scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA OILANING RO'LI

Xo`janqulov Pirimqul, Umarova Nigora

Abstract

Ushbu maqolada ma’naviyat va jamiyat o‘rtasidagi chuqur o‘zaro bog‘liqlik yoritilgan. Muallif ma’naviyatni inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotining asosiy omili sifatida ta’riflaydi. Insonning axloqi, tafakkuri va e’tiqodi uning ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Ota-onani e’zozlash, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir. Mustaqillik sharoitida oila va ma’naviy tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sog‘lom jamiyat qurishda oila birinchi tarbiya maktabi sifatida muhim rol o‘ynaydi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1337 BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA OILANING RO'LI 1Xo`janqulov Pirimqul, 2Umarova Nigora 1San`atshunoslik fakulteti “ Musiqa ta`limi ” yo`nalishi bo`yicha v.b. dotsenti, 2San`atshunoslik fakulteti “ Musiqa ta`limi ” yo`nalishi 30kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17448490 Annotatsiya. Ushbu maqolada ma’naviyat va jamiyat o‘rtasidagi chuqur o‘zaro bog‘liqlik yoritilgan. Muallif ma’naviyatni inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotining asosiy omili sifatida ta’riflaydi. Insonning axloqi, tafakkuri va e’tiqodi uning ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Ota-onani e’zozlash, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir. Mustaqillik sharoitida oila va ma’naviy tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sog‘lom jamiyat qurishda oila birinchi tarbiya maktabi sifatida muhim rol o‘ynaydi. Kalit so‘zlar: Ma’naviyat, jamiyat, shaxs kamoloti, milliy qadriyatlar, ota-ona, tarbiya, oila, mustaqillik. Аннотация: В данной статье освещается глубокая взаимосвязь между духовностью и обществом. Автор определяет духовность как основной фактор совершенствования личности и прогресса общества. Мораль, мышление и вера человека формируют его духовный облик. Почитание родителей и уважительное отношение к ним являются неотъемлемой частью наших национальных ценностей. В условиях независимости вопросам семьи и духовного воспитания уделяется особое внимание. В построении здорового общества семья играет важную роль как первая школа воспитания. Ключевые слова: Духовность, общество, личностное развитие, национальные ценности, родители, воспитание, семья, независимость. Annotation: This article highlights the deep interconnection between spirituality and society. The author defines spirituality as a key factor in personal development and societal progress. A person's morals, thinking, and beliefs shape their spiritual identity. Honoring and respecting parents is an integral part of our national values. In the context of independence, special attention is paid to family and spiritual upbringing. The family plays an important role as the first school of education in building a healthy society. Keywords: Spirituality, society, personal development, national values, parents, upbringing, family, independence. Ma’naviyat va jamiyat bit-biri bilan dialetik bog’liq va jamiyat ma’naviyatsiz bo’lmaganidek, ma’naviyat ham jamiyatsiz yuzaga kelishi, mumkin emas. Ma’naviyat insonga o’ziga xos betakror mohiyat, imkoniyat, baxsh etib, jamiyat a’zolarini birlashtirib, uyushtirib turadi, u shaxsning, insonning, xalqning, davlatning, jamiyatning kuchi va qudratidir. Insonning mohiyatini uning jismiy borlig’i bilan emas, balki ma’naviyati bilan belgilanib, ma’nayatsiz inson bo’lmaganidek, ma’naviyatdan holi bolgan marifatli, rivojlangan jamiyat ham bo’lmaydi. Chunki kishilar ongida yangicha fikrlash bo’lmasa, ya’ni fuqarolar dunyo qarashida tafakkurida yangi dunyo qarashni shakillantirmay turib, siyosiyiqtisodiy INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1338 islohatlarning amalga oshishi qiyin kechadi va rejalashtirilgan maqsadlarga erishish qiyin kechadi. Har bir jamiyatning ma’naviyati inson kamolotining u yoki bu bosqichiga xos bo’lgan iymon va e’tiqodi, axloqodobi, tajriba va malakasini o’z ichiga oladi va kishilar faoliyati, iste’dodi, qobiliyati, yurishturishida namoyon bo’ladi. Kishilarning ma’ naviy fazilatlari, dunyo qarashi, mafkuraviy e’tiqodi bilan bog’lanib muayyan tartibga tushadi va ularning bavosita ta’siri natijasida jamiyat ildidagi vazifalarini anglashga yordam beradi. Mustaqillik sharoitida fuqarolar ma’naviy kamolotining imkoniyatlari kengayadi. Mustaqillik barcha yo’nalishlarda chuqur, mustaxkam ildiz olib borayotgan sharoitda takomillashib, kengayib va chuqurlashib borayotgan axloqiy, huquqiy burch va masuliyat bilan bog’langan manfaatlar ma’naviy kamolotning yangi muamolarini keltirib chiqaraveradi. Muamolarini milliy va umum insoniy qadriyatlariga asoslanib xal qilish ma’naviy taraqiyotning asosiy omilidir. Ma’naviy kamolot xalqning tarixiy, ma’daniy merosi, milliy umum insoniy qadriyatlarning mohiyatini chuqur anglash va ahamiyatini hosilona tushunish, ulardan oqilona foydalanish, rivojlanish bilan bog’liqdir. Jamiyat taraqqiyoti va inson ma’naviy kamolotining o’ziga xos quyidagi tomonlarini qayd qilish mumkin; Birinchidan; Prezidentimiz I.A.Krimov ta’kidlaganidek, manaviyatinsonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imone’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’tadigan beqiyos kuch , uning barcha qarashlarining mezonidir. Irqidan, millatidan, yashayotgan aniq jug’rofiy sharoitidan qat’iy inson arzandlarining barchasida, ma’naviy kamolotning subyektiv imkoniyaatlari bir xildir. Lekin shaxs yashayotgan davr, iltimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’daniy sharoitlar bilan taqazo qilinayotgan obyektiv imkoniyatlar turlicha bo’lishi mumkin. Bu ham ma’naviy kamolotning darajasi va imkoniyatlarga ta’sir etadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida turli mamlakatlar va xalqlarning ma’naviy kamoloti darajasi turlicha bo’lishi ham shu obyektiv imkoniyatlar, sharoitlar, extiyojlar bilan belgilanadi. Ikkinchidan: Inson ma’naviy kamoloti jamiyat taraqqiyotining muhim tarkibiy qismi, xal qiluvchi omilidir. Jamiyat ma’naviyatining doimiy ravishda taraqqiy etib borish obyektiv qonuniyati bo’lib shaxs ma’naviy kamoloti ham tarixiy jarayon hisoblanib, uning rivolnanishi uchun doimo yangi imkoniyatlar, ehtiyojlar paydo bo’laveradi. Har bir tarixiy davrda muayyan sharoitlar, ijtimoiy ehtiyoj va talablar taqozosi bilan ma’naviyatning rivojlanishi uchun ma’lum imkoniyatlar tug’ladi. Bu imkoniyatlar voqealikka aylanish uchun uning yangi mezonlari ham kelib chiqadi. Xar bir mezon tarixiy davrdagi inson ma’naviy kamolotiga bo’lgan yangi ehtiyojlar va talablarning belgisidir. Ma’naviyatning bir tarixiy davrga, muhitga xos bo’lgan mezinlarining barcha adabiy xaqiqat bo’lib qolavermaydi. Inson ma’naviy kamoloti asosida adolatga tayanish etib, adolatli jamiyatda komil insonni tarbiyalashga imkon yaratilib, komil insonlar jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan asosiy omil hisoblanadi. Uchinchidan, inson aqlan, axloqan takomillashib fan va texnikani yutuqlarini, jamiyat taraqqiyoti tajribalarini o’rganib, o’zlashtirib borgani sari ma’naviy omillarning jamiyat hayotiga bo’lgan ta’siri tobora ortib boraveradi. Darhaqiqat jamiyatdagi barcha katta-kichik muamolarning mohiyati va ularning istiqbol masalalari dastavval kishilar ongida pishib etiladi, so’ngra turmushga tadbiq etiladi. Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari ko’p. Bulardan biri xar bir shaxsning barkamol inson bo’lib yetishiga ota-onalarimizni hizmati beqiyosdir. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1339 O’zbek xalqining eng qadimiy davrdan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, o’z ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan ajoyib qadryatlardan biri ota-onasini yuksak darajada e’zozlash izzat-ikromini, hurmatini joyiga qo’yishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan ko’ra mexribon, aziz va mo’tabar zot yo’q. Ota-ona farzandlarining suyanchig’i , bitmas -tuganmas boyligidi. Ota-ona o’z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari ham ana shunda. O’zbek xalqi odob-axloq bo’yicha, keksalarning, otaonaning oldidan salom bermasdan o’tish gunoh hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beolchov, beminat xizmatiga bir umr sodiq bo’lish duolarini olish bolalarining farzandlarining burchidir. Buyuk bobomiz xazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, ota-onani hurmat qilish farzandlar uchun majburiyatdir. Tan olishimiz kerakki, sho’rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz hira torta boshladi. Ba’zi yoshlarimizda o’zlaridan kattalarni nuroniy qariyalarni hurmar qilish, ularning nasixatlariga quloq solish singari yuksak ma’naviy fazilatlar yo’qolib ketayotgani sezilmoqda. Keksalar uchun ajratilgan uylarda farzandlari tirik, o’ziga to’q bo’lgan ota-onalar yashayotganiga toqat qilib bo’lmaydi. Gohgohida bo’lsa ham ota-onaga qo’l ko’tarish, undan ham og’irroq jinoyat qilish hollari sodir bo’lib turganligini eslatib turamiz. Bu oddiy imkon emas, balki uchiga chiqqan tubanlik, bag’ritoshlik, milliy qadriyatlarimizni oyoq-osti qilish, o’z insoniyligini yo’qotishdir. Milliy qadriyatlarmizga o’zbbek xalqining shaniga dog’ tushuradigan bunday yaramas xodisalar zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol paydo bo’lishi tabiiy, Sho’rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning o’gitlari pand-nasixatlari, ajoyib an’analarimiz targ’ib qilinish o’rniga nuqul qoralanadi, yomon otliq qilinadi, bid’at, xurofot deb baholanadi. Milliy tarbiya borasidagi merosimiz o’rganilmadi, targ’ib etilmadi. Ularning o’rniga ta’lim-tarbiya borasida Yevropa, Rossiya modelii ko’klarga ko’tarib maqtab, targ’ib qilib, yoshlarimizni o’z milliy qadriyatlarimizdan bebahra qilib qo’ydik. Ana shu tufayli diniy-axloqiy, oila, qo’ni-qo’shni mahalla-kuylar ta’sirida kabi ta’limtarbiyaning hayot sinovidan o’tgan bebaxo boyliklaridan judo bo’la boshladik. Mustaqilligimiz tufayli bularga chek qo’yildi, bunday salbiy illatlardan tugatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mexr-shavqat, ota-onalarga e’zoz farzandlarga mexr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug’laydigan, ahloqiy, ma’naviy, jihatdan go’zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz odamlar, ayniqsa yoshlar qalbidan o’rin ola boshlagani quvonchli bir holdir. Mustaqil O’zbekiston Respublikamizning asosiy qonuni Kanstitutsiyasida farzandlarning jamiyat, oila ,ota-onalar oldidagi insoniy burchlari va masuliyatlari nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy g’oya va qoidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga yetmagan mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar. Hullas, har bir farzandning o’z ota onasini e’zozlashi farzandlik burchi va jamiyat oldidagi ma’suliyati sanaladi. Ota-oanani e’zozlashga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik burchimizdir. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi o’ngidan keladi, oldiga qo’ygan maqsadiga erishadi. Ota-oansi norizo bo’lgan farzand kechgacha yursa ham, ishining barakasi bo’lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishga otaonaning roziligini, oq fotihasini olishga hikmat ko’p. Endi ota-onani hurmat qilishning ulug’vorligi haqidagi ba’zi ibratli fikrlarni hadislardan keltirib o’tamiz. ‘’Qaysi musulmon INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1340 farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taola unga jannatdan ikki eshik ochad. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola otaonasidan qaysi birini hafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Alloh taola undan rozi bo’lmaydi’’, ‘’Kaim ota-onasini rozi qilsa Alloh taola uning umrini ham ziyoda qiladi ’’. Yuqorida farzandning ota-onasi oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-onaning ham farzand oldigagi burchi nihoyatda katta va ma’suliyatlidir. Farzandlarning kelajakda qanday ma’naviyat egasi bo’lishi ko’p jihatdan ota-ona, u bergan tarbiyaga bog’liq. Xar bir ota-ona farzandi oldida o’z otalik, onalik burchini to’liq xis etishi, unga javobgarligini ma’nan anglab yetishi kerak. Xulosa shuki, bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek, u hali tug’ilmasdan ota, ona va butun oila a’zolari ham jihatligida boshlashimiz lozim bo’ladi. Oilamiz jamiyatining birinchi va birlamchi bo’lgan zarrachasi. Jamiyat anu shu kichik zarralardan tashkil topadi. Er va xotin ikki tirik vujudning ikki olamning o’zaro ittifoqidan paydo bo’lgan uchinchi bir olambu oiladir. Ahil oila tinch-totuv, ahil, bo’lsa olam ham tinch va obod bo’ladi. Oilada singdirilgan tarbiya, Vatan, el-yurt, mustaqillik, ozodlik haqida berilgan tushuncha, tasavvur bolaning murg’ak qalbida bir umr muhitlanib qoladi. Oilada muthamkam, tinch, farovon, sog’lom bo’lsagina jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Prezidentimiz takitlaganidek, ‘’Oilaning jamiyatdagi o’rni tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan turib, xalqchilik makfura yaratolmaymiz’’. Ya’ni ma’naviy sohadagi vazifalarimizni muvafaqiyatli amalga oshira olamaymiz. Shuning uchun ham mamklakatimizda oilani mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan asosiy qonunimizning ‘’Oila’’ deb atalgan 14-bobida quyidagilarni o’qish mumkin: 63-modda. Oila jamiyatning asosiy bugunidir hamda jamiyat va davlat muxofazasida bo’lish huquqiga ega… 64-modda. Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar… 65-modda. Onalar va bolalik davlat tomonidan muxofaza qilinadi’’va boshqalar. Mustaqil Respublikamizda oila munosabatlariga alohida ahamiyat berilayotganligini Oliy Majlisning birinchi chaqiriq uchun birinchi sessiyasida “ Oila kodekisi” haqidagi qonunning qabul qilinishida ham ko’rishimiz mumkin. Davlatimizning oilaning rolini oshirishiga qaratilgan siyosati albatta farzandlarimizning ma’naviyatini yuksaltirishga katta ahamiyatga ega bo’ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Islomov, X. I. Ma'naviyat – jamiyat taraqqiyotining asosiy omili. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2019. – 152 b. 2. Qurbanov, B. Oila va tarbiya: Ilmiy-amaliy qo‘llanma. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020. – 134 b. 3. Abdullayeva, M. Milliy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi // “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, 2021, №2. – B. 45–49. 4. Karimov, I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 b. 5. Jalolov, J. Spirituality and Education in the Context of Globalization // International Journal of Social Sciences, 2022, Vol. 10(3). – P. 112–118. 6. Nazarov, S. Oila – tarbiya maskani sifatida. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.