scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA QO'LLANILADIGAN METODLARNING DIDAKTIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Xamidov Jamshid Abdisamiyevich, Bekbayeva Ziyoda Amanovna, Nabiyeva Shaxnoza Ismaildjanovna

Abstract

Ushbu maqola tezizda texnik ijodkorlikda qo‘llaniladigan metodlarning didaktik xususiyatlari haqida ayrim mulhozalar zikr etilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1444 IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA QO‘LLANILADIGAN METODLARNING DIDAKTIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Xamidov Jamshid Abdisamiyevich¹, Bekbayeva Ziyoda Amanovna², Nabiyeva Shaxnoza Ismaildjanovna3 ¹ CHDPU katta o’qituvchisi, 2,3 CHDPU talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17448870 Anntotatsiya. Ushbu maqola tezizda texnik ijodkorlikda qo‘llaniladigan metodlarning didaktik xususiyatlari haqida ayrim mulhozalar zikr etilgan. Kalit so‘zlar: texnik ijodkorlik, didaktika, interfaol metod, aqliy xujum, metodika. Ijodkorlik masalalariga insonlar har qadamda duch keladilar, biroq u larni har doim ham ijodiy yo‘l bilan qilishga intilmaydilar. Jumladan, ta’limni tashkil qilishning asosiy shakllari bo‘lgan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish muammosi o‘zining to‘laqonli yechimini to pmay kelmoqda. Mazkur muammoni darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida hal etish muayayn yechimlari taklif etilgan bo‘lsada, dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish muammosi yetarlicha tadqiq qilingan emas. Qisqa qilib aytilganda, ijodkorlikni murakkab ko‘ringan masalani hal etishning sodda yechimini topish deb ta’riflash mumkin. Odatda, uni oqilona yechim, yoki ixtiro deb atashadi. Ushbu fikrni ko‘proq moddiy shaklga ega bo‘lgan texnik ijodkorlik misolida izohlash mumkin. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi barcha sohalarda zamonaviy texnologiyalar rivoji bilan bog‘liq ekan, ijodkorlik yo‘llarini puxta o‘zlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalash respublikamiz ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri sifatida yuzaga chiqadi. Bu masalaning asosiy yechimi esa umumiy o‘rta ta’lim maktablari ishini maqsadga muvofiq tashkil qilish bilan hal etiladi. O‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash strategiyasi quyidagi asosiy usullarga tayanadi: - doimo o‘quvchilar e’tiborini masalani hal qilishda qo‘llanilgan usulning universalligi, hammabopligiga qaratish. Buning natijasida o‘quvchilar darsda ma’lum vaziyatga nisbatan qo‘llanilgan metodni yangi hodisalarga tatbiq qilib, yangi qonuniyat va yechimlarni izlashga odatlanadilar; - o‘quvchilarni ijodkorlik metodlariga o‘rgatishni dars maqsadi sifatida emas, balki darsda qo‘yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo‘l, imkoniyat sifatida qarilishi taqozo etiladi. Muammo yechimini topishga qaratilgan vazifalar o‘rganilayotgan tizim tarkibi va undagi jarayonlarni tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Shu sababli masalani hal etishdan kutilgan maqsadni va uni amalga oshirishdagi vazifalarning to‘g‘ri belgilanishi muammoni darhol hal etishga qaratilgan intilishlardan ko‘ra ko‘proq naf keltiradi; - o‘quvchilar o‘zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g‘oyalar ijodkorlik darslarining asosiy «mahsuli» hisoblanadi. Biroq, faqatgina masalaning yangi yechimini topish ijodkorlik faoliyatining so‘nggi bosqichi bo‘lib qolmasligi kerak. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1445 O‘quvchilar o‘z g‘oyalarini «oxiriga yetkazish»ni o‘rganishlari, ya’ni yangi yechimni sinab ko‘rish, asoslash va tadbiq qilishga oid ma’lum ko‘nikmalarni egallashlari ijodkorlikni «xayollar» darajasidan amaliy bosqichga ko‘tarish zarur asosni yuzaga keltiradi. Mazkur mulohazaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u o‘quvchilarning keyingi ta’lim bosqichlarida yuqori faollik darajasini ta’minlashga va pirovardida turli fan sohalarida chuqur ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi b o‘lajak olimlarni tarbiyalashga zamin tayyorlaydi; Ijodkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim jihati – axborotlarni yig‘ish, tahlil va talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lib, busiz har qanday ijodkorlik metodi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. O‘quvchilarda axborotlar bilan ishlashga oid dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirishda ularni o‘z qiziqishlariga oid rasmlar va fotosuratlar, ilmiy-ommabopmaqolalar, markalar va h.k.larni yig‘ish, saralash va tizimga keltirish ishlariga jalb metodlaridan keng foydalanish mumkin; Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarining juda muhim, qamrovi jihatidan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan ham tashqariga chiqadigan masala shaxs ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Odatda buyuk olim va ixtirochilar to‘g‘risida so‘z yuritilganda o‘quvchilar «Ulug‘ allomalargina shu qadar yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritganlar, bizlar bo‘lsak oddiy odamlarmiz», - deb o‘zlarini urintirishdan saqlamoqchi bo‘ladilar. Bu tushunchani yengishning muhim yo‘nalishlaridan biri turli hayot yo‘liga ega bo‘lgan taniqli ijodkor shaxslar biografiyasi bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirib borishga bog‘liq bo‘lib, bunda so‘z yuritilayotgan shaxs hayotining barcha jabhalari ro‘y-rost bayon qilinishi lozim bo‘ladi. Mazkur metodning asosida ilm-fandagi yuksak yutuqlarga unga intilgan har shaxs erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyani o‘quvchilar ongiga singdirish talabi yotadi. Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishning mazkur usullarini turli yoshdagi o‘quvchilarga nisbatan samarali qo‘llash mumkin, faqat buning uchun tegishli dasturlar hamda o‘quv qo‘llanmalarining tizimlashtirilgan majmuasi mavjud bo‘lishi talab qilinadi. Demak, navbatdagi dolzarb vazifa sifatida maqolada keltirilgan usullarni samarali amalga oshirishga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik majmuani yaratish masalasi hal etilishi lozim. Birinchi texnik qurilmalar va sodda mexanizmlar paydo bo‘lishi bilan insoniyat o‘z oldiga har xil qiyinchilikda va ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vazifalarni yechishga harakat qiladi. Insoniyat o‘sib kelayotgan ehtiyojini qoniqtirish va mehnatini yengillashtirish maqsadida yangi texnikani va mashinalarni yaratishga, uning ish unumdorligini oshirishga va foydali ish koeffitsientini ko‘paytirishga harakat qiladi. Sanoat ishlab chiqarishida yuzaga kelgan ehtiyoj texnika taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qiluvchi muxim omillardan biri hisoblanadi. Bu fikrni aynan texnika ijodkorligiga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Asrimizning 40-yillarida texnik yechimlarni tadqiq qilishning faol metodlariga ehtiyoj kuchayadi. Bu boradagi metodlarning yetishmasligi atom energetikasi, raketasozlik, elektron hisoblash mashinalarini takomillashtirish ishlarining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda edi. Bu davrda turli yo‘nalishlard a izlanishlar olib borilishi natijasida quyidagi holatlar aniqlandi: - birinchidan, murakkab masalalarni hatto daho insonlar ham yakka o‘zlari yecha olmasligi, ijod qilishning jamoa usuliga zarurati asoslandi; - ikkinchidan, texnik yechimlarni ishlab chiq ishga ajratilgan vaqtning qisqaligini e’tiborga olib ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda yangi g‘oyalarning ishlab chiqilishi bilan birgalikda olib borilishi lozim; - uchinchidan, mavjud bo‘lgan ko‘plab g‘oyalar orasidan asosli va samarali bo‘lganlarini ajratib olish yo‘llarini belgilash. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1446 “Amal va xato” metodlari. Ijod qilishni o‘rganish uchun uning qobiliyatlarini bilish kerak. Oldingi vaqtlarda ya’ni qurollanish davrlarida ixtirochilik bilan shug‘ullanishda faqat bitta «Amal va xato» metodidan foydalanilgan. Ular o‘zlarining ish jarayonlarida texnik masalalarni yechishda har xil amallarni bajarishda ko‘p xatoliklarga yo‘l quyiladi va bu xatoliklarni minimumga keltirishga harakat qilinadi. Har xil texnik masalalarni yechishda ixtirochilar «Amal va xato» metodlarini qo‘llaydilar. Uning moxiyati shundan iboratki texnik masalalarni hal etishda ixtirochi bor imkonini variantlarining hammasini qo‘llagan holda quyilgan talabga javob beradigan bittasini tanlaydi. “Aqliy hujum” metodi. Olimlarning fikricha ijodiy faoliyat bu aniq qonuniyatga asoslangan xarakterda bo‘lib, ijodiy masalalarni yechishning adekvat metodlarini topish zamin yaratadi. Bu metodlar 2 ta guruhga bo‘linadi. Birinchisi guruhga “Aqliy xujum”, “Sinektika, morfologik tahlil” metodlari, bular assotsiativ fikrlari va kutilmagan yechim xarakteri mexanizmlarga asoslanadi. Bu metodlardan foydalanish juda yengil, lekin qo‘llanilayotgan ob’ektning mohiyatiga bog‘lanmagan. Bu metodlardan foydalanish juda murakkab lekin ob’ektning mohiyatini ochib borishga qaratilgan. «Aqliy hujum» metodini qo‘llashda quyidagi tartib qoidalarni ishlab chiqqan: 1. “Aqliy hujum” metodi yordamida masalalarni yechishda 12-25 gacha odamlar ishtirok etish kerak. Ularni yarimi g‘oya beruvchilar, keyingisi tahlil qiluvchilar. G‘oyani generatsiya qiluvchilar guruhiga kuchli fantaziyaga, abstrakt tafakkurga ega bo‘lgan kishilar kiritiladi. Ekspertlar guruhiga tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan shaxslar tanlab olinadi. “Aqliy hujum” sessiyasiga malakali, tajribali xodim rahbarlik qiladi. 2. Generatorlar quyilgan masalaning yechimini topish uchun maksimal sondagi g‘oyalarini beradilar. Berilgan g‘oyalar bayoni magnitofonlarga yozib olinadi. Ekspertlar shularni ichidan ma’qulini tanlab olishadi. 3. Qo‘yilgan masalaning yechimining og‘irligiga qarab “Sessiya” 30-50 daqiqagacha davom etishi mumkin. 4. “Aqliy xujum” sessiyasida ishtirok etilayotgan xodimlarning o‘rtasida bir biriga nisbatan xurmat va erkin munosabatni o‘rnatish zarur. 5. Agarda sessiya natijasiz tugasa uning ishtirokchilarini o‘zgartirish zarur. Masalaning qo‘yilishi ham qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Қўйсинов О.А., Тўрабеков Ф.С., Пардабоев Ж.Е.. Касбий педагогика фанидан лаборатория машғулотлари. Т.: ТДПУ, 2013 2. Толипов Ў.Қ, Баракаев М, Шарипов Ш.С. Касбий педагогикa.-Т, 2001. 3. Олимов Қ.Т., Абдуқудусов О. ва бошқалар. Касб таълими услубиёти. Т.: “Молия” нашириёти, 2006. 4. Ж.А.Хамидов О неоторых формах, методах трудового воспитания младших школьников//Academic research in educational sciences, 2020. Volume 1, Issue 3, 10451050 с. 5. Ж.А.Хамидов Ўқувчиларни креатив тадқиқотчилик ва касбий кўникмаларини танқидий фикрлаш орқали ривожлантириш//Academic Research in Educatinal Sciences, 2021. Volume 2, Issue 12, 922-928 b. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1447 6. J.A.Xamidov Kichik maktab o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi//Экономика и социум №2(81) ч.2 2021, 479-484 b. 7. Пашков А.Г. Труд как средство воспитания, Педагогика, 1992 №7-8.