O'QUVCHILARNI KREATIV TAFAKKURINI MUSIQA ORQALI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
Abstract
Ushbu maqola bir xil o‘quv yurtlarini o‘qitishni tashkil etish orqali mustaqil fikrlashni shakllantirishning to‘rtta fikrlash uslublarini ochib beradi. Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishlar - qo‘shimcha ta’lim olishning asosiy formalaridan bo‘lib, uning o‘zaro xosligi shundaki, talabalar vaqtdan unumli foydalanishni, mustaqil, ishlash, qarorlar qabul qilishni o‘rganadi. Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishni tashkil etish va o‘tkazishda shunday metodlar mavjudki, ular universal xarakterga ega. Masalan, guruhiy munozaralar, o‘yin asosidagi metodlar, vaziyatlarni modullashtirish, inson sezgilarini rivojlantirish texnikalari, mediativ texnikalar va boshqalar.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1119 O‘QUVCHILARNI KREATIV TAFAKKURINI MUSIQA ORQALI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI 1Azimov Davron G‘ayratovich, 2Rahmonov Boburjon Bahodir o‘g‘li, 3Abdumannonova Mohichehra Hamidullo qizi 1Chirchiq davlat Pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi, 2Musiqa ta’limi yo‘nalishi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17446118 Annotatsiya. Ushbu maqola bir xil o‘quv yurtlarini o‘qitishni tashkil etish orqali mustaqil fikrlashni shakllantirishning to‘rtta fikrlash uslublarini ochib beradi. Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishlar - qo‘shimcha ta’lim olishning asosiy formalaridan bo‘lib, uning o‘zaro xosligi shundaki, talabalar vaqtdan unumli foydalanishni, mustaqil, ishlash, qarorlar qabul qilishni o‘rganadi. Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishni tashkil etish va o‘tkazishda shunday metodlar mavjudki, ular universal xarakterga ega. Masalan, guruhiy munozaralar, o‘yin asosidagi metodlar, vaziyatlarni modullashtirish, inson sezgilarini rivojlantirish texnikalari, mediativ texnikalar va boshqalar. Kalit so‘zlar: Ta’lim, daraxtlarni o‘ylash, muhokama qilish, ta’lim faollashtirish, o‘z-o‘zini o‘ylash. Аноттатция: Данная статья раскрывает четыре стиля мышления, формируемых через организацию обучения в одинаковых учебных заведениях, направленных на развитие самостоятельного мышления. Формирование креативности и компетентности на уроках музыки является одной из основных форм дополнительного образования, особенность которой заключается в том, что студенты учатся эффективно использовать время, работать самостоятельно и принимать решения. Для организации и проведения формирования креативности и компетентности на уроках музыки существуют методы универсального характера. Например, групповые обсуждения, игровые методы, моделирование ситуаций, техники развития чувств человека, медиативные техники и другие. Ключевые слова: образование, мышление деревьев, обсуждение, активация обучения, само рефлексия Abstract: This article reveals four thinking styles formed through organizing teaching in similar educational institutions aimed at developing independent thinking. The formation of creativity and competence in music lessons is one of the main forms of additional education, the peculiarity of which lies in students learning to use time efficiently, work independently, and make decisions. There are methods of a universal nature for organizing and conducting the formation of creativity and competence in music lessons. For example, group discussions, gamebased methods, situation modeling, techniques for developing human senses, meditative techniques, and others.This article descries methods of formation of independent thinking four thinking through the organization of training unhinge educational institutions. Keywords: Training, tree thinking, discussing, education activates, self - thinking.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1120 Kirish. Jamiyatimizda, iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy va ma’naviy - ma’rifiy yo‘nalishlar islohotini 1Prezidentimiz I.A.Karimov asos solgan o‘zbek modelini amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri: mustaqil fikrlovchi, erkin shaxs tafakkurini tarkib toptirishdan iboratdir. Binobarin, shaxsning erkin tafakkurini shakllantirmay turib, demokratik, fuqarolik jamiyatini mustahkamlab bo‘lmaydi. Ushbu ijtimoiy zaruriyat ta’lim tizimi oldiga shaxs tarbiyasi uning ongi, tafakkurini shakllantirishda katta ijtimoiy buyurtmani belgilagan. Demak, uzluksiz ta’lim tizimida shaxsning mustaqil, erkin tafakkurini shakllantirish jarayonining bosh maqsadlaridan biridir. SHunday ekan, talabalarning ijodiy tafakkurini shakllantirish murakkab jarayon bo‘lib, u pedagogdan o‘qituvchi - texnolog kasbiy sifati darajasiga erishishni talab qiladi 1 . Ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagog dastlab ta’lim - tarbiya mazmuniga, ilmiy, zamonaviyligiga, DTSga mosligiga e'tiborni qaratishi lozim. Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishlar - qo‘shimcha ta’lim olishning asosiy formalaridan bo‘lib, uning o‘zaro xosligi shundaki, talabalar vaqtdan unumli foydalanishni, mustaqil, ishlash, qarorlar qabul qilishni o‘rganadi. Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishni tashkil etish va o‘tkazishda shunday metodlar mavjudki, ular universal xarakterga ega. Masalan, guruhiy munozaralar, o‘yin asosidagi metodlar, vaziyatlarni modullashtirish, inson sezgilarini rivojlantirish texnikalari, mediativ texnikalar va boshqalar. Guruhli - munozara - bu metod muammoli savollarni hamkorlikda muhokama etishda qatnashchilarni nazariy va amaliy, ijodiy qatnashchilarni talab etadi. Bunday metodlar masalaning echimiga turli tomonlardan qarashga mo‘ljallanadi, masalani echimiga har bir ishtirokchi alohida fikr bildiradi va shular asosida qandaydir echimga olib kelinadi. Trener munozarani turli savollarni qo‘yish asosida boshqaradi va ularni echim sari boshlaydi. Agar guruh a’zolari biror savolni o‘rtaga tashlasalar, boshqaruvchisiz o‘zlari echimni izlab topishlari ham mumkin. Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirish qoidali tashkil etish bo‘yicha munozara o‘tkazish bilan boshlanishi, guruh deganda nimani tushuniladi, guruhning shakllanishi, qaysi kriteriyalar orqali shakllantiriladi kabi savollar muhokamasi bilan yakunlanishi mumkin. Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishni samarali kechishi yangi ko‘nikmalarni egallash, ijodiy, mustaqil faoliyatning rivojlanishiga olib keladi. • Musiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishda mustaqil ishlarni guruxlarda tashkil etishning o‘ziga xosliklari mavjud. • Bu shaklda talabalar guruhlarga bo‘linib, har bir guruhga aniq, alohida vazifalar beriladi. • Har bir guruh alohida (ya’ni bir xil yoki tabaqalashgan) topshiriqlar ustida ishlaydi. Guruhli mustaqil ishlarni tashkil etishda ayrim talabalarning individual yordamga muhtojliklari sezildi. Shunday vaziyatlarda o‘qituvchi tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lmagan talabalarga yordam berib borishi maqsadga muvofiq 2 . 1 I.A.Karimov. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. Sharq. 1997 2 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” 1997yil.29 avgust.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1121 Bunday o‘quv-biluv faoliyatida guruh a’zolari juda faollik ko‘rsatadilar, o‘z fikr, pozitsiyalarini himoya qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Guruhdagi hamkorlikdagi, kuchli talabalar kuchsiz talabaga yordam berish bilan ularni qo‘llab quvvatlaydi, guruhda ham ijodkorlik vujudga keladi. Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo bo‘ylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, san’at va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy g‘oyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga ba’zan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real ko‘nikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, o‘z navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash ta’siri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, ya’ni har qanday sh axs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega. Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish ta’lim siyosati va pedagogikasida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bodishi mumkin. Xalqaro PISA baholash dasturi bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlardagi kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan to‘xtamga kelishda ko‘maklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin bodgan baholash vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim ko‘nikmani ta’lim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab bodadi. PISA xalqaro baholash dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani qodlab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogdiqdir. Kreativ fikrlashda ta’limning asosiy vazifasi o‘quvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bodadigan ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bodishi kerak bodgan muhim ko‘nikma bo‘lib, bu ko‘nikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan o‘zgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan davrga xos ko‘nikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga ko‘maklashadi. Umuman olganda, bugungi o‘quvchi kelajakda hozir hatto mayjud bo‘lmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi ko‘nikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun o‘z qobiliyat va ko‘nikmalarini, shu jumladan ijodiy iste’dodlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kreativ fikrlash o‘quvchilarning ta’lim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qo‘llab quvvatlaydi 3 . O‘quvchining qiziquvchanligi ta’lim jarayonida qo‘l keladi, ijodiy fikrlash shu tariqa o‘zaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan ta’lim maqsadlari kontekstida ham bu samara beradi. Maktabda o‘quvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha o‘quvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi ta’limning yangi shakllari yo‘lga qo‘yilishi zarur. Bu ayniqsa ta’lim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan o‘quvchilarga yordam berishi mumkin va ular o‘z fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat qiladi. 3 J.G‘.Yo‘ldoshev., F.Yo‘ldosheva., G.Yo‘ldosheva “Interfaol ta’lim -sifat kafolati” Toshkent-2008 yil.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1122 Boshqa ko‘nikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va yo‘naltirilgan yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin. Ba’zi o‘qituvchilarga o‘quvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish o‘quv dasturidagi boshqa fanlar evaziga bo‘layotgandek ko‘rinadi. Aslida, o‘quvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida ko‘r-ko‘rona yodlash o‘rniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi bilan alohida ahamiyatga ega. O‘qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shartsharoitlarni bilishlari va o‘zlari ham o‘quvchilarga fikrlashda ko‘proq ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, o‘z navbatida, o‘qituvchilarga ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ijodiy g‘oyalar bo‘lishi uchun muayyan vaqt talab etiladi. Kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar asosida shakllantirilib, o‘quvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, o‘qiyotgan va yaratayotgan narsalarni ko‘p jihatli malakalar bilan bog‘laydi. Kreativlikni baholash - o‘quvchining qobiliyatlari haqidagi muayyan da’volarni dalilga asoslangan fikrlash jarayonida tahlil etishdir. Umuman olganda, o‘quvchining baholashdagi vazifalarga javobi ushbu fikrlash jarayonida dalilla r bilan ta’minlaydi, psixometrik tahlil esa har bir da’voni tahlil qilish uchun isbotning yetarli ekanligini belgilaydi. PISA baholash dasturidan kreativ fikrlashni baholashning asosiy doirasi sifatida foydalanish mumkin. PISA dasturida 15 yoshli o‘quvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali yechimlar, yutuqlar va tasavvurni ta’sirchan ko‘rinishlarga olib ke ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok etish qobiliyati deb ta’riflanadi. Ushbu tavsif o‘quvchilarning turfa kontekst va ta’lim darajasida g‘oya berish amaliyotida samarali qatnashishni o‘rganishlari kerakligiga, g‘oyaning o‘ziga xosligi va munosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkazmaguncha g‘oyani takomillashtirishga urg‘u beradi. Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi. Demak, kreativlik - layoqat, jarayon va muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali bo‘lgan salmoqli mahsulotni yaratishidir. Ijodiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va san’atkorlik talanti kabi kengroq va maxsus ko‘nikma va qobiliyatlar ham zarur bo‘ladi. Xulosa.usiqa darslarida kreativlik va kompitentlikni shakllantirishlar davomida mavjud bo‘lgan yangi metodlar muhokama qilinadi, o‘rganiladi, ko‘nikmalar hosil qilinadi. O‘zlari shu asosda mustaqil ishlash faoliyatini o‘rganadilar. FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR 1. Karimov, Sh.T. (2020). O'qituvchining psixologik kompetensiyalari: Nazariya va amaliyot. Tashkent: O'zbekiston pedagogika nashriyoti. 2. Thomas, J.M. (2018). Psychological Competencies in Music Teaching. Journal of Music Education, 45(3), 233-245. 3. Ivanova, A.V. (2019). Psikhologiya v muzykal'nom obrazovanii. Moskow: Akademiya. 4. Sagdullaeva, M.T. (2021). Musiqa ta'limining psixologik aspektlari. Tashkent: Sharq
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1123 nashriyoti. 5. Kochergina, T.I. (2017). Psychological Features of Music Education. Music and Psychology Journal, 29(1), 111-120. 6. Medvedeva E.A., Levchenko I.Yu., Komisarova L.N., Dobrovolskaya T.A. Maxsus ta'limdagi badiiy pedagogika va art terapiya: O'quv qo'llanma. tirnoq uchun. o'rtacha va undan yuqori. ped. o'rganish. muassasalar. - M.: Akademiya, 2001.