AYOL RAHBARLIK FAOLIYATIDA MOTIVATSIYA VA SHAXSIY O'SISH OMILLARI
Abstract
Ushbu maqolada ayol rahbarlar, umuman ayol kishining jamiyatimizga qo‘shayotgan hissasining kelajagimiz poydevorini qurishda yetakchiligi, ishga mas’uliyatliligi, ayol rahbarlik faoliyatida motivatsiya va shaxsiy o‘sish omillari haqidagi fikrlar bayon etiladi.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Jabborova Sayyoraxon Andijon davlat pedagogika instituti Milliy gʻoya manaviyat asoslari va huquq talimi kafedrasi oʻqituvchisi Saparboyeva Yorqinoy, Reyimboyeva Sevara, Navroʻzova Iroda Andijon davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim (sirtqi ta’lim) yo`nalishi 201-guruh talabalari AYOL RAHBARLIK FAOLIYATIDA MOTIVATSIYA VA SHAXSIY O‘SISH OMILLARI Annotatsiya: Ushbu maqolada ayol rahbarlar, umuman ayol kishining jamiyatimizga qo‘shayotgan hissasining kelajagimiz poydevorini qurishda yetakchiligi, ishga mas’uliyatliligi, ayol rahbarlik faoliyatida motivatsiya va shaxsiy o‘sish omillari haqidagi fikrlar bayon etiladi. Kalit so`zlar: ayol, motivatsiya, jamiyat, rahbar, shaxsiy o`sish omillari, bilim, ko`nikma, iqtidor, go`zallik. Аннотация: В статье представлены идеи о вкладе женщин-лидеров и женщин в целом в наше общество, лидерстве в построении фундамента нашего будущего, ответственности за работу, мотивации и факторах личностного роста в деятельности женщин-лидеров. Ключевые слова: женщина, мотивация, общество, лидер, факторы личностного роста, знания, навыки, талант, красота. Annotation: This article presents ideas about the contribution of women leaders and women in general to our society, leadership in building the foundation of our future, responsibility for work, motivation and personal growth factors in women's leadership activities. Keywords: woman, motivation, society, leader, personal growth factors, knowledge, skills, talent, beauty. KIRISH. Ayol bu hayot. Usiz hech narsa butun emas. Qayga boqmang uning husniga, latofatiga hech bo‘lmasa u yaratgan go‘zallikka ko‘zimiz tushadi. U bilan uy quvonchlarga to‘la, u bilan farzandlar baxtli, u bilan olam charog‘on. Dunyoda hech narsa yo‘qki, uni ayol bajara olmasa. Mazzali taom deysizmi, uy yumushlarimi yoki bola tarbiyasi, o‘qituvchilik, hamshiralik, hammahamma sohada ayollar abjir. “Barcha so‘zlar, bilimlar, hunarlar va san’atlar bu so‘zdan lazzat oladilar. Usiz na ishda va na san’atda mazza bor. Ammo bundan g‘oya ne? Bilmaydilar va bilish ham shart ham emas. Masalan, biror odam boy-badavlat, suruv-suruv ot-qo‘ylarga, yer-suvlarga ega ayolga uylanmoq niyatida uning podasini boqib, yerini parvarish qilsa-da, zavqni ayolning borligidan oladi. Chunki ayolsiz u bularning barchasidan soviydi. Xuddi shunday, dunyoning butun hunarlari, ilmlari va
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL hokazo hamma narsalari hayotni, zavqni hamda haroratni orifning nuridan oladilar. Zavqsiz ular uchun hamma yoq o‘likka aylanadi”, - deydi Jaloliddin Rumiy.1 Ayol kishi bir tarafdan qaraganda nozik xilqat bo‘lsa boshqa bir tarafdan qaralsa, juda ko‘p ishlari muvafaqiyat bilan bajaruvchi yaxshi ish boshi hamdir. Bunga biz tarixdan ham ko‘p bora guvoh bo‘lib kelmoqdamiz. Qadimgi tarix ham ona urug‘i davri ya’ni matriarxatdan boshlangan. Bunda qarindoshlar ona tarafdan yaqinlar bilan birlashgan. Agar yaqin o‘tgan tarixga nazar solsak, albatta, Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda To‘maris haqida o‘ylaymiz. Tarixdan barchamizga ma’lumki, To‘maris katta jasoratlar ko‘rsatgan. U o‘z qo‘rqmasligi va vatanparvar ekanligini o‘z xalqi ya’ni massagetlarni dushmanlardan saqlab qoladi. Bu yo‘lda u yaqin insonlari, xatto o‘z farzandini ham yo‘qotadi. Natijada u to‘xtatib bo‘lmas kuchga aylanadi. Dushmanning boshini olib, o‘ziga yarasha jazolaydi. Mana, tarix shohidimiz, ayol - ona! U farzandi uchun har narsaga tayyor. Taniqli olima Denmark katta hajmdagi tadqiqotlar asosida shunday xulosaga keladiki, boshqaruv sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jins tafovutlari kuzatilmas ekan. Ayol va erkak menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki, ayollar jamoadagi insoniy munosabatlarga ko‘proq e’tibor beradilar. Jamoa oldida turgan vazifani bajarish, ko‘zlangan maqsadga erishish borasida jins tafovuti kuzatilmaydi. Zamonaviy dunyoda boshqaruvning an’anaviy modellaridan uzoqlashishi, texnologiyaning rivojlanishi va ma’lumotlarga kirishning qulayligi har bir jabhada o‘ziga xos evolutsiya yaratdi. Ushbu evolutsiya ayollarga ko‘proq yordam berdi va ayollar tashkilotlarda rahbar lavozimlariga o‘ta boshladilar. Hozirda Amerikaning 500 ta yirik kompaniyasi reytingida bosh direktorlik lavozimida ayollar soni 4,6 % ni tashkil etadi.2 Boshqaruvda motivatsiya tushunchasi. Xodimlarni motivatsiyalash boshqaruv psixologiyasida katta o’rin egallagan mavzulardan biridir. Afsuski, motivatsiya so’zining o’zbek tilida to’g’ridan to’g’ri tarjimasi mavjud emas va bu so’z kundalik muloqotda kam ishlatiladi. Shu munosabat bilan motivatsiya so’zining psixologik mazmuni va boshqaruv amaliyotida qo’llanish imkoniyati haqida gaplashamiz.3 Motivatsiya motiv so’zidan kelib chiqadi va biron harakat sababi ma’nosini anglatadi. Faoliyat asosi sifatida avval odamda u yoki bu ehtiyoj paydo bo’ladi, shundan so’ng ehtiyoj qondirilishi uchun harakat amalga oshiriladi. Aynan shu harakatga turtki bo’luvchi ichki kuch motiv va ehtiyojni qondirish davomida ishga tushuvchi qator motivlar majmuasi motivatsiya deb, ataladi. Boshqaruv sohasiga oid motivatsiya - xodim yoki mehnat jamoasini tashkilot maqsadlari sari faoliyatga undash ma’nosini anglatadi. Motivatsiyaning ikki shakli farqlanadi: 1. Tashqi motivatsiya - xodimlarni ishga jalb etish va faoliyatga undash maqsadidagi tashkilot tomonidan amalga oshiriluvchi tadbirlar. 1J.Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. “Yangi asr avlodi”. Toshkent-2016.134 b. 2O‘zbekiston Gender tengligi milliy komissiyasi. (2024). Hisobot: Ayollar liderligini rivojlantirish bo‘yicha hududiy tahlillar. Toshkent: Komissiya nashriyoti. 3Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAKS-PRINT. – Toshkent: 2005. –170 b.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 2. Ichki motivatsiya - odamning biron yo’nalish bo’yicha faoliyatini ta’minlovchi o’z xohishi, ehtiyoji va manfaatlari. Albatta, samarali boshqaruv amaliyoti nuqtai nazaridan motivatsiyaning ikkinchi shakli anchagina unumli va maqbul ko’rinish kasb etadi. Xodimning biron faoliyatni o’zi tanlashi, bu faoliyatga faollikni o’zi qabul qilishi va maqsad sari yo’nalishi har qanday rahbar uchun xavas qilishiga arzigulik tashkiliy masaladir. Rahbar o’z itoatidagi xodimni biron ishga qanday jalb etish, maqsad sari intilishini ta’minlash va boshlagan ishini oxirigacha yetkazish haqida o’ylar ekan, bu yo’nalishda turli uslublarga murojaat etadi. Kimdir xodimni motivatsiyalovchi omil sifatida pul, moddiy mablag’ degan tushuncha bilan yashasa, boshqa bir rahbar xodimning lavozimda, mansabda o’sishi asosiy turtki deb qarashi, yana bir rahbar esa xodimni faollikka undash asosi sifatida ish shart-sharoitini yaxshilash va xodimga munosabatni ijobiylashtirish deb tushunishi mumkin. Albatta, ushbu sanab o’tilgan omillarning hammasi turtki beruvchi kuch sifatida ishtirok etadi. A.Maslouning motivatsiya nazariyasi. A.Maslouning motivlar ierarxiyasi haqidagi ta’limotiga binoan, insondagi dolzarb ehtiyoj taalluqli motivda o’z aksini topadi va shunga muvofiq harakatni keltirib chiqaradi. Bu ta’limot bo’yicha, insonda mavjud hamma ehtiyojlar va shunga mos motivlar besh asosiy guruhga kiritilishi mumkin: 1. Fiziologik ehtiyojlar; 2. Xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojlar; 3. Ijtimoiy ehtiyojlar; 4. Tan olinish ehtiyojlari; 5. O’z-o’zini takomillashtirish. Boshqaruv amaliyotida xodim mehnat faoliyatini kuchaytirish uchun quyidagi motivatsiya uslublari qo’llaniladi: 1. Pul berish rag’batlantirish omili sifatida. 2. Ogohlantirishlar. 3. Tashkilot bilan yakdillik hissiyotini uyg’otish. 4. qiziqarli mehnat orqali motivatsiyani kuchaytirish. 5. Yutuqlarni tan olish va taqdirlash. 6. Rahbarlikka jalb etish. 7. o’zgalar bilan hamkorlikda ishlay olganligi uchun taqdirlash. 8. Xodimlarni o’qitish va malakasini oshirish. 9. Salbiy omillarni kamaytirish orqali. Pul - universal rag’batlantirish uslubi bo’lib, har qanday malaka va ma’lumotli xodimlar uchun ahamiyatli omildir. Biroq, bu omil doim ham motivatsion kuchga ega bo’lavermaydi. Xertsberg fikricha, maoshni oshirish doim ham mehnat samaradorligi oshishiga olib kelmaydi, ammo oylikning past bo’lsa yoki o’z vaqtida to’lanmasa qoniqmaslikni yuzaga keltiradi va ish unumdorligini kamaytiradi. Zamonaviy boshqaruvda ayol rahbarlarning roli ortib bormoqda va ularning muvaffaqiyatli faoliyati uchun motivatsiya va shaxsiy oʻsish muhim omillardir. Motivatsiya — bu odamlar va boshqa hayvonlarning maʼlum bir vaqtda xatti-harakatni boshlashi, davom ettirishi yoki toʻxtatishi sababi. Motivatsion holatlar odatda agent ichida harakat qiluvchi, maqsadga yoʻnaltirilgan xatti-harakatlarga moyillikni yaratadigan kuchlar sifatida tushuniladi. Koʻpincha turli xil ruhiy holatlar bir-biri bilan raqobatlashadi va faqat eng kuchli holat xatti-harakatni belgilaydi. Bu shuni anglatadiki, biz biror narsani amalga oshirmasdan turib, biror narsa qilishga undashimiz mumkin. Motivatsiyani taʼminlovchi paradigmatik ruhiy holat — bu istak . Ammo boshqa turli holatlar, masalan, nima qilish kerakligi yoki niyatlari haqidagi eʼtiqodlar ham motivatsiyani taʼminlashi mumkin. Motivatsiya „motiv“ soʻzidan olingan boʻlib, u kishining ehtiyojlari, istaklari yoki undovlarini bildiradi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Maqsadga erishish uchun shaxslarni harakatga undash jarayonidir. Ish maqsadlari kontekstida odamlarning xatti-harakatlarini kuchaytiradigan psixologik elementlar pulga boʻlgan xohishni oʻz ichiga olishi mumkin.4 Majoziy koʻrinishda motivatsiya eshak uchun „sabzi“ dir. Motivatsiyadan tashqari, eshakni koʻchirish usullari Ragʻbatlantirish, vaziyatni koʻrish va hayotni tashkil etish, kerakli histuygʻular va holatlarni uygʻotishdir Motivatsiya omillari 2 turga bo`linadi: ichki motivatsiya hamda tashqi motivatsiya. Ichki motivatsiyaga quyidagilar kiradi: vazifaga sadoqat va mas'uliyat hissi shaxsiy qadriyatlar va maqsadlarga moslik mustaqil qaror qabul qilish imkoniyati yangiliklar yaratish va ijodiy yondashuv Tashqi motivatsiya esa quyidagilarni qamrab oladi: kasbiy e'tirof va obroʻ moliyaviy mukofotlar va martaba imkoniyatlari ijtimoiy ta'sir va iz qoldirish moslashuvchan ish sharoitlari Shaxsiy oʻsish - bu insonning hayoti davomida oʻzini rivojlantirishi, yangi koʻnikma va bilimlarni egallashi, qobiliyatlarini oshirishi va shaxsiy salohiyatini amalga oshirish jarayonidir. Shaxsiy oʻsish - bu bir kunlik jarayon emas, balki doimiy davom etadigan hayotiy yoʻldir. Har bir inson oʻziga xos omillar ta'sirida rivojlanadi va oʻz potentsialini amalga oshiradi. Shaxsiy oʻsish omillari o`z navbatida kasbiy rivojlanish va shaxsiy kompetensiyalarga bo`linadi. Kasbiy rivojlanish: Doimiy oʻqish va yangi bilim olish Mentorlik va kouching xizmatlari Tarmoq qurish va professional aloqalar Xalqaro tajriba va madaniyatlararo muloqot Shaxsiy kompetensiyalar: Empatiya va hissiy intellekt Muloqot va muzokara mahorati Moslashuvchanlik va oʻzgarishlarni boshqarish Vaqt va stressni boshqarish Ayol rahbarlar koʻpincha "shisha shift" (glass ceiling) va gender stereotiplar bilan bogʻliq muammolarga duch kelishadi. Bunga yechim sifatida: 4www.wikipedia.org
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Qat'iyat va ishonchni rivojlantirish Muvozanatli hayot tarzini shakllantirish Kuchli professional hamjamiyat qurish Oʻz imkoniyatlarini doimiy ravishda kengaytirish Ayol rahbarlar koʻpincha transformatsion boshqaruv uslubiga ega boʻlib, jamoa a'zolarining shaxsiy oʻsishiga yoʻnaltirilgan yondashuv bilan farq qiladi. Bu esa tashkilot muvaffaqiyatiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Aynan ayol rahbarlarning qanday ustun jihatlari bor? Bu savolga javob topamiz. Muloqotdagi tabiiy instinkt egalari. Bugun har bir sohada malakali aloqachilarga ehtiyoj bor va ayollar bu borada juda muvaffaqiyatlidirlar. Muloqotdagi tabiiy instinktga ko‘ra ayollar erkaklarga qaraganda munosabatlarni boshqarish sohasida ko‘proq strateg bo‘lishlari mumkin. Ushbu xususiyatlar bilan ayollar tashkiliy madaniyatni kuchaytirish, tashkilotning obro‘sini oshirish va korporativ ijtimoiy javobgarlik loyihalarini amalga oshirishni ta’minlaydilar. O‘z standartlarini o‘rnatadilar. Kuchli ayol yetakchilarga qaraganimizda ba’zi umumiy xususiyatlarni ko‘ramiz: muvaffaqiyatli ayol rahbarlar o‘z standartlarini o‘rnatadilar va bu uchun kurashadilar. Ba’zan jiddiy tanqidga duchor bo‘lishlariga qaramay, standartlar kurashiga o‘zlarini professionallarga xos tarzda tuta oladilar. Ijobiy energiya - ularning hamrohi. O‘zi va o‘zgalarning kuchini oshirishga intiladigan ayol rahbarlar hayotga rang olib kiradilar. Tartibli ovqatlanish, rangbarang kiyinish, qahqaha otish, raqsga tushish ko‘plab ayollarga xos xususiyat bo‘lib, bu xususiyatlar ular rahbarlik qilayotgan tashkilotning energiyasini yuqoriga ko‘taradi. Stressga qarshi kurashda ustundirlar. Hatto oilaviy muhitda ham juda ko‘p hollarda inqiroz va keskinliklarni boshqarishga erishadilar: oila a’zolari oldida yuzaga keladigan har qanday xavfli belgilarni oldindan sezib, ehtiyotkorlik choralarini ko‘radilar. Ayollar sevgi, muvozanat, xavfni sezish, konstruktiv yondashuv orqali stressni oson yenga oladilar. Ko‘p qirralilik. Hatto farzandlari, onalik tashvishlari, uy yumushlari haqidagi suhbatlar chog‘ida ham ishxonadagi vazifalari haqida qayg‘ura olishlari mumkin. O‘zining ko‘p qirrali bo‘lishini ta’minlash nuqtayi nazaridan ayollar erkak jinsga nisbatan qat’iyatlidirlar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, individual ta’limda qatnashadigan ayollar ulushi 80% ni tashlik etadi. O‘zini boshqarish orqali ko‘proq savollar berib, ilhom olish istagidagi qiziquvchan ayol rahbarlar mukammallikni izlayotgan ishtiyoqli izdoshlar sifatida namoyon bo‘ladi. Yaxshi tinglovchilar. Tabiatan mehribon ayol rahbarlar - yaxshi tinglovchilardir. Yaxshi tinglovchi bo‘la olish esa muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Har doim haq ba so‘nggi so‘zni aytishga majbur bo‘lmagan ayollar ekotizimlar yaratish va fikrlarni umumlashtirish orqali hamkorlikda harakat qilishdan mamnuniyat tuyadilar. 5 XULOSA. Haqiqatdan ham, ayollarning o‘z uslubi mavjud. Uni biz rang-baranglikdami, adolatlilikdami, qaror berishdagi qat’iylikdami, kezi kelganda muloyimlig-u, onalarcha mehribonlikdami anglaganday bo‘lamiz. Ularning ustun tarafi biror bir muammoga doim 5N.Nishonova. Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari. “Extremum-Press’’ bosmaxonasi. Toshkent-2013. 84 b.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL uchinchi shaxs bo‘lib yondashadilar. Ya’ni na u tarafga va na bu tarafga yon bosish, kimningdir foydasiga masalani hal qilishni hayollariga ham keltirmaydilar. Chunki bu xislat farzand tarbiyasida muhim sanaladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Mirziyoyev Sh. Yangi О‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: О‘zbekiston, 2021. – 464 b. 2. J.Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. “Yangi asr avlodi”. Toshkent-2016.134 b. 3. A.Haydarov. Madaniyat va san’at sohasini boshqarish asoslari. O‘quv qo‘llanma. “Kamalak’’ nashriyoti-2019. 192 b. 4. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAKS-PRINT. – Toshkent: 2005. –170 b. 5. О. Тиллаев. Аёл лидер: Плюс ва минуслар нималардан иборат?. 6. N.Nishonova. Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari. “Extremum-Press’’ bosmaxonasi. Toshkent-2013. 84 b. 7. O‘zbekiston Gender tengligi milliy komissiyasi. (2024). Hisobot: Ayollar liderligini rivojlantirish bo‘yicha hududiy tahlillar. Toshkent: Komissiya nashriyoti. 8. https://kun.uz/news/2020/03/08/ayol-lider-plyus-va-minuslar-nimalardan-iborat. 9. www.wikipedia.org 1.