scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

LIBOS DIZAYNI TA'LIMIDA ASRLAR DAVOMIDA RIVOJLANIB, O'ZGARIB, YANGILANIB KELGAN MODANING O'RNI VA RIVOJLANISH OMILLARI TALQINI

MRDI instituti Libos dizayni kafedrasi o'qituvchisi Kirgizbayeva Ra'no [email protected]

Abstract

Maqolada, Asrlar davomida moda inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Har bir davr, har bir sivilizatsiya o‘ziga xos kiyinish uslubi, material tanlovi va badiiy qarashlari orqali jamiyatdagi ijtimoiy mavqeni, estetik didni va madaniy qadriyatlarni ifoda etgan. Shu sababli, moda nafaqat tashqi ko‘rinish masalasi, balki ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida o‘rganiladi. Mazkur maqolada libos dizayni ta’limi jarayonida modaning tarixiy rivojlanishi, uning o‘zgarish omillari, ta’lim tizimidagi o‘rni va zamonaviy dizayn amaliyotidagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 LIBOS DIZAYNI TA’LIMIDA ASRLAR DAVOMIDA RIVOJLANIB, O‘ZGARIB, YANGILANIB KELGAN MODANING O‘RNI VA RIVOJLANISH OMILLARI TALQINI MRDI instituti Libos dizayni kafedrasi o‘qituvchisi Kirgizbayeva Ra’no [email protected] Annotatsiya:Maqolada, Asrlar davomida moda inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Har bir davr, har bir sivilizatsiya o‘ziga xos kiyinish uslubi, material tanlovi va badiiy qarashlari orqali jamiyatdagi ijtimoiy mavqeni, estetik didni va madaniy qadriyatlarni ifoda etgan. Shu sababli, moda nafaqat tashqi ko‘rinish masalasi, balki ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida o‘rganiladi. Mazkur maqolada libos dizayni ta’limi jarayonida modaning tarixiy rivojlanishi, uning o‘zgarish omillari, ta’lim tizimidagi o‘rni va zamonaviy dizayn amaliyotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: moda, dizayn, uslub, to‘plam, garderob, kostyum, kombinatsiya, stilizatsiya, komplekt. Kiyim nafaqat tabiiy ehtiyojni ta’minlovchi bir vosita, shu bilan birga u amaliy san’at namunasi hamdir. U amaliy san’atning barcha namunalari singari go‘zallik hamda ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilganlik bilan ajralib turadi. Tanani turli tashqi ta’sirlardan, xususan, issiq va sovuqdan saqlashdek amaliy vazifani bajarish bilan birga, u bezak, chiroy singari estetik funksiyalarga ham ega. SHu sababli ham jamiyat qanchalik taraqqiyot etib borgan sari, insonlar estetik didi oshib borgan sari kiyimlarning bezagiga, asosiysi takrorlanmasligiga e’tibor ortib boraveradi. Modaning tarixiy shakllanish jarayoni Moda tushunchasi insoniyat tarixining ilk bosqichlarida paydo bo‘lgan. Dastlab kiyim-kechak insonni tashqi muhitdan himoya qilish vositasi sifatida yaratilgan bo‘lsa, keyinchalik u estetik va ijtimoiy mazmun kasb eta boshlagan. Qadimgi Misr, Yunoniston va Rim davrlarida liboslar insonning ijtimoiy mavqeyi va jamiyatdagi o‘rni bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Misol uchun, qadimgi misrliklar ipak va oltin naqshlar bilan bezatilgan liboslarni zodagonlar ramzi sifatida newjournal.org zenodo.org 2 qabul qilganlar. O‘rta asr Yevropasida esa kiyimlar diniy qarashlar va ijtimoiy tabaqalanishning ifodasi edi. Markaziy Osiyoda esa libos madaniyati o‘ziga xos rang va shakllarga ega bo‘lib, asrlar davomida milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlanib kelgan. O‘zbekiston hududida ishlangan atlas, adras, beqasam kabi matolar milliy modaning shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Milliy qadriyatlar va global tendensiyalar uyg‘unligi Milliy modaning asosi – bu xalqning tarixi, urf-odati, diniy va madaniy qadriyatlaridir. Libos dizaynida milliy unsurlarni saqlab qolish, ularni zamonaviy shaklda qayta talqin etish dizayner oldidagi eng muhim vazifalardan biridir. Masalan, o‘zbek xalqining milliy kiyimlari — chopon, duppi, do‘ppi, kamzul, atlas va adras matolari — bugungi kunda ham dizaynerlar tomonidan qayta yaratilmoqda. Bu orqali milliy an’ana va zamonaviy moda uyg‘unlashadi. Global moda esa ochiqlik, innovatsiya va xilma-xillikka asoslanadi. Shu bois, libos dizayni ta’limida milliy va global tendensiyalarni uyg‘unlashtirish, ya’ni “milliy shakl – zamonaviy mazmun” tamoyiliga amal qilish muhimdir. Bu uyg‘unlik natijasida talabalarda ijodiy tafakkur, estetik qarash va madaniy mas’uliyat shakllanadi. Har bir dizayner o‘z ijodida nafaqat zamon bilan hamnafas, balki millat ruhi bilan uyg‘un bo‘lishi lozim. Demak, moda har bir davrda jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, inson tafakkuri va estetik didining ko‘zgusi sifatida shakllangan. Dastlabki davrlar, ya’ni ibtidoiy tuzumda hayvon terisi yoki o‘simlik novdalarini to‘qish asosida ma’lum bir shaklga keltirilishi oqibatida tayyorlangan mato inson tanasining ma’lum bir qismlarini berkitishga xizmat qilgan. Bunda to‘g‘ri to‘rtburchak mato yelkaga yoxud bo‘ksaga tashlanib, tana atrofiga diagonal yoxud aylana bo‘yicha gorizontal holatda bog‘langan. Bog‘lanish joyiga ko‘ra ular bir-biridan farqlangan. Shu usulda ikki xil: yelka va belga bog‘lanadigan kiyim turlari paydo bo‘lgan. Ularning eng qadimiy shakli burmalanadigan kiyimdir. U tanani o‘rab, unga turli bog‘ichlar, belbog‘ va kamarlar yordamida mahkamlangan. Vaqt o‘tib, kiyimning yangi yelkaga tashlanadigan shakli paydo bo‘lgan. U tuzilishiga ko‘ra bir necha turda bo‘lgan. newjournal.org zenodo.org 3 Xususan, oldi ochiq turida yelka va ikki yoni tikilgan bo‘lsa, ikkinchi turi oldi yopiq bo‘lib, faqat yelka va yoni tikilib, bosh qismi va yengi uchun ochiq bor. Ko‘pchilik dizayn deganda bezashni, to‘ldirishni tushunadi. Aslida dizayn nafaqat to‘ldirish, kerak bo‘lsa ba’zi bir elementlarni olib tashlashni ham bildiradi. Birinchi bora dizayn so‘zi XVI asrda paydo bo‘lgan. Har bir xalqning kiyimida uning tarixi, taraqqiyot bosqichlari, rivojlanishi, madaniyati va ma’naviyati aks etadi. Insoniyat tarixining ilk davrida tabiiy ehtiyoj tufayli odamni issiqdan, sovuqdan, yomg‘ir va qordan himoya qilgan libos hozirgi davrda uning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojiga aylangan. Bugungi kunda odamlar hayotini libos va modasiz tasavvur etish mumkin emas. Insoniyat tarixidagi eng tezkor ilmiytexnikaviy taraqqiyot davrida dunyodagi va jamiyatdagi voqea-hodisalarning inson aqli, ongi va ruhiyatiga ta’siri cheksizdir. Hozirgi kunda juda ko‘p uslublar dunyo yuzini ko‘rmoqda. Hatto uslublar aralashmasi moda muxlislari tomonidan yaxshi qabul qilinmoqda. Libos –bu kiyim, ust-bosh, odam egniga kiyadigan buyum bo‘lib, tanani tashqi muhit sharoitidan saqlaydi va estetik funksiyani bajaradi. Libos o‘zining uzoq o‘tmishiga ega bo‘lib, uning shakllanishi va rivojlanishiga bir necha asr sarflandi. Uning dastlabki ko‘rinishi juda ham sodda bo‘lib, konstruktiv chiziqlarga ega bo‘lmagan va biriktiruv choklarisiz, oddiy bog‘lash uslubi yordamida odam egniga kiyilgan. Libos yillar o‘tgani sayin mukammallashib, hozirgi kundagi ko‘rinishiga kelgan. Kiyimning tashqi ko‘rinishi va bichimiga o‘sha davr muhiti, ijtimoiy hayot, arxitektura, geografik joylashuvi, iqlimi va shu kabi bir necha omillar ta’sir qilgan. XIX asrga kelib modellar libos modasiga ta’sir etuvchi shaxs sifatida qarala boshlandi. Endilikda aynan modellar libosning bichimi, rangi, uslubini o‘zi yoki iste’molchining xohish-istaklariga binoan yarata boshladi. Kolleksiyaliboslar to‘plami bo‘lim, u ma’lum bir yo‘nalish, uslub, mavsum, mavzu va rang koloritiga egadir. Liboslar to‘plami kuz-qish va bahorgi-yozgi mavsumlariga bo‘linadi. Mavsum boshlanguncha kelayotgan mavsum uchun liboslar to‘plami dizaynerlar tomonidan taklif etiladi. Libos yaratish jarayonida ijodkor dizayner, stilizatsiyadan juda xam unumli foydalanishi mumkin. newjournal.org zenodo.org 4 Stilizatsiya- (fransuzcha “stilisation”, lotincha “stylus”) buyum yoki kiyimning o‘ziga xos qismlarini imitatsiya qilish yo‘li bilan badiiy yechimni topa olishdir. Stilizatsiya taqliddan farq qiladi. Dizayn va stilizatsiyaning bir-biridan katta farqi bo‘lsa-da, stilizatsiya dizaynda badiiy yechim topishda foydalaniladigan element bo‘lib xizmat qiladi. Stilizatsiyani tushunish uchun uni sodda misollar orqali ko‘rishimiz mumkin: bunda bir qancha stilizatsiya yo‘li bilan badiiy yechim topilgan (1-2-rasm). Bilamizki, tabiat har doim ijodkorlar uchun ilhom manbai bo‘lib kelgan. Shu qatorda libos dizaynerlari uchun ham tabiat motivlari ijod uchun tuganmas manbaidir. Stilizatsiya jarayonida obyektning nafaqat tashqi ko‘rinishi, shakli, rangi balki, uning yashash tarzi va o‘ziga xos fe’l-atvoridan kelib chiqib stilizatsiya qilish ham mumkin (3-4-rasm). Libos dizayni ta’limida modaning o‘rni newjournal.org zenodo.org 5 Libos dizayni ta’limi – bu ijodiy, ilmiy va texnologik bilimlarni uyg‘unlashtiruvchi soha bo‘lib, unda talabalar nafaqat kiyim yaratishni, balki modaning falsafasini ham o‘rganadilar. Bugungi kunda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida “Libos dizayni”, “Moda san’ati”, “Kostyum tarixi”, “Materialshunoslik” kabi fanlar orqali talabalar modaning evolyutsiyasini, turli davr va madaniyatlarda kiyinish uslublarini o‘rganmoqdalar. Ta’lim jarayonida modaning o‘rni shundaki, u dizayn tafakkurini shakllantiradi, estetik didni rivojlantiradi, ijodiy izlanishga undaydi. Talaba o‘z loyihasida nafaqat chiroyli shakl yaratadi, balki u orqali ma’lum bir davr ruhini, milliylikni va zamonaviylikni uyg‘unlashtiradi. Shuningdek, libos dizayni ta’limida moda – bu innovatsiyalar maydoni. Yangi matolar, ekologik toza materiallar, 3D texnologiyalar, raqamli modellashtirish kabi yangiliklar talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirmoqda. Xulosa Moda – insoniyat tarixining, madaniyatining va tafakkurining doimiy harakatdagi ifodasidir. U asrlar davomida rivojlanib, har bir davrning iqtisodiy, madaniy va estetik ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassam etgan. Libos dizayni ta’limida moda o‘quv jarayonining asosiy poydevori sifatida xizmat qiladi. U talabalarga nafaqat kiyim yaratish texnologiyasini, balki madaniy o‘zlikni anglash, yangilikka intilish va zamon bilan hamnafas bo‘lishni o‘rgatadi. Bugungi kunda libos dizayni sohasi modaning o‘zgarish omillari – texnologiya, ekologiya, marketing va madaniy xilma-xillikdan faol foydalanmoqda. Shu bois, har bir dizayner uchun moda – bu san’at, ilm va falsafa uyg‘unligidir. Milliy va global qadriyatlarni birlashtirgan libos dizayni esa nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat madaniy merosining boyligiga aylanadi. Adabiyotlar. 1. Yunusxodjaeva, S. A. (2019). YOSH RASSOMNI O‘QITISHDA SAMARALI USULLARDAN FOYDALANISH. PEREKRYOSTOK KULTURЫ, 1(4). 2. Yunusxadjaeva, S. A. (2020). KASB TA’LIMI YO‘NALISHIDAGI TALABALARNI O‘QITISHDA KASBIY BILIMNI CHUQUR O‘ZLASHTIRGAN newjournal.org zenodo.org 6 MUTAXASSISLARNI TARBIYALASH VA MILLIY LIBOSLARIMIZGA OID BILIMLARINI RIVOJLANTIRISHNING AFZALLIK JIHATLARI. PEREKRYOSTOK KULTURЫ, 2(4). 3. Abutalibovna, Y. S., & Muratovna, K. U. (2022). Formation of the national clothes of the inhabitants of Surkhandarya under the influence of local living conditions. Eurasian Journal of History, Geography and Economics, 5, 31-35. 4. Ernazarovna, U. G. (2022). THE FORMATION OF THE DESIGN TERM AND HISTORY OF DEVELOPMENT. TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 96-102. 5. UMAROVA, Z. KOSTYUM DIZAYNI TA’LIMINI MODERNIZATSIYALASHNING AKTUAL TAMOYILLARI. O ‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2020,[1/2] ISSN 2181-7324. 6. Ernazarovna, U. G. (2022). The Role of" Design-thinking" in the formation of artistic and design activities of future specialists. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 103-105. 7. Xodjaeva, U. M. (2019). DIZAYN KAK ISKUSSTVO. Ekonomika i sotsium, 8. Raxmatilloevna, F. M. (2021). Creativity in Fashion Design. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 1(11), 73-76. 9. Atakhanova, F. Z. (2020). USING TRADITIONAL METHODS OF MAKING UZBEK COSTUME IN MODERN DESIGN DURING QUARANTINE DUE TO COVID-19. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 1771-1776. 10. Ataxanova, F. Z. (2019). Etno-stil: na podiumax i realnosti (na primere deyatelnosti dizaynerov Uzbekistana). European Journal of Arts, (3). 11. Ataxanova, F. Z. (2021). O‘ZBEK AN’ANAVIY LIBOSI VA ZAMONAVIY MODANING O‘ZARO INTEGRATSIYA JARAYONINI TAHLIL ETISHDAGI METODOLOGIK MUAMMOLAR. VZGLYAD V PROSHLOE, 4(6). 12. Qizi, Y. S. M., & Muratovna, X. U. (2021). LIBOS DIZAYNI TA’LIMIDA EKOLOGIK–INNOVATSION MATOLARNING AHAMIYATI VA ZAMONAVIY MODA–KOSTYUM DIZAYN SANOATIGA TADBIQ ETISHNING ISTIQBOLLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 240-251.