scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUYUK TARIX PILLAPOYALARIDAN YORQIN KELAJAK SARI!

1Mustafoqulova Farida Fozilovna, 2Soliddinov Shuxriddin G'ayrat o'g'li, 3Mirxosilov Mirsaid Ravshan o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada Chirchiq davlat pedagogika universiteti binosida yaratilgan “So‘nmas yulduzlar” nomli badiiy kompozitsiya tahlil etiladi. Asarda o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi, buyuk allomalar, mutafakkirlar, san’atkorlar va ularning jahon ilm-fani, madaniyati hamda san’atiga qo‘shgan ulkan hissasi ifodalangan. Mualliflar tasviriy san’at vositalari orqali milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, ustoz-shogird an’analarini estetik talqin etgan holda yosh avlodda vatanparvarlik va ma’naviy yuksaklik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadini ilgari suradilar. Asarda rang va naqsh uyg‘unligi, ramzlar tizimi va obrazlarning badiiy ifodasi yuksak did bilan yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1153 BUYUK TARIX PILLAPOYALARIDAN YORQIN KELAJAK SARI! 1Mustafoqulova Farida Fozilovna, 2Soliddinov Shuxriddin G'ayrat o'g'li, 3Mirxosilov Mirsaid Ravshan o‘g‘li 1,2,3Chirchiq davlat pedagogika universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17446211 Аннотация. Mazkur maqolada Chirchiq davlat pedagogika universiteti binosida yaratilgan “So‘nmas yulduzlar” nomli badiiy kompozitsiya tahlil etiladi. Asarda o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi, buyuk allomalar, mutafakkirlar, san’atkorlar va ularning jahon ilm-fani, madaniyati hamda san’atiga qo‘shgan ulkan hissasi ifodalangan. Mualliflar tasviriy san’at vositalari orqali milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, ustoz-shogird an’analarini estetik talqin etgan holda yosh avlodda vatanparvarlik va ma’naviy yuksaklik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadini ilgari suradilar. Asarda rang va naqsh uyg‘unligi, ramzlar tizimi va obrazlarning badiiy ifodasi yuksak did bilan yoritilgan. Kalit so‘zлар: tasviriy san’at, tarixiy meros, milliy qadriyatlar, kompozitsiya, allomalar, estetik tarbiya, ustoz-shogird an’anasi, madaniyat, badiiy ramz, pedagogik ahamiyat. Аннотация. В статье анализируется художественная композиция «Несгораемые звёзды», созданная в здании Чирчикского государственного педагогического университета. Произведение отражает богатое историко-культурное наследие узбекского народа, великих мыслителей, учёных, художников и их вклад в развитие мировой науки, культуры и искусства. Авторы через средства изобразительного искусства передают национальные ценности, историческую память и традиции наставничества, формируя у молодёжи чувство патриотизма и духовного возвышения. В работе подчеркнута гармония цвета и орнамента, символическая система и художественная выразительность образов. Ключевые слова: изобразительное искусство, историческое наследие, национальные ценности, композиция, учёные, эстетическое воспитание, традиция наставничества, культура, художественная символика, педагогическое значение. Annotation. This article analyzes the artistic composition “Eternal Stars” created at Chirchiq State Pedagogical University. The artwork reflects the rich historical and cultural heritage of the Uzbek people, depicting great scholars, thinkers, and artists whose contributions have significantly influenced world science, culture, and art. Through visual art techniques, the authors interpret national values, historical memory, and the mentor-apprentice tradition, aiming to foster patriotism and spiritual growth among students. The composition is distinguished by its harmony of colors and ornaments, symbolic imagery, and aesthetic depth. Keywords: visual arts, historical heritage, national values, composition, scholars, aesthetic education, mentor-apprentice tradition, culture, artistic symbolism, pedagogical significance. Chirchiq davlat iedagogika universiteti o‘quv binolaridan birining kirish qismida inson ko‘zini quvontiradigan san’at asari yaratilgan. Bu asar insoniyat tarixini, xususan turkiy xalqlar INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1154 tarixi, tamadduni yaralishidan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyotni o‘zida aks ettirgan. Ushbu san’at asarining yuqori qismida bir-biriga qarab turgan qizg‘ish zarhal sher tasviri mavjud va ularning orqasida quyosh charaqlab turibdi. Asarda O‘rta Osiyo me’morligida ko‘p uchraydigan qo‘sh uslubdan foydalanilgan. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko‘zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli yog‘du bilan hoshiyalangan. Bu Samarqandda XVII asrda ashtarxoniylar davrida ma’rifatparvar va saxovatpesha hokim Yalangtush Bahodirning bevosita tashabbusi va farmoni bilan Registon maydonida qurilgan hashamatli inshoot - Sherdor madrasasidagi tasvir bilan monand. Asarda tasvirlangan “Avesto” xalqimiz tarixining qadimiyligiga ishora. “Avesto” - o‘z mazmuni, mohiyatiga ko‘ra yakkaxudolik, insonparvarlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g‘oyalarini tarannum etgan, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas, asl durdona asar. “Avesto” kitobi miloddan avvalgi so‘nggi ming yillik boshlari va o‘rtalarida hududimizda yashagan qadimgi xalqlarning o‘ziga xos turmush tarzi, xo‘jalik mashg‘uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari, marosimlari haqida ma’lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir. Tasvirning yuqori o‘ng burchagida Kushon podsholigi ramzini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek davlatchiligi tizimidagi qadimiy davlat (milodiy 1-3-asrlar). "Kushon" atamasi sulola yoki qabilaga tegishli bo‘lib, u ilk bor miloddan avvalgi I asr oxiri – milodiy I asr boshida hukmronlik qilgan podshoh "Geray" – Sanab zarb qildirgan tangalarda qo‘llangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda O‘zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-sharqidagi yerlar) kirgan. Polotnoning markazida jahon ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan qomusiy olimlar va ularning izdoshlari va shogirdlarini ko‘rishimiz mumkin. Al Beruniy – Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarga oid qomusiy asarlar muallifi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1155 Beruniy O‘rta Sharqda ilk bor Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan. Beruniyni o‘rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Amerikalik tarixchi Djordj Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo‘lardi”, degan. Beruniyning fikricha, tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o‘zgaradi, bu qonuniyatlarni esa faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin. Beruniy Quyosh Yer atrofida yemas, balki Yer uning atrofida aylanishini tasdiqlab, Ptolomeyning dunyo geosentrik tizimini ma’qullashga doir barcha gumonlarga nuqta qo‘ygan. Beruniyning ilmiy merosi 150 ta asarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya, minerologiya, tarix, etnografiya, filologiya va falsafaga doir. Al Husayn Ibn Abdulloh ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino - buyuk olim, tabib, musiqachi. O‘rta Osiyo va Eronda yashagan, turli hukmdorlar paytida tabib va vazir bo‘lgan. Ibn Sino risolalari Sharq hamda G‘arbda bag‘oyat mashhur. “Tib qonunlari” nazariy va klinik meditsina ensiklopediyasi – yunon, rum, hind hamda o‘rta osiyolik tabiblar nuqtai-nazari jamlanmasi – bir necha asr davomida, hatto Yevropada ham zarur qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Xorazmiy dunyo faniga g‘oyat katta hissa qo‘shdi. U algebra fanining asoschisi bo‘ldi. “Algebra” so‘zining o‘zi esa uning “Al-kitob al-muxtasar fi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1156 hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo‘lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallarning Ovro‘poda tarqalishiga sabab bo‘ldi. Olimning “alXorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy o‘rnashib qoldi. Forobiy jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Forobiy uning taxallusi bo‘lib, to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon – o‘rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bog‘liq. Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug‘lanib, “Al-Muallim as-soniy” –“Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan. Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan. Forobiy o‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. Asarda Mirzo Ulug‘bek tasvirini o‘zgacha qiyofada ko‘rishimiz mumkin. Ulug‘bek Mirzo yoshligidanoq bobosi Amir Temur saroyida tarbiyalanib, saroyga yig‘ilgan olimu fuzalolar ta’sirida ilm-fanga qiziqadi. Ulug‘bek Mirzo Movarounnahr hukmdori etib tayinlangach, ko‘p vaqtini Samarqandda o‘tkazgan. Ulug‘bek shu qadar kichik yoshida ulkan bir mamlakatning sultoni bo‘lib, to umrining oxirigacha mamlakatning sultoni bo‘lgan. Ulug‘bek aslida ulug‘ olim va bunyodkor kishi bo‘lib, u mamlakatda ilm-fan ravnaqiga katta e’tibor berilgan. Uning davrida Samarqand Sharqning eng gullagan madaniyat o‘chog‘iga aylangan. Dunyo astronomiyasi taraqqiyotini Mirzo Ulug‘bekning xizmatlarisiz tasavvur etish qiyin. Movarounnahrda qirq yil hukmronlik qilgan sultonning ilm-fan uchun alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, madrasalar barpo etishi, Samarqandda yirik astronomiya maktabiga asos solishining o‘zi tarix oldidagi katta xizmatidir. Ulug‘bek tashabbusi bilan 1424-1428 yillar mobaynida Samarqand shimolida Obirahmat arig‘i bo‘yidagi Ko‘hak tepaligi bag‘riga bunyod etilgan jahonga mashhur rasadxona o‘z davrida osmon jismlarini o‘rganuvchi eng yirik inshoot hisoblangan. Ushbu tarixiy obida orqali kuzatishlar asosida 1437 yilda dunyoga mashhur "Ziji jadidi Ko‘ragoniy" asari yaratildi. Kitobda Samarqand observatoriyasidan 1018 ta yulduz joylashuvi aql bovar qilmas aniqlikda belgilanganligi qayd etilgan. E’tibor qilsangiz, polotnoning yuqori o‘ng burchagida Ulug‘bek rasadxonasidagi astronomik kuzatishlarni olib boradigan asosiy asbob – sekstant joylashgan. Sekstant (lot. sextans – oltinchi) – ufq ustidagi osmon yoritqichlarining balandligini belgilash yoki kuzatuvchi joyi koordinatalarini aniqlash maqsadida ko‘rinadigan jismlar orasidagi burchaklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan ko‘zguli qaytargichli asbob. Uning yordamida 140° gacha burchaklarni o‘lchash mumkin. Sakstantning ishi yorug‘likning yassi ko‘zgulardan qaytish qonuniga asoslangan. Asosan, korpus, kuzatuv trubkasi (optik trubka) va shkaladan iborat. Sekstant qadimdan ko‘pgina rasadxonalarda (masalan, Ulug‘bek rasadxonasida) qo‘llanib kelgan. Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiyning zamondoshi bo‘lgan tarixchi Xondamir qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi. Navoiy o‘z she’riyati orqali o‘zbek adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Navoiyning nazmi mavzusining kengligi hamda janrining xilma-xilligi bo‘yicha undan oldingi o‘zbek adabiyotini ortda qoldiradi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1157 Kamoliddin Behzod (1455 -1535) – Hirotning yirik rassomchilik maktabi ustalaridan biri bo‘lgan fors rassom-miniatyurachisi. G‘arbda “Sharq Rafaeli” deb tan olingan. Behzod ijodi tirik shaxsga murojaat, tabiatni anglash va inson hamda hayvon tanasining tirik harakatini yetkazib berish bilan ifodalanadi. Kompozitsiyalarni tuzishda u o‘tmishdoshlari tomonidan tuzilgan an’anaviy chizmalardan foydalangan va ushbu kompozitsiya tizimining qonunlashtirilgan chizmalari asosida “tugallanganligi, kompozitsiyalarining mukammalligi, qahramonlarning tirik surati, g‘oyaviy fikrining kengligi bilan hayratga soluvchi” betakror asarlar yaratgan. Asarning quyi qismiga ko‘z tashlasak, go‘yoki buyuk tarix pillapoyalaridan yorqin kelajak sari qadam tashlayotganday ko‘rinadi. Bunda dunyo ilm-fani, madaniyati adabiyoti va san’atiga munosib hissa qo‘shgan o‘zbek jadidchilik harakati nomoyondalari, yozuvchilari, bastakorlari, rassomlarini ko‘rishimiz mumkin. Abdulla Qodiriy - yorqin, barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi. Qodiriyning asarlari o‘zbek xalqi hayotiga bag‘ishlangan. Abdulla Qodiriydagi tarixiy mavzuga bo‘lgan qizqishi o‘z xalqining o‘tmishini tushunishga bo‘lgan intilishi, uning sabri, mehnatkashligi, xalqning ozodlik va mustaqillik sari qahramonona kurashi bilan izohlanadi. Bastakor, xonanda va sozanda, akademik Yunus Rajabiy 1897 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Yunus Rajabiy avvalo keng madaniy jamoatchilikka o‘tkir shirali ovozga yega bo‘lgan iste’dodli xonanda sifatida tanilgan edi. Xonandalikni bastakorlik bilan baqamti olib borgan san’atkor o‘zbek musiqali drama janrida samarali ijod qilib, kuylar, qo‘shiqlar, raqs kuylari, xor asarlari yozdi. Jalolov Bahodir Fazliddinovich – 1948 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rangtasvir ustasi, O‘zbekiston xalq rassomi. Ijodini portretlar yaratish bilan boshlagan. Portretlarida kishilarning kasbi haqida tasavvur beruvchi holatlar aks ettirilgan, ijodiy mehnat jarayoni, chuqur psixologik holat mahorat bilan ko‘rsatilgan. Asardagi globus o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Dunyo ilm-fanining taraqqiyotida xalqimiz allomalarining beqiyos xizmatlari aks etgan. Globus (lot. globus — shar, kurra) — Yer sharining modeli, uning kichik masshtabdagi sharsimon nusxasi. Globus yasash tarixi uzoq o‘tmishdan boshlangan. Sharqda dastlabki ilmiy globusni Xorazmda Abu Rayhon Beruniy 1016 yilda yasagan. Polotnoda madrasalar ham o‘ziga xos shaklda berilgan. Madrasa (arab, darasa—o‘rganmoq) — musulmonlarning o‘rta va oliy o‘quv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida davlat organlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. Madrasalarda milliy ziyolilar tayyorlangan. Madrasalarga maktabxonani tugatganlar qabul qilingan. Madrasalar musulmon olamida me’morlik inshooti sifatida 10-11 asrlarda vujudga kelgan. San’at asarida naqqoshlik va xattotlikning ham betakror ifodalanganini ko‘rishimiz mumkin. Naqqoshlik, naqshkorlik — amaliy san’atning qadimgi sohasi; naqsh yaratish kasbi. Naqqosh usta qog‘ozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi, andoza tayyorlaydi. Naqqoshlar o‘tmishda xalq ustalarining eng bilimdon, iste’dodli qismini tashkil etgan, ular ustodlarda ta’lim olgan, turli fanlar (adabiyot, musiqa, tarix, kimyo, matematika)ni yaxshi bilgan. O‘rta Osiyo hududidagi me’moriy yodgorliklar, arxeologik qazilmalar naqqoshlikning bu yerda qadimdan rivojlanganligini ko‘rsatadi. Xattotlik (arab. – husnixat yozuvchi), kalligrafiya – yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobatlarini yaratish kasbi. Yozuvning paydo bo‘lishi natijasida INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1158 yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli xattotlikning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo‘lyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko‘paytirish bilan xattotlar shug‘ullangan. Asarda xalqimiz tarixini aks ettirgan tangalarni ham ko‘ramizki, bu xalqimiz davlatchiligining qadimiyligiga ishora. Tangalar metall (oltin, kumush, mis; hozirgi vaqtda misning turli qotishmalari, nikel va aluminiy)dan yasalgan pul birligi, muomala va to‘lov vositasi. Qadimgi tangalar hukmdorning tasviri, unvoni, ismi, gerbi va tanga chiqqan davlat va shaharning nomi, yili bilan zarb qilingan. O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar miloddan avvalgi 6 asrda zarb etilgan. Ushbu san’at asarida ranglarning o‘z o‘rnida ishlatilganligi va g‘oyat nafis did bilan bajarilganligi mo‘yqalam sohiblarining yuksak mahoratidan dalolat beradi. Asardagi naqshlar o‘zgacha bezakni namoyon etgan. Naqshlarga xalqimiz tarixida qo‘llangan xattotlik san’ati uyg‘unlashib ketgan. Butun kompozitsiyasi zangori asosda bo‘lib, firuza va zarhal bo‘yoqlar bilan tasvirlangan. Shuningdek, gullab turgan daraxt tasvirida hayot davomiyligini, ustoz-shogird an’analarining qadimiyligini ko‘rishimiz mumkin va bu bir-biriga chirmashib ketgan novdalar, ochilib turgan oq gullarda ifodalangan. Bunga tovus o‘zgacha ruh bag‘ishlagan. Bu xalqimizning buyuk allomalari, ularning izdoshlari tomonidan buyuk tarix pillapoyalaridan yorqin kelajak sari qadam tashlayotganday ko‘rinadi. Xulosa. «So‘nmas yulduzlar» kompozitsiyasi tasviriy asar sifatida milliy manfaat va tarixiy xotirani uzviy birlashtirgan. Unda ulug‘ tariximizga oid buyuk insonlar va milliy qadriyatlarimiz ramzlari uzviylikda aks ettirilgan. Kompozitsiyadagi estetik uslub, milliy naqshlar, allomalar va zamonviy shaxslar obrazi va ma’naviy yondoshuv milliyligimizga nisbatan buyuk hurmatva faxr tuyg‘ularini ko‘rsatadi. Ustoz va shogirdlarning birgalikda yaratgan ushbu asari universitetimizda talabalar uchun ta’limiy-tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi. ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР 1. UNESCO World Heritage Centre. Sher-Dor Madrassah [Электрон ресурс]. URL: https://visitworldheritage.com (кўрилган сана: 15.09.2025)visitworldheritage.com. 2. La Maison de l’Ouzbékistan. Fine Arts in Uzbekistan [Электрон ресурс]. URL: https://www.maisonouzbek.com (кўрилган сана: 15.09.2025)maisonouzbek.com. 3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Конституция (1992, soʻnggi oʻzgartirishlar 2011 йилда киритилган)constituteproject.org. 4. “Сўнмас юлдузлар” санъат асари тафсилотлари [Электрон ресурс]. Чирчиқ давлат педагогика институти, 2022.