XOR IJROCHILIGI MALAKASI
Abstract
Partiturani o‘rganish jarayonida ijro sur’ati haqida umumiy taassurot keltirib chiqariladi, asar (jumlalari) qismlari belgilanadi, asarning kulminatsiyasi (eng yuqori darajasi) bir butun holda va bo‘lak qismlarda aniqlanadi. Bularni tasvirlash, ifodali ko‘rsatish bu yillar davomida egallangan tajribaga bog‘liq.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1071 XOR IJROCHILIGI MALAKASI Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich Namangan davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17446003 Annotatsiya. Partiturani o‘rganish jarayonida ijro sur’ati haqida umumiy taassurot keltirib chiqariladi, asar (jumlalari) qismlari belgilanadi, asarning kulminatsiyasi (eng yuqori darajasi) bir butun holda va bo‘lak qismlarda aniqlanadi. Bularni tasvirlash, ifodali ko‘rsatish bu yillar davomida egallangan tajribaga bog‘liq. Tayanch iboralar: dirijorlik apparati, orkestr, xor, mushaklar, «Parvoz » harakati, «charxpalak», partitura, metronom, iste’dod, ifoda vositalar, musiqiy eshitish, xotira, temperament, xirgoyi, ritm hissi, musiqiy jumla, tempo-ritm. Аннотация: В процессе изучения партитуры формируется общее впечатление о темпе исполнения, определяются части произведения (фразы), определяется кульминация (высший уровень) произведения в целом и в отдельных его частях. Описание и выражение этих вещей зависит от опыта, накопленного за годы. Ключевые фразы: дирижерский аппарат, оркестр, хор, мышцы, движение «Полет», «чертово колесо», партитура, метроном, талант, средства выразительности, музыкальный слух, память, темперамент, тембр, чувство ритма, музыкальное предложение, темпоритм. Abstract: In the process of studying the score, a general impression of the pace of performance is created, parts of the work (phrases) are determined, the culmination (highest level) of the work is determined as a whole and in individual parts. The description and expressive presentation of these depends on the experience gained over the years. Key phrases: conductor's apparatus, orchestra, choir, muscles, "Flight" movement, "ferris wheel", score, metronome, talent, means of expression, musical hearing, memory, temperament, timbre, sense of rhythm, musical phrase, tempo-rhythm. Kirish. Dirijorlik apparatini qo‘yishlari bir qator kamchiliklarni bartaraf qilish bilan bog‘liq. Eng ko‘p uchraydigan kamchilik bu yelka qismining qisqaligi (yelka, bo‘yin, orqa), keyin panjalar qisiqligi yoki shalviraganligidir.Yelka qismini qisiqligi, endi faoliyatni boshlayotgan dirijyor tomonidan qo‘llarni erkin holda yuqoriga ko‘tarilmasligi, pastga tushira olmasligi, tomonlarga yoyilmasligi, yelka suyaklari va muskullari harakat chegaralanganligidir, ularda to‘xtab qolish holatlarini seziluvchanligidir. Ular asosan ko‘p ovozli musiqiy asarlarda forte ijrosida ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Bu jarayonda dirijyor uchun kuchli erkin imo-ishoralar zarur. Asosiy qism. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi, psihologiya fanlarining ta’kidlashicha odam tana qismlari va barcha mushaklari bir– birlari bilan bog‘liq bo‘lgan holda ularni harakatalarini markaziy oliy nerv tizimi boshqaradi. Shuning uchun ba’zan oldin egallangan malaka va ko‘nikmalardan birdaniga voz kechib bo‘lmaydi. Demak, texnik kamchiliklarni bartaraf qilishni to‘liq mushaklar erkinligidan boshlash zarur. Ularga erishish doimiy o‘ziga xos gimnastik va jismoniy mashqlarni bajarish orqali amalga oshadi. Ular dirijorlik texnikasidan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1072 to‘g‘ri foydalanish imkonini yaratadi. Dirijorlik apparatini to‘g‘rilash jarayonida shug‘ullanish haftada 2 marta, 45 minut davomida olib boriladi. Yelka qismini erkin holatga keltirish uchun muskullar holiligi va tinchligiga bog‘liq mashqlar tavsiya qilinadi. Stulga bemalol o‘tirish, yelka qismi stul tayanchiga tayangan holda, qo‘llar, oyoqlar erkin yerga tushiriladi, ular bukik holda polga tayanadi. Mushaklar bo‘shashtiriladi, juda erkin holda tinchlik seziladi, o‘zini dam olish uchun o‘tirganday hayol qilinadi. Keyin qo‘llarini ko‘tarib va ularni tizzaga tashlanadi. Agarda mushaklar yaxshi (yumshoq) holi bo‘lsa, qo‘llar sekin tizzaga tushmog‘i kerak. Birinchi marta mushaklarni to‘liq oxirigacha bo‘shashgan holatga keltirish qiyin albatta. Mashq davomida eng asosiy harakatlar bir tekislikda, erkin, yengil, qo‘l umuman erkinlikda, panjalar pastga yuborilgan, tirsak yarim doira buklangan holatda bo‘lishi kerakligiga e’tibor qilish kerak. Keyin shu o‘tirib bajarilgan mashqni tik turgan holda bajarish kerak. Buning uchun erkin va tekis o‘rindan turish, barcha siqimlardan holi bo‘lish: oyoqlarni bir – biridan uncha katta hajmda o‘zoqlikda bo‘lmagan holda bir – biriga yaqin qo‘yish kerak, qo‘llar tana tizimida, keyin qo‘llarni to‘la cho‘zilgan holda bosh qismidan yuqoriga ko‘tarish va ularni o‘ziniki emas kabi tuyg‘u bilan yerga tashlash. Qo‘llar tushirilishi bilan bosh qism ham egiladi. Bu mashq oldin bir qo‘lda keyin boshqa qo‘l bilan va ikkala qo‘l bilan birgalikda bajariladi. Bu jarayonlarda ham o‘tirib bajargan usullar qo‘llanilishi mumkin. Yelka suyaklarini holilashtirishni qo‘l mushaklarini bo‘shatish, o‘zingizni holi, bo‘sh qo‘yish. «Parvoz » harakatini sezish uchun qo‘llarni aylanma harakat «charxpalak» mashqlarini bajarish kerak. Qo‘llar erkin holda tana bo‘yicha nisbatan pastga yuborilgan – qo‘llar sokin va tekis holda bosh qismidan yuqoriga to‘g‘ri tekislikda ko‘tariladi. Shunday qilib qo‘l havoda doira hosil qiladi. Bunday doira hosil qilishni tekis holda bir qancha marta takrorlash kerak, qo‘l charchamasligini nazorat qilish zarur. Bu mashq oldin bir qo‘l bilan, keyin ikkala qo‘l bilan birgalikda bajariladi; oldin sekin tempda, keyin asta – sekinlik bilan harakat tezlashtiriladi. Bu jarayonda qo‘l harakati tempiga qaramasdan nafas olish nazoratda bo‘lgan holda tekis va ravon bo‘lishi kerak. Bu mashqni val`s musiqasi sadosi ostida «bir, ikki, uch» hisobi bilan bajarish ham yaxshi natija beradi. «Charxpalak» mashqini qo‘lni aylanishini yelkadan, keyin yarim qo‘l harakatini tirsakdan, keyin faqat panjalar aylanishi asosida bajarish mumkin. Bu mashq aylana bo‘ylab oldinga va orqaga harakat bilan bajariladi. Keyin qo‘l harakatlari almashtiriladi o‘ng qo‘l chap qo‘lni, aksincha chap qo‘l o‘ng qo‘lni ma’qullaydi va aylanma harakat o‘ng yoki chap qo‘l panjasi bilan amalga oshiriladi. Bu mashq qo‘lni barcha qismlarini harakatlantirishi va yelka, yelka oldi, panja harakatining erkinlik egallashlari, dirijorlik imo – ishoralarining aniqlik va ravonlik kabi dirijorlik texnikalarini egallash uchun yordam beradi. Bunday mashqlar turli tuman bo‘lib, ularni bajarish dirijyorning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, bunday mashqlarni o‘zi tomonidan ham yaratilishi mumkin. Buning uchun dirijyor jismoniy mashqlar mazmuni bilan tanish bo‘lishi kerak. Shuning uchun biz qo‘llanma oxirida foydalangan adabiyotlar ro‘yhatiga bir qator jismoniy madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan kitoblar ro‘yhatini ham berdik. Ular bilan tanishib chiqqan dirijyor dirijorlik apparatini qo‘yishi uchun zarur bo‘lgan qo‘l og‘irligini sezishni o‘rganish, barcha harakat erkinligini sezish, qo‘l mushaklarini ifodalash kabilar haqida yetarli tushunchalarga ega bo‘ladilar. Eng asosiysi, dirijyorning qo‘llari erkin,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1073 kuchli, qayishuvchan (egiluvchan), anjalar harakatchan va yumshoq bo‘lishi kerakligiga e’tiborni tortadigan mashqlarni tanlagan holda o‘z ustida tizimli, mustaqil ishlashni amalga oshirishdir. Dirijorning tayyorgarlik ishlari xor partiturasini (xor asarida barcha ovozlar yig‘indisi) har tamonlama tahlil qila bilishdan boshlanadi. Chunki ijrochilik ko‘rgazmalarini bera bilish doimo ishonchlilik, o‘z fikriga ishonishdan boshlanadi. Birinchidan, partiturani tahlil qilish musiqiy va badiy asarni yaxshi o‘rganish, uni aniq tasavvur qila bilishdan boshlanadi. Ikkinchidan, partiturani tahlili texnik, vokal` jihatlarini, uchraydigan qiyinchiliklarni aniqlash uchun zarur. Chunki ular xor ijrochiligida uchrashi mumkin. Uchinchidan, tahlil asosida dirijyor tomonidan ijrochilik rejasi tuziladi va uni amaliy jihatdan amalga oshirish uchun aniq ifodalangan vositalar ajratiladi. Dirijyor asar haqida imkoniyati boricha barcha jihatlarini bilishi kerak. Partitura ustida mustaqil ishlashni taxminan to‘rtta asosiy qismga ajratish mumkin: vokal` (ashula) qismi, akkompanement (jo‘rnovoz) qismi, annotatsiya asarni (analiz, tahlil qilishga doir) va oxirgisi dirijorlik. Ular hammasi tabiiy holda bir – birlari bilan bog‘liqdir. Asarni mohiyatini asta-sekinlik bilan chuqurroq o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, uchinchisi asarning asosiy badiy obrazlari (siymolari) haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lishga qaratilgan. Nihoyat, to‘rtinchi qisimda dirijorlik imo-ishorasini tanlash amalga oshiriladi va barcha kerak bo‘lgan dirijorlik vositalar tanlanadi. Ularning hammasi partiturani badiy mazmunini ochib beradi. Ular orasida mantiqiy birdamlikni amalga oshirish diqqat markazida bo‘lishi shart. Xor ovozlarini, akkordlarini, partiturani fortepioninada o‘ynash, analiz (tahlil qilish). Dirijorlik ko‘nikmasi tashqi mo‘ljal, taqlid qilish uslubi asosida egallab boriladi, natijada ularni bir asarda o‘rganilganligi ikkinchi asar uchun nomuvofiq bo‘ladi. Bular faqat dirijorlik uchungina taalluqli bo‘lib qolmasdan, balki asar ustida ishlashning boshqa tomonlariga ham taalluqlidir. Xor partiturasini ongli ravishda o‘rganish usullari bo‘lg‘usi almashtirish davomida juda qo‘l keladi. Bularning natijasi musiqaga hissiy javob bera bilish, asardagi g‘oyaviy obrazlar mazmunini tushunib yetishga va kompozitor hayolini sezishga olib keladi. Xor partiturasi bilan ishlashning birinchi bosqichi uni ko‘rish orqali sezish va ichki eshitish yordamida o‘rganish (tekstni hayoliy tiklab bilish), ovoz partiyalarini hayoliy kuylab bilish. Ko‘rish sezgisi xorning turi va shaklini aniqlaydi, xor ovozlarining diapazonini (kengligini), nozik rejasi, asosiy xati, temp (tezlik), ovozga kirish tasnifi, muallif taklifi, muallif ko‘rsatmasini ochib beradi. Bunday tahlil asarning g‘oyaviy ma’nosini, she’riy matnning o‘ziga xosligini bilishga yordam beradi. Xulosa. Ashula adabiy matnini, tekstni yodlash va ta’sirli qilib o‘qib bilishi ham kerak. Kompazitorning ijodiy faoliyati bilan tanishish, asarni yaratish tarixini bilish, muallifning boshqa asarlarini eshitib ko‘rish ham katta ahamiyatga ega. Bularning hammasi musiqiy asarni chuqur o‘rganishga yordam beradi. Xor jo‘rligida aytilayotgan asarni tekshirish xor ovozlarni yuqoriga va eniga, jo‘rni bir partiyadan boshqa partiyaga, bir ovozdan boshqa ovozga o‘tishda hamda xor jo‘rligidagi ijroni bir partiyaga birlashtirsh bir vaqtning o‘zida ovozlardan birini partiturada birgalikda chalishda amalga oshirish orqali tekshirish mumkin. Partiturani o‘rganish jarayonida ijro sur’ati haqida umumiy taassurot keltirib chiqariladi, asar (jumlalari) qismlari belgilanadi, asarning kulminatsiyasi (eng yuqori darajasi) bir butun holda va bo‘lak qismlarda aniqlanadi. Bularni tasvirlash, ifodali ko‘rsatish bu yillar davomida egallangan tajribaga bog‘liq. Tajriba orqali har bir dirijyor o‘zining dirijorlik uslublarini tanlash va asarning ifodali ijro qilish qobiliyati, mahorati va salohiyatini rivojlantirib boradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1074 FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR: 1. Urmanova L., Trigulova A., Ibrahimjanova G. Musiqa nazariyasi. -Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2013. 2. Ibrohimjonova G.A., Yuldoshev U.Yu. Musiqa nazariyasi. – Adabiyot uchqunlari. 2018. 3. Mark Feezell. Music Theory Fundamentals - High-Yield Music heory, vol. 1. Copyright © 2011 All Rights Reserved. 4. Shokirxanov, B., & Axmedova, E. Z. (2025). RUBOB PRIMANING TUZILISHI VA IJROCHILIK HOLATI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 438-440. 5. Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150. 6. Botirkhanovich, Shokirkhanov Bakhtiyorkhon. "The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 5.1 (2024): 19-22. 7. Sayfiddinovich, A. B. (2025). Dirijorlik fani haqida. Research Focus, 4(Scecial Issue 3), 222233. 8. Axmedov, B., & To‘lanova, M. (2025). RITMIK CHIZGILAR VA TUZILISHLAR HAMDA BADIIY OBRAZLAR YARATISH ORQALI BOLALAR TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 447-450. 9. Toshmatov, G. (2025). YEVROPA ECTS KREDIT-MODUL TIZIMIDA MUSTAQIL TA'LIM VA UNGA O'QITUVCHINING RAHBARLIK FAOLIYATI. Research Focus, 4(3), 81-84. 10. Toshmatov, G. U., & Sharopova, S. D. (2025). MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARI ORQALI MUSIQA TA’LIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODUKASI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 491-493. 11. Toshmatov, G. (2025). KREDIT MODUL TIZMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIM BO’YICHA KREATIV FAOLIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Research Focus, 4(Scecial Issue 3), 244-252. 12. Olimjonovich, T. G. (2024). Development Of Knowledge Of Students Through Independent Study On The Basis Of A Systematic Approach. Web of Scientists and Scholars: Journal of Multidisciplinary Research, 2(11), 19-24. 13. Axmedov, B., & Muxammatova, G. (2025). MUSIQA MASHG ‘ULOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATINI LOYIHALASHTIRISH VA ULARNING RIVOJLANISHINI DIAGNOSTIK TAHLIL QILISH. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 371-375. 14. Shokirxanov, B., & Zarifxonova, D. (2025). MUSIQA TA’LIMIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA KO ‘P OVOZLI IJRONING DIDAKTIK AHAMIYATI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 510-512. 15. Axmedov, B. (2024). AN’ANAVIY MUSIQA IJODIYOTINING AKUSTIKA VA LAD XUSUSIYATLARI. Nordic_Press, 5(0005).