scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XITOY ANTROPONIMIK TIZIMINING LISONIY JIHATDAN O'ZIGA XOSLIGI XUSUSIDA

Mamaraimova Sarvinoz; Y.I.Avlakulov

Full text

182 XITOY ANTROPONIMIK TIZIMINING LISONIY JIHATDAN O‘ZIGA XOSLIGI XUSUSIDA Mamaraimova Sarvinoz O‘zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: f.f.n. Y.I.Avlakulov DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450599 Annotatsiya.Ushbu maqolada Xitoy tilshunosligidagi antroponimlarni o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.Kishi ismlarining universal xususiyatlari, ularning nutqda, insonlar muloqotidagi vazifasi orqali aniqlanishi,shaxs otlarining birinchi va asosiy vazifasi farqlovchi, ijtimoiy farqlovchi ekanligi misollar yordamida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: shaxs otlari, antroponimlar, ijtimoiy farqlovchi, nominativ, differensial, istoriograf, model. Xitoy tilshunosligi an’anasidagi shaxs otlari tushunchasiga mantiq fanidagi tushuncha o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lib, bunda tushuncha tarkibi grafikada bevosita namoyon bo‘ladi.Shuning uchun ham tushuncha belgisining tashqi ko‘rinishi ifodalanuvchi, ya’ni tasvirlanuvchiga yot emas. Xitoy tilida shaxs otlari sistemasi xalq madaniyatining muhim bir tarkibiy qismidir. Insonga nom berilishi bu tabiiy, zarur va muqarrar jarayondir. Bu jarayon insonning jamiyatdagi boshqa a’zolaridan, shuningdek, tabiiy obyektlardan ajralib turish zaruriyatini ifodalaydi. Agar turli xarakterdagi antroponimlar u yoki bu darajada insonlar jamoasiga ega bo‘lsa, boshqa borliqdagi boshqa obyektlarga zaruriyat darajasida nom beriladi. Semantikada 1 , shaxs otlarining shakllanish usullari va vazifa bajarish prinsiplarida xalq tarixi, ularning kundalik turmushi va ijtimoiy tuzilishi, an’anaviy tasavvurlari sistemalari o‘z aksini topadi. Shuni aytib kerakki, ismlarning o‘ylab topilshi haqida juda tor ma’noda gapirish mumkin. Bu jarayon har qanday holatda ham jamiyatda mavjud bo‘lgan an’analarga va tildagi nom berish qoidalariga bo‘ysunadi. Ayniqsa, “to‘qima nomlar” – bu jamiyat va madaniyatdagi jiddiy o‘zgarishlar natijasidir. Inson ismining mohiyati ikki xildir. Birinchi navbatda, ism – bu jamiyat foydalanadigan til sistemasining ajralmas bir qismidir. U o‘zining shakli va mazmuniga ko‘ra, til hodisasi hisoblanadi, nutqda qonun qoidalariga ko‘ra ishlatiladi. Boshqa tomondan olib qaraganda, shaxs otlarining vazifalari ijtimoiy va madaniy faktorlar orqali aniqlanadi. Shu sababli ham ismni ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida 1 Dal V.I. Izohli lug’at, 2012. - 178 bet. 183 qabul qilish mumkin. Shunday qilib, turli xalqlarning ismlar sistemasida til, madaniyat va jamiyatga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar bilan birga, xalqning o‘ziga xosligi orqali aniqlanadigan alohida xususiyatlarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Shaxs otlarining universal xususiyatlari, avvalambor, ularning nutq va insonlar muloqotidagi vazifasi orqali aniqlanadi. Shaxs otlarining birinchi va asosiy vazifasi – farqlovchi, ijtimoiy farqlovchidir. Bu vazifa jamiyat hayoti uchun amaliy ahamiyatga ega. Usiz antroponimlarning mavjud bo‘lishidan ma’no yo‘q. Bir tomondan, insonlar aynan ismlar orqali bir birini farqlashadi, boshqa tomondan esa ism insonning jamiyatdagi o‘rnini ko‘rsatadi, uning ijtimoiy holatini aniqlab beradi. Ikkinchi vazifasi – diniy-xarizmatikdir. Shularning bajarilishi orqali, shaxs otlari madaniy an’analarga va shaxsiy didga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari, bu vazifa to‘g‘ri tanlangan ism inson taqdirini o‘zgartiradi, hayotdagi qiyinchiliklardan saqlaydi, mehribon ruhlar, xudolar va avliyolar himoyasida bo‘lishini ta’minlaydi, degan e’tiqod sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bir qancha jamiyatlarda, shuningdek, xitoy tilida ham, shaxs otlari nikoh aloqalarini tartibga solish vazifasini bajaradi. Shaxs otining til xususiyatlarining o‘ziga nominativ (borliqdagi biror-bir fragmetni nom bilan atash) va differensial (ifodalanyotgan obyektni ajrtatib ko‘rsatish) vazifalarni kiritish mumkin. Ba’zida turdosh otga o‘tish jarayoni tufayli shaxs otlari neologizm yoki madaniy simvollarning shakllanishi manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs otining vazifaviy xususiyatlariga asoslangan holda, xitoy antroponimlar sistemasining universal elementlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ajratib ko‘rsatilayotgan va o‘xshatilayotgan obyektga ko‘ra, urug‘ (avlod) ismlari va individual (shaxsiy) ismlar ajratiladi. Xitoyda urug‘ va shaxsiy ismlarning farqlanishi jarayoni ancha uzun bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Yao va Shunya davrida hamma ham familiyaga ega bo‘lmagan (姓, xìng). Sim Tsyanning 2 (Sima Tsyan (xiotoy an’an. 司馬遷, soddalashtirilgan司马迁, pininda: Sīmǎ Qiān; eramizgacha 145yoki 135yillarda tug‘ilgan, eramizgacha taxminan 86-yilda vafot etgan) – Xan sulolasining istoriografi, astronom. “Shi-tszi” – Xitoy tarixini afsonaviy asoschilaridan boshlab Sim Tsyanyu davrigacha tasvirlagan kitobning yaratuvchisi sifatida tanilgan. Ma’lumot berishicha (bu ma’lumot “Podsholar nutqlari”da ham qayd qilingan), Xuan-dining 25 ta o‘g‘li bo‘lib, ulardan faqat 14 tasi “sulolaga yetakchilik qilib, familiyaga ega bo‘lishgan” 3 . 2 Proxorov A.M. Sima Tsyan 司马迁Xan sulolasining istoriografi, astronom.Katta entsiklopedik lug‘at., 2005. –B. 90. 3 Sim Tsyzn, Xuan-din. Shi tszi. 1 tom, -135 bet. 184 Xitoyda avlod ismlari mavjud bo‘lishining o‘ziga xos yo‘li bu – sulola (姓, xìng) va urug‘ (氏, shì) nomlarining qadimdan mavjud bo‘lganidir. Xan sulolasi davridan keyin bular orasidagi farq yo‘qolgan. Butun boshli rasmiy antroponimiya modelida 4 urug‘ nomlari, qoidaga ko‘ra, birinchi o‘rinda turadi. Xitoyda qadim zamonlardan beri o‘g‘il bolalar ham, qizlar ham otasining familiyasini olishadi. Turmushga chiqishganida xitoylik ayollar qizlik familiyasida qolishadi. Ayollar va erkaklar familiyalari orasida alohida farq mavjud emas. Hozirda mavjud bo‘lgan familiyalarni qanchalik ko‘p uchrashiga qarab “katta” va “kichik” guruhlarga ajratish mumkin. Xitoyliklarning zamonaviy antroponimikasi ikkita elementni o‘z ichiga oladi: birinchi o‘rinda turuvchi familiyani (avlod nomi) va unga ergashuvchi shaxs nomini. Avlod nomi, odatda, bir bo‘g‘inli bo‘ladi. Masalan, Van, Chjou, Ma va boshqalar kamdan kam hollarda ikki bo‘g‘inli b ‘ladi. Masalan, Sima, Ouyan. Shaxs nomi ko‘pincha ikki bo‘g‘inli bo‘lib, kam hollarda bir bo‘g ‘inli bo ‘ladi. Shuning uchun ham xitoyliklarning to‘liq ismi, avlod va shaxs nomlari birgalikda ko’pincha uchta iyeroglif bilan yoziladi. Masalan, Li Dachjao. Shunday qilib, xitoyliklarning to‘liq ismi quyidagicha bo’lishi mumkin: birinchidan, ikki bo‘g‘inli (xitoy tilida ikkita ieroglif bilan); bu holda u ikkita bir bo‘g‘inli qismlardan iborat bo‘ladi – avlod ismi va shaxs ismi (Du Fu, Lu Sin, Van Min), ikkinchidan, uch bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin (xitoy tilida uchta ieroglif bilan yoziladi). Bu holatda esa nom avlod ismining ikkita bo‘g‘inidan va shaxs ismining ikkita bo‘g‘inidan (Chjao Shuli, Tsyuy Tsyubo) yoki avlod ismining ikkita bo‘g‘ini va shaxs ismining bitta bo‘g‘inidan iborat bo‘lishi mumkin (Sima Tsyan, Ouyan Syu). Uchinchi holatda esa to‘rt bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin (xitoy tilida to‘rtta iyeroglif bilan yoziladi) va bunda u avlod ismining ikkita bo‘g‘inidan va shaxs ismining ikkita bo‘g‘inidan tashkil topadi (Sima Syanchju). Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Dal V.I. Izohli lug‘at, 2012. 2. Proxorov A.M. Sima Tsyan 司马迁Xan sulolasining istoriografi, astronom.Katta entsiklopedik lug‘at., 2005 3. Sim Tsyzn, Xuan-din. Shi tszi. 1 jild. 4. Ushakova D.N. Izohli lug‘at, 2001. 4 Ushakova D.N. Izohli lug‘at, 2001. - 8 bet.