamaytirish hisoblanadi. Ijtimoiy integratsiyani ta’minlash turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarni birlashtiruvchi ijodiy faoliyat orqali do‘stona muhitni shakllantirish va ular orasida teng huquqli munosabatlarni qaror toptirishdir. Milliy o‘zlikni anglash va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish o‘quvchilarga milliy musiqiy merosni o‘rgatish, shu bilan birga, jahon xalqlarining musiqiy madaniyati bilan tanishtirish orqali 1 Barrett, M. S. (2017). Music education for all: Exploring the promise of inclusive music classrooms. International Journal of Music Education, 35(2), 187–199. https://doi.org/10.1177/0255761417695670
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 970 ularning madaniy dunyoqarashini kengaytirish lozim. Ma’naviy va axloqiy tarbiya musiqiy asarlar orqali insoniylik, bag‘rikenglik, do‘stlik, mehr-muhabbat kabi yuksak qadriyatlarni singdirish zarur. Shunday qilib, Musiqa madaniyati fanining asosiy maqsadi faqat musiqiy bilim va ijrochilik ko‘nikmalarini shakllantirish bilangina chegaralanmaydi, balki o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi, ijtimoiylashuvi, estetik didi va insonparvarlik ruhida tarbiyalanishini ham ko‘zda tutadi. Bu maqsad inklyuziv ta’limning umumiy g‘oyasi “har bir bola ta’lim olishga haqli” degan tamoyil bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, musiqani jamiyatda tenglik va integratsiya vositasi sifatida qarash imkonini beradi. Inklyuziv ta’lim sharoitida Musiqa madaniyati fanining vazifalari keng qamrovli bo‘lib, ular nafaqat o‘quvchilarning musiqiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirishni, balki ularning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy integratsiyasi va ma’naviy tarbiyasini ham o‘z ichiga oladi. Quyida ushbu vazifalar kengroq tahlil qilinadi: Musiqa darslarining eng asosiy vazifalaridan biri bolalarda go‘zallikni his etish, musiqiy obrazlarni idrok qilish va ulardan zavqlanish qobiliyatini tarbiyalashdir. O‘quvchilar turli musiqiy janrlar, kuy va qo‘shiqlarni tinglab, musiqiy shakl va mazmun o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglashni o‘rganadilar 2 . Bu jarayon ularda estetik qarashlar va san’atga mehr uyg‘otadi 3 . Musiqa madaniyati fani o‘quvchilarni qo‘shiq aytish, cholg‘u asboblarida chalish, musiqiy ritmik mashqlarda qatnashish, improvizatsiya qilish kabi ijodiy faoliyatlarga jalb etadi. Inklyuziv sinflarda bu vazifa yanada muhim bo‘lib, turli imkoniyatlarga ega bolalarga o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatish imkonini beradi. Bu orqali ular o‘zini qadrlash hissini kuchaytiradilar. Musiqa bu hamkorlik san’ati. Qo‘shiq kuylash, ansamblda chalish, xor jamoasida ishtirok etish kabi faoliyatlar orqali bolalar bir-birini qo‘llab-quvvatlashni, o‘zaro hurmatni, jamoada ishlashni o‘rganadilar. Inklyuziv sinflarda bu vazifa alohida ahamiyat kasb etadi, chunki nogironligi bor va yo‘q o‘quvchilar o‘zaro birgalikda ijod qilganida ular orasida ijtimoiy to‘siqlar bartaraf etiladi. Musiqa darslarining muhim vazifalaridan yana biri o‘quvchilarda mehr-muhabbat, bag‘rikenglik, sabr-toqat va hurmat kabi ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdir. Qo‘shiq matnlari, musiqiy mavzular va badiiy obrazlar orqali o‘quvchilar hayotiy voqelikni san’at ko‘zgusida idrok etadilar va ijobiy xulqiy fazilatlarni o‘zlashtiradilar. Har bir xalqning musiqiy madaniyati uning milliy o‘zligini ifodalaydi. Shu bois, musiqa madaniyati fanining yana bir vazifasi o‘quvchilarda milliy musiqaga, an’anaviy qo‘shiqlarga, maqomlarga qiziqishni kuchaytirish, ularga milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhini singdirishdir. Shu bilan birga, jahon xalqlari musiqasidan namunalar tinglash orqali o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqotga tayyorgarligi oshiriladi. Inklyuziv ta’limda har bir o‘quvchi individual yondashuvni talab qiladi. Shu sababli musiqiy mashg‘ulotlar ularning qiziqishi va imkoniyatlariga moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Masalan, qo‘shiq aytishda tovush diapazoniga qarab topshiriq berish, ritmik mashqlarda jismoniy imkoniyatlarni inobatga olish, audio-vizual vositalar orqali tinglab idrok etish imkonini yaratish. Musiqa inson ruhiyatiga bevosita ta’sir 2 McCord, K. A. (2017). Teaching the music class: Inclusive strategies for middle and secondary schools. Oxford University Press. 3 Jellison, J. A. (2015). Including everyone: Creating music classrooms where all children learn. Oxford University Press.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 971 ko‘rsatadi. Shu bois, musiqa darslarining vazifasi o‘quvchilarni stressdan xalos qilish, ularda ijobiy kayfiyatni uyg‘otish, emotsional barqarorlikni mustahkamlash va intellektual rivojlanishga yordam berishdir. Musiqa mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilar o‘z-o‘zini ifoda etish, jamoada ishlash, sahnada chiqish qilish, ijodiy g‘oyalarni ilgari surish kabi hayotiy muhim kompetensiyalarni o‘zlashtiradilar. Bu esa ularning kelajakdagi ijtimoiy faoliyatiga tayyorgarlikni kuchaytiradi. Inklyuziv sinflarda Musiqa madaniyati fanini samarali tashkil etish uchun an’anaviy dars uslublari bilan bir qatorda zamonaviy metodik yondashuvlar va innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur 4 . Chunki bunday sinflarda o‘quvchilarning ehtiyojlari, qiziqishlari va imkoniyatlari turlicha bo‘lib, o‘qituvchi ularning barchasini o‘zaro uyg‘unlashtira olishi kerak. Har bir o‘quvchining jismoniy, intellektual va psixologik imkoniyatlarini inobatga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil etish. Masalan, ba’zi o‘quvchilar qo‘shiq kuylashda faolroq bo‘lsa, boshqalar cholg‘u asboblaridan foydalanishda yoki ritmik mashqlarda yaxshiroq natija ko‘rsatishi mumkin. Dars jarayonida o‘quvchilarga turli murakkablik darajasidagi topshiriqlar berish orqali ularning motivatsiyasi oshiriladi. Guruhli ishlash, juftlikda qo‘shiq aytish, xor ansambllari va musiqiy o‘yinlar orqali o‘quvchilarda o‘zaro yordam, birdamlik va hurmatni shakllantirish. Bu yondashuv inklyuziv muhitda nogironligi bo‘lgan va bo‘lmagan o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy integratsiyani kuchaytiradi. Musiqa darslarida eshitish, ko‘rish, sezish va harakat orqali bilim berish. Masalan, qo‘shiqni tinglash bilan birga, uning matnini ekranda ko‘rsatish yoki qo‘shiq mazmunini pantomima orqali ifodalash 5 . Bu metod turli sensor ehtiyojlarga ega o‘quvchilar uchun juda muhimdir. Interaktiv doskalar va multimediyaviy vositalar yordamida musiqiy notalarni, kuylarning grafik tasvirini, videokliplarni namoyish etish. Mobil ilovalar va onlayn platformalar orqali musiqiy diktantlar, virtual cholg‘u asboblari va audio mashqlarni bajarish 6 . QR-kodlar orqali qo‘shiqlar yoki mashqlarni tezkor tinglash imkonini yaratish .Musiqiy viktorinalar, ritmik o‘yinlar, musiqiy krossvord va interaktiv testlar orqali dars jarayonini qiziqarli qilish. O‘yin metodlari inklyuziv sinflarda ayniqsa samarali bo‘lib, ular o‘quvchilarning faolligini oshiradi va teng ishtirokni ta’minlaydi. Musiqa madaniyatini boshqa fanlar bilan uyg‘unlashtirish. Masalan, tarix fanida o‘rganilgan davr musiqasi, adabiyotdagi qo‘shiq matnlari, tasviriy san’atdagi musiqiy obrazlar bilan bog‘lash. Bu yondashuv o‘quvchilarda kompleks bilim va madaniy dunyoqarashni shakllantiradi. Har bir dars oxirida o‘quvchilardan ular nimalarni o‘rganganini, qanday his qilganini so‘rash. Smayliklar, rangli kartochkalar yoki qisqa yozma mulohazalar orqali ularning o‘z fikrini erkin ifoda etishiga imkon yaratish. Xulosa qilib aytganda, metodik yondashuvlar va innovatsion usullar inklyuziv sinflarda Musiqa madaniyati fanini samarali o‘qitishning eng 4 Erikson, E. H. (1993). Childhood and society (nashri qayta ko‘rib chiqilgan). W. W. Norton & Company. 5 Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological processes. Harvard University Press. 6 Florian, L., & Black-Hawkins, K. (2011). Exploring inclusive pedagogy. British Educational Research Journal, 37(5), 813–828. https://doi.org/10.1080/01411926.2010.501096
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 972 muhim sharti hisoblanadi 7 . Ular o‘quvchilarda musiqiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, ijodiy va ijtimoiy qobiliyatlarni rivojlantirish hamda ijobiy psixologik muhitni ta’minlash imkonini beradi. Inklyuziv ta’lim tizimida Musiqa madaniyati fanining ijtimoiy-psixologik ahamiyati beqiyosdir 8 . Chunki musiqa nafaqat estetik zavq uyg‘otuvchi san’at turi, balki insonning hissiy dunyosiga, ruhiy holatiga va ijtimoiy munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli tarbiyaviy vosita hisoblanadi. Ayniqsa, inklyuziv sinflarda bu fan o‘quvchilarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va ijtimoiy moslashuvini yengillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy-psixologik ahamiyati Ijtimoiy integratsiyani kuchaytirish Musiqa darslari nogironligi bo‘lgan va bo‘lmagan o‘quvchilarni yagona ijodiy faoliyat atrofida birlashtiradi. Ansamblda chalish, xor bo‘lib kuylash, ritmik mashqlarda ishtirok etish jarayonida ular bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, ijtimoiy tenglikni his qiladi va o‘zaro do‘stona munosabatlar shakllanadi. O‘z-o‘zini anglash va ishonchni oshirish Musiqa mashg‘ulotlarida ishtirok etish bolalarda sahnada chiqish qilish, o‘z qobiliyatini namoyon etish, ijodiy jarayonda faol qatnashish orqali o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytiradi. Inklyuziv muhitdagi bolalar o‘zini jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida his etadi. Emotsional barqarorlikni ta’minlash Musiqa inson ruhiyatiga bevosita ta’sir etib, stressni kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, hissiy muvozanatni saqlashga yordam beradi. Shu sababli musiqa mashg‘ulotlari inklyuziv sinflarda psixologik iqlimni yumshatadi, bolalarni darsga ijobiy ruhda jalb qiladi. Kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish Qo‘shiq kuylash, musiqiy o‘yinlar, musiqiy suhbatlar jarayonida o‘quvchilar bir-biri bilan muloqot qiladi, o‘z fikrini erkin ifoda etishni o‘rganadi9. Bu esa til qobiliyati yoki nutqida cheklovlari bo‘lgan bolalar uchun ham samarali mashg‘ulot hisoblanadi. 7 . Gardner, H. (2011). Frames of mind: The theory of multiple intelligences (3-nashr). Basic Books. 8 Forlin, C. (2010). Teacher education for inclusion: Changing paradigms and innovative approaches. Routledge. 9 Welch, G. F., & McPherson, G. E. (Eds.). (2012). The Oxford handbook of music education (1-jild). Oxford University Press.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 973 Tolerantlik va ijtimoiy qadriyatlarni singdirish Musiqa madaniyati fanida ishlatiladigan qo‘shiqlar, kuylar va badiiy obrazlar orqali o‘quvchilarga mehr-muhabbat, do‘stlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlar singdiriladi10. Bu jarayon ijtimoiy psixologik muhitni sog‘lomlashtiradi. Jamoaviy faoliyat va hamkorlikni rivojlantirish Xor bo‘lib kuylash yoki musiqiy ansamblda ishlash jarayonida o‘quvchilar jamoa a’zosi sifatida mas’uliyatni his qiladi, boshqalar bilan hamkorlikda natijaga erishishni o‘rganadi. Bu ularda jamiyatda o‘z o‘rnini topish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Musiqa madaniyati fanining ijtimoiy-psixologik ahamiyati inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va ruhiy barqarorligini ta’minlashda asosiy vositalardan biridir. Musiqa bolalarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiribgina qolmay, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga, o‘zini erkin ifoda etishiga va o‘ziga ishonch bilan qarashiga imkon yaratadi. XULOSA Inklyuziv ta’lim sharoitida Musiqa madaniyati fanini o‘qitish o‘quvchilarning nafaqat musiqiy savodxonligini shakllantirish, balki ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar va amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, musiqa darslari o‘quvchilarning ijtimoiy integratsiyasini kuchaytiradi, emotsional barqarorligini ta’minlaydi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Shuningdek, metodik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali inklyuziv sinflarda turli ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalarning imkoniyatlari kengaytiriladi, ularning bilim olish jarayonidagi qiyinchiliklari yengillashtiriladi va darslarga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Musiqa madaniyati fanining ijtimoiy-psixologik ahamiyati shundaki, u o‘quvchilarni jamoaviy hamkorlikka undaydi, bag‘rikenglik va hurmat ruhida tarbiyalaydi hamda ijtimoiy moslashuv jarayonida muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Inklyuziv ta’lim muhitida Musiqa madaniyati fanini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning musiqiy-estetik didini rivojlantirish bilan birga, ularni jamiyatda faol, ijodkor va ijobiy shaxs sifatida shakllantirishda ham muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. 1.M.A.Asadullaeva. Musiqa va musiqiy ritmik harakatlar yordamida davolashning qisqacha tarixi. Research and publicational (respublika ilmiy-uslubiy jurnal) 2. 2.M.A.Asadullaeva “Imkoniyati cheklangan bolalarning umumiy rivojlanishida musiqaning ahamiyati” Academic Research in Educational Scienses 2022 10 Odam, G. (2016). Teaching composing in secondary schools: The creative dream. Routledge
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 974 3. 3.M.A.Asadullayeva. “Inklyuziv ta’limda musiqa terapiya” Science and education scientific journal may-2021 4. M.A. Asadullaeva. “Inklyuziv ta’lim sharoitida boshlang’ich sinf musiqa ta’limi o’qituvchisi faoliyatiga qo’yilgan talablar” Boshlang’ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari: ta’lim va tarbiya integratsiyasi”III Xalqaro ilmiyamaliy konferensiyasi Jizzax -2023 05.04 5. Barrett, M. S. (2017). Music education for all: Exploring the promise of inclusive music classrooms. International Journal of Music Education, 35(2), 187–199. https://doi.org/10.1177/0255761417695670. 6. Erikson, E. H. (1993). Childhood and society (nashri qayta ko‘rib chiqilgan). W. W. Norton & Company. 7. Florian, L., & Black-Hawkins, K. (2011). Exploring inclusive pedagogy. British Educational Research Journal, 37(5), 813–828. https://doi.org/10.1080/01411926.2010.501096 8. Forlin, C. (2010). Teacher education for inclusion: Changing paradigms and innovative approaches. Routledge. 9. Gardner, H. (2011). Frames of mind: The theory of multiple intelligences (3-nashr). Basic Books. 10. McCord, K. A. (2017). Teaching the music class: Inclusive strategies for middle and secondary schools. Oxford University Press.