SHE'RIYAT - YURAKDAN TO'KILGAN SATRLARDA YASHIRINGAN MO'JIZA
Abstract
Ushbu tezisda, she’riyatning insoniyat ruhiy olamiga qay darajada ta’sir etishi, qalb bilan uyg’unlikda makoniy va zamoniy hamnafaslikda yashashi, so‘z sehrining qudrati, shoirlarning sehrli olami, jumlalar uyg’unligi, ilhomiy lahzalar, qofiyalar mutanosibligi,adabiyat dunyosining insoniyat ruhiyati bilan bog’liqligi hamda yuraklarda eng nozik yashirilgan his-tuyg’ularni chiroyli jumlalar ostida, boshqa qalb vakillariga yetkazish san’ati haqida gap boradi.
Full text
Oktabr, 2025-Yil 315 SHE’RIYAT - YURAKDAN TO‘KILGAN SATRLARDA YASHIRINGAN MO‘JIZA Mamatova Gulsanam Mardon qizi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti “Sotsiologiya” yo‘nalishi 2-kurs talabasi. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17447293 Annotatsiya. Ushbu tezisda, she’riyatning insoniyat ruhiy olamiga qay darajada ta’sir etishi, qalb bilan uyg’unlikda makoniy va zamoniy hamnafaslikda yashashi, so‘z sehrining qudrati, shoirlarning sehrli olami, jumlalar uyg’unligi, ilhomiy lahzalar, qofiyalar mutanosibligi,adabiyat dunyosining insoniyat ruhiyati bilan bog’liqligi hamda yuraklarda eng nozik yashirilgan his-tuyg’ularni chiroyli jumlalar ostida, boshqa qalb vakillariga yetkazish san’ati haqida gap boradi. Kalit soʻzlar: She’riyat, sh’er, muhabbat, ilhom manbai, komillik, so‘z sehri, mo‘jizaviy satr, yozilgan satrlar, shoir qalami, adabiyot, so‘z qudrati, ijod, san’at, iste’dod, musiqa. POETRY - A MIRACLE HIDDEN IN LINES SPOUTED FROM THE HEART Annotation. This thesis discusses the extent to which poetry affects the spiritual world of humanity, its coexistence in spatial and temporal synchrony with the soul, the power of word magic, the magical world of poets, the harmony of sentences, moments of inspiration, the proportionality of rhymes, the connection of the literary world with the human psyche, and the art of conveying the most delicate feelings hidden in hearts to other representatives of the soul under beautiful sentences. Keywords: Poetry, poem, love, source of inspiration, perfection, word magic, miraculous line, written lines, poet's pen, literature, power of words, creativity, art, talent, music. ПОЭЗИЯ — ЧУДО, СКРЫТОЕ В СТРОКАХ, ИЗЛОЖЕННЫХ ИЗ СЕРДЦА Аннотация. В данной диссертации рассматриваются степень влияния поэзии на духовный мир человечества, ее сосуществование в пространственной и временной синхронности с душой, сила магии слова, волшебный мир поэтов, гармония предложений, моменты вдохновения, соразмерность рифм, связь литературного мира с психикой человека и искусство передавать самые тонкие чувства, сокрытые в сердцах, другим представителям души в прекрасных предложениях. Ключевые слова: Поэзия, стихотворение, любовь, источник вдохновения, совершенство, магия слова, чудесная строка, написанные строки, перо поэта, литература, сила слова, творчество, искусство, талант, музыка. "Sheʼriyat – qalb soʻzidir, uni his qilish uchun qalbning shaffofligi kerak." – Alisher Navoiy [1]. She’riyat olami insonning qalbi bilan hamohanglikda asrlar davomida uyg’unlikda yashamoqda, yuksalmoqda, ruhiy oromiylik baxsh etib kelmoqda. Biz she’riyat olamini asrlar o‘rtasidagi mangu ko‘prik deya e’tirof etishimiz mumkin. Inson qalbi shu qadar betakrorki u ezugulik, mehr-muhabbat ijodkori ya’ni yuragidagi sehrli so‘zlarini go‘zal qiyofadosh satrlari ila boshqa qalb vakillariga yetkaza olish qobilyatiga egadir. Shunday shoirlar borki ular yozgan she’rlar bag’ri tosh qalblarning yuragini ham larzaga soladi. Chunki inson tug’ilgan vaqtida pok qalb bilan dunyoga keladi.
Oktabr, 2025-Yil 316 Ulg’aygani sari uning qalbi g’uborlashadi, his-tuyg’ularga befarqligi kuchayadi. She’r esa ushbu qalb vakilining qalbidagi chang-g’uborlarni o‘zining sehri ila pokizalashtirib asl pok qalbiga yetib borish kabi qudratlilikni o‘z ichiga oladigan , so‘zlar saltanatidan satrlangan, qofiyalangan dard va umid chirog’ining shulasidan panoh topgan mo‘jizadir. Sheʼriyat olamidagi ilhom tuygʻusi – bu sheʼriyatda yaratish jarayonida shoir yoki adibning qalbida tugʻilgan kuchli, yaratishga undovchi, ruhlantiruvchi hissiyotdir. Ilhom sheʼriyatda yangi fikrlar, tasvirlar, tuygʻularni uygʻotishga yordam beradi, soʼz va obrazlar orqali chuqur maʼno va goʼzallik keltiradi. Bu tuygʻu shoirning ichki dunyosida paydo boʻlib, uni sheʼr yaratishga majbur qiladi va oʻquvchiga sanʼat asarining maʼnaviy-ruhiy taʼsirini his qilish imkonini beradi [2]. Sheʼriyatda ilhom insonning qalbidan keladigan sirli, noaniq, lekin kuchli ruhiy holatdir, u orqali sheʼrda yangi maʼno qatlamlari vujudga keladi. Ilhom tuygʻusi faqat fikr emas, balki hissiyotlarning uygʻunligi, soʻzlar va obrazlarning musiqiy uygʻunlikda birlashishi orqali namoyon bo‘ladi. Shu tariqa, ilhom sheʼriyatda yaratish asosiy kuchi hisoblanadi, u shoirning ruhi va dunyoqarashi ifodasidir [3]. Ushbu holatda ilhom kutilmagan holatda tashrif buyurib shoirni ijodga chorlaydi, natijada esa go‘zal va ajoyib she’r dunyoga keladi. Shoir yozgan she’rlar qanchalik yurakdan chiqgan bo‘lsa , uning ta’sir darajasi shunchalik kuchli bo‘ladi. “ She’r yurakdan chiqmasa, yurakka yetmaydi.” ( A.Oripov) ushbu jumla bejizga emas. Haqiqatdan ham she’r qalbdan chiqsa, u yashin tezligida boshqa qalblarni zabt etadi , qalbiga oromiylik ulashadi va kuylarga aylanadi vahollanki o‘chmas va ohangdor tillarda doston kuylarga aylanadi. She’rlar to‘planib bir she’r nomi ostida to‘lam bo‘ladi. Ana usha to‘plam shoirning she’riyat sohasidagi mahorati , iste’dodini namoyon qiladi. Uning to‘plami kitobxonlar tomonidan yaxshi qabul qilinsa, bu shoirning ijod olamida yaxshi o‘rinni egallaganligini anglatadi. U keyinchalik ham she’riy to‘plamlar chiqaradi. She’rlari qo‘shiq bo‘lib kuylanadi. Bayram tadbirlarda aytiladi. Dastlabki she’rlar – chuqur ma’noli tasavvufiy unsurlar, davr holati va xalq dardini ko‘proq she’rga solgan bo‘lsa, zamonaviy she’riy mavzularimiz esa bugungi kunda ko‘proq sevgi, tabiat, insoniylik haqida yozilmoqda. Xalqimiz orasida shunday she’rlar mavjudki u hech qachon bizning yodimizdan o‘chmaydi, qon qonimizga singib ketgan. Asrlar davomida bizning sevimli she’rimiz bo‘lib qolaverdi. Kuy bo‘lib jaranglar sochadi, nidosi esa yuragimizdan aslo o‘chmaydi. O‘sa o‘zi o‘lar, so‘zi o‘lmaydi, Hamisha barhayot nasl shoirlar. Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi, Yurakka ko‘milar asl shoirlar[4]. Xalqimizning shunday zabardast shoir va shoiralari borki ularning ijodi doimo yodimizda. Hattoki bir qalbga ham shohlikni ham shoirlikni mujassamlashtirgan podshohlarimiz ham bor. Ularning ijodlari bugungi kungacha yodimizdadir. Ushbu shoirlarga so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy, Cho’lpon, Oybek, Hamid Olimjon, Muhammad Yusuf, Zulfiyaxonim, Abdulla Oripov singari bir nechta shoir va shoiralarimizni misol qilib keltirishimiz mumkin. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida modernizm va an’anaviylikning uyg‘unlashishi quyidagi jihatlarda namoyon bo‘lmoqda: 1. Shaklda an’anaviylik, mazmunda modernizm Shoirlar an’anaviy g‘azal yoki ruboiy shaklidan foydalanib, zamonaviy muammolarni yoritishmoqda.
Oktabr, 2025-Yil 317 Masalan, Rauf Parfi klassik she’riy shakllardan foydalangan holda modernistik ruhdagi she’rlar yozgan. 2. Uslubda klassik va zamonaviy yondashuvlar birlashishi Erkin Vohidov g‘azallarida mumtoz adabiyot unsurlarini saqlagan holda, zamonaviy inson kechinmalarini aks ettirgan. Ulug‘bek Hamdam esa klassik she’riyat ta’sirida bo‘lishiga qaramay, modernistik badiiy vositalardan foydalangan. 3. Tasvir uslubida milliylik va modernizm sintezi Shoirlar klassik ramzlardan foydalangan holda yangi poetik obrazlar yaratmoqda. Yigirma birinchi asr yosh ijodkorlari orasida ham yangi ovozlar paydo bo’la boshladi, Najmiddin Ermatov, Shahriyor Shavkat, Rashid Ho’jamov, Nurmuhammad Abduzoirov kabi shoirlarning ijodida an’anaviy timsollar orqali zamonaviy ohang, yangicha ruh, hissiy barqarorlik o’zgarganligini ko’rishimiz mumkin. Misol uchun Shahriyor Shavkatning ‘Alqissa’’, ‘Ular humo qushni so’yib yedilar’’, “Kuchber” kabi she’rlarida an’anviy qofiya va vazndan voz kechib, erkin, shakl va ritmlarni qo’llaydi. Insonning ichki kechinmalari, yolg’izlik, hayot va o’lim, erk kabi mavzular chuqur tahlil qilingan. Metafora, simvol, intertekstual aloqalardan mohirona foydalanib, o’quvchini chuqur mushohadaga chorlaydi [5]. Xulosa qilib aytganda she’riyat dunyosi insonning ruhiy olami bilan chambarchasdir. Biz qanchalik tosh bag’ir bo’lsak ham baribir she’r bizning yuragimizga yetadi. Chunki she’riyat qalbimizning eng tubidagi yashirin pok mitti qalbimiz bilan aloqa o’rnatgan. Shoirlar esa anu aloqadorlikda qofiyalangan mo’jizaviy so’zlar uyg’unligini satrlarga bituvchi vakillardir. Ushbu aloqadorlik qancha mustahkam o’rnatilgan bo’lsa, ilhom bilan hamnafaslikda yozilgan she’rlar bizning qalbimizdan butun umrga joy egallaydi. Shunday ekan insoniyat olami mavjud ekan she’riyat dunyosi hech qanchon o’lmaydi. U doim biz bilan ruhimizdadir. “Shoir bo’lish – yurak bilan yashash, his bilan nafas olishdir.” (Usmon Nosir) FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. https://ru.scribd.com/document/460019517/Alisher-Navoiy-Hikmatlar 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/She%CA%BCriyat?utm_source=perplexity 3. https://aps.tsuos.uz/storage/users/51/books/fuYAUw2CqSgq7SiVwjyNYcKu5fJp2cw2WB ZkIo3G.pdf?utm_source=perplexity 4. “…Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi”- Muhamad Yusuf zamondoshlari xotirasida 5. zamonaviy-o-zbek-she-riyatidagi-yangi-tendensiyalar.pdf