O'ZBEK TILI TA'LIMIDA VAZIFAGA ASOSLANGAN O'RGANISHNING (TASK-BASED LEARNING) AFZALLIKLARI
Full text
82 O‘ZBEK TILI TA’LIMIDA VAZIFAGA ASOSLANGAN O‘RGANISHNING (TASK-BASED LEARNING) AFZALLIKLARI Yuldasheva Shaxlo Shukurlaevna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi O‘zbekiston, Toshkent E-mail: [email protected] https://orcid.org/0000-0001-9797-8635, DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450472 Annotatsiya Maqola o‘zbek tilini o‘qitishda task-based learning – vazifaga asoslangan o‘rganısh masalasiga bag‘ishlangan. Bu turdagi topshiriqlarning til ta’limida qo‘llanilish tarixi, an’anaviy o‘qitish metodlaridan farqli jihatlari, qardosh tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’limi xususiyatlariga mos topshiriqlar namunalarini tavsiya qilish kabilar yoritib berildi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, task-based learning, vazifa, topshiriq, vaziyat, topshiriqlar bazasi. Teskari sinf modelida vazifaga asoslangan topshiriqlarning o‘rni alohida. Vazifaga asoslangan topshiriqlarni bajarish an’anaviy darslardagi oldin qoida, keyin uni qo‘llashga o‘tish jarayonining aksi bo‘lib, bunda o‘qituvchining oldindan bergan vazifasini bajarish jarayonida o‘rganuvchi unga mos leksika yoki grammatikani o‘rganadi. Odatda, vazifaga asoslangan topshiriq yakka emas, balki kichik guruhlarda bajariladi. Jamoa bilan bajarilgan ish qiziqarli va zavqli bo‘ladi, shuningdek, leksika va grammatikaning xotirada saqlanishiga yordam beradi. Bu metodning samaradorligi tufayli chet tillari darsliklarining aksariyatida vazifaga asoslangan topshiriqlar ko‘proq beriladi. M.Darichevaning izlanishlariga ko‘ra, vazifaga asoslangan topshiriq (task-based learning) kommunikativ yondashuvning bir qismidir [6]. Olima task-based learning (TBL) metodikaga 1980-yillarda kirib kelganligi, muallifi Narahari Umanath Prabhu sanalishini qayd qiladi. Mazkur metodika o‘rganuvchilar o‘rganilayotgan tilda muayyan leksik va grammatik bilimlarga ega bo‘lganda, ya’ni tildan foydalanish ko‘nikmalari muayyan darajada rivojlanganda foydalanilsa samara berishini alohida ta’kidlaydi va “Suv jo‘mragi sinib qoldi, tomdan suv oqmoqda, kvartirani kosmetik ta’mirlash kerak va h.k.” muammoli vaziyatlar bilan bog‘liq topshiriqlarni balarish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini keltiradi. “Qozog‘istondagi nofilologik universitetlarda ko‘p tilli mutaxassisliklar uchun professional yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitishda vazifaga asoslangan ta’lim va o‘qitish texnologiyalari” mavzusidagi ilmiy loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan (ijrochilar: Meiramova S.A., Shaybakova D.D., Akylboeva A.G., Kojaxmetova G.A., Tursinova F.G., Jerar Patrik Kulen, Metyu Bennett Skott) [2]. Malayziya davlat universitetlarida ingliz tilini o‘rganayotgan bakalavr yo‘nalishi talabalari bilan
83 o‘tkazilgan tajribalar ham mazkur topshiriqlardan foydalanish yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarador ekanligini tasdiqlagan [1]. L.M.Spinu mazkur topshiriqlarning 2000-yillarning o‘rtalarida Peter Skehan [4], R.Uillis, J.Uillis [5] va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlardan so‘ng, chet tillarini o‘qitishda kommunikativ usulining bir tarmog'i sifatida yanada kengroq qo‘llanila boshlanganini [7:147] ta’kidlaydi va bu topshiriq turini maqsadli o‘qitish deb nomlaydi. Biz mazkur topshiriqlarni o‘zbek tilini qardosh tilli auditoriyada foydalanishning o‘ziga xosliklarini yoritib berishni maqsad qildik. Oliy ta’lim talabalarining quyi bosqichda 2-sinfdan buyon o‘zbek tili o‘rganib kelinganligini, o‘zbek va qoraqalpoq, qozoq, turkman tillarining qarindoshligi [8], shuningdek, bo‘lajak filolog o‘qituvchilar auditoriyasida ekanligimiz tufayli biz tomonimizdan vazifaga asoslangan topshiriqlar uchun vaziyatlar biroz murakkablashtirildi. 15 moduldagi mavzularimizga [8] mos quyidagi topshiriqlarni taklif qildik: Jadval. Vazifaga asoslangan topshiriq turlari va ko‘rsatma T.r. Vazifaga asoslangan topshiriq Topshiriq uchun ko‘rsatma 1 Avtomobillarning rangiga ko‘ra nomlanishini bilamizmi? Guruh ishi. Vazifalarni taqsimlab oling. Taqdimot. Og‘zaki axborot. 2 Qaysi asarlarda jumboqlar bor? Ertaklarni eslang. Taqdimot qiling. 3 Do‘konlar qanday nomlanmoqda? Guruh ishi. Vazifalarni taqsimlab oling. Jadval. Og‘zaki axborot. 4 Turkiy xalqlar va shajara. Guruh ishi. Vazifalarni taqsimlab oling. Jadval. Og‘zaki axborot. 5 Feyk so‘zi haqida. Internetdan qidiruv. Taqdimot 6 Internet slenglar, u nima ekan? Internetdan qidiruv. Taqdimot 7 Kelajakdagi kasblar atlasi. Internetdan qidiruv. Taqdimot 8 Kim biladi-ya shu “gina”ni-ya? Imlo qoidalari. Taqdimot 9 “Kiyimiga qarab kutib oladilar, ...” Guruh ishi. Bahs. 10 Laqab va taxalluslar Guruh ishi. Bahs. 11 Lingvistik geografiya: dunyoda nechta til bor? Internetdan qidiruv. Taqdimot 12 Maqol va matallarda atoqli otlar bormi? Lug‘at bilan ishlash. Taqdimot 13 Mashhur o‘zbek ismlari. Lug‘at bilan ishlash. Taqdimot 14 Men buyuk yurt o‘glidurman... 15 Nickname zamonaviy antroponimlarning turi sifatida. Internetdan qidiruv. Taqdimot 16 Nutqimizda geminatsiyalar. Guruh ishi. Vazifalarni taqsimlab oling. Jadval. Og‘zaki axborot. 17 Nutqimizdagi nazokat so‘zlar. Lug‘at bilan ishlash. Taqdimot
84 18 Piar so‘zi haqida. Internetdan qidiruv. Taqdimot 19 Qarindoshlik so‘zlari ona tilimda va dunyo tillarida. Guruh ishi. Vazifalarni taqsimlab oling. Jadval. Og‘zaki axborot. 20 Sevimli aktyorimga xat. Guruh ishi, taqdimot 21 Sevimli rejessorimga xat. Guruh ishi, taqdimot 22 Sevimli yozuvchimga xat. Guruh ishi, taqdimot 23 SMS zamonaviy epistolar janr sifatida. Internetdan qidiruv. Taqdimot 24 Sumalak so‘zining ma’nolari. Lug‘at bilan ishlash. Taqdimot 25 Sening imijing. Guruh ishi, taqdimot 26 Til ekologiyasi nima? Internetdan qidiruv. Taqdimot 27 Universitetda ish yuritish qog‘ozlari. Guruh ishi, taqdimot 28 XX asr kasblar atlasi. Internetdan qidiruv. Taqdimot 29 Zamonaviy o‘zbek tili: “Men o‘zbek tilini yaxshi o‘rgangan bo‘lardim, ammo...” Guruh ishi, taqdimot 30 O harfining tarixi haqida. Internetdan qidiruv. Taqdimot 31 O‘zbek tilida muloqot odobi. Guruh ishi, taqdimot 32 O‘zbek tilida palindrom. Lug‘at bilan ishlash. Taqdimot 33 O‘zbek tilidagi “musofirlarning” hayoti va rivoji (bunda olinma so‘zlar nazarda tutiladi). Lug‘at bilan ishlash. Kichik tadqiqot. Taqdimot 34 O‘zbek tilidagi inglizcha (nemischa, fransuzcha, ...) so‘zlar. Lug‘at bilan ishlash. Taqdimot 35 O‘zbek tilida unutilayotgan harflar. Internetdan qidiruv. Taqdimot 36 O‘zbek shevalarida qarindoshlik so‘zlari. Lug‘at bilan ishlash. Taqdimot 37 Men yoqtirgan bayram Guruh ishi, taqdimot Bu mavzular talabalar tanloviga ko‘ra bajarilsa yaxshi samara beradi. Shuning uchun ham fan uchun vazifaga asoslangan topshiriqlar bazasi yaratilgani maqsadga muvofiq bo‘ladi. Albatta, talabalar tashabbusi, ya’ni ularning xohishiga ko‘ra topshiriqlar bazasiga kiritilgan mavzular kuchli ishtiyoq bilan bajariladi. Xususan, vazifaga asoslangan topshiriq uchun shajara bilan aloqador taqdimot muhokamasi barchani faollashtirdi. Talabalar yetti avlodni bilish, uning aksariyat turkiy tillarda yetti ota deyilishi, farzand, nevara, chevara, evara, pannaevara, ovora, begona tarzida pog‘onalanishiga e’tibor qaratishdi. Taqdimotni geniologiya fani, XI asrdan beri M.Koshg‘ariy devonidan “Boldiz bol (bal)dan shirin” kabi, “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona”, “Qudachilik – mingyilchilik”, “Basharam – shajaram” kabi maqollarning yetib kelganligi, yaqin qarindosh, uzoq qarindosh, to‘g‘ri shajara, yon shajara haqida va h.k. ma’lumotlar bilan boyitishgan. Talabalarni “O‘zbek tilidagi palindrom” topshirig‘i yanada faollashtiradi. Palindrom yunonchada “orqaga qarab yugurish” ma’nosini anglatuvchi so‘z, u
85 ta’limiy usul sifatida til o‘qitishda o‘ziga xoslikka ega. N.Norsafarovaning yozishicha, “Palindrom soʻz, matn yoki soʻz birikmasi hamda raqamlar teskari tartibda oʻqilganda, toʻg‘ri harflar ketma-ketligidagi kabi eshitiladi va oʻqiladi” [3]. Bu topshiriqni deyarli har bir mashg‘ulotda bajarish mumkin. Masalan, o‘zbek tili tovush tizimini o‘rganishda aka, alla, dod, bob, non, ikki, kiyik. kichik, kuchuk, quduq, qovoq, qiyiq, obbo, qulluq kabi so‘zlarni keltirib, talabalarning ona tilidagi muqobillarini yozdirish mumkin. Bu so‘zlarni o‘zbek va ona tilidagi muqobili bilan ifoda va ma’no jihatiga ko‘ra o‘xshashligi yoki farqlanishini tahlil qilish, fonetik tahlilni amalga oshirish kutilgan natijani beradi. Talabalar qaysi so‘zlarning tamoman farqlanishi, qaysilarida ifoda va ma’no jihatdan moslik, qaysilarida muayyan harflarda farqlanishlar mavjudligini aniqlaydilar. Bu esa ularning so‘z boyligini ham oshiradi. “O‘zbek tilidagi palindrom” topshirig‘ini onlayn konstruktorlarda raqamli taqdim qilish imkoniyati ham katta. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ahmed, R. and Bidin, S. (2016) The Effect of Task Based Language Teaching on Writing Skills of EFL Learners in Malaysia. Open Journal of Modern Linguistics, 6, 207-218. doi: 10.4236/ojml.2016.63022. 2. Тask-based learning and teaching технологии в преподавании профессиональноориентированного английского языка для полиязычных специальностей неязыковых вузов Казахстана. https://www.nauka.kz/page.php?page_id=371&id=48608 3. Norsafarova N. Palindromlar yoxud qalb soʻzlari.// Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19 th January, 2023. P.234-237. 4. Task-Based Language Teaching. Peter Skehan - Processing Perspectives on Task Performance (2014, John Benjamins Publishing Company 5. Willis, D., & Willis, J. (2007). Doing Task-Based Teaching. Oxford: Oxford University Press. 6. Даричева М.В., Кочеткова Н.Н., Солуянова О.Н. Использование технологии task-based learning при обучении говорению на занятиях английского языка // Проблемы современного педагогического образования. 2023. №79-3. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ispolzovanie-tehnologii-task-based-learning-pri-obucheniigovoreniyu-na-zanyatiyah-angliyskogo-yazyka 7. Спыну Л.М. Целевое обучение (Task-Based Learning) иностранным языкам как инновационная стратегия // Педагогический журнал. 2021. Т. 11. № 4А. С. 146-151. DOI: 10.34670/AR.2021.68.95.016 8. Юлдашева, Ш.Ш. Цифровая трансформация и перспективы обучения узбекскому языку. Качество педагогического образования в условиях современных вызовов: сборник научных трудов IX Международного форума по педагогическому образованию, Казань, 24–26 мая 2023 года. Казань: Казанский (Приволжский) федеральный университет, 2023. С. 516-527. – EDN TBLLYK.