BOSHLANG'ICH SINFLARDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Abstract
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini o‘stirish, ularning erkin fikrlash va yaratuvchanlik imkoniyatlarini shakllantirish muhim tarbiyaviy jarayon hisoblanadi. Kreativ tafakkur — bu yangi, o‘ziga xos g‘oyalarni ilgari surish, mavjud bilimlarni yangicha talqin etish hamda muammolarga noodatiy yechim topish mahoratidir. Shu davr bolalarida ijodiy fikrlashni rivojlantirish pedagogika va psixologiya fanlarining muayyan nazariy asoslariga tayangan holda amalga oshiriladi.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Umaraliyeva Dilshodaxon Zafarbek qizi Andijon davlat pedagogika instituti magistranti BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI Annotatsiya: Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini o‘stirish, ularning erkin fikrlash va yaratuvchanlik imkoniyatlarini shakllantirish muhim tarbiyaviy jarayon hisoblanadi. Kreativ tafakkur — bu yangi, o‘ziga xos g‘oyalarni ilgari surish, mavjud bilimlarni yangicha talqin etish hamda muammolarga noodatiy yechim topish mahoratidir. Shu davr bolalarida ijodiy fikrlashni rivojlantirish pedagogika va psixologiya fanlarining muayyan nazariy asoslariga tayangan holda amalga oshiriladi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, kreativ fikrlash, ijodiy tafakkur, psixologik shart-sharoitlar, pedagogik omillar, ijodiy muhit, motivatsiya, mustaqil fikrlash, o‘qituvchi roli, muammoli o‘qitish, tanqidiy fikrlash, innovatsion yondashuv. Аннотация: Развитие творческого мышления учащихся начальных классов, формирование их способности к свободному мышлению и креативности является важным воспитательным процессом. Креативное мышление — это умение выдвигать новые, оригинальные идеи, по-новому интерпретировать существующие знания и находить нестандартные решения проблем. Развитие творческого мышления у детей этого возраста осуществляется на основе определённых теоретических положений педагогики и психологии. Ключевые слова: начальное образование, креативное мышление, творческое мышление, психологические условия, педагогические факторы, творческая среда, мотивация, самостоятельное мышление, роль учителя, проблемное обучение, критическое мышление, инновационный подход. Abstract The development of creative thinking in primary school students, as well as the formation of their ability for independent thought and creativity, is an important educational process. Creative thinking is the ability to generate new and original ideas, reinterpret existing knowledge in innovative ways, and find unconventional solutions to problems. The development of creative thinking in children of this age is carried out based on specific theoretical foundations of pedagogy and psychology. Keywords: primary education, creative thinking, creative cognition, psychological conditions, pedagogical factors, creative environment, motivation, independent thinking, teacher’s role, problem-based learning, critical thinking, innovative approach.T Kirish Hozirgi globallashuv va raqamli axborot davrida insonning eng muhim sifatlaridan biri – bu ijodiy tafakkur, ya’ni muammolarga noodatiy yondashish, yangi g‘oyalar ishlab chiqish va
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL ijodkorona yechim topish qobiliyatidir. Zamonaviy jamiyatda shaxsning muvaffaqiyatli rivojlanishida kreativ fikrlash muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi, ayniqsa bu jihat ta’lim tizimida, xususan, boshlang‘ich bosqichda alohida ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich ta’lim davri inson tafakkurining shakllanishi, dunyoqarashi kengayishi va qiziqishlari rivojlanadigan eng muhim bosqich bo‘lib, aynan shu davrda o‘quvchini ijodiy fikrlashga yo‘naltirish alohida e’tiborni talab etadi. Shu bois, o‘qituvchi faqat bilim manbai emas, balki o‘quvchining tafakkurini kengaytiruvchi, uni izlanishga va o‘z fikrini mustaqil ifoda etishga undovchi ijodiy rahbar bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich ta’limda ijodiy fikrlashni rivojlantirish jarayoni o‘qituvchi faoliyatining pedagogik, psixologik hamda metodik jihatdan puxta rejalashtirilishini taqozo etadi. Kreativ yondashuv – bu faqat yangi usullarni joriy etish emas, balki o‘quvchilar tafakkurini erkin, moslashuvchan va noodatiy yo‘nalishga yo‘naltirish jarayonidir. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fikrlashini shakllantirishni ta’limning ilk bosqichidan, ya’ni birinchi sinfdan boshlab, sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalar va tabiatga mos metodlardan foydalangan holda yo‘lga qo‘yish katta ahamiyatga ega. Boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish o‘rganilayotgan fanlarning ilmiy mazmuni ortib borayotgan sharoitda zaruriy tarkibiy qism sifatida qaraladi. Tafakkur — bu voqelikni aks ettirishning eng murakkab va yuqori shaklidir. Fikrlash — bu atrofdagi borliqni umumlashtirilgan tarzda, til vositasida anglash jarayoni bo‘lib, u insonni hodisa va predmetlarning mohiyatini tushunish, natijalarni oldindan taxmin qilish va ijodiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Psixologik va pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, fikrlash tushunchalar, mulohazalar va xulosalar bilan ishlash qobiliyati sifatida izohlanadi, uning rivojlanishi esa mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birga, psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ijodiy fikrlash va yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi hali ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. Ma’lumki, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab o‘qituvchilari hamda otaonalar bolalarning ijodiy salohiyati va kreativ imkoniyatlarini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratmoqdalar. Insonning yoki jamoaning ijodiy faoliyati ilgari mavjud bo‘lmagan, yangi sifatdagi mahsulot, g‘oya yoki yechim yaratish bilan tavsiflanadi. Shuningdek, ijodiy fikrlash samaradorligi turli omillarga, xususan, insonning ruhiy holati va mehnatga bo‘lgan munosabatiga ham bog‘liqdir. Bir qator pedagogik tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, tafakkurni rivojlantirishda tizimli pedagogik ta’sirni tashkil etish muhim o‘rin tutadi. Boshlang‘ich ta’lim psixologik-pedagogik nazariyasida o‘quvchilarda intellektual jarayonlarni shakllantirish mumkinligi ilmiy jihatdan asoslangan, ammo bu jarayonning samaradorligini oshirishning eng muhim didaktik shartlaridan biri — bu maxsus ishlab chiqilgan topshiriqlar tizimini qo‘llashdir.Bolalarda ijodiy fikrlashni shakllantirish jarayonida o‘quv o‘yinlarining imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti. Boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarda mavjud o‘yin shakllari asta-sekin o‘zining rivojlantiruvchi ahamiyatini yo‘qota boradi va o‘rnini ta’lim hamda mehnat faoliyati egallaydi. Bu faoliyat turlari oddiy o‘yinlardan farqli ravishda aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularda faqat zavq olish emas, balki o‘quvchi shaxsining fikrlash jarayonlarini faollashtirish, rejalashtirish, natijalarni oldindan ko‘ra bilish, muvaffaqiyat ehtimolini baholash va muqobil variantlarni tanlash ko‘nikmalarini rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Psixologik va pedagogik manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’lim muassasalari amaliyotida bolalarda ijodiy tafakkurni shakllantirish masalasi hali to‘liq yechim topmagan.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Shunga qaramay, deyarli barcha tadqiqotchilar bir fikrga kelishgan: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar maqsadli, tizimli va ilmiy asoslangan tarzda tashkil etilishi zarur. Adabiyotlar sharhi va tahlil natijalari. XX asrning 60-yillariga kelib, kreativlik tushunchasiga 60 dan ortiq ta’riflar berilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib ularning aniq sonini belgilash deyarli imkonsiz. Eng umumiy ma’noda, kreativlik — bu inson psixikasining yangi, noodatiy va original g‘oyalarni yaratishga, yangilik kiritishga xizmat qiluvchi xususiyatlar majmuidir. Kreativlikni o‘rganish masalasi uzoq tarixga ega. “Kreativlik” (lotincha create — “yaratmoq”) atamasi XX asrning 50-yillaridan boshlab ilmiy muomalaga keng kirib keldi va ayniqsa psixologiya hamda pedagogika sohalarida faol qo‘llanila boshlandi. Ushbu masalani chuqur o‘rganishga ko‘plab xorijiy olimlar hissa qo‘shgan. Jumladan, J. Guilford kreativlikni inson tafakkurining noodatiy va divergent yo‘nalishda ishlash qobiliyati sifatida izohlab, uni intellektual faoliyatning muhim tarkibiy qismi deb hisoblagan. E. P. Torrance esa kreativlikni “original g‘oya yaratish va uni amaliyotda qo‘llay olish salohiyati” sifatida ta’riflagan. U ishlab chiqqan Torrance kreativ fikrlash testlari (TTCT) hozirgacha ijodkorlikni baholashning eng ishonchli usullaridan biri sifatida tan olingan. Shuningdek, F. Barron kreativlikni shaxsning o‘ziga xoslik, mustaqillik va riskka tayyorlik fazilatlari bilan bog‘lagan bo‘lsa, S. Mednik uni “ilgari bog‘lanmagan tushunchalar o‘rtasida yangi aloqalarni o‘rnatish qobiliyati” deb izohlagan. K. Rodjers esa insonparvar psixologiya nuqtai nazaridan ijodkorlikni shaxsning ichki erkinligi, o‘zini namoyon etish ehtiyoji va ijobiy o‘zgarishlarga intilishi bilan bog‘lagan. J. Renzulli o‘zining “uch halqali model”ida kreativlikni yuqori intellekt, motivatsiya va ijodkorlikning o‘zaro uyg‘unlashuvi sifatida tavsiflagan. R. Sternberg esa “triarxik intellekt nazariyasi”da kreativ fikrlashni analitik, amaliy va sintetik tafakkur bilan chambarchas aloqada o‘rganadi. Bundan tashqari, rus olimlaridan Ya. A. Ponomarev, A. M. Matyushkin, V. N. Drujinin ham ijodiy fikrlashning psixologik mexanizmlarini tadqiq qilganlar. Ponomarev fikricha, kreativlik — bu tafakkurning rivojlanish bosqichlaridagi ichki qarama-qarshiliklarni hal qilish jarayonidir. Matyushkin esa ijodiy faoliyatni muammoni anglash va uni yechishning kognitiv jarayoni sifatida talqin qiladi. Umuman olganda, psixologik va pedagogik fanlar tarixida kreativlikni o‘rganishda ikki asosiy yo‘nalish shakllangan: kognitiv (ya’ni tafakkur va bilish jarayonlari bilan bog‘liq) hamda individual-shaxsiy (insonning shaxsiy fazilatlari, motivatsiyasi va emosional holatlari bilan bog‘liq) yondashuvlar. “Kreativ qobiliyatlar” tushunchasiga ta’rif berar ekan, biz A. V. Xutorskiyning fikriga qo‘shilamiz. Unga ko‘ra, kreativ qobiliyatlar — bu “o‘quvchining yangi ta’lim mazmunini yaratish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va ularni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdagi kompleks imkoniyatlari”dir. Qo‘shimcha tarzda aytish mumkinki, zamonaviy tadqiqotchilar — T. Amabile, H. Gardner, M. Csikszentmihalyi, K. Robinson kabi olimlar ham kreativlikni inson hayotining barcha sohalarida muvaffaqiyat kaliti deb biladilar. Xususan, K. Robinson ta’lim tizimida ijodkorlikni rivojlantirishni eng muhim vazifa sifatida ko‘rsatib, “kreativlik savodxonlik kabi muhim bo‘lishi kerak” degan mashhur g‘oyani ilgari surgan. Tadqiqot metodologiyasi va tahlil natijalari.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy fikrlashga yo‘naltirish bugungi ta’lim tizimining eng dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. O‘quvchilarning yaratuvchanlik salohiyatini rivojlantirish, ularni faqat bilim olish bilangina cheklab qo‘ymasdan, balki keng dunyoqarashli, yangicha fikrlaydigan shaxslar sifatida shakllantirish jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kreativ tafakkur o‘quvchilarga yangi g‘oyalarni yaratish, turli vaziyatlarda muammolarga noodatiy yechim topish imkonini beradi. Shu bilan birga, bu qobiliyat o‘quvchilarning har tomonlama intellektual va ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Kreativ fikrlash — bu o‘quvchilarning ilgari o‘zlashtirgan bilim va tajribalarni yangi shaklda qo‘llay olish, noodatiy yondashuvlar orqali yangi fikr va g‘oyalarni ilgari surish qobiliyatidir. U o‘quvchilarning tafakkur salohiyatini boyitadi, ularning o‘quv jarayonidagi muvaffaqiyatlarini ta’minlaydi. Kreativ fikrlashning o‘rni shundaki, u nafaqat aniq fanlar, balki gumanitar yo‘nalishlarda ham muvaffaqiyatga erishish uchun asos yaratadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida ijodiy fikrlashni rivojlantirish o‘quvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, mavjud muammolarni innovatsion yo‘llar bilan hal etish imkonini beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik jihatlari Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar o‘zlariga xos psixologik xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning tafakkuri hali to‘liq shakllanmagan. Shu sababli ular yangi fikrlarni izlashga, noodatiy yondashuvlarni sinab ko‘rishga moyildirlar. Ularning aqliy rivojlanishidagi asosiy psixologik belgilar quyidagilardir: 1. Tasavvur salohiyati: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kuchli tasavvurga ega. Ular o‘zlarini turli hayoliy dunyolarda tasavvur qilib, yangi obraz va g‘oyalar yaratishga qodirdirlar. 2. Ijtimoiy o‘rganish: Bu yosh davrida bolalar ko‘pincha o‘z tengdoshlari va o‘qituvchilaridan o‘rganadilar. Shuning uchun ularning ijodiy faolligini oshirishda jamoaviy faoliyatni tashkil etish va bir-biridan o‘rganish imkonini yaratish muhim ahamiyatga ega. 3. Xatolardan saboq olish: Bolalar o‘z xatolarini tahlil qilish orqali o‘z ijodiy jarayonlarini takomillashtiradilar. Xatoni tabiiy jarayon sifatida qabul qilish — ijodiy fikrlashning muhim tarkibiy qismidir. O‘qituvchining roli. Boshlang‘ich ta’limda kreativ tafakkurni shakllantirishda o‘qituvchi hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. U o‘quvchilarning yangi g‘oyalarni ilgari surish jarayonida ularni qo‘llab-quvvatlashi, mustaqil fikrlashga undashi va erkin ijod qilish muhitini yaratishi lozim. Quyidagi pedagogik yondashuvlar bu borada samarali hisoblanadi: 1. Faollashtiruvchi faoliyatlar: O‘quvchilarga interaktiv mashg‘ulotlar, o‘yinlar va ijodiy topshiriqlar berish ularning yaratuvchan salohiyatini yuzaga chiqaradi. Masalan, “Agar men ixtirochi bo‘lganimda nimalarni yaratgan bo‘lardim?” kabi savollar orqali o‘quvchilarni noodatiy fikrlashga rag‘batlantirish mumkin. 2. Ijodiy muhit yaratish: O‘quvchilarning fikrlarini erkin ifoda etishlari uchun qulay psixologik va estetik muhit yaratish zarur. Masalan, sinfda “Ijodiy burchak” tashkil etish, o‘quvchilarning ishlari va g‘oyalarini namoyish etish ularning motivatsiyasini oshiradi. “Ijod daftari” yoki “Ijodiy jurnal” yuritish orqali har bir o‘quvchi o‘z g‘oyalarini yozib borishi mumkin. 3. Turli metodlardan foydalanish: Ijodiy fikrlashni rivojlantirishda mashq, loyiha, hikoya yaratish, rasm chizish, she’r yozish kabi topshiriqlar samarali natija beradi. Bu usullar o‘quvchilarning tasavvuri va tahlil qilish qobiliyatini kuchaytiradi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 4. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish: Kreativlik tanqidiy fikrlash bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchilarga turli fikrlarni tahlil qilish, dalillar keltirish va o‘z pozitsiyasini asoslash imkonini berish zarur. Shu orqali ular faqat g‘oya yaratish bilangina cheklanmay, balki ularni tahlil qilib, eng maqbul yechimni tanlashni ham o‘rganadilar. Kreativ fikrlashni rivojlantirishda psixologik omillar Psixologik nuqtai nazardan qaralganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy tafakkurni rivojlantirishda bir qator muhim omillar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi: 1. O‘ziga bo‘lgan ishonch: o'quvchining o‘z kuch va imkoniyatlariga ishonchi qanchalik yuqori bo‘lsa, u o‘z fikrlarini erkin bayon etishga, yangi g‘oyalarni ilgari surishga va ijodiy faoliyatda faol ishtirok etishga shunchalik tayyor bo‘ladi. O‘quvchining erishgan yutuqlarini e’tirof etish va rag‘batlantirish uning ichki ishonchini mustahkamlaydi hamda yangi muvaffaqiyatlarga undaydi. 2. Shaxsiy qiziqish va ichki motivatsiya: bolalarning o‘zlarini qiziqtirgan mavzular asosida ijodiy topshiriqlarga jalb qilinishi ularning o‘quv motivatsiyasini sezilarli darajada oshiradi. Agar ta’lim jarayoni o‘quvchining shaxsiy ehtiyojlari va qiziqishlariga mos tarzda tashkil etilsa, ular ijodiy fikrlashda faolroq bo‘ladilar. Shu bois, o‘qituvchi mavzularni bolalarga yaqin, dolzarb va hayotiy misollar bilan boyitib taqdim etishi lozim. 3. Xatolarga ijobiy munosabat: o'quvchilarga xato qilishni tabiiy jarayon sifatida qabul qilishni o‘rgatish muhimdir. Xatolarni muvaffaqiyatsizlik emas, balki o‘rganish va o‘sish imkoniyati sifatida talqin etish ijodiy fikrlashni kuchaytiradi. O‘qituvchi xatoni jazolash yoki tanqid qilish o‘rniga, uni tahlil qilish va undan to‘g‘ri xulosa chiqarish jarayonini qo‘llab-quvvatlashi zarur. Kreativ fikrlashni rivojlantirishda pedagogik omillar Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni shakllantirishda psixologik omillar bilan bir qatorda pedagogik omillar ham alohida ahamiyatga ega. Chunki ijodiy tafakkurni rivojlantirish bevosita ta’lim jarayonining mazmuni, metodikasi va o‘qituvchi shaxsiga bog‘liqdir. Quyida ushbu jarayonda muhim bo‘lgan asosiy pedagogik jihatlar keltiriladi: 1. O‘qituvchining shaxsiy roli va yondashuvi: boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchining fikrlash doirasini kengaytiruvchi, uni izlanishga undovchi yetakchi shaxsdir. O‘qituvchining mehribon, ochiq fikrli, yangilikka intiluvchi va sabrli bo‘lishi o‘quvchilarda ijodiy muhitni yaratadi. O‘qituvchi har bir bolaning individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularni mustaqil fikrlashga rag‘batlantirishi zarur. 2. Ta’lim jarayonining interaktivligi: kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun darslarda interaktiv metodlardan foydalanish muhimdir. “Aqliy hujum”, “Rolga kirish”, “Keys-stadi”, “Muammoli vaziyat” kabi metodlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, muammolarga noodatiy yondashuv topish qobiliyatini rivojlantiradi. 3. Kreativ muhit yaratish: dars jarayonida ijodiy atmosfera yaratilishi o‘quvchilarni erkin fikr bildirishga, o‘z g‘oyalarini himoya qilishga va yangicha qarashlar ilgari surishga undaydi. Sinfda “Ijodiy burchak”, “Yangi g‘oyalar devori” kabi makonlar tashkil etish bolalarning ijodiy faolligini oshiradi. 4. O‘quv dasturi va metodikalarning moslashuvchanligi: ta’lim mazmuni qat’iy qolipda emas, balki o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlariga mos tarzda ishlab chiqilishi lozim.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL O‘qituvchi mavjud dastur asosida ijodiy topshiriqlar, o‘yinlar va loyiha ishlarini kiritib, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirishi mumkin. 5. Baholash tizimidagi yondashuvlar: kreativlikni baholashda faqat yakuniy natijani emas, balki o‘quvchining fikrlash jarayoni, g‘oya ilgari surishdagi faolligi va o‘ziga xos yondashuvi ham hisobga olinishi kerak. Rag‘batlantiruvchi baholash tizimi o‘quvchilarda o‘ziga ishonchni oshiradi va ijodiy faollikni qo‘llab-quvvatlaydi. 6. Hamkorlikka asoslangan o‘qitish: guruhli ishlar, jamoaviy loyihalar, juftlikda muhokama qilish kabi faoliyat turlari o‘quvchilarda ijtimoiy o‘rganish, fikr almashish va yangi g‘oyalar yaratish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa ijodiy fikrlashning muhim omillaridan biridir. 7. O‘quvchini mustaqil izlanishga undash: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiylikni rivojlantirishning samarali yo‘li — ularga mustaqil izlanish, savollar berish va javob topishga imkon yaratishdir. O‘qituvchi o‘quvchini tayyor javobni emas, balki yechimni o‘zi topishga yo‘naltirsa, unda mustaqil tafakkur va kreativlik shakllanadi Demak, kreativ fikrlashni rivojlantirishda pedagogik omillar — bu o‘qituvchining shaxsiy yondashuvi, o‘qitish metodlari, muhit, baholash tizimi va ta’lim mazmunining moslashuvchanligidir. Ushbu jihatlar uyg‘un qo‘llanganda, o‘quvchilarning ijodiy salohiyati to‘liq namoyon bo‘ladi va ularning tafakkuri yangi bosqichga ko‘tariladi. Kreativ fikrlashni rivojlantirishda pedagogik jihatlar Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirish — bu o‘qituvchining pedagogik mahorati, ta’lim jarayonini tashkil etish uslublari va o‘quv muhitini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bilan chambarchas bog‘liq jarayondir. Quyida ushbu jarayonni samarali amalga oshirishga xizmat qiluvchi asosiy pedagogik jihatlar keltiriladi: 1. O‘qituvchining yetakchilik va yo‘naltiruvchi roli. Boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchi — bu faqat bilim manbai emas, balki o‘quvchilarning tafakkurini yo‘naltiruvchi, ularni ijodiy faoliyatga jalb etuvchi rahbardir. O‘qituvchining innovatsion yondashuvi, bolalarga nisbatan iliq munosabati va qo‘llab-quvvatlashi ularning erkin fikrlashiga zamin yaratadi. 2. Ta’lim jarayonini ijodiy tashkil etish. Darslarda an’anaviy metodlardan tashqari ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar, rolli o‘yinlar va loyihaviy faoliyatlarni kiritish o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va kreativ tafakkurini rivojlantiradi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirokini ta’minlaydi. 3. Individual yondashuvni ta’minlash. Har bir o‘quvchi o‘ziga xos fikrlash tarzi, qobiliyati va qiziqishlariga ega. Shu sababli o‘qituvchi har bir bolaga individual yondashib, uning kuchli tomonlarini aniqlashi va rivojlantirishi lozim. Bu ijodiy fikrlashning tabiiy shakllanishiga yordam beradi. 4. Muammoli o‘qitish metodini qo‘llash.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL O‘quvchilarni tayyor javobni qabul qilishga emas, balki muammoni mustaqil hal etishga yo‘naltiruvchi dars shakllari ijodiy tafakkurni kuchaytiradi. Muammoli vaziyatlar orqali o‘quvchilar tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va noodatiy yechim topishga o‘rganadilar. 5. Kreativ muhitni shakllantirish. Sinfda o‘zaro hurmat, ishonch, erkin fikr almashish va yangilikni qo‘llab-quvvatlash muhiti yaratilishi kerak. Bunday muhit o‘quvchilarga o‘z fikrlarini bemalol bildirish, yangi g‘oyalar taklif qilish va ijodiy ishlarda qatnashishga imkon beradi. 6. Motivatsiyani oshirish va rag‘batlantirish. O‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish, ularning kichik yutuqlarini ham e’tirof etish — bu kreativ fikrlashni kuchaytiruvchi muhim pedagogik vositadir. Rag‘bat va ijobiy turtki o‘quvchilarni yangi g‘oyalar izlashga undaydi. 7. Fanlararo integratsiyani ta’minlash. Kreativ fikrlashni rivojlantirishda turli fanlar o‘rtasida bog‘liqlik yaratish katta ahamiyatga ega. Masalan, adabiyot darsida tasviriy san’at, matematika darsida tabiatshunoslik elementlarini qo‘shish orqali bolalarda kengroq dunyoqarash va tarmoqli fikrlash shakllanadi. 8. Refleksiya va tahlil faoliyatini yo‘lga qo‘yish Dars yakunida o‘quvchilarga o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini ifoda etish, o‘z faoliyatini tahlil qilish imkonini berish kerak. Bu o‘quvchilarda o‘z-o‘zini baholash, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shunday qilib, kreativ fikrlashni rivojlantirishdagi pedagogik jihatlar — bu o‘qituvchining ijodkorligi, individual yondashuvi, muammoli o‘qitish metodlarini qo‘llashi, motivatsiyani oshiruvchi muhit yaratishi va o‘quvchini erkin fikrlashga yo‘naltirishidir. Ushbu jihatlar uyg‘un qo‘llanganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nafaqat bilim oladi, balki ijodiy fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan shaxs sifatida shakllanadi. Umuman olganda, o‘quvchilarda o‘ziga ishonchni oshirish, shaxsiy motivatsiyani rivojlantirish va xatolardan saboq olishga o‘rgatish — ularning kreativ fikrlash salohiyatini shakllantirishda asosiy psixologik omillar hisoblanadi. Xulosa Boshlang‘ich sinflarda kreativ fikrlashni rivojlantirish – zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim va dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Chunki aynan shu bosqichda o‘quvchining tafakkuri, dunyoqarashi va shaxsiy sifatlari shakllanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayoni psixologik, pedagogik hamda metodik jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni uyg‘un qo‘llash ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Psixologik nuqtai nazardan, o‘quvchilarning o‘ziga ishonchi, ichki motivatsiyasi, xatolarga ijobiy munosabati va mustaqil izlanish istagi ularning ijodiy tafakkurini shakllantiruvchi asosiy omillardir. Bu omillar o‘quvchilarda yangicha fikrlash, noodatiy yondashuv va muammolarga ijodkorona qarashni ta’minlaydi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Pedagogik jihatdan esa, kreativ fikrlashni rivojlantirish o‘qituvchining shaxsiy yondashuvi, dars jarayonini ijodiy tashkil etish, muammoli vaziyatlar yaratish, rag‘batlantirish tizimini qo‘llash hamda erkin fikrlash muhitini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuningdek, interaktiv metodlardan foydalanish, fanlararo integratsiya va refleksiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtiradi. Demak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirish samarasi — o‘qituvchining pedagogik mahorati, o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuvi va psixologikpedagogik shart-sharoitlarning uyg‘unligiga bog‘liq. Shu jihatdan, ta’lim jarayonida ijodiy fikrlashni rag‘batlantiruvchi muhit yaratish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga keng imkoniyat berish va har bir bolaning individual qobiliyatini rivojlantirish zamonaviy ta’limning asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda. Natijada, kreativ fikrlashni rivojlantirish o‘quvchilarning shaxsiy faolligi, o‘ziga ishonchi, yangilikka intilishi va ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli moslasha olish qobiliyatini oshiruvchi muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Pedagogik kompetentlilik va kreativlik asoslari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Toshkent, 2015. 2. Davletshin M.G., Do‘stmuhamedova Sh., Mavlanov M., To‘ychiyeva. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. O‘quv-metodik qo‘llanma. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2004. – 46–47-betlar. 3. Toshtemirova S.A. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat. – Toshkent, 2018. 4. Adizov B.R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Pedagogika fanlari doktori dissertatsiyasi. – Toshkent, 2003. – 280 b. 5. G‘oziyev E.G‘. Tafakkur psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1990. – 185 b. 6. Ibragimov R. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari. Pedagogika fanlari doktori dissertatsiyasi. – Toshkent: TDPU, 2001. – 243 b. 7. Toshpulatova N. Pedagogical foundations of the use of the spiritual heritage of Eastern scientists in the orientation of students to the profession. Science and Innovation, 2(B4), 273–278, 2023. 8. Eshboeva S.K.Q. Use of people's oral creativity in the formation of ecological concepts of primary school students on a creative basis. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 1(10), 763–769, 2021. 9. Ziyaqulova M.S.Q., Raxmatova H.I.Q. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘atlar bilan ishlash jarayonida kreativligini oshirish. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 2021. 10. Ziyaqulova M.S.Q., Hayitova F.A. The role of pictures in the formation of students’ creative ability in literacy lessons. IEJRD – International Multidisciplinary Journal, 6(4), 2021.