scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OMON MATJON LIRO-EPIK VA DRAMATIK ASARLARIDA DIALEKTIZMLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI

Otajonova Rayxon Zokir qizi

Full text

252 OMON MATJON LIRO-EPIK VA DRAMATIK ASARLARIDA DIALEKTIZMLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI Otajonova Rayxon Zokir qizi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450681 Annotatsiya. Ushbu maqolada Omon Matjonning liro-epik va dramatik asarlaridagi dialektizmlarning lingvopoetik xususiyatlari fonetik, morfologik, leksik dialektizmlar misolida tahlilga tortilgan. Kalit soʻzlar: dramatik asarlar, liro-epik asarlar, fonetik dialektizmlar, morfologik dialektizmlar, leksik dialektizmlar, Xorazm shevalari. Badiiy ijodda dialektizmlar narsa, voqea, hodisalarga mahalliy tus berish uchun qoʻllaniladi. Dialektizmlar personajlar nutqini individuallashtirish uchun foydalaniladi. Biroq bunday qoʻllash tufayli dialektizmlar adabiy tilga oid boʻlib qolmaydi. Dialektizmlardan oʻrinli foydalanish badiiy ijodning, umuman, nutqning badiiyligini, uslubning fazilatini, ta’sirchanligini oshiradi. Badiiy asar muallifi dialektik birliklarni oʻz asarida maʼlum bir maqsadni koʻzlab qoʻllaydi va sheva elementlari yordamida bu ishning uddasidan chiqadi. Ijodkorning asosiy maqsadi: a) mahalliy koloritni yuzaga chiqarish; b) qahramon nutqidagi oʻziga xoslikni koʻrsatib berish; d) soʻz takrorlaridan qochib ularning sinonim variantlarini qoʻllash va hokazolar boʻlishi mumkin. Omon Matjon ijodida oʻgʻuz lahjasining bor jozibasi namoyon boʻladi. Omon Matjon, avvalo, xalq yozuvchisi, millatiga jonkuyar ijodkor sifatida xalqning ma’naviy mulkidan foydalanmasligi, u suv ichgan buloqlardan bahramand boʻlmasligi mumkin emas. Yozuvchi oʻz tili, uslubi va ovoziga ega ijodkorlardan biri sifatida adabiyot maydonida jadal suratlarda qalam tebratgan. Shoirning shevada yozilgan ijodiy ishlari adabiy tilimiz rivojiga oʻzining ijobiy ta’sirini oʻtkazishda ahamiyatli tajribalardandir. Ularni kuzatar ekanmiz, fonetik jozibadorlik va musiqiylik, koʻchimlar, ma’no tovlanishlari, omonim, sinonim, antonim va tagma’nolar asosida hosil qilingan goʻzal falsafiy umumlashmalar sinkretiklik hosil qilib, badiiy durdonalar sifatida adib ijodini bezab turishini guvohi boʻldik. Shunday ekan, bu namunalar chuqur va batafsil tadqiq qilinishga haqli deb hisoblaymiz. “U goh solinchoqli taxtda, goh bulutlar ustida koʻrinadi” (“Ardaxiva” dramatik qissasi, 4-bet) 253 Ma’lumki, Omon Matjon Xorazm eli farzandi. Uning asarlarida ham bu seziladi. Xorazm shevalariga oid dialektizmlar shoir ijodida koʻplab uchraydi. Ushbu misralarda “solinchoq” deganda argʻimchoq nazarda tutiladi. Qizil baytal sarak-sarak, Yaproq sovuradi terak, Yigʻlayotgan ohu garak, Togʻlar yordam bermadimi?! (“Ardaxiva” dramatik qissasi, 14-bet) Ushbu parchada fonetik oʻzgarishga uchragan soʻz ishlatilgan, Xorazm shevalarida k<g hodisasi mavjud. Kerak soʻzi gäräk tarzida ishlatiladi. Ulli uy avvalgi ulli uy emas. Qoʻshin tortib kelmaydi! (“Ardaxiva” dramatik qissasi, 17-bet) Bu sо‘zning birinchi qismi ul kо‘pgina turkiy tillarda “katta”, “ulkan”, “bosh” ma’nolarini beruvchi ulu (ulu) [Севортян, 1962:402] sо‘zidir. “Kitob al-idrok”da ham shu shakl va ma’noda qayd etiladi [Севортян, 1962:402]. Mulohazamizcha, ulu sо‘zining о‘zi ham yasama bо‘lib, tarixan ulо‘zagiga -u yasovchisini qо‘shilishi natijasida hosil bо‘lgan. Mazkur qolipda fe’l yasalishini űy+ű – “uxlamoq” kabi fe’llarda ham kuzatamiz. Ulufe’liga -q//-gʻ qо‘shimchasini qо‘shish orqali esa uluq//ulugʻ sо‘zi hosil bо‘ladi. Ulugʻ sо‘zini qadimgi turkiy tildagi ul- (yuqori bо‘l-) fe’lidan yasalgan deyish har jihatdan asoslidir [Раҳматуллаев, 2000:389]. Faqat uning tarkibini ul+u+gʻ tarzida kо‘rsatish о‘rinli bо‘lsa kerak. Mumtoz adiblarimiz asarlarida ushbu sо‘zning semalari hozirgi adabiy tilimizdan “katta” sо‘ziga yaqinligi bilan farqlanadi. Boshqacha aytganda, bu sо‘z hozirgi adabiy tilimizda “katta” sо‘zi bajargan ma’nolarni о‘zida jamlagan va “buyuk”ka sinonim sifatida qо‘llanilgan. Quyidagi misollar orqali unda dastlab hozirgidek “buyuk”; “idial”; “daho” kabi ma’nolar mavjud bо‘lmaganini kuzatamiz: “Tengri taolo tavfiqi birla bu ulugʻ ishgʻa ilik urdum”. (Alisher Navoiy); “ul adabdurki, yaxshiyu yomongʻa va ulugʻu kichikka bajo keltirurlar. (Alisher Navoiy). Ishq hijroni bitdimi, Qora urflar yitdimi?! (“Ardaxiva” dramatik qissasi, 39-bet) Dilim xun, qirmizi yuzlardan qoʻrqdim, Makrini yuz gulag gizlardan qoʻrqdim. (“Kubro e’tirofi” she’ri, 41-bet) Qundoqda tugʻilgan goʻdak arosat, Ezmasin, bas, ulgʻay boʻbak, arosat. (“Arosat” she’ri, 55-bet) 254 bäväk=bűväk=böbäk [bavak, buvak, boʻbak] – goʻdak, chaqaloq, emadigan, koʻkrakdan ajratilmagan, odatda, bir yoshgacha boʻlgan bola; chaqaloq. (Urg., Xv., Y.ariq., Xnq.) [Xorazm shevalari lugʻati, 2024:66]. Bäväk, bäväk, bäk bäväk, atasȉnȉ canȉ bäväk, änäsını malȉ bäväk (xalq qoʻshigʻi). Xorazm shevalari maishiy leksikasiga oid dialektizmlar ham shoir asarlari tilida faol ishlatilganligini guvohi boʻldik. Masalan, “…ikkita sargʻimtir likopchada tong saharlab kupida chayilgan sariq yogʻ…” gapida “kupi” – kuva ma’nosida, “…balki tandirdan yangi uzilgan toʻrtta zogʻora chiroylik qilib sirchali la’liga…” gapida “sirchali la’li” dialektizmi – chinni lagancha ma’nosida, “nevaralariga ham olib boradilar deb, qizi bilan xamir qorib, ijjon tayyorlayotir ekan” gapida “ijjon” dialektizmi – qiyma ma’nosida, “…yumshoqqina goʻmma pishiramiz…” gapida “goʻmma” dialektizmi – Xorazm milliy taomi nomi ma’nosida ishlatilgan. Shu oʻrinda harakat-holatni anglatuvchi dialektizmlarni sanab oʻtish joiz. Shoir ijodida “eylanib” – kechikib; “qisindim” – havotir oldim; “galaqoʻyding” – kela qolding; “soʻvinarmish” – sevinar emish; “yozgʻirdilar” – nolib gapirdilar; “yenglaydim” – yengillashdim ma’nosida ishlatilgan dialektizmlarni kuzatdik. Xullas, hikoya shunday mahorat bilan yozilganki, unda Xorazm milliy mentaliteti Xorazm shevalariga xos dialektizmlar orqali mahorat bilan ochib berilgan. Ushbu dialektizmlar oʻzbek adabiy tilida uchramaydigan, faqat shevalarda qayd qilinadagan sо‘zlar. Bunday sо‘zlar badiiy adabiyotlarda sheva koloritini berish jarayonidagina qо‘llanadi [Аширбоев, 2013:28]. Hozirgi kunda mavjud dialektlar uch lahjaga: qarluq-chigil-uygʻur, qipchoq va oʻgʻuz lahjalariga boʻlib oʻrganiladi. Bu lahjalarning har biri oʻziga xos xususiyatlariga – fonetik, morfologik va leksik jihatdan farqlanadigan qator lingvistik belgilariga ega. Ushbu lingvistik xususiyatlariga koʻra Omon Matjonning liro-epik va dramatik asarlarida keltirilgan dialektizmlarni quyidagi guruhlarga boʻlib oʻrganish maqsadga muvofiq boʻlib, ijodkor qoʻllagan shevaga xos soʻzlar orasida fonetik, leksik, morfologik dialektizmlarning har biri alohida ustunlikka egadir: 1. Fonetik dialektizmlar 2. Morfologik dialektizmlar 3. Leksik dialektizmlar Omon Matjonning she’rlarida, asosan, Xorazm shevasiga xos fonetik, morfologik va leksik xususiyatlar obrazlilikni ta’minlab, badiiy asarning jozibadorligi va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan. Fonetik dialektizmlar. Fonetik dialektizm badiiy asarda muayyan shevaga oid fonetik xususiyatlarning aks etishidir. Fonetik dialektizmlar asosan, tovushlarni oʻzgartirib qoʻllash, tovush orttirishi, tovush tushishi va tovushlarni qavatlab qoʻllash 255 koʻrinishida namoyon boʻladi. Omon Matjon asarlarida shevaning talaffuzi sodda va yengil boʻlishi hamda mahalliy kolorit, xududiy mansublikni oʻzida aniq aks ettirishi unli va undosh tovushlarning turli xil kombinator va pozitsion oʻzgarishlariga mos holatda yuzaga keladi. Shoirning liro-epik hamda dramatik asarlarida fonetik jozibadorlikni koʻplab oʻrinlarda kuzatishimiz mumkin. Ushbu asarlarda keltirilgan dialektizmlar quyidagi unli va undosh tovushlarning kombinator oʻzgarishlari natijasida yuzaga kelgan 1. Dastlabki boʻgʻinda e unlisi ä unlisiga oʻtadi: kel – gäl, dedi – dädï; “Berä gäliŋ, berä. Ičana giriŋ!” [Beruniy: 35]. “Axïr-paxïrïŋnï qoj, nä dädim, hazir alib girämän, tur dädim saŋo”. [Beruniy: 55]. 2. -day qoshimchasidagi a unlisi i unlisiga oʻtadi: shunday – shundiy, bunday – bundiy: “Ina shundiy däsäŋiz boladi-ku!” [Gaplashadigan vaqtlar: 35]. 3. Soʻz boshidagi k jarangsiz undoshi g jarangli undoshiga almashadi: kel – gäl: …sän gälärsän däb…[Haqqush qichqirigʻi: 56]; koʻr – gör: “…araq görsaŋ durävärmisän…” [Haqqush qichqirigʻi: 56]; kelishishi – gäliŝiŝi: …gapni galiŝikidan! [Haqqush qichqirigʻi: 55]. 4. Soʻz boshidagi t undoshi d ga jaranglashadi: tur – dur: “…aroq görsaŋ duravarmiysan…” [Gaplashadigan vaqtlar: 56]; doʻppi – toppï: “…toʻppi qozonda bir palov qilaman…” [Gaplashadigan vaqtlar: 305]; toʻgʻri – doγrï: “… samolyotdan doγri Mulla Toʻychinikiga galganlar…” [Gaplashadigan vaqtlar: 306]. 5. K, q undoshlari bilan tugagan soʻzlarga qoʻshimcha qoʻshilganda, bu tovushlar jaranglashmaydi: tilagi – tilaki, sochigʻi – sačaqï [Gaplashadigan vaqtlar: 90]. Morfologik dialektizmlar. Morfologik dialektizm badiiy asarda shevaga xos morfologik elementlarning qoʻllanishidir. Quyidagilarni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. 1. Qaratqich kelishigi affiksining -in / -ing varianti ham qoʻllanadi: “…Qoraquming ichkarisiga kirish …” [Beruniy: 17]. 2. Sifatning intensiv shakli dim ravishi bilan shakllantirilgan: “… dim qattï dämläsäŋ…” [Beruniy: 305]. 3. Joʻnalish kelishigi affiksi -a variantida ham qoʻllanadi: “…Hojixon akangni ina shu chertaka olib galsang-a!” [Beruniy: 56]. 4. Koʻplik affiksi -la variantida ham qoʻllanadi: “Ovozlari bulbuldin sayrashi uchun olganla! [Beruniy: 308]. Leksik dialektizimlar. Leksik dialektizim shevaga oid soʻzlarning badiiy asarlarda qoʻllanishidir. Bu romanda leksik dialektizmlarni koʻplab uchratishimiz 256 mumkin. Masalan: “…birorta koʻlikka ham minmadim…” (kölik – bu oʻrinda mashina ma’nosida), “…qopuni taqillatdim” ( qapu – eshik), “…ulli urushdan burunroqqi yili…” (ullï – katta), “ Tur oʻrningdan, nishab yotibsan?” ( niŝäb – nima qilib), “…dishonda turibdi” (diŝan – koʻcha), “..kim sani qarri dadi…” (qarri – qariya), “…rangi-roʻyi pitta ochilishganday boʻldi” (pittäjinday), “…dishina qarab zingdim-ov..” (ziŋdïm – otildim), “…poyingiz turibdi” (pay – ulush), “…Otamurod hali toza…” ( toza – bu yerda yangi ma’nosida). Badiiy adabiyotda adiblar dialektizmlardan ikki oʻrinda foydalanadi, ya’ni: 1) dialogik nutqda qahramonning muayyan sheva vakili ekanligini koʻrsatish, mahalliy koloritni berish maqsadida; 2) adabiy tilda sinonimi boʻlmagan soʻzlarni majburan qoʻllaydi. Masalan, Omon Matjon asarlarida sazaq (oʻsimlik nomi), tunča (mis qumgʻon), kalčäyä (qumlikning taqir joyi), itdunäk (yovvoyi qovun turi) kabi dialektal soʻzlarni qoʻllaydi. Yuqorida berilgan leksik dialektizmlar qahramonlar tabiatini, xarakterini, ham ularning qaysi huduga mansubligini ochib berishga harakat qilgan. Bundan tashqari yana shunday leksik dialektizmlar ham borki, ular adabiy tilda mavjud emas. Shuning uchun ham yozuvchi bunday soʻzlarni qoʻllaganda, albatta, yonida izohini berib oʻtgan. Masalan: “Kol” – qumning pastak-chuqur joyi, “qizil” – qumning tepa joyi, “tonqa tuncha” – mis qumgʻon, “otashgir” – oʻt olgich, “oʻy” – qumning past joyi. Shoirning qum tasvirlarini oʻqir ekansiz, koʻz oldingizda cheksiz-poyonsiz qum manzaralari namoyon boʻladi. Bu tasvirlar shoirning vatanini, ona tabiatni, qumni naqadar sevishidan dalolatdir. Shuningdek, yozuvchi hikoyalarida qoʻsha, mamma, yol, matir roʻmol, takana (marli), kaxudo, enib kelmoq [“Ardaxiva” dramatik qissasi]; ushur-kavsan, gulotiz, kunchiqar, toʻrongʻi, quyoshlomo [“Choʻldagilar” doston xronikasi]; joʻjuq, kunbotar [“Choʻldagilar” doston xronikasi] kabi dialektizmlar ishlatilganligini guvohi boʻldik. Xulosa qilib aytganda, badiiy asarlarda shevaga oid soʻzlardan foydalanish asarning mukammal bir sa’nat asari boʻlishligini ta’minlab beradi. Albatta, bu yozuvchidan juda katta mahorat talab qiladi . Omon Matjon oʻz asarlarida fonetik, leksik va grammatik dialektizmlardan unumli foydalangan hamda yaratgan qahramonlari orqali mahalliy hududning soʻzlashuv nutqiga xos milliy kaloritini ochib bergan, oʻziga xos ijodkor uslubiga ega yozuvchi ekanligidan dalolat beradi. Yozuvchi dialektizmlardan asar qahramonlarining oddiy xalq vakili ekanligini koʻrsatish uchun, oʻzi mansub boʻlgan shevaning bor jozibasini tasvirlash uchun foydalangan. Badiiy asarlarda dialektizmlardan oʻrinli foydalanish yozuvchi mahoratining yaqqol isbotidir. 257 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xorazm shevalari lugʻati. 1-jild. – Urganch, 2024. –B.66. 2. Аширбоев С. Ўзбек диалектологияси. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ нашриёти, 2013. – Б.28. 3. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. – Тошкент: Университет, 2000. – Б.389. 4. Севортян Э.В. Аффиксы глаголообразования в азербайджанском языке. – М.: Наука, 1962. – С.402.