scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TASVIRIY SAN'AT O'QUV JARAYONIDA INTERFAOL O'QITISH VOSITALARI VA METODLARDAN FOYDALANISH

Abdirasilov Sunatulla Fayzullayevich¹, Abdujabborova Maftuna Xamrali qizi¹, Musurmonova Pokiza Muzuffar qizi¹, Nurmahanova Jasmina Abduxalik qizi¹

Abstract

Ushbu maqolada interfaol tushunchasi, interaktiv vositalari, interfaol metodlar, interfaol ta’lim usuli va texnologiyalari, innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qitish jarayoni, tasviriy san’at o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning samarali shakllari keltirilgan, shuningdek, pedagogik shart-sharoitlar interfaol ta’lim metodlari va texnologiyalari orqali talabalarda ijodiy qobiliyatlarining shakllantirishda ahamiyat kasb etishi bayon etilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1324 TASVIRIY SAN’AT O‘QUV JARAYONIDA INTERFAOL O‘QITISH VOSITALARI VA METODLARDAN FOYDALANISH Abdirasilov Sunatulla Fayzullayevich¹, Abdujabborova Maftuna Xamrali qizi¹, Musurmonova Pokiza Muzuffar qizi¹, Nurmahanova Jasmina Abduxalik qizi¹ ¹O‘MPU professori, ¹O‘MPU magistri, ¹O‘MPU magistri, ¹O‘MPU talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17448441 Annotatsiya. Ushbu maqolada interfaol tushunchasi, interaktiv vositalari, interfaol metodlar, interfaol ta’lim usuli va texnologiyalari, innovatsion ta’lim va axborotkommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qitish jarayoni, tasviriy san’at o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning samarali shakllari keltirilgan, shuningdek, pedagogik shartsharoitlar interfaol ta’lim metodlari va texnologiyalari orqali talabalarda ijodiy qobiliyatlarining shakllantirishda ahamiyat kasb etishi bayon etilgan. Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, interfaol, ta’lim vositasi, interfaol metodi, interfaol usuli, pedagogik texnologiya, interfaol texnologiyasi. Аннотация. В данной статье представлены понятие интерактивность, интерактивные средства, интерактивные методы и технологии обучения, процесс обучения посредством инновационных образовательных и информационнокоммуникационных технологий, эффективные формы организации учебных занятий по изобразительному искусству, а также педагогические условия, интерактивные методы и технологии обучения образовании имеет важное значение в формировании у студентов творческих способностей. Ключевые слова: изобразительное искусство, интерактивность, образовательный инструмент, интерактивные приёмы, интерактивный метод, педагогическая технология, интерактивная технология. Abstract. This article presents the concept of interactivity, interactive tools, interactive methods and technologies of education, the learning process through innovative educational and information and communication technologies, effective forms of organizing training sessions in the visual arts, as well as pedagogical conditions, interactive methods and technologies of education education is important in the formation of students creativity. Key words: art, interactivity, educational tool, interactive techniques, interactive method, pedagogical technology, interactive technology. Har bir davlatning taraqqiyotini, uning ijtimoiy va iqtisodiy ravnaqi va kelajagini ta’minlovchi asosiy omil bu - ta’lim-tarbiyadir. So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonlaridan olib borilayotgan siyosatning tub mohiyatida o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish va sifatli kadrlar bo‘lib etishida o‘quv muassalarida dars o‘tish tizimini yangilash asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri 12 bob, 73 moddadan iborat bo‘lib, 1997-yildagi qabul qilingan amaldagi qonundan tubdan farq qiladi. Bu qonunga rivojlangan davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari asosiy poydevor sifatida tanlanmoqda. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1325 Zamonaviy dunyoning doimiy yangilanuvchi jamiyat hayotiga yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish jarayonlarida faol ishtirok etish ijodiy qobiliyatini rivojlantirish oliy ta’lim muassasasi pedagogini muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi. O‘z-o‘zini rivojlantirish, tarbiyalash, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilish, tinimsiz izlanuvchanlik, kuzatuvchanlik, bunyodkorlik, tashabbuskorliklar asosida yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalashga olib keladi Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini, xususan, tasviriy san’at o‘quv jarayonini modernizatsiyalash, tasviriy san’at o‘qituvchisi bo‘ladigan mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat darajasini oshirishda o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ularni sohaga oid zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ilmiy-ijodiy innovatsiyalardan mustaqil ravishda foydalanish hamda istiqbolli vazifalarni hal qila olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vazifalardan sanaladi. Bunda badiiy ta’lim bosqichlarining o‘zaro mazmunan bog‘liqligi, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash; oliy ta’limda tasviriy san’at o‘quv jarayonini tashkil etishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini joriy qilish, bu borada o‘quv uslubiy majmualar sifatini ta’minlash, pedagogik texnologiyalarni joriy etishda professor-o‘qituvchilarning kompyuter va Internetdan foydalanish bo‘yicha savodxonligini doimiy oshirib borish; oliy ta’limning axborot resurs va zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minotini yanada rivojlantirish; tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlarida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish oliy ta’lim muassasalarida tasviriy san’at o‘qituvchilarining faoliyat yo‘nalishlari tarkibini belgilaydi. Yuqoridagi fikrlardan ma’lumki oliy ta’lim tizimini xususan, tasviriy san’at ta’lim tizimini modernizatsiyalash (ingl. modern - yangilangan, zamonaviy, o‘sish) o‘quv jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab etadi. Bu borada innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ta’lim oluvchilarda o‘z-o‘zini ijodiy faolashtirish, kreativ ishlanmalar(mahsulotlar)ni yaratishga xizmat qiluvchi shaxsga yo‘naltirilgan erkin ta’lim muhitini tashkil etish A. Abduqodirov, N. Azizxodjaeva, U. Begimqulov, J. Yo‘ldoshev, N. Sayidahmedov, O‘. Tolipov, B. Xodjaev, G. Ibragimovalarning ilmiy tadqiqotlarida asoslangan. Hozirgi kunda barcha e’tibor kompyuter texnologiyalariga qaratilmoqda. Har qanday inson zamonaviy sharoitda o‘zini qulay his qila olishi uchun u zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, an’anaviy o‘qitish usullaridan foydalanadigan maktablar insonni hayotga to‘liq tayyorlay olmaydi. Axborot texnologiyalari - axborot jarayonlarini amalga oshirish uchun texnik va dasturiy vositalar, axborot texnologiyalarining mohiyatini texnik vositalar yordamida axborotni olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va takror ishlab chiqarish usullari tashkil etadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarida markaziy o‘rinni kompyuter va uning dasturiy ta’minoti egallaydi. [7] Pedagogik texnologiya - shakllar, usullar, uslublar, o‘qitish usullari, tarbiya vositalarining maxsus majmuini belgilovchi psixologik-pedagogik munosabatlar majmui; bu pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy quroli (B.T.Lixachev); - bu rejalashtirilgan ta’lim natijalariga erishish jarayonining tavsifi (I.P.Volkov); - bu o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi (V.P. Bespalko); - o‘qituvchiga ko‘proq samaradorlik bilan, o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazishda, to‘g‘ri o‘qitish va ta’sir qilish usuli bilan yordam beradigan barcha zarur ko‘nikma, qobiliyat va bilimlar majmui degan fikrni bir qator olimlar bildirishgan. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1326 Interfaol ta’lim vositasi - bu real vaqt rejimida foydalanuvchi va u ishlaydigan axborot tizimi o‘rtasida faol xabar almashinuvi mavjud bo‘lgan dialogning paydo bo‘lishini ta’minlaydigan vosita. Zamonaviy texnologiyalar talaba egallayotgan bilimlarni o‘zi qidirib topish, mustaqil o‘rganib, tahlil qilish, xulosalarni ham o‘zi keltirib chiqarishga o‘rgatadi. Talabalar o‘z-o‘zini rivojlantirish, tarbiyalash, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilish, tinimsiz izlanuvchanlik, kuzatuvchanlik, bunyodkorlik, tashabbuskorliklar asosida yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalashga olib keladi Jadval 1. Interfaol ta’lim vositalari. Ta’lim tizimiga kiritilayotgan har qanday innovatsiya axborot va metodik ta’minotning mavjudligini ko‘zda tutadi. Shu sababli, tasviriy san’at o‘quv jarayoniga innovatsiya kiritishda ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish orqali o‘quv jarayonlari mazmuni va metodlarini takomillashtirish muhim yo‘nalishlardan sanaladi. Bu esa o‘z navbatida tasviriy san’at o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning samarali shakllari sifatida ma’ruza (muammoli ma’ruza, ma’ruza-seminar, virtualtexnologik ma’ruza, Interaktiv ta'lim vositasi Interaktiv o'quv majmuasi interaktiv uskunalar Interaktiv darslik Interaktiv qo'llanma Interaktiv simulyator Interaktiv muammo kitobi Interaktiv laboratoriya Interaktiv ko'rgazmali qo'llanmalar interaktiv doska Planshet Plazma paneli Mobil nusxa ko'chirish mashinalari Proyektorlar Sinov tizimlari Kichik axborot texnologiyalari vositalari Ko‘ rgazmali qurollar Plakatlar Kartalar panoramalar INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1327 vizual ma’ruza, binar ma’ruza, kirish ma’ruzasi, ma’ruza-konferensiya, axborotli ma’ruza, ma’ruza bahs-munozara, sharhlovchi ma’ruza, on-line ma’ruza) trening, videotrening, vebinarlar, internet konferensiyalar, innovatsion o‘qitish metodlari sifatida esa muammoli metodlar, interfaol metodlar, amaliy o‘yinlar, o‘quv loyihalari, portfoliolar, grafik organayzerlar, axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zaruratini yuzaga chiqaradi. Oliy ta’lim muassasalaridagi tasviriy san’at o‘quv jarayoniga innovatsiyalarni tatbiq etishda interfaol metodlarning ahamiyati ham o‘ziga xos hisoblanadi. Interfaol - so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, “inter” - o‘zaro va “activ” - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol - ya’ni o‘zaro harakat qilmoq ma’nosini anglatadi. [6] Interfaol ta’limda o‘qituvchi o‘quv faoliyatining faol tashkilotchisi bo‘lib, talaba bu faoliyatning sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Interfaol ta’limni amalga oshirishning muhim vositasi – interfaol o‘qitish metodlaridir. Interfaol o‘qitish metodlari talabalardan axborotlarni o‘zlashtirish jarayonidagi faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, o‘qitish maqsadlarining to‘laqonli amalga oshishiga yordam beradi. Interfaol metodlar – talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini hamda o‘qituvchi bilan hamkorliklarini tashkil etishga xizmat qiladigan metodlar. Interfaol metodlarning mohiyati o‘qitish jarayonida talaba faolligini oshirish, talabani pedagogik faoliyatning asosiy figurasiga aylantirishdan iboratdir. Talabalarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan usullarni to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsda mavzuga qo‘yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li, usuli puxta ko‘rib chiqilishi lozim. O‘qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usuli talabaga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri tashkil qilishi kerak. Interfaol ta’lim o‘qitish jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, talaba va talabalar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda echimlarni birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda talabalarning o‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “o‘qituvchi – talaba – talabalar guruhi”ning o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llabquvvatlashlari, samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi. O‘qituvchi interfaol ta’lim yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Eng muhimi, interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘qituvchi talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi Interfaol metodlar bilan an’anaviy ta’lim usullari orasida o‘ziga xos farqlar mavjud bo‘lib, har bir o‘qituvchi bu farqlarni qiyoslashi, ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1328 kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni o‘tkazish usullarini tanlashda to‘g‘ri hisobga olishi zarur. Bunda yangi bilimlarni berish, ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo‘llash mashg‘ulotlarida hamda o‘quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo‘lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to‘g‘ri tanlash nazarda tutiladi. To‘g‘ri tanlangan metodlarni qo‘llash mashg‘ulotning qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Interfaol mashg‘ulotda ishtirok etish uchun talabalarning tayyorliklariga o‘ziga xos talablar qo‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan iborat. Interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi - talabalarning muloqot olib borish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi, talabalar orasida emotsional aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o‘z o‘rtoqlarining fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Hozir interfaol mashg‘ulotlarni olib borishda ma’lumki, asosan interfaol usullar qo‘llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada interfaol texnologiyaga o‘sib o‘tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o‘zaro farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin. Interfaol ta’lim usuli – har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir talaba o‘z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o‘zlashtiradi. Interfaol ta’lim texnologiyasi – har bir o‘qituvchi barcha talabalar ko‘zda tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishini ta’minlaydi. Bunda har bir talaba o‘z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi. Interfaol mashg‘ulotlarni amalda qo‘llash bo‘yicha ayrim tajribalarni o‘rganish asosida bu mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda o‘qituvchiga, talabalarga, ta’lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash mumkin. Badiiy ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi: – talabalarda ijodiy faoliyatni egallash, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta’minlash; – talabalarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, talabalar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g‘oyalarni qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash, har bir talabada uning ijodiy fikrlashga qodirligini, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag‘batlantirish; – o‘quv jarayonini talaba shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish; – talabalarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko‘nik-malarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart echimlar bilan birga nostandart echimlar qabul qilishga undash; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1329 – ijodiy faoliyatni rivojlantirishning asosi bo‘lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg‘ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish. Xulosa qilib aytganda, interfaol ta’lim metodlari va texnologiyalari talabalarda ijodiy qobiliyatlarining shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmoni. Qonun xujjatlari to‘plami milliy bazasi https://lex.uz/. 2. Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii v podgotovke uchitelya. – T.: TDPU, 2000. – 80 b. 3. Ishmuxamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. – T.: TDPU, 2005 y. 1.2. 4. Ibragimova G.N. Interfaol ukitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik kobiliyatlarini rivojlantirish. / Monografiya. – T.: «Fan va texnologiyalar», 2016. – 77 b. 5. Davletshin M.G., Jalilova S.I. Oliy maktabda ta’lim jarayoni samaradorligining psixologik tomonlari – T.: TDPU, 2001. – 10 b. 6. Mirsolieva M., Ibragimova G. Ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat. - T.: 2015. 7. Katta entsiklopedik lug‘at /Axborot texnologiyalari [Elektron resurs]: http://dis.academic.ru. 8. Abdirasilov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir. T.: O‘zbekiston nashriyoti, 2006. 9. Abdirasilov S., Azimov B. Rangtasvir. T.: Musiqa nashriyoti, 2011. 10. Moleva N.M., Belyutin E.M. Vыdayuщiesya russkie xudojniki-pedagogi. - M.: Prosveщenie, 1991. 11. Abdirasilov, S. F. (2022). Patriotic Education of Schoolchildren by Means of National Fine Arts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(5), 52-58. 12. Abdusalomxodjaev Nozim Nizomxujaevich, Abdirasilov Sunatulla Fayzullaevich, & Akbarxujaev Abdulaziz Axmadxodjaevich (2017). Master-klass jivopisi ot masterov. Nauka, obrazovanie i kultura, (9 (24)), 73-75. 13. Boltaboev A.K., & Abdirasilov S.F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Ekonomika i sotsium, (3-2(106)),57-60b. 14. Komoldinov S.J., & Abdirasilov S.F. (2023). ON THE INTEGRITY OF ILLUSTRATION IN PAINTING LESSONS AND ITS RELATIONSHIP WITH COMPOSITION ACTIVITY. Ekonomika i sotsium, (3-2 (106)), 168-171 b. 15. S. Abdirasilov, & B. B. Kurbanov. (2022). PORTRET JANRIDA ORQALI TALABALARDA BADIIY OBRAZNI SHAKLLANTIRISH. Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences, 1(2), 53–59. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/srnss/article/view/282 16. Abdirasilov, S., & Maxkamova, S. (2019). Research of Structure of Fractals in a Life of Mankind and Fine Arts Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 302-305 b