scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA MUSIQANING O'RNI

Salimova Sevara Asqar qizi

Abstract

Ushbu maqola "O‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali yo‘llari" mavzusini o‘rganadi. Maqolada milliy qadriyatlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlar, madaniyat, an’ana va tarbiya elementlarini birlashtirgan holda, o‘quvchilarda vatanparvarlik, axloqiy fazilatlar va madaniy identifikatsiyani shakllantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada o‘qituvchilar va tarbiyachilarning roli, ta’lim dasturlarida milliy qadriyatlarni integratsiya qilish usullari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar haqida ma'lumot beriladi. Natijada, maqola o‘quvchilarning milliy qadriyatlar asosida tarbiyalanishi uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni taklif etadi va bu jarayonning ijtimoiy ahamiyatini ta'kidlaydi. Ushbu tadqiqot, kelajak avlodni sog‘lom va ma'naviy jihatdan yetuk shaxslar sifatida tarbiyalashga hissa qo'shishni maqsad qiladi.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 295 O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA MUSIQANING O‘RNI Salimova Sevara Asqar qizi https://doi.org/10.5281/zenodo.17447001 Annotatsiya. Ushbu maqola "O‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali yo‘llari" mavzusini o‘rganadi. Maqolada milliy qadriyatlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlar, madaniyat, an’ana va tarbiya elementlarini birlashtirgan holda, o‘quvchilarda vatanparvarlik, axloqiy fazilatlar va madaniy identifikatsiyani shakllantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada o‘qituvchilar va tarbiyachilarning roli, ta’lim dasturlarida milliy qadriyatlarni integratsiya qilish usullari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar haqida ma'lumot beriladi. Natijada, maqola o‘quvchilarning milliy qadriyatlar asosida tarbiyalanishi uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni taklif etadi va bu jarayonning ijtimoiy ahamiyatini ta'kidlaydi. Ushbu tadqiqot, kelajak avlodni sog‘lom va ma'naviy jihatdan yetuk shaxslar sifatida tarbiyalashga hissa qo'shishni maqsad qiladi. Kalit so‘zlar: tarbiya, ta’lim, o‘quvchi, o‘qituvchi, pedagogika, qadriyat, tarix, san’at, xalqa og‘zaki ijodi, shaxs, asr. Аннотация. В данной статье рассматривается тема «Эффективные способы воспитания учащихся на основе национальных ценностей». В статье анализируется роль национальных ценностей в образовательном процессе, их значение в личностном и социальном развитии учащихся. Сочетая элементы национальных ценностей, культуры, традиций и воспитания, рассматриваются эффективные методы формирования патриотизма, нравственных качеств и культурной идентичности у учащихся. В статье также представлена информация о роли учителей и воспитателей, методах интеграции национальных ценностей в образовательные программы и современных педагогических подходах. В результате в статье предлагаются стратегии, необходимые для воспитания учащихся на основе национальных ценностей, и подчеркивается социальная значимость этого процесса. Данное исследование направлено на содействие воспитанию будущего поколения здоровыми и духовно зрелыми личностями. Ключевые слова: воспитание, образование, ученик, учитель, педагогика, ценность, история, искусство, народное устное творчество, человек, век. Abstract. This article examines the topic "Effective ways of educating students based on national values". The article analyzes the role of national values in the educational process, their importance in the personal and social development of students. Combining elements of national values, culture, traditions and upbringing, effective methods of forming patriotism, moral qualities and cultural identity in students are considered. The article also provides information on the role of teachers and educators, methods of integrating national values in educational programs and modern pedagogical approaches. As a result, the article offers strategies necessary for educating students based on national values and emphasizes the social significance of this process. This study aims to contribute to the upbringing of the future generation as healthy and spiritually mature individuals. Keywords: upbringing, education, student, teacher, pedagogy, value, history, art, folk oral creativity, person, century. Oktabr, 2025-Yil 296 Kundalik hayotimizda, jamiyatimizning madaniyatini vujudga keltirishda, uning ma’naviy hayotida, davrimizga munosib har tomonlama barkamol badiiy didli, sog’lom fikrli yoshlarni tarbiyalash voyaga yetkazishda musiqa san’atining o’rni ahamiyatli bo’lib kelmoqda. Jumladan, chet el, o’zbek musiqa madaniyatining poydevorini vujudga keltirishda mehnatkash xalq tomonidan yaratilgan kuy va qo’shiqlar kishi qalbini o’ziga rom qilib, asrlash osha xalq uchun ilhom manbai bo’lgan va insonlarga ma’naviy ozuqa berib kelgan. Xalqimiz o’zlarining bebaho musiqa durdonalarini yaratgani, bu asarlar hozirgi milliy musiqamizga asos bilan bir qatorda, doimo go’zallikka tashnalik sezgan inson qalbi to’ridan o’rin olib kelmoqda. Inson qalbi go’zallikka tashnalik sezish bilan bir vaqtda go’zallik muhitidan o’ziga oladi va shakllanadi. San’at kishilarga faqatgina ma’naviy ozuqa berib qolmasdan jismoniy kamolotga erishuvida ham muhim rol o’ynaydi. Musiqaning keng ta’sirchan tarbiyaviy imkoniyatini o’rta asr mutafakkirlari A.N.Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Alishe’r Navoiy va boshqalar yuqori baholashgan. Ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alishe’r Navoiy asarlarida tambur, rubob, g’ijjak, nay, karnay, surnay kabi ko’pgina cholg’ularning nomlari qayd qilinadi. Bular o’rta asrlarda kashf etilgan. Navoiy buyuk shoir, mutafakkir olimmusiqachi, tarixchi, pedagogik va mashhur davlat arbobi bo’lgan. Shoir o’z asarlarida insonning go’zalligini va ma’naviy boyligini va ijodiy mehnatini zavq, shavqini tarannum etadi. Olim o’z asarlarida musiqa san’atining tarbiyaviy imkoniyatlarini yuqor baholaydi. O’rta Osiyoning progressiv mutafakkirlari asrlar mobaynida musiqa go’zalligini real mavjud bo’lgan juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan san’at ekanligini tushuntirib berganlar. Jumladan, o’zbek xalq og’zaki ijodining ertak janrida ham musiqaning ta’sirchan tarbiyaviy imkoniyati keng o’rin olgan. Musiqa kishining ruhiga tez ta’sir etadi, uning ahloqiy-estetik qiyofasining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sadiiy She’roziy aytganidek: “Musiqa inson ruhining yo’ldoshidir”. Shu bois o’quvchilarda inson ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan musiqiy idrokni tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh masalasi bo’lib turadi. Sharqning ko’pgina xalqlari kabi o’zbeklar o’tmish avlodning musiqa san’atida professionalizm eramizning birinchi asrlaridek vujudga keldi va asrlar davomida rivojlanib borib, ijrochilik madaniyatida ham vokal va cholg’u musiqa janrlarida ham yuksak badiiy natijalarga erishdi. Ammo professional musiqachilar bizning asrimizgacha ya’ni XX asrgacha amalda nota yozuvini qo’llashmadi. Milliy ta’lim va tarbiya o’z mazmunida insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g’urur, axloqiy va umuminsoniy fazilatlarni mujassam etishi bilan jamiyat rivojida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda milliy ta’lim va tarbiya oldidagi eng muhim vazifalardan biri ham o’quvchi-yoshlarda milliy ong va milliy madaniyatni tarkib toptirishdan iboratdir. Bu esa, birinchi navbatda ta’lim va tarbiya ishlarida milliy-ma’naviy qadriyatlardan unumli, oqilona va o’z o’rnida foydalanishni taqozo etadi. Fikrimizni Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Biron bir jamiyat ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaratishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz” – degan gaplari ham tasdiqlaydi [35] O’zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimida xalq musiqa ijodiyoti xalq hayotini barcha tomonlarini aks ettirish qamrovi va ko’lami bilan o’tmishning “jonli ensiklopediyasi” hisoblanadi. Oktabr, 2025-Yil 297 Unda xalqimiz hayotining turli davrlaridagi tarixiybadiiy ko’rinishlari bilan birga xalq pedagogikasining eng ilg’or, oliyjanob g’oyalari umumlashganligi bois, yoshlarning badiiy-estetik va axloqiy, ma’naviy tarbiyasida foydlanish ta’lim sohasiga qo’yilayotgan ijtimoiy buyurtmani bajarishda qo’l keladi. Umumta’lim maktablarida xalq musiqa ijodiyotini o’rganishda nimalarga e’tibor berish, ta’limi va tarbiyaviy faoliyatni qanday tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi? Ushbu yo’nalishdagi tadqiqiy izlanishlar quyidagi pedagogik talab va mezonlar asosida ish tutish ijobiy natijalarga erishish imkonini berishni ko’rsatdi: 1. a) Xalq musiqa ijodiga mansub asarlarni har bir sinfning musiqiy mavzulari (yil, chorak) ga va dastur talablariga mosligi; b) Asarlarning o’quvchilarni musiqiy qiziqishi, qobiliyati va ijrochilik imkoniyatlariga to’g’ri kelishi; v) Tanlangan asarlarni o’quvchilarning musiqiy dunyoqarashi va tafakkurini pirovard natijada milliy madaniyatini shakllantirish nuqtai nazaridan tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo’lishi; g) O’quvchilarda o’qishga, mehnatga, ijodiy izlanish, ijtimoiy foydali ishlarga rag’bat uyg’otishi; d) Xalq musiqa ijodiyoti namunalarining, hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotmagan umumhalq bayramlari, madaniy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlar mavzulariga mosligi; s) Asarlarni o’rganish ta’limning boshqa tarkibiy qismlarini (musiqa savodi, musiqa adabiyoti, musiqa ijodkorligi) o’zlashtirish uchun ahamiyatliligi yoki ijobiy ta’sir ko’rsatish xususiyatiga egaligi; 2. Xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishda sinfda o’rganilgan mavzularni mustahkamlash nuqtai-nazaridan yondashish. Bu pedagogik talab musiqa darslarining asosiy faoliyat turlari mazmuni va mohiyatiga muvofiq holda ish yuritishni nazarda tutadi. Ya’ni, erkin tanlov asosida o’rganilgan asar ayni vaqtdagi asosiy maqsad va hal etilayotgan vazifalarga ijodiy yondashish xarakterida bo’lishi lozim. 3. Dars va darsdan tashqari faoliyatda o’rganish uchun tanlab olingan namunalar o’quvchilarni an’anaviy mumtoz va folklor yo’nalishida mustaqil bilimlar olishga bo’lgan talab va istaklariga mos kelishi va o’qituvchi tomonidan mashg’ulotlarni tashkil etishda e’tiborda tutilishi lozim. Bu pedagogik shart o’z mazmunida o’quvchilarni musiqiy iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun izchil va maqsadli mashg’ulotlar olib borishni nazarda tutadi. Shuningdek, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarga imkon qadar keng va ommaviy jalb qilishni sinf va sinfdan tashqari ishlarda o’zaro aloqadorlikni kuchaytirishni o’qtiradi. 4. Xalq musiqa ijodiyotiga murojaat qilganda ularni qaysi mahalliy uslubga xosligi, janri, ijrodagi cholg’ular ishtiroki, raqs jo’rligi kabilarga e’tibor berish eng muhim shartlardan hisoblanmog’i lozim. Chunki, bu jihatdan o’quvchilarni umummusiqiy biluv darajasini takomillashuviga, milliy musiqaning o’ziga xos uslublarini, ijrochilik an’analarini chuqur o’zlashtirishlariga ijobiy ta’sir etadi, ta’kidlab o’tilgan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga erishishni kafolatlaydi. 5. Umumta’lim maktablarida musiqa o’qituvchisi dars va darsdan tashqari faoliyatda o’quvchilarni xalq musiqa ijodiyoti bilan tanishtirib borishga nazariy, amaliy va uslubiy jihatdan doimiy ravishda tayyorgarlik ko’rib, o’z bilim va malakalarini oshirib borishi lozim. Xalq musiqa ijodiyoti orqali o’quvchi-yoshlarni milliy madaniyatni shakllantirishda ushbu pedagogik talab va mezonlarni eng maqbul va mukammallikdan holi deyish fikridan yiroqmiz. Zotan, milliy musiqiy ta’lim va tarbiya’ni milliy negizda takomillashtirish vazifalari har bir pedagog murabbiydan fidoyilikni, o’z imkoniyatlaridan to’liq foydalangan holda ish tutishni talab qiladi. Oktabr, 2025-Yil 298 O’zbek professional ijrochilik madaniyati rivojlanganli sababli, hofiz va sozandalar oldiga qadim vaqtlardayoq alohida talablar qo’yilgan. Havaskor sozanda va xonandalar mashhur ustozlardan uzoq yillar ta’lim olganlaridan keyingina professional ijrochi sifatida yetishganlar. Eng mashhur musiqachilar hatto XX asrlarda ham xon saroylarida xizmat qilish uchun amir saroyiga (yoki boshqa mansabdor shaxslar dargohiga) jalb etilardi. Ular hukmron shaxslarning ijozatisiz xalq oldiga chiqib o’z san’atlarini namoyish qilishdan mahrum edilar. Ko’p qirrali muhabbat lirikasi lapar va yalla, ashulalar asosini tashkil etgan. Xalq ta’limi tizimidagi, musiqa ta’lim-tarbiyasining mazmunini qayta tiklash jarayonida milliy musiqamiz tarixini, madaniy merosimizni, boy an’analarimizni har tomonlama o’rganib yosh avlodni ma’naviy, estetik va ahloqiy fazilatlarini tarbiyalab shakllantirish vazifasini musiqa o’qituvchisi zimmasiga yuklaydi. Demak, musiqa ta’lim-tarbiyasining saviyasini va samaradorligini oshirish hamda malakali mutaxassislar bilan taminlash hozirgi vaqtning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib, shuningdek, musiqa o’qituvchisini musiqa san’atining nazariy va amaliy sohalaridan bilim va malakalarga ega bo’lish bilan birga miliy maqsadimiz, madaniyatimio’ va ma’naviyatimiz haqida ham puxta bilimga ega bo’lishi bilan uni o’quvchilar ongiga singdirishni taqozo etadi. Musiqa darslarining maqsadi o’quvchilarni san’at olami sir-sanoatlaridan bahramand qilish orqali ularni umuminsoniy qadriyatlarini shakllantirish, ularning dunyoqarashini, badiiy saviyasini, bilim doirasini, didini shakllantirishdir. Foydalangan adabiyotlar: 1. Avloniy A. Tanlangan asarlar. 2-jildlik. 2 jild. T.: Ma’naviyat,1998. 2. R.Yunusov, Fattohxon hofiz nomli monografiyasi, Toshkent 2022 yil. 3. I.Rajabov. Maqomlar. San’at nashriyoti. Toshkent 2006 yil. 14-bet 4. I.Rajabov. Maqomlar. San’at nashriyoti. Toshkent 2006 yil. 15-bet. 5. Is’hoq Rajabov. Maqomlar. “San’at”. Toshkent 2006. 15-bet.