ART-TERAPIYA USULLARINING DARS JARAYONIGA INTEGRATSIYASI ORQALI TALABALARNING RUHIY HOLATINI BARQARORLASHTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada art-terapiyaning dars jarayoni bilan integratsiyasi haqida so`z yuritiladi, va bu integratsiya orqali talabalarning ruhiy holatini barqarorlashtirishning pedagogik-psixologik asoslari keltirib o`tiladi. Talabalar o`rtasida uchraydigan stress, xavotir, o`z-o`zini anglash muammolari hamda emotsional notinchlik holatlarini yengillashtirishda san`at, xususan tasviriy san`at va uning terapivtik yo`nalishlarining ijobiy ta`siri tahlil qilinadi. Art-terapiya usullari – rasim chizish, ranglar bilan ishlash, kompozitsiyalar yaratish – orqali talabalarda o`z fikir va his-tuyg`ularini ifoda etish, ichki muvozanatni tiklash va shaxsiy o`sishni rag`batlantirish imkoniyatlari ochib beriladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1075 ART-TERAPIYA USULLARINING DARS JARAYONIGA INTEGRATSIYASI ORQALI TALABALARNING RUHIY HOLATINI BARQARORLASHTIRISHNING PEDAGOGIKPSIXOLOGIK ASOSLARI 1Zokirov Diyorbek Shokir o‘g‘li, 2Tursunov Mannon O`tkir o`g`li 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi 2-kurs magistiranti,2Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi 2-kurs magistiranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17446009 Anotatsiya. Ushbu maqolada art-terapiyaning dars jarayoni bilan integratsiyasi haqida so`z yuritiladi, va bu integratsiya orqali talabalarning ruhiy holatini barqarorlashtirishning pedagogik-psixologik asoslari keltirib o`tiladi. Talabalar o`rtasida uchraydigan stress, xavotir, o`z-o`zini anglash muammolari hamda emotsional notinchlik holatlarini yengillashtirishda san`at, xususan tasviriy san`at va uning terapivtik yo`nalishlarining ijobiy ta`siri tahlil qilinadi. Art-terapiya usullari – rasim chizish, ranglar bilan ishlash, kompozitsiyalar yaratish – orqali talabalarda o`z fikir va his-tuyg`ularini ifoda etish, ichki muvozanatni tiklash va shaxsiy o`sishni rag`batlantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Kalit so`zlar: art-terapiya, ruhiy holat, integratsiya, dars jarayoni, pedagogika, psixologiya, talabalar, emotsional barqarorlik. Annotation: This article discusses the integration of art therapy into the learning process and highlights the pedagogical and psychological foundations of stabilizing students’ mental well-being through such integration. It analyzes the positive impact of art, particularly visual art and its therapeutic approaches, in alleviating stress, anxiety, self-awareness issues, and emotional instability commonly experienced by students. Art therapy techniques—such as drawing, working with colors, and creating compositions—are explored as means for students to express their thoughts and emotions, restore inner balance, and foster personal growth. Keywords: Art therapy, mental state, integration, learning process, pedagogy, psychology, students, emotional stability. Kirish: Zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki ularning ruhiy holatini barqarorlashtirish ham dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Bugungi tezkor axborot oqimi, raqobat kuchayishi, mustaqil qaror qabul qilish zarurati, shuningdek, ijtimoiy-psixologik omillar talabalarda turli xil emotsional muammolar, stress, xavotir, o‘z-o‘zini anglashdagi qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Shunday sharoitda ta’lim jarayonida pedagogik va psixologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda yangi integratsion usullardan foydalanish talab etiladi. San’at, xususan tasviriy san’at, shaxsning ichki dunyosini ifoda etish, his-tuyg‘ularini tashqi olamga chiqara olish, ruhiy muvozanatni tiklashda samarali vosita sifatida qadrlanadi. Shu nuqtai nazardan, art-terapiya usullarini dars jarayoniga integratsiyalash nafaqat estetik tarbiyani rivojlantiradi, balki talabalarning psixologik barqarorligini ta’minlashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Art-terapiya
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1076 texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalar o‘z his-tuyg‘ularini ochiq ifoda etish, ichki kechinmalarini boshqarish, shuningdek, shaxsiy o‘sish va ijtimoiy moslashuv jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Nazariy asoslar: Art-terapiya tushunchasi XX asrning o‘rtalarida psixologiya va pedagogika fanlari kesishgan nuqtada shakllangan bo‘lib, uning asosiy mohiyati shaxsning ichki kechinmalari, emotsional tajribalarini san’at vositasida tashqi ifodaga chiqarish va shu orqali ruhiy muvozanatni tiklashga qaratilgan. Tadqiqotchi A. Hill (1945) tomonidan birinchi bor “artterapiya” atamasi ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lib, keyinchalik bu yo‘nalish psixoterapiya va pedagogikaning samarali metodlaridan biri sifatida rivojlanib bordi. 1 Shuningdek, D. Winnicott (1971), R. Arnheim (1974), H. Gardner (1983), E. Eisner (2002) kabi olimlarning ishlari artterapiyaning shaxs rivojlanishidagi ahamiyatini keng yoritib berdi. Nazariy manbalarda ta’kidlanishicha, art-terapiya inson ong ostidagi his-tuyg‘ular, konfliktlar 2 va stress manbalarini vizual shaklda ifoda etish orqali ularni yengillashtiradi hamda shaxsiy o‘sishni rag‘batlantiradi. ixologik nuqtai nazardan, art-terapiya Freud va Jungning psixoanalitik qarashlari bilan uzviy bog‘liq. Freyd nazariyasida san’at insonning ongsiz ehtiyojlarini ramziy tarzda aks ettiruvchi vosita sifatida talqin qilinsa, 3 Jung konsepsiyasida san’at inson ruhiyatining arxetipik obrazlari bilan muloqot qilish imkonini beruvchi jarayon sifatida tushuniladi. 4 Pedagogik nuqtai nazardan, art-terapiyani o‘quv jarayoniga integratsiya qilinishi orqali talabalarning shaxsiy rivojlanishi, ijodiy fikrlashi va emotsional barqarorligini ta’minlash mumkin. Dewey (1934) o‘zining “Art as Experience” asarida san’atni ta’limiy jarayonning ajralmas qismi sifatida ko‘rsatib, u orqali talabalarda refleksiya, his-tuyg‘ularni anglash va ijodiy yondashuvni rivojlantirish mumkinligini ta’kidlagan. 5 Eisner (2002) esa san’at ta’limining asosiy vazifasi o‘quvchilarda estetik sezgirlikni oshirish bilan birga, ularning psixologik va ijtimoiy moslashuvchanligini kuchaytirish ekanini qayd etadi. 6 Shuningdek, Gardnerning (1983) “Ko‘p intellekt nazariyasi” ham art-terapiya usullarining ta’lim jarayonida qo‘llanishini nazariy jihatdan asoslab beradi. 7 Unga ko‘ra, vizual-intellekt va kinestetik-intellekt o‘quvchi yoki talabalarda rasm chizish, shakllar bilan ishlash, ranglar uyg‘unligini anglash jarayonida faol shakllanadi va bu ularning ruhiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Art-terapiya nazariy asoslarida ranglarning psixologik ta’siri ham alohida o‘rin tutadi. Masalan, E. G. Shvarts (1988) tadqiqotlarida ranglarning emotsional kayfiyatni boshqarishda, tashqi va ichki muvozanatni tiklashda samaradorligi ko‘rsatilgan. 8 Shu bois, ranglar bilan ishlash dars jarayonida nafaqat estetik tarbiya vositasi, balki psixologik barqarorlashtirish usuli sifatida ham qimmatlidir. Umuman olganda, art-terapiya nazariy jihatdan quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1 Hill, A. (1945). Art versus illness: A story of art therapy. London: George Allen & Unwin. 2 Konflikt – bu ikki yoki undan ortiq shaxs, guruh yoki insonning ichki dunyosida qarama-qarshi maqsad, manfaat, fikr yoki ehtiyojlarning to‘qnashuvi natijasida yuzaga keladigan psixologik va ijtimoiy jarayondir. 3 Freud, S. (1957). The unconscious. In J. Strachey (Ed. & Trans.), The Standard Edition of the Complete Psychological Works of Sigmund Freud (Vol. 14, pp. 159–215). London: Hogarth Press. (Original work published 1915) 4 Jung, C. G. (1966). Two essays on analytical psychology (2nd ed., R. F. C. Hull, Trans.). Princeton, NJ: Princeton University Press. 5 Dewey, J. (2005). Art as experience. New York: Penguin. 6 Eisner, E. W. (2002). The arts and the creation of mind. New Haven, CT: Yale University Press. 7 Gardner, H. (1983). Frames of mind: The theory of multiple intelligences. New York: Basic Books. 8 Shvarts, E. G. (1988). Psixologiya tsveta [The psychology of color]. Moskva: Prosveshchenie.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1077 1. Emotsional yengillik tamoyili – talabalarning ichki stress va xavotirlarini san’at vositasida chiqarish orqali kamaytirish. 2. Ijodiy ifoda tamoyili – shaxsning o‘z his-tuyg‘ulari va fikrlarini rasm, shakl yoki kompozitsiya orqali aks ettirish imkoniyatini yaratish. 3. Integrativ rivojlanish tamoyili – pedagogik va psixologik jarayonlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi orqali talabaning intellektual, emotsional va shaxsiy rivojlanishini qo‘llabquvvatlash. 4. Profilaktika va korreksiya tamoyili – art-terapiya usullarini nafaqat mavjud muammolarni yengillashtirish, balki psixologik muammolarning oldini olishda ham qo‘llash. Demak, nazariy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, art-terapiyaning dars jarayoniga integratsiyasi talabalarda uchraydigan stress, xavotir va emotsional notinchliklarni kamaytirishda, shuningdek, ularning shaxsiy o‘sishi va ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda ilmiy asoslangan samarali yondashuvdir. Amaliy tajriba: Art-terapiya usullarining dars jarayoniga qo‘shilishi pedagogik va psixologik jihatdan talabalarning ruhiy muvozanatini tiklash, ijodiy faolligini rivojlantirish va shaxsiy o‘sishini rag‘batlantirishda samarali vosita ekanini amaliy tajribalar orqali ko‘rsatmoqda. Dars jarayonida san’at elementlarini qo‘llash — rasmlar chizish, ranglar bilan ishlash, turli shakl va obrazlardan kompozitsiyalar yaratish — talabalar uchun nafaqat ijodiy mashg‘ulot, balki psixologik yengillik manbai sifatida ham xizmat qiladi. Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, art-terapiya usullari muntazam qo‘llanilganda talabalarda quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi: 1. Stressni kamaytirish va emotsional barqarorlikni ta’minlash. Mashg‘ulotlarda ranglar bilan ishlash, erkin chizish usullari talabalarda ichki tanglik va xavotirni kamaytiradi. 2. O‘z-o‘zini anglash va ifoda qilish imkoniyatini kengaytirish. Talabalar rasm va obrazlar orqali ichki his-tuyg‘ularini ochiq ifoda etishga o‘rganadilar, bu esa psixologik yengillikka olib keladi. 3. Muloqot va ijtimoiy moslashuvni rivojlantirish. Guruhiy art-terapiya mashg‘ulotlari talabalarni bir-biri bilan hamkorlik qilish, fikr almashish va bir-birini qo‘llabquvvatlashga undaydi. 4. Ijodiy fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Kompozitsiya yaratish va erkin chizish jarayonida talabalar hayotiy muammolarni badiiy shaklda ifoda etish orqali o‘zida muammoli vaziyatlarni hal qilish malakasini mustahkamlaydi. Masalan, tajriba sifatida bir guruh talabalar bilan “Mening kayfiyatimni ranglarda ifoda et” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazilganda, aksariyat talabalar o‘z kayfiyatlarini ranglar orqali ifodalashga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning ko‘pchiligi kayfiyatini so‘z bilan ifoda etishdan ko‘ra, ranglar orqali yanada to‘liqroq ifoda etganini bildirgan. Bu esa art-terapiyaning shaxsiy tajribalarni ifodalashda qanday kuchli vosita ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, “Kelajakdagi o‘zim” mavzusida kompozitsion rasm ishlash topshirig‘i berilganda, talabalar o‘z orzu va maqsadlarini tasvirlash orqali o‘z shaxsiy rivojlanishi haqida mulohaza yuritish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ushbu amaliy tajriba ularning o‘z-o‘zini anglash darajasini oshirdi va motivatsiyasini kuchaytirdi. Natijalar:Quyida art-terapiya usullarining talabalar yoki o‘quvchilar orasidagi psixologik holatni yaxshilash bo‘yicha olingan aniq tadqiqot natijalari keltirilgan. Ushbu natijalar art-
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1078 terapiyaning stress, xavotir va emotsional notinchlikni kamaytirishdagi samaradorligini ko‘rsatadi. Tadqiqot nomi mualliflar Ishtirokchilar Aralashuv O‘lchov vositasi Natija Situbondo, Indoneziya (2023) 39 o‘quvchi (XI sinf) Rasm chizish art-terapiyasi, onlayn ta’lim davrida HARS, pre/post test O‘rtacha xavotir darajasi 40.97 → 10.41, p=0.000 < 0.05 Janubiy Koreya (2023) 30 bitiruvchi talaba Guruh artterapiyasi, 8 sessiya Stress o‘lchovlari Akademik va acculturative stress sezilarli kamaygan Meta-tahlil (2024) 6 RCT, jami 422 ishtirokchi Turli art-terapiya aralashuvlari Standart testlar Anksiyete SMD −1.42, 95% CI [−2.33, −0.51], p<0.002 Diabetli o‘smirlar (2024) 72 o‘smir (9–18 yosh) 6 haftalik san’at mashg‘ulotlari State Anxiety Inventory Intervensiya guruhida 32.19 ± 2.75; nazorat guruhida 45.13 ± 4.84 Eron (2023) 30 o‘quvchi (15+15) 8 sessiyali artterapiya Shyness & Social Skills Questionnaire Shyness kamaydi, ijtimoiy ko‘nikmalar oshdi, p<0.05 Tadqiqotlar natijasida art-terapiya talabalarda stress, xavotir va emotsional notinchlikni kamaytirishda samarali vosita ekani isbotlandi. Shuningdek, ijtimoiy ko‘nikmalar, uyatchanlik va psixologik farovonlik kabi ko‘rsatkichlarda ham ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Xulosa: Art-terapiya usullarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi talabalarning ruhiy barqarorligini ta’minlashda samarali pedagogik-psixologik yondashuv sifatida o‘z ahamiyatini ko‘rsatmoqda. Tadqiqotlar va amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, rasm chizish, ranglar bilan ishlash va kompozitsiyalar yaratish kabi san’at faoliyatlari talabalar ongida yuzaga keladigan stress, xavotir, emotsional notinchlik holatlarini yengillashtiradi, o‘z-o‘zini anglash jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ichki muvozanatni tiklashga xizmat qiladi. Nazariy asoslar Freyd va Yungning psixoanalitik qarashlaridan tortib Dewey, Eisner, Gardner kabi olimlarning ta’limiy konsepsiyalarigacha bo‘lgan keng ko‘lamli ilmiy qarashlarga tayanadi. Bu yondashuvlar san’atning nafaqat estetik, balki terapevtik va tarbiyaviy funksiyaga ega ekanini ko‘rsatadi. Amaliyotda esa art-terapiya mashg‘ulotlari talabalar orasida ijtimoiy moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik va ijodiy tafakkurni rivojlantirishda samarador natija bermoqda. Natijalar shuni tasdiqlaydiki, art-terapiya asosida olib borilgan mashg‘ulotlar talabalarda shaxsiy o‘sish, o‘z fikr va tuyg‘ularini erkin ifodalash hamda stressni boshqarish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Demak, art-terapiyaning dars jarayoni bilan integratsiyasi nafaqat ta’lim
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1079 samaradorligini, balki talabalarning psixologik farovonligini ta’minlashda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Hill, A. (1945). Art versus illness: A story of art therapy. London: George Allen & Unwin. 2. Works of Sigmund Freud (Vol. 14, pp. 159–215). London: Hogarth Press. (Original work published 1915) 3. Jung, C. G. (1966). Two essays on analytical psychology (2nd ed., R. F. C. Hull, Trans.). Princeton, NJ: Princeton University Press. 4. Dewey, J. (2005). Art as experience. New York: Penguin. 5. Eisner, E. W. (2002). The arts and the creation of mind. New Haven, CT: Yale University Press. 6. Gardner, H. (1983). Frames of mind: The theory of multiple intelligences. New York: Basic Books. 7. Shvarts, E. G. (1988). Psixologiya tsveta [The psychology of color]. Moskva: Prosveshchenie. 8. Dewey, J. (1934). Art as experience. New York: Minton, Balch & Company. 9. Winnicott, D. W. (1971). Playing and reality. London: Tavistock Publications. 10. Abduraxmonov K. – “Tasviriy san`at metodikasi” – o`qituvchilar uchun qo`llanma. 11. G. Orifjonova-“Artterapiya” o‘quv qo‘llanma “Lesson-press” nashriyoti. Toshkent-2020 12. X. E. Sultanov, E. M. Marasulova, Q. Y. Abduxamidov, N. Sh. Alimova – Klaster yondashuvidagi “Art-terapiya” ta`limi fanlar integratsiyasini amalga oshirish omili”. Maqola. 13. Jalolov J. “Pedagogik psixologiya” – o`quvchilarning kasbiy shakillanishi.