QARSHI SHAHRIDA INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARINI JORIY ETISH SAMARADORLIGI
Abstract
Mazkur tezis Qarshi shahri yo’l infratuzilmasida intellektual transport tizimlarini (IoT, videokuzatuv, sun’iy intellekt asosidagi monitoring) joriy etishning samaradorligini baholashga bag’ishlangan. Tadqiqotda real vaqt rejimida harakat ma’lumotlarini yig’ish va tahlil qilish imkoniyatlari ko’rib chiqilgan. Natijalar shuni ko’rsatdiki, bunday tizimlar yordamida yo’l-transport hodisalari soni kamayadi, svetoforlar ish rejimi avtomatik moslashadi va tirbandliklar qisqaradi.
Full text
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 439 QARSHI SHAHRIDA INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARINI JORIY ETISH SAMARADORLIGI Zikriyoyev Shaxzod Umir o’g’li Qarshi davlat texnika universiteti, Magistranti. [email protected] Annotatsiya: Mazkur tezis Qarshi shahri yo’l infratuzilmasida intellektual transport tizimlarini (IoT, videokuzatuv, sun’iy intellekt asosidagi monitoring) joriy etishning samaradorligini baholashga bag’ishlangan. Tadqiqotda real vaqt rejimida harakat ma’lumotlarini yig’ish va tahlil qilish imkoniyatlari ko’rib chiqilgan. Natijalar shuni ko’rsatdiki, bunday tizimlar yordamida yo’l-transport hodisalari soni kamayadi, svetoforlar ish rejimi avtomatik moslashadi va tirbandliklar qisqaradi. Аннотация: Данная тезис посвящена оценке эффективности внедрения интеллектуальных транспортных систем (IoT, видеонаблюдение, мониторинг на основе искусственного интеллекта) в дорожную инфраструктуру города Карши. Результаты показывают, что такие системы позволяют сократить количество ДТП, улучшить работу светофоров и снизить заторы на дорогах. Abstract: This thesis assesses the effectiveness of implementing intelligent transport systems (IoT, video surveillance, AI-based monitoring) in Qarshi city’s road infrastructure. The results show that such systems reduce accidents, optimize traffic light operation, and decrease congestion. Kalit so’zlar:intellektual tizimlar, IoT, transport boshqaruvi, Qarshi, sun’iy intellekt, videokuzatuv. Qarshi shahrining markaziy ko’chalarida harakat jadalligi yildan-yilga ortib bormoqda. Transport oqimini samarali boshqarish uchun sun’iy intellekt asosida ishlovchi intellektual tizimlarni joriy etish zarur. Tadqiqotda videokuzatuv va IoT sensorlari asosida ma’lumotlarni yig’ish, real vaqt tahlili va svetoforlar bilan integratsiyalash imkoniyatlari o’rganildi. Sinov loyihalari natijasida YTH soni 20% ga kamaydi, tirbandliklar esa 15% qisqardi. Shuningdek, ekologik yuk 10% ga kamaygani qayd etildi. Intellektual transport tizimlari Qarshi shahrining kelajakdagi transport siyosatida muhim o’rin tutadi, chunki ular yo’l infratuzilmasining raqamli transformatsiyasiga xizmat qiladi.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 440 1.4-rasm. Avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan kamera Avtomobil yo‘llarida tirbandliklarni, yo‘l-transport hodisalarini (YTH) va ekologik muammolarni bartaraf etish, shuningdek, avtomobillarning aloqa tezligini oshirishda chorrahalardagi harakat tartibini samarali tashkil etish juda muhimdir. Yuqoridagi muammolar asosan chorrahada yuzaga kelishi hisobga olinsa, uning loyihalanishi va qayta ta’mirlanishida yo‘l belgi-chiziqlarining o‘rnatilishi, svetaforlarning qo‘llanilishi va umuman chorrahadagi konstruktiv elementlarning joylashuvi puxta va optimal tarzda amalga oshirilishi zarur. Quyida harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ba'zi muhim chora-tadbirlar keltirilgan: 1. Infra-tuzilmani rivojlantirish Yo‘llarning sifatini yaxshilash va xavfsiz joylashuvini ta’minlash. Svetofor tizimlarini modernizatsiya qilish va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni joriy etish. Piyodalar uchun xavfsiz yo‘laklar va o‘tish joylarini tashkil etish. 2. Intellektual transport tizimlari (ITS) Transport vositalarining harakatini real vaqt rejimida kuzatish va boshqarish. Xavf-xatarlarni oldindan aniqlash uchun avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilish. 3. Transport oqimini boshqarish Harakat zichligini kamaytirish uchun optimal yo‘nalishlarni belgilash. Yo‘llardagi tirbandliklarni monitoring qilish va tezkorlik bilan chora ko‘rish. 4. Foydalanuvchi xatti-harakatlarini boshqarish Haydovchilar va piyodalarning qoidabuzarliklarini kamaytirish uchun targ‘ibot va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish. Xavfsizlik kamarini taqish va tezlikni nazorat qilish bo‘yicha qattiq talablar qo‘yish. 5. Ta'lim va axborot tarqatish Haydovchilar va yo‘lovchilar uchun xavfsizlik bo‘yicha treninglar o‘tkazish. Harakat xavfsizligiga oid ma'lumotlarni muntazam yetkazish. 6. Tadqiqot va normativ hujjatlar ishlab chiqish Potensial oqim imkoniyatlarini aniqlash uchun ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish. 3.4-rasm. “Amir Temur-Ko’chabog‘” chorrahasining taklif etilgan svetalfor fazalari.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 441 Harakat xavfsizligini ta'minlash barcha ishtirokchilar uchun xavfsiz va samarali muhit yaratishni talab qiladi. Yo‘l infratuzilmasini zamonaviy texnologiyalar yordamida takomillashtirish va xalqaro standartlarga mos ravishda modernizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Intellektual boshqaruv tizimlari, jumladan, aqlli svetoforlar, videokuzatuvlar va avtomatlashtirilgan radarlar qoidabuzarliklarni aniqlash va oqimni boshqarishda samarali yechim bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni; 2. 2017 yilning 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori; 3. Mirziyoev SH.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. – Toshkent: «O‘zbekiston» 2017 yil. 4. Mirziyoev SH.M. “Milliy taraqiyyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1jild. – Toshkent: «O’zbekiston» 2017yil. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi t‘g‘risida"gi qarori; 6. 2007 yil oktyabrda qabul qilingan "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni; 7. "Qashqadaryoavtoyo‘l" hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti ma’lumotlari asosida; 8. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2003 yil 19 avgustdagi PF-3292-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurish va foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi farmoni; 9. SHNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yo‘llari” O‘zbekiston Respublikasi Davarxitekqurilish qo‘mitasi. Toshkent. 2008 14.SHNQ 2.07.01-03* Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishni rejalashtirish. O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi. Toshkent 2009 yil. QMQ 2.05.11-95 “Ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari” g. T.: 1996.