scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DUTOR CHOLG'USI OHANGLARIDA MILLIY QADRIYATLARIMIZ JILOSI

Toirov Sevara Sarvar qizi SHDPI, San'atshunoslik kafedrasi Musiqa ta'limi 2-kurs talabasi Rahbar Esonova Marjona [email protected]

Abstract

Dutor oʻzining mayin, dardli va yoqimli sadosi bilan nafaqat Oʻzbekistonda balki butun Markaziy Osiyo xalqlari orasida mashhur boʻlgan cholg‘u. Ushbu maqolada dutorning kelib chiqishi, tuzilishi ijrochilik an'analari va hozirgi ahamiyati haqida soʻz yuritiladi.

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 DUTOR CHOLG‘USI OHANGLARIDA MILLIY QADRIYATLARIMIZ JILOSI Toirov Sevara Sarvar qizi SHDPI, San’atshunoslik kafedrasi Musiqa ta’limi 2-kurs talabasi Rahbar Esonova Marjona [email protected] Annotatsiya: Dutor oʻzining mayin, dardli va yoqimli sadosi bilan nafaqat Oʻzbekistonda balki butun Markaziy Osiyo xalqlari orasida mashhur boʻlgan cholg‘u. Ushbu maqolada dutorning kelib chiqishi, tuzilishi ijrochilik anʼanalari va hozirgi ahamiyati haqida soʻz yuritiladi. Kalit so‘zlar: Dutor, qadimdan. Torlari, cholg‘u, ustoz-shogird, ijrochilar. Блеск наших национальных ценностей в инструментальных тонах Dutor Аннотация: Дутор-инструмент, который своим нежным, болезненным и приятным звучанием пользуется популярностью не только в Узбекистане, но и у народов Центральной Азии. В этой статье рассказывается о происхождении, структуре, исполнительских традициях дутора и его нынешнем значении. Ключевые слова: Dutor, давным-давно. Струнные, инструментальные, мастер-ученик, исполнители. The palette of our national values in the tones of the instrument Dutor Annotation: the Dutor with its gentle, daring and pleasant Echo is an instrument that is popular not only in Uzbekistan, but among the peoples of all of Central Asia. This article discusses the origins, structure of dutor's performance traditions, and current significance. Keywords: Dutor, from time immemorial. Strings, instruments, masterdisciples, performers. O'zbek xalqi qadimdan boy madaniy sanʼat merosiga ega. Ayniqsa, milliy musiqa sanʼati xalqimizning tarixiy hayot tarzini, ruhiyatini ,orzu-intilishlarini ifoda newjournal.org zenodo.org 2 etib kelgan. Shu sanʼat turlaridan biri-dutor ijrochiligidir. Dutor ikki torli cholgʻu bo‘lib ,uning nomi forscha "du" (ikki) va "tor" (ip) soʻzlaridan tashkil topgan. Bu so'z bevosita cholg‘uning tuzilishiga mos keladi, ya'ni dutorning ikki dona tori mavjud. Dutorning tanasi, bo'yni va qopqog'i yog'ochdan yasaladi. Asosan tut, yong'oq, archa yoki qayrag'och daraxti yog'ochlari ishlatiladi. Torlari esa ilgari ipak ipdan tayyorlangan bo'lsa, hozirda sintetik yoki metall ipdan tayyorlanadi. Dutorning uzunligi odatda 85-100sm atrofida bo'ladi. U qo'lda chalinadi, torlar barmoqlar bilan chertilib, turli ohanglar hosil qilinadi. Cholg‘uning ovozi yumshoq va mayin jozibali bo'lib,u xalq kuylarini, lapar va termalarini ijro etishda keng qo'llaniladi. Dutor cholg‘usi tarixi ming yilliklar oldin, qadimgi Sharq musiqiy madaniyatiga borib taqaladi. Arxeologik topilmalar va yozma manbalarda torli cholgʻularning qadimiy shakllari haqida maʼlumotlar mavjud. Oʻzbek musiqasida dutor asosan xalq orasida keng tarqalgan, bo‘lib har bir viloyatga oʻziga xos ijrochilik uslublari shakllangan. Masalan, Fargʻona - Toshkent dutorchiligi mayin, muloyim ohanglarga boy bo'lsa Buxoro - Xorazm uslubi tezkor va jo'shqin kuylar bilan ajralib turadi. Qashqadaryo va Surxondaryo dutorchiligida esa dostonchilik an'anasi bilan chambarchas bog‘liq kuylar ijrochilar tomonidan ijro etiladi. Oʻzbek sanʼatida dutor ijrochiligi bilan mashhur boʻlgan koʻplab ustozlar mavjud. Ular orasida Toʻychi Toshmuhammedov, Usta shodi, Abduvali Abdurashidov, Matyusuf Jalilov kabi sanʼatkorlar alohida oʻrin egallaydi. Ularning ijrolari orqali dutor sadosi xalq dostonlari, qoʻshiqlari va kuylarini yanada jozibali tarzda ifoda etgan. Har bir ustoz oʻz shogirdlariga dutor chalish sir-asrorlarini oʻrgatib, bu sanʼatni avloddan avlodga yetkazgan. Shu tariqa dutor ijrochiligi o'zbek xalqining bebaho maʼnaviy merosiga aylangan. Bugunki kunda dutor nafaqat xalq ansambllarida, balki professional musiqiy sahnalarda, konservatoriyalar va sanʼat maktablarida ham keng qoʻllanilmoqda. Dutor milliy orkestrlarda, xalq bayramlarida, konsertlarda xalqaro tanlovlarda oʻziga xos oʻrin tutadi. UNESCO tomonidan ham oʻzbek xalqining dutor ijrochiligi " Nomoddiy madaniy meros" sifatida eʼtirof etilgan. Bu esa dutorning nafaqat milliy, balki jahon miqyosida qadrlanishidan dalolat beradi. newjournal.org zenodo.org 3 Mutaxassis oʻqituvchining vazifasi. 1. Oʻquvchining dutor ushlash ijro davomidagi tayanch nuqtalari, oʻng va chap qoʻl vazifalari, ularning toʻgʻri bajarilayotganini nazorat qilish hamda toʻgʻri yoʻlga quyish. 2. Oʻquvchi nota savodi va musiqiy nazariyasidan ham yetarlicha ega boʻlishi hamda musiqani varoqdan bemalol o‘qib chalishi shart. 3. Oʻng qoʻl dutor zarblarini baholi qudrat toʻliq oʻzlashtirishi lozim. 4.Chap qoʻl barmoqlarini texnik imkoniyatlarini mumkin qadar rivojlantirish zarur. 5. Dunyo musiqiy asarlarini, qaysi millatga taaluqli boʻlsa, shu millatning musiqiy tilini mazmunan aniq, ravshan ijro eta oladigan manaviy yetuklikni taʼminlash lozim. 6. O'quvchi har bir chalayotgan asarining kompozitori yoki bastakorining hayoti va ijodi, qaysi davr tizimida yashaganligi hamda boshqa maʼlumotlarini bilishi shart. 7. Yangi pedagogik texnologiyalaridan, masalan, komputer, internet, DVD pleyer, proyektor, MP3 pleyer va hattoki mobil telefonlaridan ham unumli foydalanish mumkin. 8. Oʻquvchilar uchun asar tanlashda ularning xilma xil xarakteriga va mazmuniga e’tibor berish lozim. Masalan: Bir oʻquv yilida oʻquvchi A) 5-6 ta oʻzbek xalq musiqasi namunalaridan. B) 2 ta Oʻzbekiston bastakorlari asarlaridan D) 2ta klassik kompozitorlar asarlari namunalaridan. E) 2ta chet el kompozitorlari asarlaridan ijro etishi lozim Xulosa qilib aytganda Dutor - bu oddiy cholgʻu emas, balki xalqimizning maʼnaviy boyligi, tarixiy xotirasi va yurak ohangidir. U orqali oʻzbek xalqining ruhiy kechinmalari, quvonch va dardlari, muhabbat va orzulari ifodalanadi. Bugunki kunda ham dutor sadosi milliy musiqa sanʼatining ajralmas qismi boʻlib, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Dutorni asrab-avaylash, uni oʻrganish va rivojlantirish har birimizning burchimizdir. Chunki dutorbu oʻzbek xalqining yurak sadosidir. newjournal.org zenodo.org 4 Dutor cholgʻusi zamonlar sinovidan oʻtib, bizning ajdodlarimiz va bizning davrimizgacha oʻzining ijro xususiyatlarini yanada yorqinroq namoyish qila oladigan nafosatli soz sifatida rivojlanib kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi - T: " oʻz ME " nashriyoti, 2000. 2. Qodirov.A oʻzbek xalq cholgʻulari tarixi - Toshkent, 2018. 3. Madrahimova D. Oʻzbek musiqa madaniyati asoslari. — Toshkent, 2021.