scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GLOBALIZATSIYANING MILLIY IQTISODIYOTGA TA'SIRI

Ollayorov Behruzbek Sardor o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada globalizatsiya jarayonining milliy iqtisodiyotga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Jumladan, iqtisodiy ochiqlik, xalqaro savdo, sarmoya jalb qilish, texnologik yangilanishlar va raqobat kuchayishi orqali milliy iqtisodiyotda yuzaga keladigan ijobiy va salbiy holatlar yoritiladi. O‘zbekiston misolida iqtisodiy islohotlar, tashqi bozor bilan integratsiyalashuv, milliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlari va muammolari tahlil etiladi. Maqola ilmiy-analitik yondashuvga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy xavfsizlik va milliy manfaatlar muvozanati doirasida xulosalar beriladi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ollayorov Behruzbek Sardor o‘g‘li ALFRAGANUS UNIVERSITY Iqtisodiyot yo‘nalishi talaba Olloyo[email protected] +998990928048 GLOBALIZATSIYANING MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI Annotatsiya: Ushbu maqolada globalizatsiya jarayonining milliy iqtisodiyotga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Jumladan, iqtisodiy ochiqlik, xalqaro savdo, sarmoya jalb qilish, texnologik yangilanishlar va raqobat kuchayishi orqali milliy iqtisodiyotda yuzaga keladigan ijobiy va salbiy holatlar yoritiladi. O‘zbekiston misolida iqtisodiy islohotlar, tashqi bozor bilan integratsiyalashuv, milliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlari va muammolari tahlil etiladi. Maqola ilmiyanalitik yondashuvga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy xavfsizlik va milliy manfaatlar muvozanati doirasida xulosalar beriladi. Kalit so‘zlar: Globalizatsiya, iqtisodiy integratsiya, xalqaro savdo, investitsiya, texnologiya transferi, raqobatbardoshlik, iqtisodiy xavfsizlik, milliy iqtisodiyot, O‘zbekiston. ВЛИЯНИЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ НА НАЦИОНАЛЬНУЮ ЭКОНОМИКУ Аннотация: В данной статье подробно анализируется влияние глобализации на национальную экономику. Рассматриваются как положительные, так и отрицательные аспекты глобализационных процессов, включая экономическую открытость, международную торговлю, привлечение инвестиций, трансфер технологий и рост конкуренции. Особое внимание уделено опыту Узбекистана в условиях глобализации: реформам, расширению внешнеэкономических связей, возможностям и вызовам для национальных производителей. Исследование основано на научно-аналитическом подходе и делает акцент на обеспечении экономической безопасности и защите национальных интересов. Ключевые слова: Глобализация, экономическая интеграция, международная торговля, инвестиции, трансфер технологий, конкурентоспособность, экономическая безопасность, национальная экономика, Узбекистан. THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON THE NATIONAL ECONOMY Abstract: This article provides an in-depth analysis of the impact of globalization on the national economy. It discusses both the positive and negative effects of globalization processes, including economic liberalization, international trade, foreign investment, technology transfer, and increased competition. Particular emphasis is placed on Uzbekistan’s experience in adapting to globalization, focusing on economic reforms, the expansion of foreign economic relations, and the challenges and opportunities for domestic producers. The study is based on a scientific and analytical approach, highlighting the importance of ensuring economic security and protecting national interests. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Keywords: Globalization, economic integration, international trade, foreign investment, technology transfer, competitiveness, economic security, national economy, Uzbekistan. Bugungi davrda globallashuv butun dunyo bo‘ylab iqtisodiy faoliyatni o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sirchan tizimga aylantirmoqda. Rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan mamlakatlar ham global bozor qonun-qoidalariga mos ravishda harakat qilishga majbur. Bunday vaziyatda har bir mamlakat, xususan O‘zbekiston uchun globalizatsiyaga to‘g‘ri yondashish, milliy iqtisodiy manfaatlarni muhofaza qilish bilan birga global imkoniyatlardan ham foydalana olish muhim ahamiyatga ega. Globalizatsiya jarayonining asosiy yo‘nalishlari. Globalizatsiya – bu davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chuqurlashuvi va kengayishidir. Bu jarayon bir nechta asosiy yo‘nalishlarda kechadi: [1] Bu yo‘nalish globalizatsiyaning eng asosiy va kuchli ko‘rinishidir. Davlatlar o‘rtasida tovar, xizmat, kapital va investitsiya oqimlarining erkin harakatini anglatadi. Transmilliy kompaniyalar, xalqaro savdo tashkilotlari (JST), banklar va moliyaviy tizimlar bu jarayonni kuchaytiradi. Namuna: Xitoyda ishlab chiqarilgan telefonning O‘zbekistonda sotilishi, AQSh kompaniyasining O‘zbekistonda zavod ochishi. Siyosiy globalizatsiya Davlatlar o‘z siyosatlarini xalqaro me’yorlar, tashkilotlar va konvensiyalarga moslashtiradi. BMT, YXHT, Yevroittifoq kabi tashkilotlar orqali umumiy siyosiy yo‘nalishlar shakllanadi. Inson huquqlari, demokratiya, tinchlikparvarlik kabi qadriyatlar dunyo bo‘ylab keng tarqaladi. Namuna: O‘zbekistonning BMT bilan hamkorlikda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha majburiyatlar olishi. Turli xalqlarning urf-odatlari, qadriyatlari, tillari va hayot tarzi bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. G‘arb ommaviy madaniyati (mass culture) – kino, moda, musiqa orqali dunyo bo‘ylab tarqalmoqda. Bunda internet, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynaydi. Namuna: O‘zbek yoshlari orasida xorijiy filmlar, brendlar va musiqalarga bo‘lgan qiziqishning ortishi. [2] Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) orqali butun dunyo odamlarini birlashtiradi. Internet, sun’iy intellekt, sun’iy yo‘ldoshlar orqali tezkor axborot almashinuvi yuz beradi. Raqamli iqtisodiyot, onlayn ta’lim, masofaviy xizmatlar rivojlanmoqda. Namuna: ChatGPT kabi sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarni butun dunyo bir paytda ishlatmoqda. Tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhit muammolari global muammoga aylangan. Iqlim o‘zgarishi, issiqxona effekti, suv tanqisligi kabi masalalarda davlatlar birgalikda harakat qilmoqda. Global kelishuvlar: Parij iqlim bitimi, Kioto protokoli va boshqalar. Namuna: O‘zbekistonning “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish bo‘yicha rejalar ishlab chiqayotgani. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Globalizatsiya bir yo‘nalishda emas, balki iqtisodiy, siyosiy, madaniy, texnologik va ekologik jabhalarda izchil rivojlanmoqda. Har bir yo‘nalish milliy davlatlarga imkoniyatlar bilan bir qatorda yangi chaqiriqlarni ham olib kelmoqda. Globalizatsiyaning milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sirlari Xalqaro savdoga integratsiya O‘zbekiston 2017 yildan boshlab tashqi savdo liberallashuvini bosqichma-bosqich amalga oshirdi. 2022 yilda mamlakat eksport hajmi 19,31 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, bu 2016 yilga nisbatan qariyb 3 baravarga oshgan. Tashqi savdo geografiyasi ham kengayib, 140 dan ortiq davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Koreya Respublikasi asosiy savdo hamkorlari hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalar oqimi. 2023 yilda O‘zbekistonga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 10 milliard AQSh dollaridan oshdi. Jumladan, energetika, avtomobilsozlik, to‘qimachilik va farmatsevtika sohalarida yirik xorijiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Globalizatsiya chet ellik sarmoyadorlar uchun milliy bozorlarni ochadi. Bu esa yangi ishlab chiqarish quvvatlari, infratuzilma loyihalari, ish o‘rinlari yaratish va texnologik yangilanishga sabab bo‘ladi. O‘zbekistonda 2017–2024 yillar oralig‘ida Xitoy, Turkiya, Rossiya, Koreya kabi davlatlardan yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Masalan, “Volkswagen”, “Lukoil”, “Huawei” va “Indorama” kabi transmilliy kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Texnologik yangilanishlar. Global hamkorlik hisobiga O‘zbekistonda texnologik transfer jadallashdi. Misol uchun, 2021–2024 yillar davomida 250 dan ortiq zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirildi. Bu holat ishlab chiqarish samaradorligini va raqobatbardosh mahsulotlar hajmini oshirishga xizmat qilmoqda. Globalizatsiya orqali ilg‘or texnologiyalar, bilimlar va boshqaruv tajribalari mamlakatga kirib keladi. Bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, yangi sohalar (IT, raqamli xizmatlar) rivojlanadi. Misol qilib shuni aytish mumkinki. Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan olib borilgan ITparklar tarmog‘i, startaplar. Ish o‘rinlari va xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi. Xizmat ko‘rsatish sohasi (bank, sug‘urta, logistika, IT) global tajriba asosida kengayib bormoqda. 2023 yilda xizmatlar sohasining YAIMdagi ulushi 38% ga yetdi. Bunda elektron tijorat, raqamli bank xizmatlari, xalqaro IT kompaniyalarning kirib kelishi muhim rol o‘ynaydi. Global bozorga chiqish uchun malakali kadrlar zarur bo‘ladi. Bu esa ta’lim sifati va kasb-hunar tizimini rivojlantirishga olib keladi. Yangi ish o‘rinlari, xorijiy kompaniyalarda ishlash imkoniyati oshadi. Misol qilib shuni aytish mumkinki. IT yo‘nalishida o‘zbek mutaxassislari Hindiston, AQSh, Yevropada masofaviy ishlashmoqda Globalizatsiyaning milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sirlari. Globalizatsiya ko‘plab ijobiy imkoniyatlarni yaratishi bilan birga, milliy iqtisodiyotga bir qator xavf va salbiy oqibatlarni ham JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL keltirib chiqaradi. Bu holat, ayniqsa, rivojlanayotgan va iqtisodiyoti transformatsiya bosqichida bo‘lgan davlatlarda yaqqol seziladi.[7] Raqobatbardoshlik muammosi. Chet el tovarlarining sifati yuqori, narxi esa past bo‘lishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozorni yo‘qotish xavfi bilan yuzlashmoqda. Masalan, yengil sanoat va elektronika sohalarida ayrim mahalliy korxonalar faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lmoqda.[6] Importga bog‘liqlik. Import mahsulotlarining ulushi hali ham yuqori. 2023 yilda import hajmi 30,6 mlrd dollarni tashkil etdi, bu esa savdo balansida salbiy farq keltirib chiqarmoqda. Energetika uskunalari, dori-darmon, kimyo mahsulotlari bo‘yicha importga yuqori darajada qaramlik saqlanib qolmoqda. Mehnat migratsiyasi va intellektual oqim. 2022 yilda 2 milliondan ortiq fuqaro chet elda ishladi. Bu mamlakat ichida ishchi kuchi yetishmovchiligi, ayniqsa malakali kadrlar oqimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqda. “Brain drain” – ya’ni intellektual resurslar yo‘qolishi O‘zbekiston fan, ta’lim va IT sohalari uchun dolzarb muammoga aylangan. Mahalliy korxonalar raqobatga bardosh bera olmay yopiladi, bu esa ish o‘rinlarining qisqarishiga olib keladi. Ish topa olmagan fuqarolar xorijga mehnat migratsiyasiga majbur bo‘lishadi. Misol uchin: O‘zbekiston aholisi orasida Rossiya, Janubiy Koreya, Amerika, Germaniya, Qozog‘iston va biq qator boshqa davlatlarga ishlash uchun chiqayotganlar soni yildan-yilga oshmoqda. Moliyaviy xatarlar. Dunyo bozorlaridagi inqirozlar (masalan, 2008 va 2020 yillardagi inqirozlar) milliy moliyaviy barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Valyuta kursining tebranishi, inflyatsiya darajasining oshishi kabi salbiy holatlar mavjud. Global moliyaviy bozorlarning inqirozi milliy iqtisodiyotga ham darhol ta’sir ko‘rsatadi. [8] Misol tariqasida shuni aytish mumkinki: Dunyodagi neft narxining tushishi yoki AQSh dollarining kuchayishi O‘zbekiston milliy valyutasining qadrsizlanishiga olib keladi.[3] O‘zbekiston tajribasi va strategik yondashuvi. O‘zbekiston global bozorga moslashish maqsadida quyidagi asosiy siyosatlarni yuritmoqda: - Eksport-import muvozanatini ta’minlash: eksportbop mahsulotlarni (meva-sabzavot, avtomobil, to‘qimachilik) ishlab chiqarishni rag‘batlantirish. - Raqobat muhitini yaxshilash: soliq imtiyozlari, kreditlar, eksportni qo‘llab-quvvatlash dasturlari orqali mahalliy korxonalarni rag‘batlantirish. - Texnologik modernizatsiya: “Yangi O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ilm-fan, IT va raqamli iqtisodiyotni ustuvorlashtirish.[5] - Inson kapitalini rivojlantirish: oliy ta’lim islohotlari, yoshlar innovatsion markazlari, texnoparklar orqali intellektual salohiyatni ushlab qolish. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda iqtisodiy suverenitetni saqlab qolish, ichki resurslarga tayanish va milliy model asosida rivojlanish yo‘lini tanladi. Ammo so‘nggi yillarda globalizatsiya jarayonlarining ijobiy tomonlarini samarali foydalanish, ochiq iqtisodiy tizimga o‘tish, xalqaro bozorga integratsiyalashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bosqichlar:1991–2016 yillar – nisbatan yopiq iqtisodiyot, import o‘rnini bosuvchi sanoat siyosati, sarmoyalarni ichki hisobdan moliyalashtirish. 2017 yildan hozirgacha – ochiqlik siyosati, sarmoya uchun qulay muhit, valyuta liberallashuvi, JSTga a’zo bo‘lish harakati. O‘zbekiston globalizatsiya jarayonini ijobiy tahlil bilan qabul qilib, uni milliy manfaatlarga moslashtirgan holda rivojlanmoqda. Ochiq iqtisodiyotga o‘tish, xalqaro raqobatga tayyor bo‘lgan iqtisodiy JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL muhit yaratish va shu bilan birga milliy ishlab chiqarishni himoya qilish strategiyasi – hozirgi davrda O‘zbekistonning asosiy yo‘nalishidir. [4] Xulosa va takliflar. Globalizatsiya jarayoni har bir mamlakat uchun ikki yoqlama ta’sir ko‘rsatadi: bir tomondan – iqtisodiy yuksalish va texnologik taraqqiyot, ikkinchi tomondan – raqobat va iqtisodiy xavf-xatarlar. O‘zbekiston uchun globalizatsiya – bu sinov, lekin ayni paytda imkoniyatdir. Shuning uchun zamonaviy sharoitda milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlagan holda, xalqaro integratsiyani bosqichma-bosqich, ongli asosda amalga oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. 1. Mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash siyosatini kuchaytirish 2. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish 3. Mehnat migratsiyasi o‘rniga ichki bandlik imkoniyatlarini kengaytirish 4. Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish 5. Mahalliy brendlar va eksportbop mahsulotlarni rivojlantirish Globalizatsiyadan samarali foydalanish uchun milliy manfaatlarga asoslangan, mustaqil va strategik fikrlovchi iqtisodiy siyosat zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xodjayev, M., Xoshimov, A. (2018). Iqtisodiy nazariya asoslari. 2. Robertson, R. (1992). Globalization: Social Theory and Global Culture. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi. (2022). O‘zbekiston – 2022–2026 yillar uchun taraqqiyot strategiyasi.– lex.uz 5. O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan Taraqqiyot strategiyasi. 6. Muxamedov D. Milliy iqtisodiyot va modernizatsiya. – T.: Iqtisodiyot, 2021. 7. Saidov A.X. Globalizatsiya va iqtisodiy xavfsizlik. – T.: Iqtisodiy tahlil 8. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) hisobotlari. 9. Gafurovna, G. N. (2024). NEW UZBEKISTAN: STRATEGY FOR SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF TERRITORIES. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(2), 332-338. 10. Matrizayeva, D. (2020). Role of Innovative Management in Providing Economic Growth in Industrial Enterprises. Bulletin of Science and Practice, 6(4), 303-308. 11. Matyakubov, A., & Matrizayeva, D. (2019). SUSTAINABLE ECONOMIC GROWTH WITH INNOVATIVE MANAGEMENT IN UZBEKISTAN. Theoretical & Applied Science, (8), 250-257. 12. Ташмухамедова, К. С., & Мэтякубов, А. Д. (2019). Методология определения эффективности инвестиций. Бюллетень науки и практики, 5(4), 288-292. 13. Jonibek, F. (2022). Industrial development and role in the national economy. Бюллетень науки и практики, 8(4), 445-449. 14. Мэтякубов, А. Д. (2022). Развитие промышленности и её роль в национальной экономике. In Инвестиции, градостроительство, недвижимость как драйверы социальноэкономического развития территории и повышения качества жизни населения (pp. 153159). 15. Alisher, T. (2024). Moliyaviy hisobotning xalqaro Standartlari o'zbekiston uchun Qanday afzallik tomonlari mavjud. Alfraganus, (1 (6)), 27-31.