scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUD TIZIMIDA KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Ergashev Aziz Adilovich

Abstract

Ушбу тезисда муаллиф томонидан Ўзбекистон Республикаси одил судлов тизимини ривожланган демократик давлат қаторига олиб чиқиш борасида амалга оширилаётган ислоҳотлар, малакали кадрлар тайёрлаш тизимини такомиллаштириш мақсадида қабул қилинаётган норматив ҳуқуқий ҳужжатлар хусусида фикрлар юритилган.

Full text

2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 230 SUD TIZIMIDA KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Ergashev Aziz Adilovich Fargʻona yuridik texnikum direktori. https://doi.org/10.5281/zenodo.17450041 Аннотация. Ушбу тезисда муаллиф томонидан Ўзбекистон Республикаси одил судлов тизимини ривожланган демократик давлат қаторига олиб чиқиш борасида амалга оширилаётган ислоҳотлар, малакали кадрлар тайёрлаш тизимини такомиллаштириш мақсадида қабул қилинаётган норматив ҳуқуқий ҳужжатлар хусусида фикрлар юритилган. Kalit so‘zlar: одил судлов, малакали кадрлар, суд тизими, профессионал судялар, Odil sudlov akademiyasi, ilmiy-tadqiqot muassasasi, interfaol oʻqitish uslublari. Аннотация. В данном тезисе автор рассуждает о реформах, осуществляемых для вывода системы правосудия Республики Узбекистан в ряд развитых демократических государств, нормативно-правовых актах, принимаемых в целях совершенствования системы подготовки квалифицированных кадров. Ключевые слова: правосудие, квалифицированные кадры, судебная система, профессиональные судьи, Академия правосудия, научно-исследовательское учреждение, интерактивные методы обучения. Abstract. In this thesis, the author discusses the reforms being carried out to bring the justice system of the Republic of Uzbekistan into the ranks of developed democratic states, as well as the legal acts adopted to improve the system of training qualified personnel. Key concepts: justice, qualified personnel, judicial system, professional judges, Academy of Justice, research institution, and interactive teaching methods. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 130-moddasida Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshirilishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Albatta, mazkur qoida demokartik davlatga xos boʻlgan muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida hokimiyatlar boʻlinish prinsipiga amal qilingan holda, sud hokimiyati hokimiyatning mustaqil tarmogʻi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu borada mamlakatimizda xalqaro huquq talablariga javob beradigan huquqiy mexanizm ham, qonunchilik bazasi ham yaratildi. Mustaqillikdan keyin Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining nufuzi va obroʻsini oshirish, mustaqilligini taʼminlash borasida tizimli va izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu oʻrinda Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1 , 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2 qabul qilingan farmonlarni yodga olish maqsadga muvofiqdir. 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 231 Mazkur farmonlar mazmunida sud tizimida yuz beradigan islohotlar mustahkamlab qoʻyildi. Sud-huquq tizimining jadal isloh qilinishini taʼminlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish uchun 2023-2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha harakatlar dasturi ham tasdiqlandi. Strategiyaning ahamiyatli jihati shundaki, unda odil sudlovni taʼminlashning ustuvor vazifasi etib “Inson qadri uchun” gʻoyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish, adolatli sud qarorlarini qabul qilishga erishish orqali yurtdoshlarimizning sud tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Endilikda fuqarolar shu jumladan, tadbirkorlarga oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilib, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tenglik tamoyillarini toʻlaqonli amalga oshirish, sudlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish ham muhim vazifa sifatida belgilab olindi. 3 Tabiiyki, bunday oʻzgarish va yangilanishlar adolatli davlat barpo etilayotgan yurtimizda insonlarning sud tizimini oʻzining eng ishonchli himoyachisi sifatida his qilishiga mustahkam zamin yaratadi. Bu jarayonlarda sudlar faoliyatining huquqiy hamda moddiy texnik bazasini rivojlantirish bilan bir qatorda sud tizimi uchun yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va amaliyot uzviyligini taʼminlash orqali professional sudyalar korpusini shakllantirish bilan bogʻliq masalalar ham alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 21-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni 4 qabul qilindi. Ushbu farmon bilan quyidagilar sud-huquq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etishdagi ustuvor maqsadlar sifatida eʼtirof etildi: jumladan, sud tizimi uchun har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va zarur kasbiy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish; sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudya va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada boʻlgan sudyalarni qayta tayyorlash, taʼlim oluvchilarda sudyalik kasbiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan dasturlarni joriy etish; boʻlajak sudyalarda mustaqil, xolis, begʻaraz, faqat qonunga tayangan holda va adolat bilan ish yuritishning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol oʻqitish uslublarini taʼlim jarayoniga tatbiq etish; tinglovchi va talabalarda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish, taʼlim jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy qilish; sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudya va sud apparati xodimlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan amaliyotda foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish; sud faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; 3 O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni. https://uza.uz/uz/posts/odil-sudlov-insonparvarlik-vaadolat-ustuni_447134. 4 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 232 oʻquv jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan idoralararo tajriba almashish, shuningdek, sud tizimi uchun huquqshunos kadrlar tayyorlovchi, shu jumladan, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash va sudyalar malakasini oshirishga ixtisoslashgan xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Ushbu farmon doirasida amalga oshirilayotgan sud tizimida malakali kadrlar tayyorlash takomillashtirganga qaratilgan muhim islohotlardan biri sifatida Sudyalar oliy maktabi faoliyatini tubdan isloh qilish, yaʼni Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasini tashkil etilganligini taʼkidlash joiz. Endi ushbu Akademiya Sudyalar oliy kengashi huzurida faoliyat yurituvchi, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida faoliyat yuritadi, kasbiy qayta tayyorlash kurslarida sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatish va sudyaning protsessual harakatlarini tahlil qilish imkonini beruvchi “virtual sud” mashgʻulotlari joriy etiladi, shuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv darslari tashkil etiladi, kasbiy qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar arizasiga asosan boʻsh sudyalik lavozimlariga oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadilar. Bundan tashqari ushbu farmon bilan sudyalarni qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, akademiyada malaka oshirishning yangicha uslublarini tatbiq etish, akademiyada oʻqitishni tashkil etish, akademiya faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq bir qator ustuvor vazifalar ham belgilab berildi. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan farmonlarda koʻrsatib berilgan ustuvor yoʻnalish hamda vazifalar sudyalarning chinakam mustaqilligi taʼminlanishi, ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi belgilangani ham sud-huquq islohotlarini yangi va sifatli bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Eng asosiysi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlari yanada kuchaytirilib, ish boʻyicha barcha holatlar sud tomonidan har tomonlama va toʻliq tekshirilishi, dalillarga xolisona baho berilishi, huquq-tartibot idoralarining tamomila yangicha ishlashi va xalqimizning sudlarga boʻlgan qatʼiy ishonchini oshirishda muhim oʻrin tutadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 233 5. O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni. https://uza.uz/uz/posts/odilsudlov-insonparvarlik-va-adolat-ustuni_447134. 6. B.Toshev. Odil sudlovni taʼminlashning institutsional asoslari. 7. https://uzmarkaz.uz/uz/news/odil-sudlovni-taminlashning-institutsional-asoslari.