scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR NUQTAYI NAZARIDAN YOSHLAR TARBIYASI

Abdullayeva Muborak Sobirovna, Turatova Maxfuza, Raximboyeva Shoira

Abstract

Maqolada milliy va diniy qadriyatlarimiz, ularning mazmun- mohiyati, asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganishning ahamiyati, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri ekanligi haqida so‘z boradi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1437 MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR NUQTAYI NAZARIDAN YOSHLAR TARBIYASI Abdullayeva Muborak Sobirovna¹, Turatova Maxfuza², Raximboyeva Shoira3 ¹ CHDPU katta o’qituvchisi, 2,3 CHDPU talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17448841 Annotatsiya. Maqolada milliy va diniy qadriyatlarimiz, ularning mazmunmohiyati, asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganishning ahamiyati, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri ekanligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: milliy va diniy qadriyatlar, islom sivilizatsiyasi, inson kamoloti, urfodat, ma’naviy boylik, iymon-e’tiqodli, milliy, hadis namunalari, buyuk allomalar, ma’naviy meros, sharqona ta’lim va tarbiya. Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash bo‘yicha jiddiy tadbirlarning amalga oshirilayotganligi ma’naviyatimizning tiklanishida juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy qadriyatlarimizning tiklanayotganligini bugungi kunda jahon tan olmoqda. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bahouddin Naqshband kabi ulug‘ siymolarga, Buxoro, Xiva shaharlari yubileylariga bag‘ishlangan tadbirlar, simpoziumlarda dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan vakillarning qatnashganligi buning yorqin misolidir. Ma’lumki, an’analar xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va ajdodlardan avlodlarga muqaddas meros sifatida o‘tib kelayotgan bebaho ma’naviy boylik hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchi bo‘lib qolyapti. An’analar barhayot bo‘lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari yoshlar egallashi lozim. Ana’anaviy xalq bayramlarining tiklanishi o‘zbek madaniyati tarixida o‘ta muhim voqea bo‘lib qolmoqda. Chunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan madaniyatning yirik va muhim shakli hisoblanadi. Shu yo‘l bilan azaliy bayramlarning tiklanishi bilan xalq madaniyatining eng qimmatli tomonlarini jonlantirishga zamin yaratildi. Xalq an’analarining tiklanishi borasida so‘z borganda, yoshlar kamolotida muhim o‘rin tutadigan xalq o‘yinlariga alohida to‘xtalish lozim. Ajdodlarimizning eng qadimiy an’anaviy, ko‘pgina madaniyat shakllari raqs, teatr va sportga xos marosimlar shu o‘yinlar zaminidan kelib chiqqan va tarixiy jarayonda avlod ajdodlarimizning sog‘lomlashtiruvchi vositasi bo‘lib kelgan. Ravshanki, ko‘ngilda vatanga muhabbat jo‘sh urib turmasa, unga oshuftalik qalbni qaynatmasa, vujudingda Vatanga farzandlik burchi mas’ullik torlarini harakatga keltirmasa, harchand ‘‘Vatanim sajdagohim, iqbol maskanim’’ deyilgani bilan bizdagi mehru sadoqat qandaydir mavhumiylikka moyil hisga o‘xshab ketadi32[2,7-bet]. Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1438 asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehrmuruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiyma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish, yosh avlodni milliy ma’naviy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash, ular ongida kichik maktab yoshidan boshlab Hadis ilmi saboqlari asosida insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularni vatanparvarlik kabi tushunchalarni singdirish muhim vazifa hisoblanadi. Mazkur tadqiqot bo‘yicha Pedagogika fani sohasida K.Hoshimov, M.Ochilov, S.Temirova, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.Ortiqov, Q.Qurbonboyev, J.Toshmatova, Sh.Olimov va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari e’tiborga loyiqdir. Ular o‘z ilmiy izlanishlarida yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish bo‘yicha qator yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy qadriyatlar va urf-odatlardan foydalanish bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayoni oldida turgan eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda yaratilgan bu betakror an’ana va marosimlar, milliy qadriyatlar va urf-odatlarni o‘rganish hamma davrlarda ham olimlar oldiga bir qator muhim vazifalarni bajarish zaruratini qo‘ygan. Bu borada J.Hasanboyev, M.Turopova, O.Hasanboyeva, A.Mavrunov, U.Qoraboyev va boshqalarning ilmiy ishlari va maqolalarini eslatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, xalq pedagogikasining ta’lim oluvchi shaxsiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish muammosini o‘rganish bo‘yicha M.Ochilov, A.K.Munavvarov, S.Axmedov, S.Ochilov, O.Musurmonova, M.Inomova, S.Nishonova va boshqalar tomonidan doktorlik ishlari bajarilganligini alohida qayd etish lozim. Shu jaryonda har bir shaxsda milliy ma’naviyatni, milliy ong, milliy shuur, milliy tuyg‘uni barkamollikka ko‘tarish omillari faollik jarayoniga ko‘chadi. Bu ulug‘vor maqsadlarni amalga oshirish uchun jamiyatimiz o‘zining real imkoniyatlariga ega. Avvalo, ozod va mustaqil Vatanda xalqni farovonlikka yetaklovchi va ma’lum ma’noda munosib turmushni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratildi. Davlatimizda fidoyi, ishchan, tashkilotchilik salohiyati baland malakali kuchlar ulg‘aydi. Ular siymosi, faoliyatida milliy ma’naviyatning barqaror mag‘zi, yaratuvchan kuchi mavjud. Milliy ma’naviyati barqaror shakllangan bunday kishilar o‘z xalqi, millati, vatani manfaatini har qanday sharoitda himoya qiladi, o‘z faoliyatida xalqimizning milliy ma’naviyatini namoyish eta oladigan, millatning salohiyatini, Vatan qadri, sha’ni, shuhratini ellararo, davlatlararo ko‘rsata biladigan insonlardir. Yoshlarga milliy qadriyatlarni ta’limdan tashqari ishlar orqali singdirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga e'tibor qaratilishi lozim: Birinchidan, yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish, hayot mazmunini tushunib olishiga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini, shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish; Ikkinchidan, talabalarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1439 Uchinchidan, har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilish. Yoshlar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash; To‘rtinchidan, insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga qarshi kurasha olish), muomala odobi kabi tarbiya vositalarini keng qo‘llash; Beshinchidan, yoshlarimizni erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish. Ta’limdan tashqari tarbiyaviy ishlar talaba-yoshlarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. Bu jarayonlarni tashkil etish yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Bugungi kun yoshlarining bir kunlik vaqt byudjeti: o‘quv va darsdan (uyushmagan yoshlar uchun uy ishlaridan tashqari) tashqari vaqt sotsiologiyasini aniqlash va shu asosda ta’limdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish choratadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. Darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda: tanlovlar, klublar, badiiy havaskorlik, uchrashuvlar, bahslar, sport musobaqalari, davra suhbatlari, treninglar va boshqa tadbirlar, usullari: ishontirish, namuna ko‘rsatish, o‘rganish, mashq qildirish, rag‘batlantirish, illatlarga salbiy munosabat bildirish, munozaralar, kuzatish, trening, jamoaviy ijodiy faoliyat, ‘‘mafkuraviy vaziyat’’, harakatli, taqlidli, rolli o‘yinlar va boshqa shu turdagi usullardan samarali foydalanish lozim. O‘zbek oilalaridagi kitobga muhabbat, kitobni asrab-avaylab saqlash va kitobxonlik xalqimiz ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etgan fazilatga aylangan. Chunki kishining o‘zini-o‘zi tarbiyalashida kitob ham bilim manbai, ham o‘zingizni ko‘rish, taqqoslash, taqlid qilish, munozara yuritish, bahslashishda ma'lum darajada ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Kitobxonlik mushohada va mulohaza yuritish iqtidorini shakllantiradi, fikrni charxlaydi, teranlashtiradi33[3,26-bet.]. Ta’limdan tashqari ishlarda yoshlarni kitob mutola qilishga da’vat etish, ularning kitoblardan foydalanib o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy joylar, osori atiqalar, yodgorliklar, ziyoratgohlar bilan tanishib, ularni o‘rganishga talaba-yoshlarni jalb etish zarur. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Muzeylarga talaba-talabalarning tashrifini uyushtirib borish an’anaga aylanishi kerak. ‘‘Mening davlatim’’, ‘‘Mening xalqim’’, ‘‘Mening Vatanim’’, ‘‘Biz hech kimdan kam bo‘lmaganmiz, kam bo‘lmaymiz ham’’ va shu kabi turli ma’rifiy tadbirlar tashkil etib, ularda talabalarni va uyushmagan yoshlarni faol ishtirokini ta’minlash lozim[4,1620-bet.]. Yoshlarning to‘y-ma’rakalarda, ommaviy sayillar, bayramlarda ishtiroki asosida mahallada o‘zini tutishni, kattaga hurmat, kichikka izzatni, yaxshi-yomon kunlarda yelkadoshlikni his qilishni o‘rgatish orqali milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillaridan bo‘lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarga munosabatni shakllantirishga e’tibor qaratish lozim[5,114-bet.]. Xulosa qilib aytganda, milliy qadriyat har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning o‘sishi va taraqqiyoti uchun moddiy va ma’naviy INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1440 boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o‘z ajdodlaridan yuqoriroq darajaga ko‘tarilmog‘i darkor. Yoshlarni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashda zamonaviy meditsina, pedagogika, psixologiya fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada joriy qilish ayniqsa zarur. Har bir oila, ota-ona, eng avvalo, bola timsolida shaxsni ko‘rishi, uning uchun shaxsga tegishli barcha huquq va erkinliklar ta’minlashi borasida o‘zining mas’ul ekanligini doimo his etib turishi nihoyatda muhim. Milliy tarbiyada milliy g‘oyaga, milliy g‘ururni yuksaltirishga xizmat qiladigan timsollar, ramzlarning har biri - katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi. Bundan tashqari, buyuk ajdodlar tavallud sanalarini nishonlash ham ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday marosimlarni o‘tkazish orqali yoshlar yangi qadriyatlar asosida tarbiyalanadilar, ular qalbiga tarixni anglash va qadrlash, o‘tmishga hurmat bilan yondashish, ularni asrab-avaylash, shu xalqqa mansubligi bilan g‘ururlanish tuyg‘ulari singdiriladi. Umuman olganda, yoshlarning etnik qiyofasi millatning bugungi milliy tarbiyasi, mentaliteti, madaniyatining o‘zaro dialektik munosabati vositasida shakllanadi. Ma’naviy jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati, o‘z mas’uliyati bilan ongli ravishda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib yashaydi. Markaziy Osiyoda yashab, ijod qilgan qomusiy olimlar, buyuk ajdodlarimiz, XIX asr va XX asr mutafakkirlari va pedagoglarining ta’lim-tarbiya xususida aytgan nazariy fikrlari, pedagogik nazariyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Zamonaviy pedagogikada ulardan foydalanish o‘z samarasini beradi. O‘zbek xalqining hozirgi milliy ma’naviyati va qadriyatlari o‘tmish milliy ma’naviyatining davomi bo‘lib, ularga do‘stlik, mehmondo‘stlik, insonparvarlik, axloqiy poklik, saxiylik, xushmuomalalik, hayolilik, sizlab muomala qilish, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe’llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlik, ro‘zg‘orparvarlik, ona yurt va xalqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostgo‘ylik, halollik, or-nomuslilik, to‘g‘rilik, sabrandishalik, vazminlik, hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik, o‘tmishga hurmat, insoflilik, iymonlilik, milliy g‘urur, vatanparvarlik, millatparvarlik kabilar kiradi. Xalqimiz urf-odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Odamlarning bir-biriga mehr oqibati, oqilona munosabati, to‘g‘ri muloqoti, iltifoti, extiromi xalqimizning ichki go‘zalligini, boy ma’naviy va ruhiy qiyofasini ifodalaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Sh.M.Mirziyoyev, Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: O‘zbekiston, 2017. - 488 b. 2. Rustamov A. Adiblar odobidan adablar. - T.: ‘‘Ma’naviyat’’, 2003. 3. Aliqulov X. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar mutafakkirlar talqinida. - Andijon. 2003. 260 b. 4. Umurzoqov O.P. Umuminsoniy qadriyatlar: milliy an’ana va urf-odatlar takomillashmoqda. G‘G‘ O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar, 2000 №2. 5. A.Allayarov, G‘.Amanov. Yoshlar tarbiyasida innovatsion yondashuv (ilmiy ommabop nashr). Guliston 2020. - 114 bet.