scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Odil Yoqubov hayoti va ijodini o'qitishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati.

Muazzam Zokirjonova

Abstract

Ushbu tadqiqotda Odil Yoqubov hayoti va ijodini o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishi bilan birga, ularning tahlil qilish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Xususan, adiblar hayoti va ijodini o‘rganishda interfaol yondashuv o‘quvchilarning yozuvchi shaxsi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yanada chuqur tushunishiga ko‘maklashadi.

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 195 Odil Yoqubov hayoti va ijodini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati. Muazzam Zokirjonova Magistr ANNOTATSIYA Ushbu tadqiqotda Odil Yoqubov hayoti va ijodini o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishi bilan birga, ularning tahlil qilish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Xususan, adiblar hayoti va ijodini o‘rganishda interfaol yondashuv o‘quvchilarning yozuvchi shaxsi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yanada chuqur tushunishiga ko‘maklashadi. Kalit so’zlar: Adabiy kechalar, integratsiya, loyihalashtirish, darslik, material, “Yaxshilik” asari, “Ulug‘bek xazinasi” romani, didaktik jihat. ANNOTATION This thesis discusses the use of interactive methods in teaching the life and works of Odil Yoqubov. Applying such methods not only enhances students’ comprehension but also develops their analytical and logical thinking skills. In particular, an interactive approach to studying writers’ lives and creativity helps students gain a deeper understanding of the author’s personality and literary contribution. Keywords: Literary evenings, integration, project-based learning, textbook, material, “Yaxshilik” story, “Ulug‘bek’s Treasure” novel, didactic aspect. Yangilangan pedogogik tafakkurning tamoyillaridan biri – o‘quvchi asar mazmuni va g‘oyasini, muallif shaxsini o‘z fikri va mulohazasi, mutolaa jarayonida ko‘nglidan o‘tgan tuyg‘ulari vositasida mustaqil anglab yetishidir. Aynan mana shu yo‘l bilangina san’at asariga, uning yaratuvchisiga nisbatan o‘quvchida chinakam simpatiya hosil bo‘ladi, muhabbat uyg‘onadi. “Chinakam insonlikning asosiy belgisi boshqa odamlarni tushunish, ularga tuyg‘udosh bo‘la bilishdan iboratdir. Shu ma’noda olamdagi biror san’at turi, biror o‘quv predmeti adabiyotning o‘rnini bosa olmaydi. Negaki badiiy adabiyot o‘quvchilarning hissiyotlarini shakllantirib, tuyg‘ularini noziklashtirib, kechinmalarini teranlashtirib, ularni boshqa odamlarning holatini his etadigan darajaga keltira oladi. Pedogogik yo‘riqnomalarda “chinakam insonlikning asosiy belgisi”,-deyiladi, “Shu ma’noda olamdagi biror san’at turi, biror o‘quv predmeti adabiyotning o‘rnini bosa olmaydi. Negaki badiiy adabiyot o‘quvchilarning hissiyotlarini shakllantirib, tuyg‘ularini noziklashtirib, kechinmalarini teranlashtirib, ularni boshqa odamlarning holatini his etadigan darajaga keltira oladi. O‘zganing holatini his etmaslik, uning tuyg‘ularini tushunmaslik har qanday jamiyat a’zolari Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 196 uchun tanazzullik belgisi” 1 ,-deb e’tirof etiladi. Yozuvchi va shoirlarning, umuman, san’atkorning tarjimayi holini, biografiyasini, ayni chog‘da asarlarining tarjimayi holidan ayricha tasavvur etish mushkul,- deb ta’kidlaydi bu borada taniqli olim Bahodir Karimov. - Zotan, dunyo adabiyotshunosligida masalaning shu jihatini bo‘rttirib,uni muayyan tizim holatiga keltirgan biografik metod ham bor… Biroq voqea-hodisalarning badiiy talqinida ijodkorning ruhiy kechinmalari, hayotiy tajribalari in’ikos qiladi-ki, bu haqiqatni hech kim inkor eta bilmaydi. Yozuvchi biografiyasi esa qaysidir yo‘sinda uning asarlarida o‘z ifodasini topadi. Va qaysidir darajada san’at asarining originalligini ta’min etadi. Yozuvchi hayotidagi o‘zgarishlar, ruhiy kechinmalar, dunyoqarashidagi silkinishlar fonida badiiy asarni talqin qilish o‘zining ijobiy samarasini beradi, albatta 2 .Boshqa jihatdan esa, asar mutolaasi jarayonida uning muallifiga real, oddiy shaxs, obyekt sifatida emas, balki ijod mahsulining yaratuvchisi deb qarash ham zamonaviy pedogogik faoliyat xususiyatidir. Bu jarayonda muallif qachon tug‘ilgan, qayerda o‘qigan, qachon vafot etgan kabi raqam va ma’lumotlardan iborat axboriy matnlar emas, uning hayot yo‘lida ijodiga ta’sir qilgan didaktik ahamiyat kasb etuvchi o‘rinlarga ahamiyat berish va bilib olish, muallif badiiyati namunalarini o‘qib, qalban o‘zlashtirish va uning estetik xususiyatlarini tahlil qilish orqali o‘quvchida badiiy didni shakllantirishga yordam beradi. XX asrning zabardast adiblaridan biri bo‘lgan Odil Yoqubov ijodi va hayot yo‘lini o‘rganish uchun uzluksiz ta’lim dasturlarida alohida o‘rin ajratilgan va adib ijodi bilan tanishuvdan so‘ng muhim adabiy atama va nazariy bilimlar haqida ham ma’lumotlar o‘zlashtirilishi talab etiladi. Didaktik jihatlariga e’tibor berish. Yozuvchi tarjimai holini o‘rganish jarayonida aynan undagi o‘quvchi uchun o‘rnak va tegishli ezgu xulosa ola biladigan o‘rinlarga urg‘u berish, masalan, Odil Yoqubov biografiyasini 6-sinf bilan o‘rganayotganda “Muallif bilan tanishamiz” ruknida oʻquvchilarga muallif haqida maʼlumot bering. Maʼlumot berish jarayonida yozuvchi hayotidagi eng muhim nuqtalarga, xususan, bolalik va oʻsmirlik davri sinovlariga ahamiyat bering”,- deb o‘qituvchi uchun muhim ko‘rsatma berilgan. Faol yoki interfaol metodlarni qo‘llash. Odil Yoqubov hayoti va ijodini o‘qitishda, ayniqsa, 6-sinfning yangilangan darsligida zamonaviy texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishga urinish sezilgani tahsinga sazavor. Jumladan, “Yaxshilik” hikoyasidan so‘ng berilgan ”Juft bo‘lib ishlaymiz” topshirig‘i rolli o‘yin bo‘lib, uni bajargan juftliklar qahramon obraziga kirish, uning ko‘nglida kechgan tuyg‘ularni, qahramonlar bir-biriga aytolmagan kechinmalarini o‘zlari anglagan tarzda bayon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari loyihalash topshirig‘i ham berilgan bo‘lib, uni bajarish uchun o‘quvchidan qo‘shimcha mehnat, kengroq izlanish, muayyan tarixiy davr haqida tushunchaga ega bo‘lib taqdimot tayyorlash darajasidagi bilim talab qilinadi. Loyihalashga yana, tarixiy voqealar 1 “Uzluksiz adabiy ta’lim yo‘rig‘i (konsepsiyasi)”. Qori Niyoziy nomidagi Pedogogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti. – T.: 1995. 3-b 2 Каримов Б. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур: илмий монография. –Т.: Академнашр, 2014.183-184-бетлар. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 197 asosida kartalar tuzish va voqealarni badiiy lavhalar tarzida kartaga joylashtirish ham mansub bo‘lib, “Yaxshilik” hikoyasidagi peyzaj va portret tasvirlari buning uchun ayni muddao” Shuningdek munozaraga undovchi debat shaklidagi muloqotlarni tashkil qilish mumkin. masalan, “Yaxshilik” hikoyasidagi “Mansur pochtachi kelishini aytib notog‘ri qildimi? Siz uning o‘rnida nima qilgan bo‘lardingiz?” kabi savollarning yoki “Ulug‘bek xazinasi” dagi ilm va e’tiqod o‘rtasidagi kurash yoki muayyan shaxs va jamiyat o‘rtasida ziddiyatli munosabatlar asoslari haqida mulohazalarni bildirishlari mumkin. bu o‘rind debat ko‘proq “Suqrot suhbatlari” metodiga yaqin bo‘ladi. XULOSA Bugungi kunda Odil Yoqubovning hayoti va ijodini o‘rganish maktab adabiyoti darslarida muhim o‘rin tutadi, ammo jarayon qiziqarliroq va yanada samarali qilish uchun innovatsion yondashuvlar talab qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar, interfaol metodlar, ijodiy loyihalardan foydalanish o‘quvchilarni milliy adabiyotga yaqinlashtirishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Qosimov B. Milliy uyg‘onish. ─Toshkent, “Ma’naviyat”, 2002, 65 b 2. Qozoqboy Yo‘ldosh, Muhayyo Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari. ─Toshkent: 2016, 100 b 3. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006, 52 6-b. 4. Uzluksiz adabiy ta’lim yo‘rig‘i (konsepsiyasi). Qori Niyoziy nomidagi Pedogogika fanlari ilmiy tadqiqot institute. – Toshkent: 1995, 3-b. 5. Xidoyatova D. Interfaol ta’lim modeli vositasida ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar o‘zbek tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish. Diss. … ped.fan. fals. dok. – Toshkent: 2017, 120 b. 6. Yo‘ldoshev Q. O‘qituvchi kitobi. (7-sinf darslik majmuasi uchun) - Toshkent: O‘qituvchi, 1997, 230 b