Full text
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 58 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RMS (READING–MIND MAPPING–SHARING) MODELINING METODIK IMKONIYATLARI Eshonkulova Hilola Rajab qizi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi maqsadli tayanch doktoranti Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan RMS (Reading–Mind Mapping–Sharing) modelining metodik asoslari tahlil qilingan. Modelning konstruktivistik va ijtimoiy yondashuvlarga tayangan holda o‘quvchilar tafakkuri, metakognitiv va kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda RMS modelining “o‘qish”, “fikr xaritasi tuzish” va “bo‘lishish” bosqichlari orqali o‘quvchilarning o‘qish jarayoniga faol ishtirokini ta’minlash va matnni anglash darajasini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Modelning metodik afzalliklari sifatida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, refleksiya, hamkorlikda o‘rganish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanishi qayd etiladi. Kalit so‘zlar: o‘qish savodxonligi, RMS modeli, fikr xaritasi, konstruktivizm, ijtimoiy o‘rganish, metakognitiv ko‘nikma, boshlang‘ich ta’lim. Annotation. This article analyzes the methodological foundations of the RMS (Reading–Mind Mapping–Sharing) model aimed at developing reading literacy in primary education. Based on constructivist and social learning approaches, the model emphasizes the development of students’ thinking, metacognitive, and communicative skills. The study highlights how the stages of “reading”, “mind mapping”, and “sharing” promote active engagement in the reading process and improve comprehension levels. The methodological
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 59 advantages of the model include enhancing students’ critical thinking, reflection, collaborative learning, and independent reasoning abilities. Keywords: reading literacy, RMS model, mind mapping, constructivism, social learning, metacognitive skills, primary education. Аннотация. В данной тезисной работе рассмотрены методические основы модели RMS (Reading–Mind Mapping–Sharing), направленной на развитие читательской грамотности в начальном образовании. Модель, основанная на конструктивистском и социальном подходах к обучению, способствует формированию у учащихся мышления, метакогнитивных и коммуникативных навыков. Отмечается, что этапы «чтение», «создание мыслительной карты» и «обмен» активизируют участие учеников в процессе чтения и повышают уровень понимания текста. К методическим преимуществам модели относятся развитие критического мышления, рефлексии, навыков совместного обучения и самостоятельного мышления учащихся. Ключевые слова: читательская грамотность, модель RMS, ментальная карта, конструктивизм, социальное обучение, метакогнитивные навыки, начальное образование. Kirish. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan, 2020yil 24-sentyabrdan kuchga kirgan, O‘RQ-637-son) shunday deyiladi: “Boshlangʻich taʼlim taʼlim oluvchilarda umumiy oʻrta taʼlimni davom ettirish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim, malaka va koʻnikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan” Mazkur normativ asosdan kelib chiqib, bugungi ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, metakognitiv faoliyat va axborotni mustaqil tahlil qilish kompetensiyalarini shakllantirishni talab etadi.
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 60 Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘qish savodxonligini rivojlantirish ushbu maqsadlarning poydevorini tashkil etadi. Chunki o‘qish savodxonligi — bilim olish, muloqot qilish va ijtimoiy muhitda faol ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyadir. Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolaning dolzarbligi RMS modelining metodik imkoniyatlarini tahlil qilish, uni boshlang‘ich sinf o‘qish darslariga integratsiya qilish va o‘qish savodxonligini oshirishda uning samaradorligini aniqlash bilan belgilanadi. Asosiy qism. So‘nggi yillarda ta’lim tizimida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash va metakognitiv faoliyatni shakllantirishda innovatsion modellar joriy etilmoqda. Shulardan biri — RMS (Reading–Mind Mapping–Sharing) modeli bo‘lib, u o‘qish jarayonida o‘quvchini faol bilim egallashga yo‘naltiruvchi konstruktivistik yondashuvga tayanadi. Muhlisin, Susilo, Amin va Rohman ta’kidlaganidek, RMS modeli o‘quvchini passiv qabul qiluvchidan faol bilim yaratuvchiga aylantiradi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘qilgan matndan ma’no hosil qilish, asosiy g‘oyani aniqlash va uni fikr xaritasi orqali tasvirlash jarayoni konstruktiv bilim qurishning amaliy ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi[2, 2-b.]. Aql xaritasi (mind mapping) – o‘qilgan matn mazmunini tahlil qilish, asosiy g‘oya va dalillarni vizual tarzda tartibga solish orqali o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi. Bu jarayon metakognitiv monitoring va refleksiyani kuchaytiradi: o‘quvchi qanday o‘qiyotganini va nimalarni tushunganini anglaydi[3, 3-b]. Bundan tashqari, RMS modeli 21-asr kompetensiyalari (communication, collaboration, creativity, critical thinking) bilan bevosita uzviydir. Komarudin, Suherman va Vidakovich o‘z tadqiqotlarida shunday xulosaga kelganlar: RMS ta’lim modeli 21asr ta’limining asosiy tamoyillariga uyg‘un bo‘lib, unda o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, hamkorlikda ishlash, samarali muloqot qilish va savodxonlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi[4, 4-b.]
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 61 Boshlang‘ich ta’lim kontekstida RMS modeli o‘qish savodxonligini oshirishda samarali metod sifatida o‘zini namoyon etgan. Muslim, Handoyo, Avrilianda va Ellianawati tomonidan olib borilgan tajriba natijalari bunga dalildir: RMS o‘qitish modeli o‘quvchilarni o‘qish jarayonida faollikka, o‘qilgan ma’lumotni vizual tarzda tizimlashtirish va o‘z tushunchalarini boshqalar bilan almashish orqali savodxonlikni rivojlantirishga yo‘naltiradi[5, 33-b.]. Ularning tadqiqotida RMS modeli qo‘llangandan so‘ng o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash darajasi 63% dan88 % gacha oshgan[5, 38-b.] Bu esa o‘qish savodxonligini rivojlantirishda RMS modelining metakognitiv va ijtimoiy komponentlar uyg‘unligini ko‘rsatadi. RMS modeli quyidagi ilmiy-nazariy asoslar bilan bog‘langan: Konstruktivizm nazariyasi (Piaget, Bruner): o‘quvchi bilimni faol ravishda o‘zi quradi. Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi (Vygotskiy): o‘rganish jarayoni ijtimoiy muloqot orqali chuqurlashadi. Metakognitiv yondashuv (Flavell, 1979): o‘quvchi o‘z o‘qish jarayonini anglaydi va boshqaradi. Kognitiv grafika va vizual fikr xaritasi (Buzan, 1993): fikrlarni vizual tarzda tartiblash o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi. RMS modeli uchta o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismdan iborat: 1. Reading (o‘qish) – o‘quvchi matnni chuqur o‘qiydi, asosiy fikr, muallif maqsadi va asoslovchi g‘oyalarni aniqlaydi. Bu bosqichda metakognitiv monitoring, so‘z boyligini kengaytirish va asosiy g‘oya ajratish ko‘nikmalari shakllanadi. 2. Mind Mapping (fikr xaritasi tuzish) – o‘quvchi matn mazmunini konseptual xarita ko‘rinishida tuzadi. Muhlisin fikricha: O‘quvchilar o‘rganilayotgan tushunchalarni tasvirlash va tizimlashtirish maqsadida fikr xaritalarini tuzadilar[3,
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 62 326-b.]. Bu jarayon o‘quvchilar tafakkurini vizuallashtiradi, matn bo‘laklari o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishni ko‘rsatadi. 3. Sharing (bo‘lishish) – o‘quvchilar o‘z xaritalarini sinf bilan baham ko‘rishadi, fikr almashishadi, savol-javob o‘tkazishadi. Muhlisin va boshqalar bu bosqichni quyidagicha asoslaydilar: RMS modelining ijtimoiy komponenti Vygotskiyning ijtimoiy kognitiv nazariyasiga tayanadi; ushbu nazariyaga ko‘ra, o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot va hamkorlik individual tafakkur va g‘oyalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi[2, 2-b.]. RMS modelining tashkil etish bosqichlari Muslim, Handoyo va boshqalar RMS modeli bo‘yicha boshlang‘ich sinfda darsni quyidagi bosqichlarda tashkil etishni tavsiya etganlar: 1-jadval Bosqi ch nomi O‘quv faoliyati mazmuni Kutilayotgan natija 1. Tayyorlov O‘quvchilar mavzu bilan tanishtiriladi, qiziqish uyg‘otuvchi savollar beriladi. Motivatsiya shakllanadi, maqsad aniqlanadi. 2. Reading O‘quvchilar matnni yakka yoki juftlikda o‘qiydi, asosiy fikr va dalillarni belgilaydi. Asosiy g‘oya va qo‘llab-quvvatlovchi fikrlarni tushunish. 3. Mind Mapping Matndagi asosiy g‘oyalar asosida konseptual xarita tuzish. Mantiqiy bog‘lanishlarni tushunish, tizimlilik. 4. Sharing Guruhda fikr almashish, xaritani taqdim etish, muhokama. Ijtimoiy muloqot, refleksiya, tanqidiy fikrlash. 5. O‘qituvchi va o‘quvchi Metakognitiv xulosa
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 63 Yakuniy refleksiya o‘qish jarayonini tahlil qiladi. chiqarish. Muslim va boshqalar tajriba natijasida qayd etganlar: RMS o‘qitish modeli o‘quvchilarni o‘qish jarayonida faolroq bo‘lishga, ma’lumotni vizual tarzda xaritalashga hamda o‘z tushunchalarini tengdoshlari bilan baham ko‘rishga undaydi; bu esa ularning savodxonligini oshiradi [5, 33-b.]. Tahlil qilingan adabiyotlar asosida RMS modelining quyidagi afzalliklari aniqlangan: O‘quvchilarning o‘qish tushunishi va tanqidiy fikrlashini oshiradi. O‘quv jarayonida metakognitiv faoliyatni kuchaytiradi. Guruhli ishlash orqali ijtimoiy muloqot va savodxonlikni rivojlantiradi. O‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish va mantiqiy bog‘lanishlarni ko‘rish ko‘nikmasini shakllantiradi. Xulosa. RMS (Reading–Mind Mapping–Sharing) modeli boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligini rivojlantirishning samarali metodik yondashuvidir. Model o‘quvchilarning o‘qish jarayonini faollashtirib, ularni mustaqil fikrlash, fikrni vizual ifodalash va ijtimoiy muloqot orqali bilimni chuqurlashtirishga undaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, RMS modeli o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va refleksiya ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi. Mazkur model konstruktivizm, ijtimoiy o‘rganish va metakognitiv yondashuvlarning uyg‘unlashgan shakli bo‘lib, zamonaviy ta’limning 21-asr kompetensiyalariga mosdir. Shu bois mazkur modelni o‘qish darslarida qo‘llash o‘quvchilarning savodxonligi, tafakkuri va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – QHMMB, 24.09.2020. 03/20/637/1313-son.
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 3 (2025) 64 2. Muhlisin, A., Susilo, H., Amin, M., & Rohman, F. (2018). The effectiveness of RMS learning model in improving metacognitive skills on science basic concepts. Journal of Turkish Science Education, 15(4), 1–14. DOI: 10.12973/tused.10242a 3. Muhlisin, A. (2019). Reading, Mind Mapping, and Sharing (RMS): Innovation of new learning model on science lecture to improve understanding concepts. Journal for the Education of Gifted Young Scientists, 7(2), 323–340. [https://doi.org/10.17478/jegys.570501](https://doi.org/10.17478/jegys.570501) 4. Komarudin, O., Suherman, E., & Vidakovich, T. (2024). The RMS teaching model with brainstorming technique and student digital literacy as predictors of mathematical literacy. Heliyon, 10(5), e27845. DOI: 10.1016/j.heliyon.2024.e27845 5. Muslim, B., Handoyo, E., Avrilianda, D., & Ellianawati. (2025). Reading, Mapping, and Sharing (RMS) Model: Improving Critical Thinking Skills of Elementary School Students on Cultural Diversity Material. PrimaryEdu: Journal of Elementary Education, 9(2), 30–41.