scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM-TARBIYA JARAYONINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA BOSHQARUV OMILLARI

Ataxanova Sayera Otkurovna

Full text

53 TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA BOSHQARUV OMILLARI Ataxanova Sayera Otkurovna Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsent v.b., psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450427 Annotatsiya. Ushbu maqolada talim-tarbiya jarayonini tashkil etishda boshqaruvning roli haqida umumiy malumotlar berilgan. Ta’limni tashkil qilishning davlat ta’lim standarti va ta’lim to‘g‘risidagi qonunga asosan olib boriladigan shakli, usuli, boshqarish mexanizmlariga ham alohida to’xtalib o’tilgan. Kalit so‘zlar: “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, ta’lim tizimi, maktab ta’limi, o’rta-maxsus va kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keying ta’lim, boshqaruv organlari Mamlakatimiz mustaqilligi milliy ta’lim sohasida tub islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Zamonaviy talablar inobatga olingan holda, oliy o‘quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishning o‘quv dasturlarini muntazam takomillashtirib borish ishlarini tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan MDH davlatlarida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida qat’iy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ayniqsa “Ta’lim to‘g‘risida” 1 gi qonun amalga kiritilishi yangi bosqichni boshlab berdi. Natijada ta’lim tizimi va mazmun-mohiyati bozor munosabatlari sharoitidan kelib chiqib takomillashtirildi. 2 Hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Respublikada ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va tarbiya berish tizimi islohatlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat talablari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. 1 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020-yildagi O‘RQ-637-son https://lex.uz/docs/-5013007 2 V.R.Topildiyev Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning qonunchilik normalari moduli bo‘yicha O‘UM 10-15-34betlar 54 O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 3 ✓ davlat standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; ✓ ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiypedagogik muassasalar; ✓ ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim odatda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi, qisqa muddatli guruxlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi xamda u bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim odatda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirish, bilimlarning zarur hajmini berish, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirish, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirish va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlash maqsadini ko‘zlaydi. 4 Oliy ta’lim oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) ko‘rsatiladi. Oliy ta’limning asosiy maqsadi oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri (bakalavriat) yoki aniq mutaxassislik bo‘yicha (magistratura) bo‘yicha puxta bilim berish hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiypedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilib, u oliy o‘quv yurtlari va ilmiytadqiqot muassasalarida (doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 19moddasida Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi deb ko‘rsatilgan. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ravishda 3 R.Ahliddinov “Uzluksiz ta’limda pedagogik boshqaruv masalalari” T: 2012. 25-b 4 Инновационный менеджмент: Учебник / Под. ред. Горфинкеля В. Я – М.: Вузовский учебник, 2020. 15-b 55 bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi. Shu o’rinda talim jarayoning tizimlashtirilishi va boshqaruvi ham alohida davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi bizga sir emas. Ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari: ➢ ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish; ➢ ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish; ➢ davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash; ➢ o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish; ➢ o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni nashr etishni tashkil qilish; ➢ ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash; ➢ davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; ➢ pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish; ➢ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar kiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasida: o ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar; o ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar, ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar; o o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar; o ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar; o qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasida 5 ta’lim muassasasini boshqarish masalasi yoritib berilgan bo‘lib unda ta’lim muassasasini uning rahbari boshqarishi, ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. 5 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020-yildagi O‘RQ-637-son https://lex.uz/docs/-5013007 56 Ta’lim jarayonini tashkil qilishda hozirgi kundagi eng asosiy dastur bu shubhasiz “Ta’lim to’g’risidagi qonun ekanligini bilib oldik. Shu o’rinda ta’limning nodavlat tashkiliy shaklini yuritishga ham mamlakatimizda keng imkoniyatlar berilayotgani ham sir emas. Shunga qaramay uning tashkiliy jarayonlarini boshqarish malum qolibda hukumat nazoratida bo’ladi. Bu borada qonunda ham ko’rsatib o’tilgan. Qonunning 29-moddasida ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib unda: -ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi; -nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatib qo‘yishga haqli ekanligi; -nodavlat ta’lim muassasalariga qabul davlat o‘quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshirilishi qayd etilgan. Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi: -davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish; -majburiy umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlash; -ilg‘or texnologiyalarni keng o‘zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, chet el investitsiyalari ko‘lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; -ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish; -ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy etish; -uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish; -tub yerli millatga mansub bo‘lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular o‘z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish; Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar 57 mohiyatini keng jamoatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama sharoit yaratish - davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, ta’lim-tarbiya muassasalari xodimlarining eng dolzarb vazifalari etib belgilangan. Bir so’z bilan aytganda ta’lim jarayonini tashkil etishda davlatning boshqaruvchilik institute sifatida bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar ro’yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni” 23.09.2020yildagi O‘RQ-637son 2. Инновационный менеджмент: Учебник / Под. ред. Горфинкеля В. Я – М.: Вузовский учебник, 2020. 3. Mengliyev B. PEDAGOGICAL COMPETENCE OF A MODERN PHYSICAL EDUCATION TEACHER //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B7. – С. 554-556. 4. R.J. Eshmuhammedov,A.A.Abduqodirov, A.X.Pardayev ”Direktorning ish kitobi” (amaliy tavsiyalar)-T :2007. 5. "Yosh direktor maktabi". A.Frolov. Toshkent, 1992. 6. R.Ahliddinov “Uzluksiz ta’limda pedagogik boshqaruv masalalari” T: 2012