RAQAMLI TA'LIM: ZAMONAVIY TA'LIM MASALALARI
Full text
273 RAQAMLI TA’LIM: ZAMONAVIY TA’LIM MASALALARI Sarvara Turg‘unova Turdibek qizi Guliston davlat universiteti talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450711 Annostatsiya: Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o’rni va ahamiyati yoritilgan. Raqamli ta’limning afzalliklari, uning o’qitish samaradorligini oshirishdagi roli hamda ta’lim tizimiga integratsiya qilish jarayonidagi muammolarva ularning yechimlari tahlil qilinadi. Maqola zamonaviy ta’limni raqamlashtirish orqali sifatli bilim berish imkoniyatlarini ochib beradi. Kalit so’zlar: An’anaviy ta’lim, zamonaviy ta’lim, raqamli ta’lim, raqamli texnologiyalar, onlayn platforma, interaktiv vositalar. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jamiyatning barcha sohalariga, xususan, ta’lim tizimiga chuqur kirib bormoqda. Zamonaviy ta’lim jarayoni endilikda an’anaviy uslublar bilan cheklanmay, raqamli vositalar, onlayn platformalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanishni talab etadi. Bu esa ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda bilim olish jarayonini yanada qulay va samarali qilishga xizmat qiladi. Shu bois raqamli ta’lim masalalarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Raqamli texnologiyalardan foydalanish nima? Ushbu savol har bir tadqiqotchi uchun dolzarbdir. Shunday ekan ushbu savolga javob berish maqsadga muvofiq deb bildik. Ta'limdagi texnologiyalar o'qitish va o'rganish tajribasini yaxshilash uchun raqamli vositalar va texnologiyalardan foydalanishni anglatadi. Bunga ta'lim mazmunini yetkazib berish, talabalar va o'qituvchilar o'rtasidagi muloqotni osonlashtirish, interaktiv ta'lim tajribasini taqdim etish va ta'lim muassasalarida ma'muriy vazifalarni qo'llab-quvvatlash uchun kompyuterlar, internet, dasturiy ilovalar, onlayn platformalar va boshqa raqamli resurslardan foydalanish kiradi. Raqamli ta'lim – bu raqamli texnologiyalar va onlayn platformalardan foydalangan holda oʻqitish va oʻrganish jarayonidir. U oʻquvchilarga istalgan joydan, istalgan vaqtda taʼlim olish imkonini beradi va interaktiv vositalar hamda resurslar bilan boyitilgan. Raqamli taʼlimning asosiy xususiyatlari: Onlayn platformalar: Oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi aloqani taʼminlovchi elektron tizimlar. Interaktiv vositalar: Darslarni yanada qiziqarli va samarali qiluvchi interaktiv darsliklar, video va boshqa resurslar.
274 Flexibility (Mavsumiylik): Oʻquvchilar oʻzlarining qulay vaqtlarida va joylarida oʻqishlari mumkin, bu esa taʼlimni yanada moslashuvchan qiladi. Keng qamrovlilik: Raqamli taʼlim dunyoning istalgan nuqtasidagi oʻquvchilarga taʼlim berish imkonini beradi. Hozirgi dunyo hamjamiyati va davlatlar o'rtasida turli madaniy, ta'limiy va iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning o'sishi natijasida globalizatsiya taraqqiyoti, uning dunyo miqyosida keng tarqalishi davrida O'zbekistonda xorijiy tillarni o'qitishga davlat tomonidan alohida ahamiyat qaratilayotganligi, xorij tillarini bilgan raqobatbardosh kadrlarga bo'lgan zamonaviy talabning kundan kun ortib borayotganligi, xorijiy tillarni puxta bilgan raqobatbardosh kadrlar va mutaxassislarga bo'lgan ijtimoiy talabning keskin o'sishi ahamiyatga molik vazifalarni amaliy jihatdan bajarishda professor-o'qituvchilar tomonidan yangi raqamli ta'lim texnologiyalari orqali jahon tajribasini o'rganish, uni tanqidiy asosda milliy pedagogik ta'lim tizimiga olib kirish hamda ularning usul, vosita va shakllarini o'rganishga bo'lgan ehtiyoj bu sohani tezkorlik bilan talab etilgan darajada har tomonlama rivojlantirish zaruratining mavjudligi sezilmoqda. An’anaviy ta’lim asosan o‘qituvchi markazida bo‘lib, darslar yuzma-yuz, ma’lum bir joy va vaqt doirasida olib boriladi. Unda o‘quvchi tayyor bilimlarni eslab qolishga ko‘proq e’tibor beradi. Zamonaviy ta’lim esa raqamli texnologiyalar, interaktiv metodlar va onlayn platformalarga tayangan holda o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida jarayonga jalb etadi. U o‘zini o‘zi rivojlantirish, mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rag‘batlantiradi. Shunga qaramay, har ikkala ta’lim turi o‘zaro bog‘liq: ularning maqsadi bir — insonni bilimli, malakali va jamiyatga foydali shaxs sifatida tarbiyalashdir. An’anaviy ta’lim tajriba va qadriyatlarni saqlab qolishga xizmat qilsa, zamonaviy ta’lim bu tajribani yangi texnologiyalar bilan uyg‘unlashtiradi. Shu bois, eng samarali ta’lim tizimi – bu an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarning uyg‘unlashgan shaklidir. Mamlakatimizda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishlar va bardavom etayotgan uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlar ta'lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishni, zamonaviy talablarga mos keladigan, demokratik tamoyillarga asoslangan kredit-modul tizimi asosida ta'limni tashkil etishni taqozo etdi. Bugungi ta'lim global inqilob darajasiga ko'tarilgan bir vaqtda, jahon bo'ylab ta'lim standarti asosida, sinflarda o'qitish va o'qitishni o'zgartiradigan XXI asr ta'lim texnologiyalari kirib keldi. Ularni orasida ommalashgan namunalarini quyida taqdim etamiz: Ta'limni boshqarish tizimlari (LMS): Google Classroom, Canvas, Moodle va Schoology kabi platformalar o'qituvchilarga markazlashtirilgan onlayn makonda kurs
275 materiallari, topshiriqlar viktorinalar va muhokamalarni tashkil qilish imkonini beradi. “Biz yoshlarga doyr davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarmizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”- Shavkat Mirziyoyev. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, raqamli texnologiyalar zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylandi. Ular o‘quv jarayonini samarali, interaktiv va individual yondashuv asosida tashkil etish imkonini beradi. Shu bilan birga, raqamli ta’limdan to‘liq foyda olish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, texnik bazani mustahkamlash hamda innovatsion yondashuvlarni tizimli joriy etish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. 2. Saydalieva N.F. Chet Tillarini O'qitishda Kommunikativ Yondashuv //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2022. T. 2. e. Special Issue 20.-S. 275-281. 3. Markova A.K. Psixologicheskiy analiz professionalnoy kompetentnosti uchitelya //Sovetskaya pedagogika. 1990. №8.