XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA GENDER TENGLIK MUAMMOLARI.
Abstract
Ushbu tezisda bugungi kunning dolzarb mavzusi bo’lgan gender tenglik masalasi, yurtimizdagi ayollar va erkaklar o’rtsidagi tenglik munosabatlari, olib borilayotgan islohotlar hamda xotin-qizlarning huquqlari to’g’risida so’z yuritilgan.
Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 201 XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA GENDER TENGLIK MUAMMOLARI. Mahmudova Dilnozaxon Murodjon qizi ADPI Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Huquq ta’limi)1-kurs magistranti Annotatsiya: Ushbu tezisda bugungi kunning dolzarb mavzusi bo’lgan gender tenglik masalasi, yurtimizdagi ayollar va erkaklar o’rtsidagi tenglik munosabatlari, olib borilayotgan islohotlar hamda xotin-qizlarning huquqlari to’g’risida so’z yuritilgan. Kalit so’zlar: Gender tengligi, qonun, zo’ravonlik, Qonunchilik palatasi, Konstitutsiya, tenglik. Insoniyat yaralibdiki, erkak va ayollar o’rtasidagi munosabat, jamiyatda, oilada ularning roli gender tenglik va gender adolat muammolariga e’tibor qaratilib kelinadi. Bugungi kunga kelib ijtimoiy hayotning asosiy jabhalarida gender tenglikni ta’minlash butun jamiyatning taraqqiyotiga xizmat qilishi o’z isbotini topgan. Bugungi “Oila va xotin-qizlar” ilmiytadqiqot instituti tomonidan o’tkazilayotgan mazkur konferensiya yurtimizda xotinqizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarning bir qismi bo’lib, unda gender tengligini ta’minlash sohasidagi muammolarni ilmiy jihatdan o’rganish va ularga yechim sifatida ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish, aholi o’rtasida gender qadriyatlarini targ’ib qilish, mazkur masalalar bo’yicha tajriba almashish asosiy maqsad sifatida belgilangan. Dunyo rivojining hozirgi davrida inson taraqqiyoti, uning huquqlari hamda erkinliklari, ijtimoiy adolat va inson xavfsizligini ta`minlash borasidagi jarayonlar uchun ayollar va erkaklarning jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi tengligini amalda ta’minlash masalalari ustuvor vazifalarning biriga aylanmoqda. Gender tenglik (lotinchadan paritas – tenglik) — muvozanatli, ya’ni, hayotning barcha sohalarida (siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy) hokimiyat va qarorlar qabul qilishda erkaklar va ayollarning bir xil, teng ishtiroki, jinslar oʻrtasidagi tengligi hisoblanadi. Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, barqaror taraqqiyot jarayonini tezlashtirish nihoyatda muhim jarayonlardan biri bo’lib kelmoqda. Xotin-qizlarga qarshi barcha turdagi kamsitishlarni yo‘q qilish nafaqat inson huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan muhim, balki boshqa sohalar rivojlanishiga ta’sir etuvchi kuchli omillardan biri hisoblanadi. Ayollar huquqlari – inson huquqlari bo‘lganligi sababli, ayollar barcha inson huquqlariga ega va ulardan foydalanadi. Shu ma’noda, gender tengligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy qadriyatlaridan biri bo‘lib, jinsiy kamsitish deyarli barcha inson huquqlari to‘g‘risidagi shartnomalarida taqiqlangan. Zo‘ravonliklarsiz yashash huquqi, jismoniy va
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 202 ruhiy salomatlikning eng yuqori darajasiga erishish huquqi, ta’lim olish huquqi, mulk huquqi, teng ish haqi olish huquqi va boshqa barcha inson huquqlari jinsidan qat’i nazar ayollar uchun ta’minlanishi kerak. Biroq, butun dunyo bo‘ylab millionlab ayollar ushbu huquqlardan foydalanishda kamsitishlarga duch kelishda davom etmoqdalar. Gender tengsizligi ayollar va qizlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘plab muammolarning sababchisi hisoblanadi. Bular maishiy va jinsiy zo‘ravonlik, ish haqining pastligi yoki ishga joylashishdagi muammolar, ta’lim olish va boshqalar bo‘lishi mumkin. Ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda gender tenglik masalasi barcha davlatlarda muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Zero, xotin-qizlarning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi faol ishtiroki mamlakat barqarorligi va farovonligining kafolati hisoblanadi. Mamlakatimizda bu borada bir qancha islohotlar olib borilmoqda. Xususan, Konstitutsiyaning 58-moddasida “Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaydi” 1 , deb belgilangan. Shuningdek, Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 23-avgustda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi Qonun mamlakatimizda ushbu soha rivoji uchun ayni muddao bo’ldi. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanishini kafolatlaydi. Ilm-fan yoki muhandislik sohasida ayollar ishtirokining ko’rsatkichlari past. Ish bilan ta’minlanish, karyera, oylik maosh miqdori, yuqori lavozimlarga tayinlanish masalalarida muammolar saqlanib qolmoqda. Dunyo bo’ylab ko’pchilik ayollar oilaviy, maishiy va jinsiy zo’ravonliklarga qarshi huquqiy himoyaga muhtoj. Islomda ayol bilan erkakning tengligi haqida tushuncha mavjud bo’lsa-da, bunday yondashuvdagi o’ziga xoslik islomda erkak va ayol shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquqlarga bir xilda egaligi e’tirof etiladi. Bir so’z bilan aytganda, Islom ta’limoti insoniyatga ayollarning jamiyatda tutgan o’rni, ularning ahamiyati, onalikni muhofaza qilish, asrash, erkaklarning ayollar oldidagi burchlarini belgilab, ayolning maqomini ko’rsatib berganligi bilan ahamiyatlidir. Jahonda gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to’liq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, davlatlarning maqsadli dasturlarini va qarorlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilish, ilm-fan sohasida jinslar o’rtasidagi bilimlar bo’linishi bo’yicha gender tengsizligiga barham berish masalalariga muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadigan tadqiqot yo’nalishi sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. 1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. “O’zbekiston” – Toshkent. 2023 yil 30-aprel 58-modda 24-bet.
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 203 Respublikamizda xotin-qizlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, manfaatlarini ta’minlash, ularni jamiyatning teng huquqli faol va bunyodkor a’zosiga aylantirish, davlat hokimiyati organlarida xizmat mavqeini oshirishda ayollarga teng imkoniyatlar yaratish, ayollarga bo’lgan kamsitish va zo’ravonliklarni oldini olish bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Og’ir ahvolga tushib qolgan xotinqizlarga moddiy, psixologik, tibbiy yordam ko’rsatish, ularni uy-joy va ish bilan ta’minlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilada ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash” 2 masalalari aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun ustuvor vazifa etib belgilangan bo’lib, mazkur vazifalar ushbu sohadagi qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni dolzarb etib belgilamoqda. Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko‘riladi. 3 Fikrimiz yakunida shuni ma’lum qilamizki, mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlar, olib borilayotgan keng davlat siyosati natijasida ayollarimizning haq-huquqlari yanada kafolatlanmoqda. Shuningdek, ularning erkaklar bilan teng huquqli ekanliklari e’tirof etilib, o’zlari istagan sohalarda bemalol faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O’zbekiston, 2023 – 24 b. 2. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 3. Ismoilova H.M. Oila ma’naviyati va gender tengligi muammolari//Xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik muammolari. Uslubiy qo’llanma. – Andijon, 2017. – 30-33 b. 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF – 4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi Farmoni // O’bekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 3 “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi Qonun. 2019-yil 2-sentabr 6-modda