scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEK VA QOZOQ TILLARIDA QO'LLANGAN TO'RA LEKSEMASIDA MA'NO SILJISHI

Mo'minova Oydin Qurbonovna

Full text

103 OʻZBEK VA QOZOQ TILLARIDA QO‘LLANGAN TO‘RA LEKSEMASIDA MA’NO SILJISHI Mo‘minova Oydin Qurbonovna Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, f.f.n., [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450494 Oʻzbek tili xazinasidagi soʻzlar maʼno va leksik-grammatik jihatdan turlituman boʻlib, ular jamiyat taraqqiyoti bilan birgalikda taraqqiy etib boradi. Har qanday tilning boyligini yoki keng koʻlamliligini uning zaxirasidagi soʻzlar belgilab beradi. Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir [Mirziyoyev Sh. 2019. –S.1] Darhaqiqat, tilimiz shunday bitmastuganmas xazinaga egaki, hozir ham bu xazinadan yangi-yangi topilmalarni kashf etib o‘rganmoqdamiz. Oʻzbek tili turkiy guruhga kiruvchi tillardan biri boʻlib, undagi fonetik, morfologik, sintaktik, leksik oʻxshashliklar Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi qozoq, qoraqalpoq, uygʻur, qirgʻiz xalqlarining tillarida koʻproq uchraydi. Bu oʻzbek xalqining til jihatdan ushbu turkiy xalqlar bilan uzoq vaqtlardan buyon ijtimoiy munosabatda boʻlib kelganligining natijasidir. Shuning uchun ham muayyan oʻziga xoslikni hisoblamaganda, oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, uygʻur, qoraqalpoqlar birbirlarini tushuna oladi. Tilning leksikasida umuminsoniyat madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tabiat va jamiyatni yanada chuqurroq bilish va egallash sirlari mujassamlashadi. Til madaniy hodisa sifatida e’tirof etilsa-da, uning tizimida millatning madaniy qadriyatlarini aks ettiruvchi maxsus birliklari alohida guruhlanadi. Bunday birliklar muayyan xalqqa xos etnik, ijtimoiy-madaniy qarashlar, milliy an’analar, udumlar, odob-axloq, muloqot me’yorlari kabilarni anglatadi milliymadaniy birliklar tilning milliy oʻziga xosligini namoyon qiluvchi birliklardir. V.N.Teliya qayd etganidek, til oʻz ma’no va assotsiatsiyalari bilan olamning konseptual modelini milliy-madaniy ranglar bilan bezaydi, tildagi milliy-madaniy birliklar esa bu rangni yanada tiniqlashtirib, turli tillar oʻrtasidagi milliy tafovutlarni farqlashga yordam beradi. [Телия В.Н.: 1988. – С.41]. VII-VIII asr va undan oldingi davrlardayoq ota-bobolarimiz hali qabila va urug‘lar holida yashagan paytdagi turkiy qabila va urug‘ tillarida mansab va unvon nomlari ham mavjud bo‘lgan. Ana shunday nomlarni biz eng qadimgi lug‘at qatlami deb yuritamiz. Hayot taqozosi bilan ayrim mansab va unvon nomlarini ifodalovchi 104 lesemalar eskirib iste’moldan chiqqan, ba’zilari o‘z ma’no doirasini kengaytirib yoki boshqacha ma’no kasb etib hozirda ham ishlatiladi. Turkiy xalqlarda idora etuvchilarni to‘ra so‘zi bilan ham atashgan. Runik yozmalardagi toru shakli “tartib, qoida” deb qayd etilgan: Kuč eldin kirsa toru tuŋluktin čїqar. [Древнетюркский словарь:1969. -С.581]. - Kuch eshikdan kirsa, to‘ra (qonun) mo‘ridan chiqar. “Shajarayi tarokima” tarixiy asarida ham to‘ra so‘zining shu ma’noda ishlatilganini quyidagi misol dalolat beradi: Burungi o‘tgan biligliler aytib tururlar kim, bir qinga ikki qilich sig‘mas va bir hatunni ikki er olib oltura bilmas ve bir yurtga ikki to‘re sig‘mas (Burungi o‘tgan bilimdonlar aytgan ekan, bir qinga ikki qilich sig‘mas, bir ayolni ikki er olib o‘tirmas, bir yurtga ikki qonun sig‘mas) [Abulg‘oziy Bahodirxon: 1995. -559]. Ushbu asarda to‘ra so‘zining ma’nosi “qoida, qonun, hokimiyat” degan ma’noda qo‘llangan. To‘rumek, to‘ru fe’li qadimda bir mamlakatga mansub qabilalar, urug‘lar, shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “qonun, qoida” ma’nosida, ya’ni qadimgi turkiy tilda “tartib o‘rnatish, tartibga solish” ma’nosida ishlatilgan [Мелиоранский П.М.:82-83]. Xuddi shu ma’noda hozir ham boshqa tillarda qo‘llaniladi: turk tilida to‘r - odat, irim-sirim ma’nosini bersa; mo‘g‘ul tilida to‘r - qurilish, davlat, hukm, hokimiyat, boshqaruv, qonun ma’nosini beradi. Keyinchalik urug‘ va qabila ichidagi barcha ishlarni tartibga soladigan va boshqaradigan odamni to‘ra deb, uning o‘tiradigan joyini to‘r deb atashgan. To‘ra so‘zi hozirgi turkiy tillarning ko‘pchiligida (masalan, qozoq tilida) eskirgan so‘z sifatida saqlanib qolgan. To‘r so‘zining ma’nosi torayib, qo‘llanish doirasi chegaralanib, umuman uyning ichki eng yuqori qismi degan ma’noni anglatadigan bo‘ldi [Ысқақов А. va b.:1966. -B.188]. Qozoq dashtida Chingizxon davridan boshlab ma’lum bo‘la boshlagan hukmron guruh, Chingizxon sulolasi, uning avlodlariga mansub zodagonlar va ularning avlodlari tore deb atalgan. Ular qozoq urug‘laridan alohida mustaqil jamoa bo‘lib yashaganlar. To‘ralar o‘zlarini “oqsuyak” deb, qozoq xalqini esa “qora suyak” deb atashgan. Xonlar faqat zodagonlardan saylangan. Ular ma’muriy va sud hokimiyatini amalga oshirganlar. Bundan tashqari, ular urush paytida o‘z qo‘shinlarini tuzish va ularga qo‘mondonlik qilish huquqiga ega edilar. Ushbu jamiyatida hukmronlik qilgan zodagonlar, ya’ni Chingizxon avlodlari tore deb atalgan. Bundan tashqari, doimiy, muntazam qonunlar to‘plami; Adolat, hakamlik, hukm chiqaruvchi ham ko‘chma ma’noga ega tore so‘zining so‘nggi majoziy ma’nosi - bir turdagi narsaning eng yaxshisi, asili [Ысқақов А. va b.:1966. -647]. Ablayxon davrida “To‘ra avlodidan xon, sulton, biy bo‘lganlarning o‘rdasiga ruxsatsiz bostirib kirgan qorachaning ot-to‘ni talon-taroj qilinsin” degan qonun qoidasi mavjud edi. Hozirgi qozoq tilida uchraydigan to‘re 105 so‘zi hozirgi "to‘relik qiluvchi, hukm chiqaruvchi" ma’nosida va Chingizxon naslidan bo‘lgan avlodlarni “to‘re” deb atash mavjud. Alisher Navoiy, Muhammad Yusuf Munshiylarning ta’kidlashicha, to‘ra leksemasini ifodalovchi so‘z unvonni anglatgan va faqat xon avlodiga mansub xonzodalarga shu nom qo‘shib aytilgan. (Navoiy:1966. -269). Xiva xonligida ham taxt vorisi, ya’ni xonzoda toʻra leksemasi bilan nomlangan boʻlib, amir ul-umarolik oliy mansabiga teng keluvchi biylik rutbasiga ham egalik qilgan: Rahimberdi toʻrakim, xolo biylik, ya'ni amir ul-umaroliq mansabi aning gavhari vujudi bila muzayyan va moʻtabardir [Dadaboyev: 1924.-127]. O‘zbek tilining izohli lug‘atida to‘ra leksemasi quyidagicha izohlangan: 1.To‘ra yuqori tabaqaga mansub kishi; zodagon, oqsuyak, aristokrat. Bu ikki qavatli katta hovli Azlarxon to‘raning hovlisi edi. Oydin, Hazil emish. 2. Xonlar davrida va chor Rossiyasi davrida Turkistonda katta amaldor, hokim. Unga javob qilmay, hokimdan so‘radi:-Nima qilaylik bo‘lmasa, to‘ram? M.Ismoiliy. Farg‘ona tong otguncha. Avvalgi yozmalar bilan solishtiradigan bo‘lsak, bunda obyekt → subyekt tarzida semantik ko‘chish kuzatiladi. To‘ralarning og‘ziga urish uchun pulni boyvachcha beradi. Oybek. Tanlangan asarlar. Rasmiyatchi, byurokratlar nazarda tutiladi: Boshqarma idorasiga joylashib qolgan ikki-uchta o‘zbilarmon to‘raning beboshligi tufayli ishlar ketga ketgandi Sh.G‘ulomov. Yorqin ufqlar. 4.Hurmat yuzasidan yoki ulug‘lab, kishilarning nomiga, unvoniga, mansabiga, shuningdek, ko‘chma ma’noda ba’zi narsalarni bildiruvchi so‘zlarga qo‘shib ishlatiladigan so‘z. Palovxonto‘ra, kuyov to‘ra kabi. 5.Erkaklar ismi. [O‘TIL, -244]. Farg‘ona vodiysida esa sayyidlar avlodlariga mansub xonadon ahlini “To‘ra”, ”to‘raxon” deb atab kelganlar. [Abdulahatov N., Eshonboboyev O‘.:2007. -84]. Qozog‘istondagi toʻralar ijtimoiy guruhi Chingizxonning toʻngʻich oʻgʻli Joʻchi avlodiga mansub urugʻlardan biri to‘ra deb ataladi [qamshy.kz]. Hozirgi qozoq tilida esa to‘ra soziga qo‘shimcha qo‘shilib, torem tarzida ayol yoki yanganing qaynisiga nisbatan erkalatib ishlatishda qo‘llanilib kelmoqda: Torem-au, o‘rningdan tur, qatoringdan shu bolalarga to‘shak to‘shayman (Q.Sarsekeyev, Қараша қыздар). ... Toreshi — ot. 1. Buyruqlar chiqaradigan, muzokaralar olib boruvchi sudyalar. [Жанұзақов Т.:1999]. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, to‘ra leksemasi qiyoslangan 2 tilda ham semantik ma’no siljishi natijasida mansab va unvon, ism va amaldor, byurokrat kabi shaxs ma’nolarini anglata boshlagan. Shuningdek, leksik fondimizdagi so‘zlarning 106 ma’noviy xususiyatlari, ularning qardosh tillar tarkibida qo‘llanilishi turkiy xalqlarning qadimdan madaniy va ma’naviy jihatdan yaqinligini ko‘rsatadi. So‘zlarning eskirishi, qo‘llanish doirasidan chiqishi, darhol iste’molga kirishi va qabul qilinishi til qonuniyatlarining tarixiy jarayonga aloqadorligini ko‘rsatadi. Demak, hozirgi kunda tilshunoslik sohasida so‘zlarning semantik ma’nosini hamda so‘zning kelib chiqishini aniqlashda etimologik tadqiqotlarning o‘rni muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutq.// “Xalq so‘zi” gazetasi, 2019-yil 22-oktyabr. 2. Вопросы исторического развития лексики тюркских языков. Доклад делегации на ХХV международном конгрессе востоковедов. –Москва, 1960, стр.1. 3. Телия В.Н. Метафора как модель смыслопроизводства и её эксперссивнооценочная функция // Метафора в языке и тексте. – М., 1988. – С.41. 4. Древнетюркский словарь. – Л.: Наука, 1969. 5. 5.Abulg‘oziy Bahodirxon. Shajarayi tarokima (nashrga tayyorlovchi Q.Mahmudov). -Toshkent: Cho‘lpon, 1995. 6. Мелиоранский П.М. Памятник в честь Кюль-Тегина. Санкт-Петербург:Нобель Пресс. 1924. 7. Ысқақов А., Сыздықова Р., Сарыбаев Ш., Қазақ тілінің қысқаша этимологиялық сөздігі. – Алматы: Қазақ ССРның «Ғылым» баспасы, 1966.- 240 б. 8. Alisher Navoiy asarlari lug‘ati. -J.3. –Т., 1966. 9. Dadaboyev H. Xiva xonligi amaldorlari ierarxiyasining Ogahiy asarlarida ifodalanishi//«Oʻzbek tilini dunyo miqyosida keng targʻib qilish boʻyicha hamkorlik istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2020-yil 19-20-oktabr. 10. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jild. 2007-2009. 11. Abdulahatov N., Eshonboboyev O‘. Ko‘hna Marg‘ilon ziyoratgohlari. -F., 2007. 12. Жанұзақов Т. Қазақ тілінің сөздігі. – Алматы: Дайк-Пресс, 1999. – 776 б.