scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ASARLAR BILAN TANISHTIRISH VAZIFALARI VA BOSQICHLARI

Safarova O'raloy Abdurashid qizi

Abstract

Ushbu maqolaning maqsadi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta'limtarbiyasida, ularni estetik jihatdan tarbiyalashda badiiy adabiyotining o'rni vaahamiyatini, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining o’sishidabolalar adabiyotining o'ziga xos xususiyatlar hamda shakllarini tahlil qilishdan iboratdir.Badiiy adabiyot maktabgacha yoshdagi bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishningeng muhim vositalaridan biri ekanligi, badiiy asarning mazmuni bolaningdunyoqarashini kengaytirishi, makyabgacha yoshdagi bolalarda badiiy asarga qiziqishnishakllantirsh, kitobga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalashda kitobningroli katta ekanligi keltirilgan.Bundan tashqari badiiy asarlarning vazifalari vabosqichlarini tushuntirishdan iborat

Full text

https://intconf.online/ AMERICAN SCIENTIFIC CONFERENCE 2025 September 536 MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ASARLAR BILAN TANISHTIRISH VAZIFALARI VA BOSQICHLARI Safarova O’raloy Abdurashid qizi TerDPI magistranti [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolaning maqsadi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta'lim tarbiyasida, ularni estetik jihatdan tarbiyalashda badiiy adabiyotining o'rni va ahamiyatini, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining o’sishida bolalar adabiyotining o'ziga xos xususiyatlar hamda shakllarini tahlil qilishdan iboratdir. Badiiy adabiyot maktabgacha yoshdagi bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biri ekanligi, badiiy asarning mazmuni bolaning dunyoqarashini kengaytirishi, makyabgacha yoshdagi bolalarda badiiy asarga qiziqishni shakllantirsh, kitobga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalashda kitobning roli katta ekanligi keltirilgan.Bundan tashqari badiiy asarlarning vazifalari va bosqichlarini tushuntirishdan iborat. Tayanch so’zlar: badiiy obraz, badiiy adabiyot, nutq, ertak , hikoya , axloqiy-estetik, xalq og’zaki ijodi, adabiyotlar tanlovi, tabiat kitoblarti, o’qish , hikoya qilish. KIRISH. Mamlakatimizda ertangi kun egalari bo‟lmish yosh avlod ta‟lim va tarbiyasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to’risida”gi Qonunida ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. Yurtimizda xalqimizning ko’p asrlik ezgu orzulari ro’yobga chiqayotgan bugungi kunda madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilishi zarur bo„lgan dolzarb vazifalardan biri bolalarni yoshligidanoq-yani maktabgacha ta‟lim yoshidanoq har tomonlama bilimli qilib tarbiyalashdan iboratligi barchamizga ayondir. “Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e’tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo’lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak” –degan edi yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev.Binobarin, mustaqil fikr yuritadigan, to’g’ri va halol, jasur avlodni tarbiyalash davrimizning dolzarb muammolaridandir. Ha, bunday yoshlar kamolotida, albatta, badiiy adabiyot, https://intconf.online/ AMERICAN SCIENTIFIC CONFERENCE 2025 September 537 xususan, bolalar adabiyoti katta rol o’ynaydi. Chunki, kichkintoylar alla, qo’shiq, maqol, masal, topishmoq, tez aytish, ertak eshitib, o’qib kamol topadilar. Bu janrlar vositasida ularning qalblari nurga to’ladi,hayotga intilish, qiziqish hislari jo’sh uradi. Ma’naviy tomondan ham yuksala boradilar. Kitobxonlikka mehr uyg’otish, bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan jarayondir. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtli matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg’otish orqali o’tkazish, ta’lim –tarbiya berishda alohida o’rinni egallaydi. Adabiyot fanining asosiy vazifasi o’quvchilarga faqat bilim berishgina emas, balki tarbiyalashdan ham iborat. Bolalarda abiyotini o’qitishda didaktikaning roli xususida fikr yuritish mazkur ishimiz mavzusining dolzarbligini belgilaydi.Shunga ko’ra, bolalarga atalgan badiiy asarlar ularning xarakter xususiyatlarini to’la namoyon qilishi bilan bir qatorda pedagogika va psixologiya fanlari bilan uzviy aloqada bo’lishi, demakki, muayyan ma’rifiy -estetik g’oyani ilgari surish lozim. Badiiy adabiyotining yana bir muhim xususiyati uning pedagogika bilan mahkam bog’langanligidadir. Bolalar adabiyoti talablari bilan birga pedagogika talablariga ham alohida e’tibor berilishi lozim. Ana shu talablar asosida yaratilgan g’oyaviy -badiiy yuksak asarlar bolalar uchun eng qimmatli kitoblar hisoblanadi. Zero pedagogika bilan bolalar adabiyotining maqsad va vazifalari mushtarak: yosh avlodga chinakam aqliy - axloqiy estetik va jismoniy tarbiya berishdir. Bolalar yozuvchilari bolalarga mos, ularni qiziqtiradigan va ulkan ishlarga otlantiradigan asarlar yozib, yorqin, kuchli badiiy obrazlar yaratib, yosh avlodning ongi, xarakteri va irodasini o‟stirib chiniqtirishda va har qanday qiyinchiliklarni yenga oladigan, mehnatsevar kishilar qilib tarbiyalashda xalqqa, davlatimizga katta yordam berishlari kerak. Hozirgi zamon bolalar adabiyotining eng yaxshi asarlari katta badiiy kuchi, boy, ravon, obrazli va ifodali tili bilan ajralib turadi. Shu sababli bunday asarlar kitobxonning sevimli do’stiga, hamrohiga aylanib qoladi. Insonni bolalarga avvalo buyuk qahramon, noma’lum mamlakatlarni kezgan qo’rqmas sayyoh, afsonaviy pahlavon, haqiqat uchun kurashuvchi, o’z orzu -umidlariga sodiq, irodali qilib ko’rsatish kerak. Barcha yozuvchilarning eng yaxshi asarlari bolalarni atrofdagi hodisalarga to’g’ri baho berishga o’rgatadi, kishilarimizning yuksak ma’naviy sifatlarini ko’rsatadi, bolalarni ona Vatanga, mehnatga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalaydi. Kitob bolalarga hayotni o’rgatuvchi haqiqiy muallim bo’lishi uchun ularning kitobxonligini to’g’ri tashkil qilish kerak. Bolalar tarbiyachidan eshitgan kitoblar yuzasidan o„qituvchining rahbarligida turlimulohazalar, muhokamalar, kitobxonlar konferensiyasi o’tkazib turish katta foyda keltiradi. O’qituvchi va tarbiyachilarning bolalar adabiyotidan foydalana bilishlari, maktabda va bog’chada ta’lim -tarbiya ishlarining sifat va samarasini yanada oshiradi. https://intconf.online/ AMERICAN SCIENTIFIC CONFERENCE 2025 September 538 Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida tarbiyachilarning oldiga yangicha kasbiy va shaxsiy sifatga ega bo‘lish vazifasi qo‘yilmoqda. Shunday ekan, tarbiyachilardan bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning turli yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashishlari talab etiladi. Shu bilan birga, tarbiyachi adabiy yangiliklardan xabardor bo‘lishi, bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan yaxshi nashriyotlarni bilishi, ijodiy yondashuv va tarbiyachi sezgisidan foydalanishi kerak. Badiiy adabiyot esa maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsini har tomonlama rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biri. Badiiy asarning mazmuni bolaning dunyoqarashini kengaytiradi, uni shaxsiy kuzatishlar doirasidan tashqariga olib chiqadi, buning uchun ijtimoiy voqelikni ochib beradi: odamlarning mehnati va hayoti, buyuk ishlar va jasoratlari, bolalar o‘yinlari olamidagi voqealar haqida hikoya qiladi. Badiiy so‘z tilning chinakam go‘zalligini yaratadi, asarga hissiy rang beradi, tuyg‘u va fikrlarni charxlaydi, ta’sir qiladi, hayajonlantiradi, tarbiyalaydi .Taniqli pedagog V.A. Suxomlinskiyning fikricha, “kitob o‘qish aqlli, fikrlovchi tarbiyachi uchun bolaning yuragiga yo‘l topishga yordam beradigan so‘qmoq yo‘lga o‘xshaydi”. So‘qmoq yo‘ldan yurish esa har doim ham oson kechmaydi. Shu sababli bu jarayonni asta-sekin, biroq izchil tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Psixologlarning fikriga ko‘ra, bolalarning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik kamol topishida ikki muhim davr ko‘zga tashlanadi. Bular: a) 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davr; b) 5 yosh va undan keyingi davr. Qiziqish bevosita shaxsning atrof-borliqqa bo‘lgan ijobiy yoki salbiy mazmundagi shaxsiy munosabati tadqiqotchilarning [4] e’tirofiga ko‘ra, qiziqish – subyekt va obyekt o‘rtasidagi hissiy-anglash mohiyatiga ega munosabat bo‘lib, u ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin. A.V. Petrovskiy esa qiziqishni yagona ehtiyoj bilan bog‘liq bilish xarakteridagi kognitiv-motivatsion holat deb hisoblaydiKatta va maktabga tayyorgarlik guruhlarida janr va mavzularning xilma-xilligi tufayli kitob burchagining mazmuni yanada ko‘p qirrali bo‘ladi. Bolalarning adabiy rivojlanishida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, badiiy adabiyotlar ro‘yxati turli mualliflar, turli mavzular va turli janrlar, shuningdek, bolalar jurnallari orqali kengaytiriladi. Bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish – o‘qish, hikoya qilish, mazmuni bo‘yicha suhbatlar, https://intconf.online/ AMERICAN SCIENTIFIC CONFERENCE 2025 September 539 rasmlarga qarash – badiiy asarning harakatlariga va qahramonlariga hissiy munosabatni rivojlantiradi. Kitob tanlashda quyidagi fazilatlarga e’tibor berish lozim: 1. Kitob rasmlarga, go‘zallik, hazil va fantaziyaga boy bo‘lishi; 2. Kitob bolaning yoshi va qobiliyatiga mos bo‘lishi; 3. Kitob bolaga yoqishi; 4. Kitobda hissiy ta’sir kuchining mavjudligi; 5. Kitob yaxshi yozilgan bo‘lishi; Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlashda badiiy so'z katta o'rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she'r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko'radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o'zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go'zalligi, tilning ifodaliligi, she'riy so'zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya - buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi. Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o'sishiga ta'sir ko'rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o'lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko'rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o'yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, histuyg'ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko'rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to'g'rinoto'g'ri deb, o'zlariga xos bir yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do'stlik, halollik, mehnatsevarlik, o'rtoqlik namunalarini ko'rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she'rlarning musiqaviyligi, tilning o'tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so'z qudratini his etadilar, uncha katta bo'lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she'rlarini tez va osongina eslab qoladilar. Badiiy so'zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog'chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o'tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo'lib qoladi. Xalq og'zaki ijodi - ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo'shiqlarning ko'plari uzoq o'tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan https://intconf.online/ AMERICAN SCIENTIFIC CONFERENCE 2025 September 540 voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi. Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo'lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg'anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo'lishga majbur etadi. Xulosa òrnida takidlash lozimki , badiiy adabiyotni xulq-atvorni òrganish, vositasida ishlatgan holda, tarbiyachi insoniy tuyg‘ular va axloqiy g‘oyalarni shakllantirish uchun asarlarni tanlash va badiiy asarlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish uchun alohida e’tibor berishi kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. A.K.Xamrayevna . Maktabgacha yoshdagi bolalarga talim-tarbiya berishda innovatsion texnologiyalarini qollash asosida bolalarning ijodiy faolligini oshirish samaradorligi // - Innovation in the modern education system, 2023.-B.62-66 2. KX Allaberdieva.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni shakllantirishning neyropedagogik imkoniyatlari // Innovatsii v pedagogike i psixologii, 2020. SI-2№ 3 3. КХ Аллабердиева.Особенности развития творческих способностей в дошкольном возрасте // Вопросы педагогики 2019. –ст.19-22 4. D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazriyasi va metodikasi” – T.: “Barkamol avlod fayz”, 2018. 5. D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazriyasi va metodikasi” – T.: “TDPU” 2017.