"ONA" KONSEPTINING OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA OʻRGANILISHI
Abstract
Jahon va rus tilshunosligi haqida gap ketganda antroposentrik tilshunoslik, xususan kognitiv lingvistika hamda lingvokulturoligiya haqida soʻz ochmaslikning iloji yoʻq. Ushbu yoʻnalishlarning oʻrganishda konsept va konseptosifera kabilar oʻta ahamiyatli. Avvalgi maqolalarda “ona” konseptining jahon va rus tilshunosligida oʻrganilishini koʻrib chiqqan boʻlsak, ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligida “ona” konseptini oʻrganilishini koʻrib chiqamiz. Kalit soʻzlar: Afsona, konsept, konseptosfera, paremiologiya, paremiologik birlik, mif, “ona” konsepti.
Full text
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 29 “ONA” KONSEPTINING OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA OʻRGANILISHI Nigora Safarova Navoiy davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: f.f.f.d. N.J.Yarashova [email protected] Annotatsiya: Jahon va rus tilshunosligi haqida gap ketganda antroposentrik tilshunoslik, xususan kognitiv lingvistika hamda lingvokulturoligiya haqida soʻz ochmaslikning iloji yoʻq. Ushbu yoʻnalishlarning oʻrganishda konsept va konseptosifera kabilar oʻta ahamiyatli. Avvalgi maqolalarda “ona” konseptining jahon va rus tilshunosligida oʻrganilishini koʻrib chiqqan boʻlsak, ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligida “ona” konseptini oʻrganilishini koʻrib chiqamiz. Kalit soʻzlar: Afsona, konsept, konseptosfera, paremiologiya, paremiologik birlik, mif, “ona” konsepti. STUDY OF THE CONCEPT "MOTHER" IN UZBEKI LINGUISTICS Abstract: When talking about world and Russian linguistics, it is impossible not to talk about anthropocentric linguistics, especially cognitive linguistics and linguocultural studies. Concept and conceptosphere are very important in the study of these directions. If in the previous articles we considered the study of the concept of "mother" in world and Russian linguistics, in this article we will consider the study of the concept of "mother" in Uzbek linguistics. Key words: Myth, concept, conceptosphere, paremiology, paremiological unit, myth, "mother" concept.
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 30 Abstract: When talking about world and Russian linguistics, it is impossible not to talk about anthropocentric linguistics, especially cognitive linguistics and linguocultural studies. Concept and conceptosphere are very important in the study of these directions. If in the previous articles we considered the study of the concept of "mother" in world and Russian linguistics, in this article we will consider the study of the concept of "mother" in Uzbek linguistics. Key words: Myth, concept, conceptosphere, paremiology, paremiological unit, myth, "mother" concept. Oʻzbek tilshunosligida asosan “ona” konseptining qiyosiy shaklda oʻrganilishi muhim xarakterga ega. Jumladan, Alimova Adolat DTPI Horijiy til va adabiyoti yoʻnalishi 2-kurs magistrantining “Ingliz tilida ona konseptining kognitiv tavsiri”, Tagaeva S.U. Samarqand davlat universiteti doktorantining “Oʻzbek va german tillari paremiologiyasida “Ona” konsepti”, Fargʻona shahar 23-umumiy oʻrta taʻlim maktabi ingliz tili oʻqituvchisi Uraimova Mohigul Qobuljon qizining “Oʻzbek va ingliz tilida “ona” konsepti haqidagi tushuncha”(Oʻzbek va Ingliz xalq maqollari asosida), Shakurova Nargiza Hamraqulovna Qarshi davlat universiteti tilshunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi va Ruziyeva Shaxnoza Quyli qizi Qarshi davlat universiteti talabasining “Ona” konseptining diniy, ilmiy va madaniy talqini” kabi ilmiy izlanishlari e’tiborga molik. “Ona” haqida soʻz borar ekan, bu konseptni oʻrganish jarayonida diniy matnlar va manbalarga tayanmaslikning iloji yoʻq. Jumladan, Shakurova Nargiza Hamraqulovna va Ruziyeva Shaxnoza Quyli qizi aynan mana shu mavzuga toʻxtaladilar va diniy hamda mifologik manbalardan misollar keltidilar. Barchamizga ma’lumki, ibtidoiy davrlar ikkiga boʻlinadi: Matriarxat va Patriarxat. Ammo shu narsa achinarliki, mif va afsonalarning katta qismi patriarxat davrida paydo boʻlganligi sababli matriarxat davrga oid qarashlar biroz tushunmovchiliklar mavjud .Shunday boʻlishiga qaramay, bizgacha yetib kelgan mif va afsona “ona” konseptiga nisbatan “yaratuvchi”, “dunyoga keltiruvchi” “himoya qoʻrgʻoni”, “noziklik”, “nafosat”, “mehr-shavqat” kabi tushunchalar bilan yondosh tarzda
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 31 tasvirlangaligining guvohi boʻlishimiz mumkin. Xususan, Islom dinigacha boʻlgan davrda ayollarga nisbatan katta hurmat bilan qaralganligi haqida ayrim manbalar ham mavjud va yana davlat boshqaruvida ayolning oʻrni maslahatchi yoki bosh vazir darajasida boʻlgan degan qarashlar mavjud. Xususan, “ Er bosh boʻlsa, xotin boʻyin” degan maqol ham bu fikrning dalili boʻla oladi. Koʻp xudolik dini hukm surgan davrlarda hosildorlik va unumdorlik, goʻzallik va muhabbat xudolarini ifodalash uchun ayol timsolida foydalanilgan. Islomda Paygʻambarimiz sollohu alayhi vasallam sahih hadislarda: “Ayollariga yaxshilik qilganlar sizning eng yaxshilaringizdir” degan gaplari bu davrda ayolga, xususan onalarga e’tibor ancha koʻtarilganligining guvohi boʻlishimiz mumkin. Xususan, ilmiy ishlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, Uraimova Mohigul Qobuljon qizining maqolasida oʻzbek va ingliz tillardagi maqolalarning ma’noviy jihatdan guruhlarga boʻlib oʻrganilganligini koʻrishimiz mumkin. Maqolada ona hamma uchun qadrliligi haqida gapirib ikki til uchun ham umumiy boʻlgan maqollar, jumladan, Oʻzbek tilidagi: “Ona-olam faxridir”, “Bola ham ona deydi, ona ham ona deydi”, “Ona bilan bola-gul bilan lola” Ingliz tilidagi: “Jannat onalar oyogʻi ostida”, “U onasidan keyin iz qoldiradi” kabi maqollar keltiriladi . Ikkala til uchun ham “ona” konsepti mehr-muhabbat hamda mehnatkashlik ramzi ekanligini aytib, Oʻzbek tilidagi: “Ona hayotning guli, bola uning bulbuli”, “Ona oyogʻi bilan beshikni , qoʻli bilan roʻzgʻorni tebratar”, Ingliz tilidagi: “Bir untsiya ona aqli bir funt oʻrganishga arziydi” maqollari bilan fikr dalillanadi. Har bir ona oʻz farzandini qadrlaydi va unga gʻamxoʻrlik qiladi. Oʻzbek tilidagi : “Onaning bolaga olaligi yoʻq”, “Onangni yaxshiligini bemor boʻlsang bilarsan” kabi maqollar fikrning yorqin dalili hisoblanadi. Maqolada olima farzand tarbiyasida, ayniqsa qiz farzand tarbiyasida onaning roli juda ahamiyatli ekanligini taʻkidlab Oʻzbek tilidagi: “Eshigi yomonning uyiga borma, onasi yomonning qizini olma”, “Semiz qoʻyning goʻshti yaxshi, Oqila onaning qizi ” Ingliz tilida: “Ona kabi, qizimdek”, “Yaxshi tuproqdan tok ol, yaxshi onaning qizini” maqollarini misol tariqasida keltirib oʻtadi. Onani hurmat qilish va qadrlash tushunchasi barcha xalqlarda
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 32 boʻlgani kabi oʻzbek va ingliz tillarida ham mavjudligiga Uraimova M.Q. oʻz maqolisida alohida e’tibor qaratdi hamda Oʻzbek tilidagi “Onasini suyganning bolasini suy”, “Onangni senda shunchalar koʻp haqqi borki, sen unga har qancha yaxshilik qilsang ham oz”, “Ona-olam faxridir” Ingliz tilidagi: “Erkak eng koʻp sevganini, xotinini eng yaxshi koʻradi, lekin eng koʻproq onasini sevadi”, “Jannat onalar oyogʻi ostida” kabi maqollarni misol sifatida keltiradi. Barchamizga ma’lumki, farzand tarbiyasida onaning roli oʻta muhim hisoblanadi. Oʻzbek xalqida “Donishmand-u olimlarni tarbiyalovchi shaxs – ona” degan qarash ilgari suriladi. Jumladan, Oʻzbek tilidagi “Ona suti bilan kirmagan, tana suti bilan kirmas” “Olmaning tagiga olma tushadi”, “Qush uyasida koʻrganini qiladi” maqollari misol tariqasida keltiriladi. Bundan tashqari, Tagayeva S.U. “ona” konsepti haqida oʻz maqolasida fikr yuritib unga quyidagicha ta’rif beradi: “U har bir etnik guruhning etnik, estetik, pragmatik va boshqa pozitsiyalardan kelib chiqqan baholovchi gʻoyalarini oʻzida aks ettirgani uchun “ona” tushunchasi madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega tushunchadir”. Oʻzbek tilining izohli lugʻatidan foydalanib “ona”ning quyidagi ma’nolarini keltiradi: “1. Ona - farzandi yoki farzandi boʻlgan ayol (oʻz farzandlariga nisbatan); bolali xotini. Koʻp bolali onasi. Onai zor, onaizor. mehribon, gʻamxoʻr ona; onalik mehri va mehrini ifodalash shakli. Onasi - (etn.) Er xotiniga ismini aytmasdan murojaat qiladi. Qaynonaqaynona. 2. Oila boshligʻi, oʻqituvchi; 3. Masalan, keksa ayollarga qoʻshimcha ravishda hurmat koʻrsatish uchun ishlatiladi ularning nomiga; Tojixon ena; Norjon ona; 4. Katta yoshdagi ayollarni hurmat qilish shakli; 5. Reproduktiv hayvon. Qoʻyning onasi, toyning onasi; 6. Yaratuvchi, koʻchma ma’noda yaratuvchi;” Nemis tilidagi lugʻatlardagi “ona” leksemasining quyidagi ma’nolarini keltirib oʻtadi.
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 33 “1. Frau, die ein oder mehrere Kinder gebären hat. - bir yoki bir nechta bola tugʻgan ayol; 2. Frau, die in der Rolle einer Mutter ein oder mehrere Kinder versorgt, erzieht hat.- ona sifatida bir yoki bir nechta bolani parvarish qilgan va tarbiyalagan ayol; 3. Weiblicher Tier, das ein oder mehrere Junge geworfen shapka. – Ayol bir yoki bir nechta hayvonlar tugʻilgan hayvon; 4. Mutter Erde – ona zamin”. Bundan kelib chiqadiki, “ona” tushunchasi ikki til uchun ibtidoiy zamonlardan beri eng qadrli shaxs hisoblanadi va buning natijasi oʻlaroq, ushbu leksemaning koʻchma maʻnolarini ( Ona Vatan, Ona zamin, yaratuvchi) koʻrishimiz mumkin. Olima ikki tilning parimaologik birliklariga toʻxtalib, oʻzbek tilidagi: “Onaolam fahri” , “Amma-xola yigʻilib bitta ona boʻlolmas” maqollarini keltirib “ona”ning hayotimizdagi ahamiyatini ochib beradi va ushbu mazmunni ochib berish uchun nemis tilidagi: “Eine Mutter erreicht mehr als hundert Lehrer” (“Ona har qanday oʻqituvchidanda qadrli”) maqolini keltiradi”. “Ona” har ikkala tilda ham qoʻllab-quvvatlash, himoya qilish, tayanch kabi ma’nolarni qamrab oladi. Buning ishboti oʻlaroq oʻzbek tilidagi: “Ona bir qoʻli bilan beshikni, ikkinchi qoʻli bilan dunyoni tebratadi”, “Otangning chorbogʻida qolguncha, onangning charx kalavasi bilan qol” maqollarini, nemis tilidagi: “Ist eine noch so arm, So gibt sie ihrem Kinde warm” (“Ona qashshoq boʻlsa ham, farzandiga mehr bera oladi”), “Mutterschoss ist arm, aber warm” (“Onaning quchugʻi faqir boʻlsa ham iliq”) kabi maqollarni keltiradi. Yana shu narsa ayonki, ikki tilda ham ona farzandi uchun borini beradi, ammo evaziga hech narsa tab qilmaydigan yagona shaxs sifatidagi qarashlar mavjud. Tagayeva S.U. buni oʻzbek tilidagi; “ Ona hayotning guli, bola uning bulbuli”, “Bolasi koʻcha kezar, onasi bagʻrin ezar” kabi, nemis tilda: “Muttertreu ist tӓglich neu” (“Ona doimo vafodor”), “Mutterlieb altert nie” (“Ona mehri hech qachon eskirmaydi”) kabi maqollarni keltiradi.
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 34 Yaxshi ona qanchalik bolasini mehr-muhabbat bilan qadrlamasin, baribir masala uning tarbiyasiga borib taqaladigan boʻlsa, ulardan har qanday qattiqqoʻllikni kutish mumkinligini ham aytadi. Barcha xalqlarda farzandni odobaxloqli, tarbiyali va chinakam inson qilib tarbiyalash onalarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu tushuncha ikki til paremiologiyasida ham oʻz ifodasini topgan. Xususan, oʻzbek tilda: “Otaning qargʻishi – oʻq, onaning qargʻishi doʻq” kabi, nemis tilida “Mutterhand ist weich, auch wenn sie schlӓgt” (“Ona qoʻllari urganda ham yumshoq boʻladi”) kabi maqollarni misol qiladi. Har ikkala tilda ham onaga nisbatan mehr koʻrsatish, uni hurmat qilish kerakligi, ayniqsa u keksa boʻlsa, paremiologik birliklar orqali namoyish qilingan. Masalan, oʻzbek tilida: “Otasini ogʻritgan el ichida xor bular, onasini ogʻritgan parcha nonga zor bular”, “Ota-onasini tanimagan, tangrini tanimas”, “Onasini suyganning bolasini suy”, “Onangga boshingni ham qil, otangga gapingni kam qil”, “Onali uyning ori bor, otali uyning zari”, “Onangni quyosh bilsang, otangni oy bil” kabi maqollarni koʻrishimiz mumkin. Yana shu narasa qiziqki, ikki tilda ham “oʻgay ona”ga nisbatan salbiy ma’no yuklanadi. Jumladan, oʻzbek tilida “Onang oʻgay boʻlsa, otang oʻzingniki emas”, “Ota dogʻi kuydirar, ona dogʻi oʻldirar”, “Onalining ogʻzi oʻynar, onasizning koʻz”, nemis tilida: “Der Witwer findet leicht eine Frau, aber die Waisen schwer eine Mutter” (“ Beva erkak xotinini tez topar, bolalar onasini topolmaydi”), “Ohne Mutter sind Kinder und Bienen gleich verloren” (“Onasiz bolalar asalari kabi oʻzlarini yoʻqotadilar”), “Eine Mutter kann man verlieren, aber nicht wieder finden” (“Onani yoʻqotish oson, lekin toppish qiyin”) kabi maqollarning buning isboti sifatida keltiriladi. Ikkala tilda ham “ona” konsepti haqida gap borar ekan, “qaynona” leksemasiga toʻxtalmaslikning iloji yoʻq. Tagayeva S.U. bu borada fikr yuritib shunday deydi: “Ikkala tilda ham qaynona haqida juda koʻp maqollar mavjud, ularning ba’zilarida ijobiy qiymat, ikkinchisi – salbiy”. Jumladan quyidagi
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 35 maqollarni keltiradi. Oʻzbek tilida: “Qaynona qaynamasa, kelin aynimaydi”, “Itning yovidevona, kelinning yoviqaynona”, “Qaygʻum yoʻq, qaygʻum qaynonam”, “Qaynonali kelin qarqara kelin, qaynonasiz kelin masxara kelin”, “Qaynona – ona boʻlur”, “Qaynonaga tosh otsang tosh olasan, osh bersang osh olasan” kabi, nemis tilda: “Schwiegermutter im Haus macht den Frieden aus” (“Qaynona bor joyda tinchlik yoʻq”), “Die beste Schwiegermutter ist auf der Gӓnseweide” (“ Yaxshi qaynona narigi dunyoda”) kabi maqollar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “ona” konseptini tadqiq qilar ekanmiz, unda naqadar keng koʻlamda ekanligini ham birgalikda oʻrganib boramiz. Yuqorida misollar bu fikrning yoqin dalili hisoblanadi. ADABIYOTLAR: 1. Abdirasulov B.A. Konseptning lisoniy voqelanish jarayoni. // Science and Education Scientific Journal, 2020. 2. Alimova A. СOGNITIVE INTERPRETATION OF THE CONCEPT OF MOTHER IN ENGLISH. OБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. ISSN2181-3187 3. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. – Jizzax: Sangzor, 2006. 4. Shakurova N.H. And Ruziyeva Sh.Qreligious, Scientific And Cultural Interpretation Of The Concept "Mother" European Jurnal Of Nonformal Education. Volume 2/ Issue-4 ISSN: 2795-8612 5. Uraimova M.Q. OʻZBEK VA INGLIZ TILIDA "ONA" KONSEPTI HAQIDAGI TUSHUNCHA. MAQOLA. WWW.ЯНДЕХ.РУ 6. Тагаева С.У. КОНЦЕПТ «МАТЬ» В УЗБЕКСКОЙ И НЕМЕЦКОЙ ПАРЕМИОЛОГИИ. WWW.ЯНДЕХ.РУ