scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILINI BILISH DARAJASINI BAHOLASH TIZIMINI YARATISH MASALALARI

Muxlisa Jonbo'riyeva; Xolmurod Xidirov

Full text

227 O‘ZBEK TILINI BILISH DARAJASINI BAHOLASH TIZIMINI YARATISH MASALALARI Muxlisa Jonbo‘riyeva, O‘zDJTU, Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi, 1-kurs talabasi Imiy rahbar: Xolmurod Xidirov, O‘zDJTU, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450656 Annotatsiya: Ushbu maqolada o`zbek tilini bilish darajasini baholash tizimini yaratishga bog`liq bo`lgan amaliy va nazariy masalalar, xususan xalqaro tajriba, tadqiqotlar asosidagi IELTS tizimi modeli misol tariqasida tahlil etilgan. Shuningdek, milliy baholash tizimiga gapirish ko`nikmasini kiritish ilgari surilgan. Kalit so`zlar: o‘zbek tili, baholash tizimi, til kompetensiyasi, speaking, test, metodika, xalqaro tajriba. O‘zbek tilini bilish darajasini aniq va obyektiv baholash bugungi kunda muhim masalalardan biridir. Hozirgi milliy sertifikat tizimi grammatik va yozma topshiriqlarga asoslanadi, biroq og‘zaki nutq (speaking) baholovi mavjud emas. Shu sababli, xalqaro tajriba asosida, lekin milliy xususiyatlarga mos holda kompleks baholash tizimini yaratish dolzarb masaladir. Tilni baholashning nazariy asosariga keladigan bo`lsak, til kompetensiyasi deganda shaxsning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari orqali fikrni ifodalash qobiliyati tushuniladi. Baholash tizimi ushbu to‘rtta komponentni qamrab olganda, til bilimining to‘liq darajasi aniqlanadi. Xalqaro tajribalarning muhim tahlillari asosida shuni ko`rishimiz mumkinki, dunyo miqyosida ko‘plab baholash tizimlari mavjud. Ulardan biri - IELTS (International English Language Testing System), u listening, reading, writing va speaking ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi. Mazkur tajriba o‘zbek tili uchun ham ibratli model bo‘lishi mumkin: har bir ko‘nikma alohida baholanadi, yakuniy natija esa integrallashgan ball orqali ifodalanadi. O‘zbek tili davlat tili sifatida keng sohalarda qo‘llanilmoqda hamda o`zbek tilini baholash tizimini yaratish zarurati dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ammo uni baholovchi yagona milliy tizim hali to‘liq ishlab chiqilmagan. Shu bois, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan test tizimlarini xalqaro andozalar bilan uyg‘unlashtirish, gapirish (speaking) bahosini joriy etish zarur. Tadqiqot doirasida quyidagi takliflar ilgari suriladi: • Baholash tizimida speaking bo‘limini kiritish; 228 • Og‘zaki nutqni baholash mezonlarini ishlab chiqish (grammatik to‘g‘rilik, talaffuz, lug‘at boyligi, ravonlik); • Baholash jarayonini audio va video yozuvlar orqali obyektivlashtirish; • Tizimni IELTS modeli asosidagi 4-ko‘nikma tamoyiliga yaqinlashtirish. Abdulla Qahhorning quyidagi so‘zlari bu fikrning mazmunini chuqur ifodalaydi: “Ko‘chada yo‘l harakati qoidasi buzilsa, hushtak chalinadi. Ammo tilni buzib gapirilsa, hech kim hushtak chalmasligi - eng katta yo‘qotishdir.” Xulosa qilib aytish mumkinki o‘zbek tilini baholash tizimini takomillashtirishda xalqaro tajribalarni o‘rganish muhim. IELTS misoli shuni ko‘rsatadiki, tilni to‘liq baholash faqat to‘rtta ko‘nikma (listening, reading, writing, speaking) uyg‘unligida amalga oshiriladi. Shu asosda milliy tizimga speaking komponentini qo‘shish o‘zbek tilining amaliy o‘qitilishi va nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. IELTS Guide for Teachers. -Cambridge Assessment English, 2021. 2. Brown, H. D. Language Assessment: Principles and Classroom Practices. -Pearson, 2019. 3. Karimova D. Tilni baholash metodikasi va amaliyoti. -Toshkent, 2023. 4. Mamatov A. O‘zbek tili test tizimini takomillashtirish yo‘llari. -Tashkent State University, 2022. 5. Qahhor, A. Tanlangan asarlar. -Toshkent, 1982.