UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada Musiqiy ta’lim faoliyatini samarali tashkil etishva talablarga javob beradigan tarzda dars jarayonini tashkil etishda innovatsion ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari haqida bahs munozara yurutilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1018 UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING NAZARIY ASOSLARI Maxkamova Shoxida Raxmatullyevna Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Musiqa ta’limi” kafedrasi dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.17445889 Annotatsiya. Mazkur maqolada Musiqiy ta’lim faoliyatini samarali tashkil etish va talablarga javob beradigan tarzda dars jarayonini tashkil etishda innovatsion ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari haqida bahs munozara yurutilgan. Kalit so’zlar: ta’lim tizimi, pedagogik texnologiya, metod-uslub, ilm-fan,interfaol uslub, musiqiy ta’lim. Аннотация: В статье рассматриваются научно-теоретические основы использования инновационных передовых педагогических технологий в эффективной организации музыкально-образовательной деятельности и организации учебного процесса в соответствии с предъявляемыми требованиями. Ключевые слова: система образования, педагогическая технология, метод, наука, интерактивный метод, музыкальное образование. Annotation. V state rassmatrivayutsya nauchno-teoreticheskie osnovy ispolzovaniya innovatsionnyx peredovykh pedagogicheskih tekhnologii v effektivnoy organizatsii muzykalnoobrazovatelnoy deyatelnosti i organizatsii uchebnogo protsesa v sootvetstvii s pred'yavlyaemymi trebovaniyami. Key words: educational system, pedagogical technology, method, science, interactive method, musical education. Yurtimizda ta`lim mazmunini yangilash,takomillashtirish va sifat ko`rsatkichlarini oshirish barobarida o`qituvchi – murabbiylarning malakasini oshirish,ularning ilm – fan taraqqiyoti bilan hamqadam borishini, ayniqsa barcha sohalarga keng kirib kelgan va qo`llanilayotgan axborot texnologiyalari, interfaol usullardan unumli foydalana oladigan, kompyuter bilan erkin muloqot qila oladigan va o`z faoliyatida, dars samaradorligini ta`minlashga tatbiq eta oladigan darajada tayyorlash (qayta tayyorlash) bugungi kunning muhim vazifalaridandir. Ta`limga pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bo`yicha amaliy tajribalarni o`rganish, kuzatish va tahlil qilish shuni ko`rsatmoqdaki, ta`limning deyarli barcha bo`g`inlarida mashg`ulotlarni interfaol metodlar asosida tashkil etish keng tus olmoqda. Bizningcha bu har bir darsda pedagogik texnologiyaning u yoki bu turini qo`llash kerak degan xulosani bermasligi kerak. Ilg`or pedagogik texnologiya qachon samarali bo`ladi, u o`quvchilar uchun qiziqarli, ularni faollashtiruvchi, mustaqil va ijodiy fikrlashga, mushohada qilishga yo`naltira olsa. Buning uchun o`qituvchi pedagogik texnologiyani tanlashda dars mavzusi, tuzilishi, o`quvchilarni qiziqishi, agar musiqa darslari bo`lsa ularni nazariy, amliy, ijrochilik imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo`llashiga to`gri keladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1019 Pedagogik texnologiyalarni qo`llashdan ko`zlangan asosiy maqsad va vazifalar quyidagilarni ko`zda tutadi: Tashkil etish, hamkorlikda (O`qituvchi va o`quvchi o`zaro munosabatlari) ishlash, guruh bo`lib, yakka holda ishlash, har bir o`quvchining faolligini ta`minlash, takomillashtirish, tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, nazorat qilish, baholash va hokazo. Fanlarni o`qitish jarayonida har bir o`qituvchi pedagogik texnologiyalarni qo`llash uchun quyidagi tayyorgarlik tizimi bo`yicha ish tutishi maqsadga muvofiq bo`ladi: • Mavzuni aniqlash; • Maqsadni to`g`ri qo`yish, belgilash; • Mavzu yuzasidan o`zlashtirish lozim bo`lgan kalit so`zlarni belgilash; • Vazifalarni 1,2,3,4…. belgilab olish; • Texnologik jarayon senariysini tuzib olish; • Individual ishlash; • Guruh ( kichik guruh ) va jamoa bo`lib ishlash; • Butun jamoa bilan savol – javob, munozara, klaster, aqliy hujum va boshqalar. • Reglament; • Baholash; • Xulosalash; Tayyor holdagi texnologiyalar avval tajriba – sinovdan o`tgan va ijobiy (yuqori) samara berganlari o`quv jarayoniga tadbiq etiladi. Hozirgi vaqtda o`quv mashg`ulotlarini loyihalashtirish va ayrim fanlargagina xos texnologiyalarni qo`llashga ham e`tibor kuchaymoqda. Xuddi shunday holatni musiqa mashg`ulotlarini texnologiyalashtirish tajribasida ko`rish mumkin. Misol qilib ilg`or pedagoglar tomonidan qo`llanilayotgan “Konsert darslari”, “Viktorina darslari”, “Quvnoqlar va zukkolar darsi”, “Musiqiy sayohat”, “Men dirijyor” kabi texnologiyalarni ko`rsatish mumkin. Mashg`ulotlarni loyihalashtirish deganda nimalar ko`zda tutiladi va bunda nimalarga asoslaniladi? Quyida mashg`ulot jarayonini loyihalashtirish asosida tashkil etish bosqichlarini keltiramiz: Dars mavzusiga oid materiallarni to`plash (O`qituvchining mavzu bo`yicha tayyorgarligi); Mavzuni o`rganish maqsadi va vazifalarni aniqlab olish; Dars turi, shakli, metod va vositalarini tanlash; Loyihada ko`zda tutilgan tushuncha, bilim, ko`nikma, malakalarni o`zlashtirish jarayonida sarflanadigan vaqt hajmini (Masalan, musiqa darslarida har bir faoliyatga ajratiladigan vaqt me`yorini rejalashtirish) hisobga olish; Har bir bosqichda erishiladigan natijalarni asosini tashkil etuvchi (topshiriq, amaliy ko`rsatib berish) mashq, misollar; Mashg`ulotni tashkiliy tuzilmasi va yakuni, xulosalar; Darsning qaysi qismi, uning turi (ma`ruza, amaliy, seminar, musiqa darslarida esa qo`shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodxonligi) da qo`llanishidan qat`iy nazar o`quvchilarni psixologik, fiziologik xususiyatlari, tayyorgarlik darajalari (ovoz diapozoni, kuylash imkoniyatlari, yosh xususiyatlari) hisobga olinishi lozim. Bu jarayonda asosiy e`tabor o`quvchilar faolligini oshirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish, ijodiy fikrlay olish, ijrochilik malakalarini o`stirish, ehtiyoj va qiziqishlariga ko`ra ish yuritish, ularni ichki imkoniyat va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1020 iqtidorlarini ishga solish, o`z – o`zini nazorat qilish, mustaqil bilim olish ko`nikmalarini o`stirishga qaratilishi lozim. Hozirgi kunda respublikamizning barcha ta`lim tizimida, ayniqsa oliy pedagogic ta`lim tizimida pedagog – kadrlar tayyorlashning sifat va samaradorligini yuqori ko`tarishga katta ahamiyat berilmoqda va bu borada turli pedagogik izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning aksariyati o`qitish maqsadi va uning yuqori natijalariga erishishida ta`limga ilg`or pedagogik texnologiyalarni kiritish orqali ta`lim samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan bo`lib, ta`limni texnologiyalashtirish eng muhim vazifalardan bo`lib turibdi. O`qituvchining yuksak pedagogik mahorati, bilim darajasi shubhasiz ta`lim–tarbiyaning muhim omillaridan biridir. Pedagogik mahorati yuqori, tajribali o`qituvchi darsni shunchaki bayon qilib bermaydi. Buni musiqa darslari misolida izohlaydigan bo`lsak, o`qituvchi avvalo o`zining so`z mahorati, cholg`u asbobida chalish, qo`shiq kuylash, turli ko`rgazmali, texnik vositalardan foydalanishi darsni qiziqarli va mazmunli kechishida katta rol o`ynaydi. Musiqa darslarida aksariyat o`quvchilar o`qituvchiga taqlid qilib kuylashadi, unga ergashadi, andoza oladi, o`qituvchining shaxsiy “namunasi” muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki darsda amaliy ijrochilik yetakchi o`rin tutadi, quruq bayonchilik uslubi bilan hech qanday maqsadga erishib bo`lmaydi. Puxta tashkillashtirilgan ilmiy -pedagogik tayyorgarlik ta`lim samaradorligini ta`minlaydigan asosiy omillardan biri sanaladi. Ushbu jarayonda faol ishtirok etuvchi o`qituvchilar muntazam ravishda o`zlarining pedagogik mahoratlarini orttirib boradilar hamda ta`lim – tarbiya samaradorligini ta`minlashda, kelajak uchun mas`ul barkamol avlodni kamolga yetkazishda boshqalarga o`rnak bo`lib xizmat qiladilar. Demak har bir ta`lim bo`g`inida shu jumladan umumta`lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darslarini olib boruvchi ilg`or pedagoglarning innovatsion faoliyatlari va tajribalarini doimiy takomillashtirib,rag`batlantirib borish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin. Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan ta`lim jarayoniga ilg`or pedagogik texnologiyalarni kiritishda eng muhimi o`quvchilarni ushbu faoliyatga tayyorgarligi va qiziqishlarini inobatga olish va kerakli texnologiyani tanlash hisoblanadi. o`quv muassasasi u maktabmi, kollejmi, oliy o`quv yurtimi u yerda asosiy maqsad o`quvchi yoki talabaga bilim berish hisoblanadi. O`qituvchi bilim berishdan tashqari bilim berishning eng qulay, samarali yo`llarini izlab, ta`lim jarayonini qiziqarli va mazmunli o`tishini tashkil etadi. Bunday faoliyatning o`zini ta`lim texnologiyasi deb atash mumkin. Ta`lim texnologiyasi (yunoncha “tehne” – mahorat, san`at, “logos” –tushuncha, ta`limot ma`nolarini anglatadi) yoki pedagogik texnologiyada pedagogic ta`lim berishning turli yo`l, usullarini o`z faoliyatiga joriy etish bilan birga bu jarayonning natija berishiga ishonch hosil qilish kerak. Pedagogik texnologiya uchun pedagogik mashg`ulot jarayonini belgilashdagi muhim vaziyat va holatlar: o`quvchi yoki talaba bilim olish jarayonida du6ch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash, o’qitishning har bir bosqichida ta’limning mazmuni(o’quv rejasi, dasturi, mavzu mohiyati, o’quv – uslubiy manbalarni mavjudligi) ni belgilash, bilim va tushunchalar, ularn murakkablik darajasi va hajmini o’quvchining bilim va malakalariga moslik darajasini aniqlash, ta’lim – tarbiya shakllari va vositalari (qo’shimcha manbaalar, savol-javob, munozara, test savollari, ko’rgazmaliliklar, texnik vositalar yordamida eshitish, tinglash manbalari) ni tayyorlash; ta’limning natijasi va o’zlashtirish darajasi sifatini baholash mezonlariga mos
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1021 ravishda o’quvchining egallagan bilim va malakalarini obyektiv baholash uchun dars va darsdan tashqari o’quvchiga beriladigan vazifalarni rejalashtirish kabilar pedagogik texnologiyalarning vazifalari hisoblanadi. Pedagogika oliy o’quv yurtlarida bo’lg’usi o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash bo’yicha quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: Texnologik yondashuv asosida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilarning yangicha va samarali ish sirlari tajribalarini o’rganish; Pedagoglarning texnologik yondashuv faolligini oshirish va aksincha unda to’sqinlik qilayotgan muammolar sabablarini aniqlash texnologik yondashuv asosida ishlashning yanada samaraliroq yo’llarini izlash; Tajribali o’qituvchilarning darslarini ilg’or pedagogik texnologiyalarini qo’llab o’tish borasidagi o’ziga xos usullari, ularni farqli va o’xshash jihatlarini kamchilik va yutuqlarini aniqlab o’z faoliyatida tadbiq etishga o’rganish. Xullas, pedagogik texnologiya – ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim jarayoni, vositalari shakl va metodlari majmui. O’quv materiallarini tanlash, qayta ishlab, o’quvchilarni kuchi imkoniyatlari, fanni o’zlashtirish darajasi fanni spesifik tuzilishi xususiyatiga moslab shakli va hajmini o’zgartirish ham ta’lim texnologiyasiga daxldor. O’qituvchining ta’lim jarayoni texnologik metodlar asosida tashkil etishi ko’p jihatdan uning o’ziga bog’liqligi, bilimi ularni har birini tashkiliy tuzilishi xususiyatlarini yaxshi bilishi ta’lim samaradorligi ta’minlashning muhim kafolati bo’ladi. O`qituvchining pedagogik texnologiyalrini qo`llashida ularni mazmunli va samarali tashkil etishga oid bilimlardan yaxshi habardor bo`lishi qo`llanilgan texnologiyalarni dars samaradorligiga ijobiy ta’siri va natijalarni tahlil qilish baholay olish, tegiushli xulosalar chiqara olishi,o`z faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo`lishi, o`zgalar nazari bilan baholash o`z bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog`lash o`quvchilarni darsda faol ishtirokini ta’minlay olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ilg`or, interfaol texnologiyalardan barcha fan o`qituvchilari, shu jumladan musiqa o`qituvchilari yaxshi habardor bo`lishlari zarur. Chunki, ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari fan taraqqiyoti natijasida kengayib bormoqda. Shu jarayonda o`qitishning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Natijada inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari ya’ni ta’lim tizimida ta’lim va tarbiyadan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga o’zgarmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 1.Qodirov R.G. Musiqa pedagogikasi //O’quv qo’llanma.Musiqa nashryoti.Toshkent-2018 2. Sh.R.Makhkamova. Innovative opportunities for monitoring and evaluating the progress of students in distance learning. Journal of innovations in pedagogy and psychology, Vol. 9, Issue 3, 2020, pp.58-62 http://dx.doi.org/10.26739/2181-9513-2020-910 3. Mahkamova Sh.R., Asadullayeva M.A. Pedagogok ta’limning innovatsion klasteri musiqa madaniyati darslarida Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 DOI: 10.24412/21811385-2021-12-477-482
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1022 4. Ш.Маҳкамова, М.Асадуллаева. Ёшларни маънавий тарбиялашда қўшиқчилик санъатининг тутган ўрни // Халқ таълими. ISSN 2181-7839 2020-№3 6063 betlar. 5. Махкамова Шохида Рахматуллаевна.Имконияти чекланган болалар ва ҳар томонлами етук авлодни тарбиялашда мусиқанинг ўрни // Maktab va hayot. Махсус Сон № 1 22-23 betlar 6. Mahkamova, S. R. (2023). Maktab o’quvchilarida musiqa madaniyati darslarining integrallashuvi. Scientific progress, 1 7. Хужаева М.Умумтаълим мактабларида мусика укитиш методикаси //Укув кулланма.Тошкент-2014 8. Qodirov R.G. Musiqa pedagogikasi //O’quv qo’llanma.Musiqa nashryoti.Toshkent-2018